Toshkent axborot texnologiyalari universiteti u. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev operatsion tizimlar
Fayllarni boshqarish va ular ustida amallar bajarish
Download 7.33 Mb.
|
Операцион тизимлар
5.4. Fayllarni boshqarish va ular ustida amallar bajarish
Faylni mantiqiy tashkil etish Fayl tarkibidagi ma’lumot umumiy holatda hech qanday mantiqiy strukturaga ega bo‘lmaydi. Bu struktura ushbu ma’lumotlarni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan dasturlarni ishlab chiqish asosida bo‘ladi. Masalan, matnni ekranda to‘g‘ri ko‘rsatish uchun, dastur alohida so‘zni, qatorni, xat boshini va boshqalarni ajrata olish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. Bitta element tuzilishini boshqasidan ajratish belgisiga, belgilangan kodlar ketma-ketligi yoki fayl boshlanishiga taa’luqli bo‘lgan ushbu element tuzilishi qiymatlarini aralashtiruvchi sodda dastur xizmat qilishi mumkin. Birinchi holatda barcha ishlar ma’lumotlar ketma-ketligi strukturalashtirilmagan FT da taqdim etiladigan fayl ajratilgan ilovaga to‘liq tegishli bo‘lgan faylning strukturalash va izohlashdan iborat bo‘ladi. Ilova, tizim vositasi barcha ilovalar uchun umumiy foydalaniladigan fayl tizimiga kiritish/chiqarish so‘rovlarini shakllantiradi, masalan, yozish va o‘qish uchun zarur bo‘ladigan bayt miqdori va fayl boshlanishidan siljitishini ko‘rsatish. Mantiqiy dasturda joylashgan mos tegishli bayt oqimlari ilovalarga kelib tushadi. Masalan, kompilyator generatsiyalaydi. Shu sababli obyekt moduli saqlanadigan fayl formati faqat dasturga ma’lum bo‘ladi. Aytib o‘tish joizki, ma’lumotlar to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini tekshirish ularning fayl tizimida saqlanish yo‘llariga hech qanday bog‘liq emas. Bayt (oqim)ni strukturalashmagan ketma-ketlikda taqdim etadigan faylni o‘z ichiga olgan fayl modeli Unix OT bilan birga keng tarqalgan, bugungi kunda esa Windows OT larining barcha versiyalarida keng foydalanilmoqda. Faylni strukturalashtirilmagan modeli bir nechta ilovalar o‘rtasida faylni taqsimlashni oson tashkil etishga imkon beradi: turli xil ilovalar o‘zining tuzilishiga ega bo‘lishi va fayl ichidagi ma’lumotlarni sharhlashi mumkin. Fayl tizimi yetarli miqdorda istalgan yozuvni ajratish maqsadida fayl tuzilishi to‘g‘risida axborotga ega bo‘lishi kerak. FT yozuvga kirish huquqini ilovaga taqdim etadi, so‘ng bu yozuvning ichidagi ma’lumotlarni qayta ishlashni ilova bajaradi. Bu yo‘lni rivojlantirish natijasida faqat murakkab strukturalarni qo‘llab-quvvatlash emas, balki ular bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlar omborini boshqarish tizimi (MOBT) bo‘ladi. Mantiqiy yozuv dasturchi tashqi qurilmalar bilan ma’lumotlar almashish operatsiyasini bajarishi mumkin bo‘lgan kam miqdordagi ma’lumotlar elementi bo‘ladi. Xatto agar qurilma bilan ma’lumotlarni fizik almashish katta o‘lchov birligida amalga oshirilsa, operatsion tizim dasturchini alohida mantiqiy yozuvga kirishini ta’minlashi kerak bo‘ladi. Fayl tizimi mantiqiy yozuvga kirishni ikkita usulidan foydalanishi mumkin: o‘qish yoki mantiqiy yozuvlar ketma – ketligini (kirish ketma-ketligi) yozish yoki ko‘rsatilgan raqam bilan yozuvga faylni joylashishi (to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish). Shak shubhasiz OT faylda ma’lumotlarni strukturalashning barcha yo‘llarini qo‘llab-quvvatlashi mumkin emas, shu sababli OT, faylni mantiqiy tashkil etish sxemasida keng tarqalgan uncha katta bo‘lmagan sonlar uchun joriy qilishni qo‘llab-quvvatlovchi faylni mantiqiy strukturalashni qo‘llab-quvvatlaydi. Download 7.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling