Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Download 91.95 Kb.
|
Mustaqil ish.pdf
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI “Fizika ” fanidan Mustaqil Ish Mavzu:To’lqinlar superpozitsiyasi Bajardi: Latipov Abduhamid Reja
1.To’lqinlar superozitsiyasi deb nimaga aytiladi? 2.Kogerent bo’lmagan to’lqin? 3.Kogerent to’lqinlar? Tabiatda ko‘p hollarda muhitda bir vaqtning o‘zida bir necha xilma-xil to‘lqin tarqaladi. Masalan, uyda ko‘pchilik suhbat qurib otirgan bo‘lsa, bir necha tovush to‘lqini bir-biriga qo‘shilib ketadi Kuzatishlar va tekshirishlarning ko‘rsatishicha, agar muhitda bir necha tebranish manbalari bo‘lsa, ulardan chiqqan to‘lqinlar bir biriga bog‘liq bo‘lmagan holda tarqaladi va tarqalish yo‘nalishida ozaro uchrashgandan keyin ham tarqalishda davom etadi. Bu holat lqin jarayonlarining mustaqillik prinsipi deb ataladi. Bu prinsipi orinli bo‘lgan barcha hollarda muhit zarralarining tebranishi zarralarning har bir to‘lqin alohida-alohida tarqalgan vaqtdagi tebranishlarining geometrik yig‘indisidan iborat bo‘ladi. Demak tolqinlar bir-birini buzmasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘shilar ekan. Tajribadan kelib chiqadigan bu fikr to‘lqinlarning superpozitsiya(qo‘shilishi) prinsipi deb ataladi. Masalan, suvga ikkita tosh tashlaganda suv betida hosil bo‘lgan to‘lqinlarning tarqalishida ularning zaro uchrashish joyida har qaysi to‘lqin tomonidan hosil qilingan tebranishlar bir-biri bilan qo‘shiladi . Qo‘shilish natijasida hosil bo‘luvchi tebranish uchrashayotgan to‘lqinlarning fazalari, davrlari va amplitudalariga bog‘liq bo‘ladi. Agarda, muhitda bir vaqtda bir nechta to’lqinlar tarqalayotgan bo’lsa u holda muhit zarrachalarninig natijaviy tebranishi xar bor ato’lqinning alohida taqalishiga bog’liq zarrachalar tebranishlarning geometric yigindisidan iborat.boladi.Shu sababli , to’lqinlar bir-birini qozgatmay , oddiygina bir – birining ustiga tushadi. Tajribalardan olingan bu tasdiq tolqinlarning superpozitsiya prinsipi deb ataladi. Zarrachalarning natijaviy xarakati tashkil etuvchi tebranishlarning chastota, amplitude va fazalarga bog’liqdir. Bir xil yonalsihga ega bo’lgan manbadan chiqayotgan ikkita to’lqinning qoshilishi alohida qiziqish tug’diradi.Masalan , bu to’lqinlar S1 va S2 nuqtaviy manbalardan qozgatilgan bo’lib ularning chastotalari W1 va W2 boshlangich fazalari bir xil va nolga teng bo’lsin. (1-rasm) 1 –rasm. Ikkita nuqtaviy manbadan bir xil yonalishda tarqalayotgan tolqinlarning qoshilishi Ixtiyoriy M nuqtada xosil bo’lgan tebranishlar quyidagi tenglamalarni qanoatlatiradilar. Tebranishlar bir xil yonalishda sodir bo’lganligi uchun M nuqtada natijaviy tebranish amplitudasi. , ga teng boladi va u tebranishlar fazalari farqi qiymatiga bog’liq bo’ladi. Download 91.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling