Toshkent axborot texnologiyalari universiteti u. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev operatsion tizimlar


Download 7.33 Mb.
bet140/220
Sana28.07.2023
Hajmi7.33 Mb.
#1663293
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   220
Bog'liq
Операцион тизимлар

Boshqarish aloqasi. Boshqarish aloqasi shu paytgacha tasvirlangan boshqa amaliy dasturlar singari yaratilgan. Ikki bosqich mavjud:

  1. Server belgilangan 21-portda passiv ochiladi va mijozni kutadi.

  2. Mijoz vaqtinchalik portidan foydalanadi va faol ochiladi.

Ulanish butun jarayon davomida ochiq qoladi. IP protokoli tomonidan foydalaniladigan xizmat turi kechikishni minimallashtiradi, chunki bu foydalanuvchi va server o‘rtasidagi interfaol aloqadir. Foydalanuvchi buyruqlarni yozadi va javoblarni sezilarli kechiktirmasdan olishni kutadi. 7.25- rasmda server va mijoz o‘rtasidagi dastlabki ulanish ko‘rsatilgan.
Passiv ochiq
B oshqaruv Boshqaruv jarayoni Port: 21 jarayoni
Mijoz Server a. Birinchidan, passiv server tomonidan ochiladi

Aktiv ochiq Boshqaruv Mijoz Server b. Keyinchalik, mijoz tomonidan aktiv ochiladi


Boshqaruv
jarayoni Port: vaqtinchalik Port: 21 jarayoni
7.25- rasm. Boshqaruv aloqasini ochish
Ma’lumot ulanishi. Ma’lumot ulanishi server tarafdagi belgilangan 20- portdan foydalanadi.Dastlabki ma’lumot ulanishini yaratish bosqichlari 7.26- rasmda keltirilgan.
Quyida FTP ma’lumotlar ulanishini qanday yaratishi ko‘rsatilgan:

  1. Server emas, balki mijoz vaqtinchalik portidan foydalangan holda passiv ochishni amalga oshiradi.

Bu mijoz tomonidan bajarilishi kerak, chunki fayllarni uzatish buyruqlarini mijoz amalga oshiradi.

  1. Mijoz ushbu port raqamini PORT buyrug‘i yordamida serverga yuboradi.

  2. Server port raqamini oladi va belgilangan 20- port va olingan vaqtinchalik port raqamidan foydalanib, faol ochilishni amalga oshiradi.


7.26- rasm. Ma’lumotlar ulanishini yaratish
Kommunikatsiya (communication)
Turli xil kompyuterlarda ishlaydigan FTP mijozi va serveri birbiri bilan aloqa o‘rnatishi kerak. Ushbu ikkita kompyuter turli xil operatsion tizimlardan, turli xil belgilar to‘plamlaridan, turli xil fayl tuzilmalaridan va har xil fayl formatlaridan foydalanishi mumkin. FTP ushbu har xillikni moslashtirishi kerak. FTPda ikki xil yondashuv mavjud, biri boshqaruv ulanishi uchun va ikkinchisi ma’lumotlar ulanishi uchun. Biz har bir yondashuvni alohida o‘rganamiz.

Download 7.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling