Toshkent axborot texnologiyalari universiteti u. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev operatsion tizimlar


To‘rtinchi davr (1980 yildan – hozirgi vaqtgacha)


Download 7.33 Mb.
bet7/220
Sana28.07.2023
Hajmi7.33 Mb.
#1663293
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   220
Bog'liq
Операцион тизимлар

To‘rtinchi davr (1980 yildan – hozirgi vaqtgacha)
Operatsion tizimlar rivojlanishidagi keyingi davr katta integral sxemalarni (KIS) yuzaga kelishi bilan bog‘liq bo‘lgan davrdir. Bu yillarda integratsiya darajasi keskin o‘sishi va mikrosxemalar arzonlashishi yuz berdi. Kompyuterdan mutaxassis bo‘lmagan foydalanuvchilar foydalanishi imkoni yuzaga keldi, va shaxsiy kompyuterlar davri boshlandi.
Arxitektura jihatidan, shaxsiy kompyuterlar, minikompyuterlar turlari sinflaridan hech narsasi bilan farq qilmas edi, faqat ularning narxlarida farq bo‘ldi. Minikompyuterlar korxona va universitetning bo‘limlariga shaxsiy hisoblash markaziga ega bo‘lishiga imkon bergan bo‘lsa, shaxsiy kompyuter esa bunday imkoniyatni alohida inson uchun yaratdi.
Kompyuterlardan hisoblash texnikasi sohasida mutaxassis bo‘lmaganlar ham keng ko‘lamda foydalana boshladilar, bu esa o‘z navbatida “do‘st” dasturiy ta’minotni yaratishni talab etdi, bu dasturchilarni alohida o‘rnidan qo‘zg‘atdi.
Operatsion tizimlar bozorida ikkita tizim ustunlik qila boshladilar: MS-DOS va UNIX OT lari. Bir foydalanuvchili MS-DOS OT lari Intel 8088 asosida qurilgan mikroprotsessorlar, va keyin 80286, 80386 va 80486 asosida qurilgan kompyuterlarda foydalanildi.
Multidasturli, ko‘p foydalanuvchili UNIX operatsion tizimi Intel bo‘lmagan kompyuterlar muhitida ustunlik qila boshladi, ayniqsa yuqori unumdorlikka ega bo‘lgan RISC-protsessorlar uchun.
Tarmoq OTlarida, foydalanuvchi tarmoqda boshqa kompyuterlar mavjudligi haqida bilishlari va boshqa kompyuterga uning resurslaridan, asosan fayllaridan foydalanish uchun boshqa kompyuterga mantiqan kirishlari kerak edi.
Tarmoqdagi har bir mashina, kompyuterning avtonom operatsion tizimidan tarmoqda ishlashga imkon beradigan qo‘shimcha vositalarga ega bo‘lgan lokal operatsion tizimi vazifasini bajaradi.
Tarmoq operatsion tizimi, bir protsessorli kompyuter operatsion tizimidan asosli farq qilmaydi. Ularning tarkibida, albatta, tarmoq interfeysini qo‘llovchi (tarmoq adapteri drayveri) va shu bilan birga tarmoqdagi boshqa kompyuterlarga masofadagi kirish vositalari va masofadagi fayllarga murojaat vositalari mavjuddir, ammo bu qo‘shimchalar operatsion tizimni tuzilishini tubdan o‘zgartirmaydi.
Hisoblash tizimlarini rivojlanishi bosqichlarini ko‘rib chiqib, biz rivojlanish jarayonida klassik OT lar bajargan 6 ta asosiy funksiyalarni ajratishimiz mumkin:

  • vazifalarni (yoki topshiriq) rejalashtirish va protsessordan foydalanish;

  • dasturlarni kommunikatsiya va sinxronizatsiya vositalari bilan ta’minlash;

  • xotirani boshqarish;

  • fayl tizimini boshqarish;

  • kiritish/chiqarishni boshqarish;

  • xavfsizlikni ta’minlash.

Har bir keltirilgan funksiyalar odatda OT tarkibidagi komponentalaridan biri sifatida amalga oshirilgan. Ular boshidanoq, OT komponenti sifatida yaratilgan emas, ular rivojlanish jarayonida yuzaga keldi. Inson yaratgan hisoblash tizimi rivojlanishi (evolyutsiyasi) shu yo‘ldan ketdi, ammo hech kim bu yo‘l rivojlanishning yagona mumkin bo‘lgan yo‘li deb isbot qilaolmaydi.

Download 7.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling