Kiritish va chiqarish qurilmalari.
Sichqoncha va trekbol.
Sichqocha qurilmasi 1964 yil D.Enjeblat tomonidan kashf etilgan bo’lib, ilk bor 70-yillar boshlarida Xerox korporatsiyasi tomonidan chiqarilgan.Sichqoncha va trekbol kompyuterga axborotni kiritishning koordinatali qurilmalari hisoblanadi. Ular klaviaturaning o’rnini to’ligicha almashtira olmasada, ancha qulayliklarga egadir. Bu qurilmalar asosan ikkita yoki uchta boshqaruv tugmalariga ega.Sichqonchani ulashning eng keng tarqalgan usuli bu ketma-ket port orqali ulanishdir. Bundan tashqari shinali interfeysli sichqonchalar va PS\2 stilidagi sichqonchalarni ulash usullari mavjuddir.
Trekbol – «ag’darilgan» sichqonchani eslatuvchi qurilmadir.Trekbolda uning korpusi emas, balki sharcha xarakatga keltiriladi. Bu esa kursorni boshqarish aniqligini ancha oshirishga yordam beradi. Qo’shimcha qurilmalarga printer, skaner, ovoz kolonkalari, modem, grafokuruvchi, plaNChet, joystik, nurli pero, videokon`ektor va boshqalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |