Toshkent axborot texnologiyalari universiteti urganch filiali 2-amaliy topshiriq


Operatsion tizimda xotira bilan ishlash


Download 442.88 Kb.
bet3/7
Sana16.01.2023
Hajmi442.88 Kb.
#1094925
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-amaliy ish

2.Operatsion tizimda xotira bilan ishlash
Xotirani boshqarish. Kompyuter tizimi bosh asosiy masalasi-dasturni boshqarishdir. Dasturlar va ularning murojaat qiladigan malumotlari, bajarilish jarayonida operativ xotirada (xech bo`lmasa qisman) joylashgan bo’lishi shart. Operatsion tizimga xotirani, foydalanuvchi jarayonlari va ОТ komponentalari orasida taqsimlashga to'g`ri keladi. Operatsion tizimning bu faoliyati xotirani boshqarish deyiladi. Shunday qilib, xotira (storage memory) sinchiklab boshqarishni talab etadigan resursdir. Yaqin kunlargacha xotira eng qimmat resurs xisoblangan. Operatsion tizimning xotirani boshqaradigan qismi xotira menejeri deyiladi.
Kompyuter xotirasini flzik tuzilishi (tashkil etilishi). Kompyuterning xotira qurilmasi ikki turga: asosiy (bosh xotira. tezkor xotira. fizik xotira) va ikkilamchi (ichki xotira) xotiraga bo’linadi.
Asosiy xotira bir baytli tartiblangan yacheyka massiviga ega bo’lib. har bir yacheyka o’zining adresiga (nomeriga) ega. Protsessor buyruqlami asosiy xotiradan oladi, qayta ishlaydi va bajaradi. Buyruqlarni bajarishda asosiy xotiraning bir nechta yacheykalariga murojaat qilishga to'gri keladi. Odatda asosiy xotira yarim o’tkazgichli texnologiya asosida tayyorlanadi shuning uchun xotiradagi ma'lumotlar elektr manbasidan uzilgandan so'ng o'chib ketadi.
Ikkilamchi xotira (bu asosan disklardir) bu chiziqli birlik adresga ega bo'lgan joy va ularni ketma-ket joylashgan baytlar taslikil qiladi. Ikkilamchi xotiraning tezkor xotiradan farqi shundaki, u alohida energiyaga katta hajmga va samarali foydalanish imkoniyatiga ega. Xar xil ko'rinishdagi xotiralar ierarxiyaga murojaat vaqti kamayib borishi, sig`imi oshishi tarzida birlashishi mumkin.
Ko`p bosqichli sxemalar quyidagicha ishlatiladi. Ma`lumotlar odatda xotiraning yuuqaori sathlaridan qidiriladi. Agar u yerdan topilmasa, ma`lumotlar katta nomerli satxlarda ham saqlanadi. Shu sababli u keying sathdan qidira boshlaydi. Agar kearkli ma`lumotni topsa uni yuqori satxga yuboradi.
Mahalliylik (lokalliylik) Ma`lum bo`lishicha bu usulda boshqarishni tahkil etish xotira satxlariga kirishni va aloqa chastotasini kamaytiradi. Bu yerda muhim rolni chegaralangan vaqt davomida xotira adresslarining kichik bo`lagi bilan ishlash xossasi o`ynaydi. Bu empiric jihatdan kuzatiladigan xossa lokallilik prinsipi yoki murojaatlarni lokallashtirish deyiladi.
Prossessor keshi qurilmaning bir qismi xisoblanadi. Shuning uchun OTning xotira menejeri asosan ma`lumotlarni kompyuterning asosiy va ichki xotira qismiga taqsimlash bilan shug`ullanadi. Ba`zi sxemalarda tezkor va ichki xotira o`rtasidagi oqimni dasturchi boshqaradi. Ammo bu bog`lanish dasturchi vaqtini yo`qotadi. Shu sababli bu ishni OTga yuklashga harakat qilinadi.
Mantiqiy xotira – xotirani yacheykali chiziqli to`plami ko`rinishida apparat tashkil etish dasturchining dastur va ma`lumotlar saqlanishi ko`rinishi haqidagi tasavvuri bilan mos kelmaydi. Ko`pgina dasturlar bir-biriga bog`liq bo`lmagan holda yaratilgan modullardan tashkil topgan.
Ba`zan jarayon tarkibiga kiruvchi hamma modullar xotirada ketma-ket joylashadi va chiziqli addresslar maydonini tashkil qiladi. Biroq ko`pincha modullar xotiraning turli joylarida joylashtiriladi va turlicha foydalaniladi.
Mantiqiy adressning fizik address bilan bog`lanishi dastur operatorning bajarilishigacha yoki bajarilish vaqtida amalga oshirilishi shart. Bu holda ko`rsatmalarni va ma`lumotlarni xotiraga bog`lash quyidagi qadamlar bo`yicha amalga oshiriladi.

Xotiraning boshqaruv tizimi funksiyasi:
Xotiradan samarali foydalanishni ta’minlash uchun operatsion tizim quyidagi funksiyalarni bajarishi lozim.
Fizik xotirani aniq bir sohasida jarayon adreslar to`plamini aks ettirish:
Qarana-qarshi jarayonlar o`rtasida xotirani taqsimlash.

Download 442.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling