Toshkent axborot texnologiyalari universiteti u. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev operatsion tizimlar


Download 7.33 Mb.
bet1/220
Sana28.07.2023
Hajmi7.33 Mb.
#1663293
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   220
Bog'liq
Операцион тизимлар




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT


TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI
RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
U.R.XAMDAMOV, DJ.B.SULTANOV, S.S.PARSIYEV, U.M.ABDULLAYEV
OPERATSION TIZIMLAR
O‘zbekistonRespublikasi
Oliyvao‘rtamaxsusta’limvazirligi tomonidano‘quvqo‘llanmasifatida tavsiyaetilgan.
Toshkent –2021
UDK: 004.45(075.8)
KBK: 32.973
U.R.Xamdamov, Dj.B.Sultanov, S.S.Parsiyev, U.M.Abdullayev
Operatsion tizimlar. (O‘quv qo‘llanma). – T.: «Nihol print» OK, 2021. – 436 b.
ISBN 978–9943–7343-2-6
Operatsion tizimlar hisoblash mashinalari va hisoblash tizimlari uchun dasturiy ta’minotning asosidir. Hozirgi kunda kompyuterlashtirish hayotimizning barcha sohalarini qamrab oldi. Ushbu o‘quv qo‘llanmada operatsion tizimlarning asosiy tushunchalari va ularning ahamiyati, operatsion tizimlarning asosiy funksiyalari va imkoniyatlarini o‘rganish masalalarini o‘z ichiga olgan.
Mazkur fan talabalarga maxsus fanlarni o‘zlashtirishda, keyinchalik ishlab chiqarish, loyihalash va tadqiqot ishlarida kerak bo‘ladigan asosiy negiz tushunchalarni o‘rgatadi. O‘quv qo‘llanmada “Operatsion tizimlar” fanini o‘zlashtirish jarayonida talabalar tomonidan o‘zlashtirilishi kerak bo‘lgan bilimlar: operatsion tizim tushunchasi va ularning ahamiyati, ularning tuzilishi va asosiy komponentlari, operatsion tizimlarning asosiy funksiyalari bo‘lgan jarayonlarni boshqarish, protsessorni boshqarish, xotirani tashkil etish va boshqarish usullari, tashqi qurilmalarni boshqarish, fayl tizimi va fayllarni boshqarish masalalari, tarmoq operatsion tizimlari va ularning imkoniyatlari, tarmoq xizmatlari va ularni tashkil etish, xavfsizlik va himoya vositalari va dasturlari, amaliyotda keng qo‘llaniladigan Linux, Windows, Android operatsion tizimlari, ularning qurilish tamoyillari va imkoniyatlari haqidagi ma’lumotlar keltirilgan.
O‘quv qo‘llanma 5350100 - “Telekommunikatsiya texnologiyalari”
(Telekommunikatsiyalar, Teleradioeshittirish, Mobil tizimlar) yo‘nalishi bo‘yicha oliy o‘quv yurtlari talabalari, hamda kredit ta’lim tizimi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalarning “Tarmoqni dasturlash asoslari”, “O‘rnatilgan tizimlar” v.b. fanlarni tayanch fani hisoblanadi va shu fanlar bilan mantiqan bog‘langan.

Download 7.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling