11-Mavzu. O’zbekiston va jahon hamjamiyati Reja


Download 167.57 Kb.
bet1/2
Sana31.01.2024
Hajmi167.57 Kb.
#1821625
  1   2
Bog'liq
11 мавзу маъруза


11-Mavzu. O’zbekiston va jahon hamjamiyati
Reja
1. Mustaqil O’zbekistonning tashqi siyosati asoslari va jahon hamjamiyatiga qoshilishi
2. O’zbekistonning Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi davlatlari bilan aloqalari
3. Markaziy Osiyo davlatlari o`rtasida hamkorlik aloqalari
4. O’zbekistonning Osiyo mamlakatlari bilan O’zaro manfaatli aloqalari
5. O’zbekistonning AQSh va Yevropa mamlakatlari bilan hamkorligi
Tayanch iboralar:
XXI asr boshlari, xalqaro ahvol, tinchlikka havf soluvchi tahdidlar, «sovuq urush» siyosati, O’zbekistonning geosiyosiy holati, tashqi siyosat tamoyillari, O’zbekiston va BMT, O’zbekiston va UNESKO, tashqi iqtisodiy aloqalar, jahon hamjamiyati, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT), Shanxay hamkorlik tashkiloti, GUUAM, MDH, O’zbekiston va Markaziy Osiyo, O’zbekiston va Osiyo mamlakatlari, O’zbekiston va AQSh, O’zbekiston va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari.
1-masala: Mustaqil O’zbekistonning tashqi siyosati asoslari va jahon hamjamiyatiga qoshilishi XXI asr bosagasida jahon taraqqiyotining mazmuni o`zgardi. Ilgari dunyo ikki qutbli bo`lib, bir-biriga qarama-qarshi bolgan kuchlar nisbati ikki joyda – SSSR va AQSh yetakchilik qilgan ikki ijtimoiy-siyosiy tuzum, ikki harbiy-siyosiy kuchlarning qolida edi. Dunyoning tinchligi va xavfsizlik tizimi shu ikki sistemaning, ikki blokning O’zaro muholiflik muvo`zanatiga asoslangan edi. Dunyoda «sovuq urush» siyosati hukmronlik qilardi. Butun dunyo yadro urushi xavfi ostida yashardi. XX asrning 90-yillariga kelib sosialistik dunyoning yetakchisi bolgan ulkan imperiya – SSSR parchalanib ketdi, Varshava Shartnomasi bloki tarqalib ketdi. Birgina SSSRning parchalanishi natijasida 15 ta davlat, jumladan, O’zbekiston davlati paydo bo`ldi. «Sovuq urush» siyosati barham topdi. Xalqaro vaziyatning o`zgarishi jahon taraqqiyotining holatini tubdan o`zgartirib yubordi. Endi dunyo kop qutbli bo`lib qoldi. Biroq dunyo hamon mo`rt, murakkab muammoli bo`lib turibdi. Dunyo tinchligiga tahdid soluvchi xavf-xatarlar, ziddiyatlar, ayniqsa, xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm, fundamentalizm xavfi saqlanib qoldi. Bugungi kunda insoniyatning taqdiri, ijtimoiy taraqqiyot istiqbollari xalqaro munosabatlarga bog`liq bo`lib turibdi. Xalqaro maydondagi har bir siyosiy tanglik mojaro barcha mamlakatlar xalqlari manfaatiga dahldor bo`lib qoldi. Shu bois O’zbekistonning xalqaro maydonda olib borayotgan siyosatini, uning mamlakatimiz milliy manfaatlariga javob beradigan strategik ustuvor yo`nalishlarini aniq belgilab olish nihoyatda dolzarb masalalardan biriga aylandi. Shu maqsadda 2012 yil sentyabr oyida qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida»gi Qonunda belgilab berilgan prinsiplar muhim voqyea bo`ldi. Bu prinsiplar quyidagilar: O’zbekistonning turli harbiy bloklardan uzoq bo`lishi; o`zining suvereniteti va hududiy yaxlitligini himoya qilish bo`yicha qat`iy po`zisiyaga ega bo`lishi va o`z hududida xorijiy davlatlarning harbiy bazalarini joylashtirilishiga yo’l qoymaslik; ochiq, izchil va faol tashqi siyosat olib borish.
O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini qo`lga kiritishi Yosh davlatimizni jahon hamjamiyatiga qo`shilish uchun imkoniyat yaratdi. Shu bois mamlakatimiz rahbariyati istiqlolning dastlabki kunlaridan e`tiboran O’zbekistonning milliy manfaatlariga mos keladigan puxta siyosiy yo’lini belgilash, jahon hamjamiyatiga qo`shilish, xorijiy mamlakatlar bilan aloqalar o`rnatish kabi dolzarb masalalarni hal qilishga kirishdi. Istibdod davrida mamlakatimiz to`la mustaqil ravishda tashqi siyosat va diplomatik faoliyat yuritish, xorijiy davlatlar va xalqaro nufuzli tashkilotlar bilan aloqalarni o`rnatish kabi huquqlardan mahrum etilgan edi.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov o`zining «O’zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo’li» va boshqa asarlarida mustaqil tashqi siyosat yuritish qoidalarini nazariy va amaliy jihatdan asoslab berdi. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 17-moddasida Respublika mustaqil tashqi siyosiy faoliyatining huquqiy asoslari, prinsiplari, maqsad va vazifalari o`zining qonuniy aksini topdi.
O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
• mafkuraviy qarashlardan qat`iy nazar hamkorlik uchun ochiqliq umuminsoniy qadriyatlarga, tinchlik va havsizlikni saqlashga sodiqlik;
• davlatlarning suveren tengligi va chegaralar dahsizligini hurmat qilish;
• boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik;
• nizolarni tinch yo’l bilan hal qilish;
• kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik;
• inson huquqlari va erkinliklarini hurmatlash;
• ichki milliy qonunlar va huquqiy normalardan xalqaro huquqning umum etirof etilgan qoidalari va normalarining ustuvorligi;
• davlatning, xalqning oliy manfaatlari, faravonligi va havfsizligini taminlash maqsadida ittifoqlar tuzish, hamdostliklarga kirish va ulardan chiqish;
• tajovuzkor harbiy bloklar va uyushmalarga kirmaslik;
• davlatlararo aloqalarda teng huquqlilik va O’zaro manfaatdorliq davlat milliy manfaatlarining ustunligi;
• tashqi aloqalarni ham ikki tomonlama, ham kop tomonlama kelishuvlar asosida rivojlantirish, bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga boshqasidan uzoqlashmaslik.Istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalarini taminlab beruvchi davlat organlari shakllantirildi. Tashqi ishlar vazirligi funksiyalari va faoliyatining yo`nalishlari tubdan o`zgartirildi. 1991 yil sentyabrda O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tashkil etildi. 1992 yil 21-fevralda O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning «O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligini tashkil etish to’g’risida»gi Farmoni qabul qilindi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 21 oktyabrdagi «Tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida boshqaruv tizimini yanada erkinlashtirish va takomillashtirish to’g’risida»gi Farmoniga asosan bu vazirlik O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi etib qayta tashkil qilindi. 2005 yil iyul oyida O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar, investisiyalar va savdo vazirligi etib qayta tashkil qilindi. O’zbekistonda tashqi savdo bilan shug`ullanuvchi firmalarning maxsus tizimi shakllantirildi. Respublikada diplomatik ishlar uchun, xalqaro huquq va tashqi iqtisodiy aloqalarda faoliyat yuritadigan mutaxassislar tayyorlash yo’lga qo`yildi. O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda, uning jahon hamjamiyati bilan integrasiyalashuvida xalqaro moliyaviy, iqtisodiy tashkilotlar – Xalqaro valyuta fondi, Jahon banki, Xalqaro moliya korporasiyasi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ham komaklashmoqda. O’zbekiston mustakil davlat maqomiga zga bulgan dastlabki kunla-ridan xalqaro xamjamiyat bilan teng huquqli, suveren xamkorlik olib borish yulidan bordi. Qisqa tarixiy davr mobaynida mamlakat jaxon hamjamiyatida o`z o`rniga ega davlatga aylandi. O’zbekiston jahonning ko`plab mamlakatlari va yirik xalqaro tashkilotlari bilan turli sohalarda hamkorlik qilib kelmoqda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev ta`kidlaganlarideq «Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Shanxay xamkorlik tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi, Islom hamkorlik tashkiloti va boshka xalqaro tuzilmalar bilan faol munosabatlar o`rnatilgan va ular bilan hamkorlik olib borish O’zbekistonning milliy manfaatlariga xizmat qiladi». 2018 yil holatiga ko`ra O’zbekistonni 180 ga yaqin davlat tan olgan. Ularning 134 tasi bilan diplomatik munosabatlar o`rnatilgan. Toshkentda 45 ta davlatning elchixonalari, 9 ta faxriy konsulxona, 11 ta xalqaro tashkilot, 5 ta xalkaro moliyaviy, 3 ta diplomatik mavkedagi savdo vakolatxonalari faoliyat yuritmoqda. O’zbekiston Respublikasining BMT bilan munosabatlarining o`rnatilishi va rivojlanishi mustaqillik davri tarixining muhim sahifalaridan biridir. O’zbekiston bu yirik global tashkilot va uning ixtisoslashgan muassasalari bilan xalqaro va mintakaviy xavfsizliq barqaror taraqqiyot, ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik muammolar kabi masalalar yuzasidan O’zaro hamkorlik olib bormoqda.
Shuni alohida ta`kidlash kerakki, zamonaviy xalqaro munosabatlarda BMT o`ziga xos o`ringa ega bo`lib, global darajadagi masalalarda muhim ahamiyatga ega. Mazkur tashkilot butun dunyodagi siyosiy vaziyatlarda jahon mamlakatlari muammolarini xalqaro hamjamiyatga olib chiqishda o`ziga xos minbar vazifasini ham bajaradi, 2017 yil «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik markazi YuNESKO hamkorligida «Yoshlar dunyo va o`zi haqida» mavzusida Toshkent, Samarqand, Fargona viloyatlari o`quvchi Yoshlari o`rtasida surovnoma o`tkazadi. Ushbu surovnomada ularga «Siz jamiyat hayotini boshqaradigan, Markaziy Osiyo mintaqasi aholisining ijtimoiy muammolarini xal qila oladigan qanday institut yoki tuzilmalarni bilasiz?», degai savolga respondentlarning 19,5% BMT, 13,8% ShXT, 7,1% YuNESKO, 2,9% YuNISEF, 66,2% bilmayman deb javob berishgan. «Siz jaxon hamjamiyatidagi turli muammolarni hal etishda asosiy o`rin tutadigan qanday tashkilotlarni bilasiz?», degan savolga Yoshlarning 67,1% BMT, 43,8% YuNESKO, 26,7% YuNISEF, 10,5% NATO, 3,3% ShXT, 2,9% Inson xukukdari umumjaxon Deklarasiyasi, 20,5% bilmayman deb javob berishgan. Ko`rinib turibdiki, Yoshlarning ko`pchiligi mintakaviy va global muammolarni hal etishda asosiy tashkilot sifatida BMT va uning tuzilmalarini ko`rsatishgan. Bu esa BMTning boshqa xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarga nisbatan ko`lami, ahamiyati nihoyatda katta ekanligining bir dalili sifatida tashkilot faoliyatini yanada rivojlantirishni ham talab qiladi.
O’zbekiston Respublikasi 1992 yil 2 mart kuni jaxon hamjamiyatining teng xuquqli a`zosi sifatida BMTga a`zo bo`ldi. O’zbekistonni BMTga qabul qilish to’g’risidagi qaror BMT Bosh Assambleyasining 46-sessiyasida yakdillik bilan maqullash asosida qabul qilindi. Shundan so`ng 1993 yil 24 oktyabrda Toshkentda Xolid Malik boshchiligida BMTning vakolatxonasi ish boshladi. Mazkur vakolatxona O’zbekistondagi BMT tizimining ixtisoslashgan muassasalari va dasturlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, O’zaro hamkorlik masalalari va mamlakatdagi isloxatlarga ko’maklashadi.
BMT O’zbekistonga jahonda tinchlik va barqarorlik iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish, madaniy va ilm-fan taraqqiyotining yorqin misolidagi tobora rivojlanib borayo`tgan Yosh mamlakat sifatida qaraydi. Shu bois mazkur nufuzli tashkilot va uning ixtisoslashgan muassasalari O’zbekiston bilan xamkorlikda turli xalqaro anjumanlar tashkil etishdan manfaatdor. Bu esa O’zbekiston uchun tashkilot va uning tuzilmalari bilan ko’p tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash, mustaqillik sharoitida erishilgan yutuqlarni, O’zbekiston tarixi, madaniyati, san`ati va boshqalarni jaxon miqyosida targib etish, global va mintaqaviy muammolarga birgalikda yechim topish imkoniyatini beradi.
O’zbekiston Respublikasining BMT bilan munosabatlarida 2016 yilning ikkinchi yarmidan boshlab yangi tendensiyalar ko`zga tashlanib, O’zaro munosabatlarda yangi bosqich boshlandi. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevralda qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha Harakatlar strategiyasi to`grisida»gi Farmoni asosida mamlakat tashqi siyosati, jahonning rivojlangan mamlakatlari va xalqaro tashkilotlari bilan hamkorligini yangi bosqichga ko`tarishning «yo’l xaritasi» belgilab olindi. «Harakatlar strategiyasi» O’zbekiston tashki siyosiy faoliyatida yangi omillar, resurslar va O’zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, siyosiy va iqtisodiy diplomatik munosabatlarni chuqurlashtirish uchun asos yaratdi. Xalqaro ekspertlarning ta`kidlashicha, Harakatlar strategiyasida belgilangan chora-tadbirlar BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari global bilan uygundir. Harakatlar strategiyasi - bu BMT Barkaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish bo`yicha O’zbekistonning yo’l xaritasidir. Shunga asosan, O’zbekiston tashqi siyosiy faoliyatida, jahonnning rivojlangan mamlakatlari va xalqaro tashkilotlari xususan, BMT bilan munosabatlarida yangi sahifa ochildi.
2017 yil 19 sentyabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev AQShda bo`lib, BMTning 72-sessiyasida nutq so`zladi. Mazkur nutq O’zbekistonning BMT doirasidagi xalqaro tashabbuslarida yangi tendensiyalarni namoyon qildi. O’zbekiston Prezidenti uz nutqida mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotidagi o`zgarishlar hamda aniq va asosli manbalarga ega bir nechta tashabbuslarni ilgari surdi. Yani globallashuv va axborot kommunikasiya texnologiyalari jadal rivojlanib borayo`tgan bugungi sharoitda Yoshlarga oid siyosatni shakllantirish va amalga oshirishga qaratilgan umumlashtirilgan xalqaro xuquqiy hujjat - BMTning Yoshlar xuquqlari to’g’risidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqish, BMT Bosh Assambleyasining «Ma`rifat va diniy bagrikenglik» deb nomlangan maxsus rezolyusiyasini qabul qilish, BMT Xavfsizlik Kengashini bosqichma-bosqich isloh qilish, kabi global xarakterdagi takliflari jahon jamoatchiligida katta qizikish uyg`otdi. Xususan, O’zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyeyovning mazkur nutqi mavjud muammolarga mahalliy, mintaqaviy va global darajada ahamiyat qaratilib, ularning yechimiga pragmatik yondashilganligi bilan alohida ahamiyat kasb etdi.
O’zbekistonning Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi davlatlari bilan aloqalari
Xo`zirda jahonda turli xil xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar mavjud bo`lib, ularning orasida Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi (MDH) o`ziga xos ko`rinishga ega. 1991 yil 8-dekabrda Minskda – Rossiya, Ukraina va Belorus rahbarlarining uchrashuvida Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi (MDH)ni tuzish to’g’risida shartnoma imzoladilar. Shartnomada1922 yil 30-dekabrda tashkil topgan SSSR tugatilganligi va Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi (MDH) tashkil etilganligi rasman e`lon qilindi. 1991 yil 25-dekabrda SSSR xalqaro huquq subyekti sifatida barham topdi va M.S.Gorbachyov Bosh kotib va Prezident lavo`zimlaridan istefoga chiqdi.
1991 yil 21-dekabrda Almatida 11 davlat – Rossiya, Ukraina, Belorus, Qo`zogiston, O’zbekiston, Qirgiziston, Tojikiston, Turkmaniston, O`zarbayjon, Armaniston, Moldova davlatlari boshliqlarining Kengashida Belovejskoye Pushche shartnomasi yuzasidan protokol imzolanib, «Teng huquqli va ahdlashayo`tgan oliy tomonlar» maqomida MDH muassisi bo`ldilar. Kengashda Almati Deklarasiyasi qabul qilindi.
1991-2001 yillarda MDH davlatlari boshliqlarining 30 ga yaqin kengashi bo`lib, ularda hammasi b`olib iqtisodiy, ijtimoiy, harbiy-siyosiy, tashkiliy umumiy sohalarga oid 1300 ga yaqin masalalar muhokama etilgan, tegishli 1400 dan ortiq masalalar muhokama etilib tegishli normaviy, tavsifiy hujjatlar, bitimlar, shartnomalar imzolangan. MDHda hamjihatlikni mustahkamlash va rivojlantirish jarayoni davom etmoqda, yilda bir necha bor sammitlar o`tkazilib kelinmoqda. 2000 yilning o`zida Moskvada ikki marta, yani 24-25-yanvar hamda 21-iyun kunlari MDH davlat boshliqlarining sammiti bo’lib o’tdi. 2001 yil 29-30-noyabr kunlari Moskvada MDH tashkil etilgan kunning 10 yilligiga bag`ishlangan yubiley sammiti bo’lib o’tdi. Sammitda MDH tuzilganligining 10 yilligi munosabati bilan Bayonot imzolandi. Sammit qatnashchilari Afgoniston voqyealari to’g’risida ham Bayonot imzoladilar. 2004 yil sentyabr Astanada bo`lib o`tgan MDH sammitida hamdostlikning strukturasini o`zgartirish masalasi korildi. Sammitda terrorizmga qarshi kurash borasida MDHning «Xavfsizlik kengashi»ni tuzishga qaror qilindi.
Shu bilan bir qatorda MDH a`zolari hamdostlikning boshqa yo’llarini topmoqdalar. MDH doirasida bir necha xalqaro tashkilotlar vujudga keldiki, ularning faoliyati umumiy maqsadlar va muammolarga qaratildi. Bunga Kollektiv xavfsizlik to’g’risidagi shartnoma tashkiloti (ODKB) va Yevrosiyo Iqtisodiy Hamjamiyati (YevrAzES)ni misol qilish mumkin.
1992-yil 20-martda Kiyev shahrida O’zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federasiyasi o`rtasida diplomatik munosabatlar ornatish to’g’risida Protokol imzolangan bo`lsa,1992-yil 5-mayda Moskvada O’zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federasiyasi o`rtasida davlatlararo munosabatlar asoslari to’g’risidagi Shartnoma imzolandi,1992-yil 22-iyulda esa Toshkentda Rossiya Federasiyasi Bosh vaziri A.Shoxin boshchiligidagi Rossiya Federasiyasi va O’zbekiston delegasiyalarining muzokaralari bo’lib o’tdi. Muzokaralar yakunida O’zbekiston Rossiya munosabatlarni rivojlantirishga aloqador qoshma axborot imzolangan edi.
1993-yil 26-may kuni I.A.Karimov «Trud» gazetasi muxbirlarining savollariga qaytargan javoblarida Rossiyaga munosabatini bildirib, quyidagilarni ta`kidladi: "Rossiya biz uchun suv va havodek zarur. Men rejalashtirish idoralarida kop yillar ishlaganman. Aloqalarimiz naqadar kengligini bilaman. Manaviy yaqinligimiz ham juda muhim. Rossiyaning kelajagi buyuk. Azaldan buyuk davlat bo`lib kelgan, tarix uning o`rnini ana shunday belgilab qo`ygan".
Ikki mamlakat o`rtasida iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, parlamentlararo, samolyotso`zlik va madaniyat sohalarida teng huquqli va O’zaro manfaatli hamkorlik yo’lga qoyila boshlandi.
O’zbekiston Respublikasi va Rossiya Federasiyasi o`rtasidagi iqtisodiy hamkorlik alohida ahamiyatga ega bo`lib mamalakatlarimiz o`rtasida bu sohani rivojlantirishga oid bir qator amaliy qadamlar tashlandi.
2004 yilda ikki mamlakat o`rtasida mahsulot ayirboshlash 2003 yilga nisbatan 42,9 foizga oshib, 1641,9 mln AQSh dollarini tashkil etdi. O’zbekistondan Rossiya Federasiyasiga eksport hajmi 57,8 foizga oshib, 724,8 mln AQSh dollarini tashkil etdi, Rossiyadan imtort esa 33,7 foizga kopayib, 917,1 mln AQSh dollarini tashkit qildi.
2004 yilda savdodagi ijobiy savdo tufayli 2003 yildagi salbiy saldoni qariyb 38 mln AQSh dollari miqdorida qisqartirilishiga erishildi. 2004 yilda eksport tarkibi asosan xizmatlar (koproq energo`zaxiralarni, yo’lovchilarni tashish, temiryo’l orqali mahsulot tashish) 25,9 foizni yoki 187,5 mln AQSh dollarini, energo`zaxiralar - 17,7 foiz yoki 128,6 mln AQSh dollari, paxta tolasi - 10,1 foiz yoki 72,3 mln AQSh dollari, qayta ishlangan meva va yongoq - 2,8 foiz yoki 20,4 mln AQSh dollari, qayta ishlangan sabzavot va boshqa osimliklar - 2,1 foiz yoki 15,0 mln AQSh dollari, mato va jun mahsulotlar - 1,8 foiz yoki 13,1 mln AQSh dollari, elektr mashinalar va asbob-uskuna - 1,8 foiz yoki 12,7 mdn AQSh dollari, gtaxta va notoqima materiallar - 1,6 yoki 11.2 mln AQSh dollarini tashkil etgan.
Import tarkibi esa kuyidagicha bo`ldi: qora metall va ulardan ish-langan mahsulot - 24,6 yoki 225,8 mln AQSh dollari, mexanik asbob-uskuna - 13,7 yoki 125,8 mln AQSh dollari, yogoch va yogoch mahsulotlari -9,8 fosh yoki 89,8 mln AQSh dollari, xyumatlar - 6,2 foiz yoki 56,4 mln AQSh dollari, elekgr mashina va asbob-uskuna - 6,0 foiz yoki 54,6 shn AQSh dollari, yerda yuradigan transport vositalari - 4,9 foiz yoki 44,99 mln AQSh dollari, kauchuk va rezina mahsulotlari - 4,0 yoki 37,0 mln AQSh dollari, farmasevtika mahsulotlari - 3,9 foiz yoki 35,7 mln AQSh dollari, optik pribor va apparatlar - - 3,1 foiz yoki 28,2 mln AQSh dollari, plastmassa va ulardan ishlab chikrrshgan mahsulot -2,7 foiz yoki 25,0 mln AQSh dollarini tashkil etgan.
O’zaro savdodagi eksport va import tarkibi asosan mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun raqobat qilmaydigan mahsulotlardan tashkil topgan (odatda ichki bo`zorlarda talab yuqori bolgan avtomobillar bundan mustasno).
Yuqoridagilardan xulosa qilib, ikki tomonlama savdo istiqbolda savdo tosiklariga yo’l qoymaydigan O’zaro manfaatli asosda amalga oshirilayo`tganini qayd etish mumkin.Mamlakatimizda Rossiya sarmoyasining ishtirokida tashkil etilgan korxonalar hamda Rossiya kompaniya va firmalarining akkredetasiya qilingan vakolatxonalari soni kopayib bormokda. Masalan, 2003 yilda Rossiya sarmoyasi ishtirokida mamlakatimizda 309 ta korxona faoliyat yuritgan bo`lsa, 2004 yilda ularni soni 390 taga yetgan. Ulardan 54 foizi Rossiya investisiyasi asosida faoliyat yuri-tadi, 295 tasi esa qoshma korxonalardir.
Rossiya sarmoyasi ishtirokida tashkil etilgan korxonalarning nizom jamgarmasi 88,5 mln AQSh dollarini tashkil etgan. 2004 yil natijalariga ko`ra ushbu korxonalarning tashqi savdo ayirboshlash ko`rsatkichi 81,8 mln AQSh dollarini, 2005 yilning avgustiga qadar esa bu korsatkich 76,5 mln AQSh dollarini tashkil qildi (yani 2004 yilning shu davriga nisbatan o`sish 1,7 barobar ortiq bolgan). O’zbekiston mintaqalari nuqtai nazaridan olinadigan bo`lsa, faoliyat yuritayo`tgan korxonalar asosan Toshkent shahri, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Andijon hamda Fargona viloyatlari ulushiga togri keladi. Mazkur korxonapar faoliyatining asosiy yo`nalishlari quyidagi sohalarni qamrab oladi: o`ziq-ovqat, tekstil, yogochni qayta ishlash, kimyo-farmasevtika, metallurgiya, mashinaso`zliq avtomobilso`zliq yoqilgi-energetika, qishloq xojaligi hamda O’zbekiston iqtisodiyotining boshqa tarmoqdarida birgalikda mahsulot ishlab chiqarish, savdo vositachilik faoliyati.
Keyingi vaqtda qishloq xojalik mahsulotlarini qayta ishlash sohasida kooperasiyani mustahkamlash jarayonlari ko`zga tashlanmoqda. Ayni paytda bu sohada "Baltimor", "Cherkizovo" va boshqa mashhur Rossiya komianiyalari bilan tashkil etilgan toqqizta qoshma korxona faoliyat yuritmoqda. "Bim Bill Dan" kompaniyasi "Toshkentsut" birlashmasining 77 foiz aksiyasini sotib olish to’g’risidagi shart-nomani imzolab, sut mahsulotlari va meva sharbatini ishlab chiqa-rishga 20 mln AQSh dollari mikdorida investisiya kiritishni mo`ljallamoqda.
2004 yil oktyabrda Moskva shahrida Rossiya Federasiyasi va O’zbekiston Respublikasi o`rtasida iqtisodiy hamkorlik bo`yicha hukumatlararo komissiyaning yettinchi majlisi bo’lib o’tdi. Uni Rossiya tomonidan Sanoat bo`yicha federal agentlik rahbari Boris AlYoshin, O’zbekiston tomonidan O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri orinbosari Otkir Sultonov boshqardi.
Bu uchrashuvi natijasida ikki tomonlama protokol imzolandi. Shuningdek O’zbekiston Milliy Banki tomonidan "Osiyo invest bank"ka sarmoyaviy loyihalarni moliyalashtirish va O’zbekistondan Rossiyaga eksportni ragbatlantirish uchun 60 million dollar miqdorida kredit loyihasi ochish to’g’risida, "O`zbekneftgaz" va "Lukoil Oversis Xolding" kompaniyalari o`rtasida o`zbek konlarini o`zlashtirishda mahsulot taqsimoti to’g’risida bitimlar qabul qilingandi.
2005 yil 11 oktyabrda esa O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Rossiya Federasiyasining Sanoat bo`yicha federal agentlik rahbari Boris AlYoshinni qabul qildi. Uchrashuvda O’zbekiston bilan Rossiya o`rtasidagi savdo iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish bilan bog`liq masalalar yuzasidan fikr almashildi. 2005 yil 2 dekabr kuni mamalakatimizga Rossiya Federasiyasining "RUSAL" kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Oleg Deripaskani tashrif buyurdi. "RUSAL" kompaniyasi 2000 yilda tashkil topgan bo`lib alyuminiy ishlab chiqarish bo`yicha jahondagi kuchli uchlikka kiruvchi yagona yagona xususiy sanoat majmuidir. Dunyoda ishlab chiqaradigan alyuminiyning o`n foizi "RUSAL" hissasiga tog`ri keladi. Kompaniya o`z faoliyati davomida 2004 yilgi ma`lumotlarga ko`ra 12,7 million tonna alyumini oksidi 12,6 million tonna xomaki ishlov berilgan alyuminiy xomashyosini ishlab chiqargan. Tojikistonda faoliyat olib borayotgan alyuminiy zavodidan atmosferaga zaharli moddalar chiqariladi va mamalaktimizning janubiy viloyati, viloyati Surxandaryo aholisi ham shundan aziyat chekmoqda. Oleg Derepaska tashrif doirasida Surxandaryoda ham bo`lgandi. Uchrashuvda O’zbekiston korxonalari bilan "RUSAL" o`rtasidagi aloqalarga oid masalalar yuzasidan fikr almashilgandi.
Rossiya Federasiyasida "O’zbekiston" savdo uyining ochilishi ikki mamlakat o`rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash yo’lidagi muqim qadam bo`ldi. 2005 yilning 19 dekabrida Toshkentda Rus Savdo uyining ochilishi marosimi bo’lib o’tdi. Uning asosiy faoliyati RF Sibir mintaqasining iqtisodiy salohiyatini O`zbe-kistondan keltirilayo`tgan mahsulotlar bilan O’zaro manfaatli jihatlarini namoyish etishdir
2007 yilda Rossiyalik sarmoyadorlar bilan hamkorlikda tashkil qilingan qo`shma korxonalar soni to`rt yuz ellikdan oshadi, Rossiyada esa O’zbekiston sarmoyasi bilan tuzilgan korxonalar 284 tani tashkil etgan. 2007 yilda O’zbekistonda 132 ta Rossiya firma va kompaniyalari o`z vakolatxonalarini ochganlar. Jumladan, "Vim Bil-Dan-Toshkent (sut mahsulotlari), "Petromaruzgaz" (kimyoviy mahsulotlar),"Baltimor-Chelak" (konserva), "Elimpeks"(toqimachilik) kabi korxonalar faoliyat olib bormoqda. 2007 yil 14 may kuni Toshkent shahridagi Xalqaro hamkorlik markazida O’zbekiston Rossiya biznes forumi bo’lib o’tdi. Mazkur forumga ishtirok etgan Rossiya delegasiya safida to`qsonga yaqin federal va mintaqaviy miqyosdagi firma va kompaniya vakillari ishtirok etishdi.
Toshkentda 2008 yil fevral oyida Rossiyaning blok-konteyner shaklidagi mamuriy inshootlar, yotoqxona va oshxonalarni loyihalash va qurish, neft-gaz, oltinqazish, shuningdektog-kon sanoati uchun yuqori texnologiyalar ishlab chiqarish bilan shug`ullanuvchi yirik kompaniyalaridan biri "Ribinskkompleks" moliya sanoat kompaniyasi" yopiq aksionerlik jamiyatining taqdimot marosimi bo’lib o’tdi. 2008 yil 5-6 fevral kunlarida O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov rasmiy tashrif bilan Rossiya Federasiyasida bo`ldi. Mazkur tashrif O’zbekiston Respublikasi va Rossiya Federasiyasi Prezidentlarining qo`shma bayonoti, O’zbekiston Respublikasi hukumati bilan Rossiya Federasiyasihukumati o`rtasida 2008-2012 yillarga moljallangan iqtisodiy hamkorlik hamda Aviaso`zlik sohasida hamkorlik to’g’risidagi bitim, O’zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi bilan Rossiya Federasiyasi tashqi ishlar vazirligi o`rtasida 2008 yilga moljallangan hamkorlik imzolandi bilan ahamiyatlidir. Rossiya Federasiyasi Prezidenti V.Putin mazkur tashrif yuzasidan quyidagicha fikr bildirdi: "O’zaro tovar ayriboshlash ko`lami tobora kengaymoqda O’zbekistonga eksportning uchdan bir qismi, O’zbekistondan importning qaryib yarmini sanoat mahsulotlari tashkil etayotir. Biz O’zbekistonni Markaziy Osiyodagi eng muhim strategik sheriklardan deb dilamiz".
2003 yil 22 iyul kuni O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroy qarorgohida Rossiyaning «Gazprom» ochiq turdagi aksiyanerlik jamiyati boshqaruv raisi Aleksey Millerni qabul qildi. 2002 yil dekabrda "O`zbekneftgaz" milliy holding kompaniyasi bilan "Gazprom" o`rtasida "Gaz sohasida strategik hamkorlik to’g’risidagi bitim" imzolangan edi. Shu kelishuv doirasida 2003 yil may oyidan O’zbekiston tabiiy gazining eksporti boshlangandi. Mazkur uchrashuvda Islom Karimov "Ushbu hujjat "Gazpram" bilan yangicha munosabatlarimizga tamal toshini qoydi", - deb takidlagan edi.
2004 yilning 14 aprelida O`zbekneftgaz" milliy holding kompaniyasi bilan "Gazprom" ga qarashli "Zarubejneftgaz" yopiq aksionerlik jamiyati o`rtasida Shahpaxta konini o`zlashtirishning yakuniga yakuniga yetkazish loyihasi bo`yicha Mahsulot taqsimoti to’g’risidagi bitimga imzo chekildi. 2004 yilning ikkinchi yarmida kondan gaz olish qayta yo’lga qo`yildi,kompressor stansiyalarning qurilishi va infratuzilmani yangilash ishlari tugallandi.Buning natijasida 2004 yilda 200 millin kub metr gaz qazib olindi.
2003 yilning sentyabrdan 2004 yilning iyuligacha bo`lgan mudatda "Gazprom o`quv markazida 9000 nafar O’zbekistonlik mutaxassislar malaka oshirilishi kelishib olindi."
2014-yilning 10-dekabrida Rossiya Federasiyasi Prezidenti V.Putinning O’zbekistonga rasmiy tashrifi bo’lib o’tdi. Ushbu tashrifga binoan Sh. Mirziyoyev 2017 yil 4-5 aprel kunlari RF ga tashrif buyurdi. Ushbu tashrifda ikki mamlakat Prezidentlari mamlakatlar o`rtasida turizm, neft vd gaz sohasida O’zaro manfaatli hamkorliq sogliqni saqlash, tibbiyot va fan sohasida 16 mld lik 50 dan ortiq hujjatlarni imzoladi. 2017 yil O’zbekiston Respublikasi bilan RF o`rtasida diplomatik musobatlar o`rnatilganiga 25 yil toldi. Ho`zirgi kunda mamlakatimizda Rossiyaning 64 ta firma va kompaniyalarning vakolatxonasi ochilgan. O’zbekistonda Rossiyalik ishbilarmonlar bilan hamkorlikda 961 ta qo`shma korxonalar faoliyat ko`rsatmoqda. O’zbekiston va Rossiya o`rtasida madaniy- gumanitar sohalarida O’zaro hamkorlik izchil rivojlanmoqda. Adabiyot va san`at uyg`unligini biz Moskva shahrida buyuk o`zbek shoiri, mutafakkir Alisher Navoiyga, Toshkent shahrida esa Pushkin haykalini o`rnatilganligidan bilishimiz mumkin. Ikki mamlakat o`rtasida qishloq xo`jaligi sohasidagi tovar ayrboshlash 2019 yilda 20 % osib 398 mln ga yetdi. Ozarbayjon Respublikasi bilan O’zbekiston Respublikasi o`rtasidagi munosabatlar strategik sheriklik darajasiga ko’tarilgan.1991-yildan buyon O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Ozarbayjonga 3 marotaba va Ozarbayjon Prezidenti O’zbekistonga 3 marotaba tashrif buyurgan. Mazkur tashriflar chogida ikki davlat o`rtasidagi hamkorlik munosabatlarini sifat jihatdan yanada yuqori pog`onaga ko`tarishga xizmat qiladigan muhim kelishuvlarga erishildi. Xususan, atrof-muhitni muhofaza qilish, informasion va kommunikasion texnologiyalar, temir yo’l transporti, soliq, maxfiy ma`lumotlar daxlsizligini ta`minlash sohalarida hamkorlikka oid, shuningdeq gumanitar, savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy aloqalarni rivojlantirishga doir qator hujjatlar imzolandi.
O’zaro tovar aylanmasi hajmi 2016-yil yakunlari bo`yicha 21,2 million AQSh dollarini tashkil etdi.
Ukraina ham O’zbekiston Respublikasining yetakchi tashqi iqtisodiy sheriklaridan sanaladi. O’zbekiston bilan Ukraina o`rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar mustahkam huquqiy asosga ega bo`lib, turli sohalardagi hamkorlikni tartibga soluvchi 142 shartnoma, bitim va boshqa hujjatlardan iborat.
1991-yildan buyon O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Ukrainaga 6 marotaba tashrif buyurgan va Ukraina Prezidenti O’zbekistonga 4 marotaba tashrif buyurgan.
1994 yili Ukraina Prezidenti L.Kuchma davlat tashrifi bilan O’zbekistonga keldi. Davlat rahbarlari o`rtasidagi O’zaro muloqotda iqtisodiy hamkorliq transport, sanoat, qishloq xojaligi, fan-texnika taraqqiyotidagi yutuqlarda O’zaro xamkorlik olib borish bo`yicha tuzilgan bitimlarni amalga oshirish asosiy o`rin egalladi. O`z navbatida O’zbekiston Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ham Ukrainaga uch marotaba safar qildi. Bu ikki davlat o`rtasidagi aloqalar xo`zirgi kunda ham rivojlanib bormoqda. O’zbekiston Ukrainaga rangli metall, gazlama va boshqa turdagi mahsulotlarni yetkazib berayo`tgan bo`lsa, Ukrainadan O’zbekistonga texnika asbob-uskunalari, ayrim o`ziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilmoqda. Bugungi kunda O’zbekistonda 20 dan ortiq O`zbekston –Ukraina qo`shma korxonalari ishlab turibdi.
O’zaro tovar aylanmasi hajmi 2016-yil yakunlari bo`yicha qariyb 254,1 million AQSh dollarini tashkil etdi. O’zbekiston Respublikasi Belarus Respublikasi bilan har tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga alohida e`tibor qaratadi. Mamlakatlarimiz iqtisodiyoti bir-birini toldiradi. So`nggi ikki yilda Toshkent va Minskda Hukumatlararo komissiyaning (HK) ikkita yigilishi bo’lib o’tdi. O’zbekiston Respublikasi bilan Belarus Respublikasi o`rtasida 2008-2017-yillarga mo`ljallangan iqtisodiy hamkorlik to’g’risidagi shartnoma va uning ijrosi yuzasidan Dastur imzolangan. O’zbekiston va Belarus hukumatlari o`rtasida jinoyatchilikka qarshi kurash, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari o`rtasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etishda hamkorlik to’g’risidagi hujjatlar imzolangan.
1994-yil dekabrda Belarus Respublikasi Prezidenti A.Lukashenkoning O’zbekistonga rasmiy tashrifi amalga oshirilgan.
2015-yil 11-12-mart kunlari Toshkent shahrida O’zbekiston Respublikasi hamda Belarus Respublikasi o`rtasida ikki tomonlama hamkorlik bo`yicha Hukumatlararo qoshma komissiya uchinchi majlisi bo’lib o’tdi.
MDH mamlakatlari boshliqlari majlisi doirasida Minsk shahrida 2014-yil oktyabrida O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov va Belarus Respublikasi Prezidenti A.Lukashenko uchrashishdi. Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni rivojalantirishning asosiy masalalari muhokama qilindi.
O’zaro tovar aylanmasi hajmi 2016-yil yakunlari bo`yicha qariyb 113,4 million AQSh dollarini tashkil etdi. Gruziya O’zbekistonning eng muhim tashqi iqtisodiy hamkorlaridan biri hisoblanadi. Ikki mamlakat o`rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi asosiy hujjat – 1995-yilning 4-sentyabrida O’zbekiston va Gruziya o`rtasida imzolangan dostlik va hamkorlik to’g’risidagi kelishuv hisoblanadi. Ikki tomonlama savdo-iqtisodiy munosabatlarni iqtisodiy hamkorlik bo`yicha o`zbek-gruzin Qoshma komisiyasi tartibga soladi. 2014-yilning 20- oktyabrida Toshkent shahrida mazkur komisiyaning navbatdagi yetinchi yigilishi bo’lib o’tdi.
2016-yil yakunlari boicha ikki davlat o`rtasidagi umumiy tovar aylanmasi hajmi 90,8 million AQSh dollarini tashkil etdi.
Yuqorida etirof etilgan uchrashuvlar, siyosiy, iqtisodiy, madaniy sohada amalga oshirilgan hamkorlik O’zbekistonning MDH davlatlari bilan har tomonlama aloqalarini yanada mustahkamladi.
Markaziy Osiyo davlatlari o`rtasida hamkorlik aloqalari
O’zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo`nalishlaridan biri Markaziy Osiyodagi yangi mustaqil davlatlar – Qo`zogiston, Qirgiziston, Tojikiston, Turkmaniston bilan hamkorliq do`stlik aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan. Markaziy Osiyodagi beshta davlat o`rtasida o`xshash jihatlar kop. Tariximiz, madaniyatimiz, tilimiz, dilimizning birligi, tomirlarimizning tutashib ketganligi bu mamlakat xalqlarini bir-biriga yanada yaqinlashtirish zaminidir.
O’zbekiston Respublikasining tashqi aloqalarida, Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlikni yo’lga qo`yishida Markaziy Osiyo Hamkorlik (MOH) tashkiloti muhim ahamiyat kasb etadi. Bu tashkilot 1994 yil iyul oyi boshida O’zbekiston, Qo`zogiston, Qirgiziston Prezidentlarining Almati shahrida bo`lib o`tgan uchrashuvi asosida tashkil topgan Markaziy Osiyo Iqtisodiy Hamjamiyati (MOIH) zaminida 2002 yil 28-fevralda tashkil topgan. 2002 yil 28-fevral kuni Almati shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining uchrashuvi bo`lib o`tadi. Muzokaralarning yakunlari bo`yicha prezidentlar Markaziy Osiyo Hamkorlik (MOH) tashkilotini ta`sis etish to’g’risidagi shartnomani imzolaydilar. Tashkilotning raisi etib I.A.Karimov saylanadi. Bu tashkilot endi iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish bilan birga siyosiy-ijtimoiy, madaniy texnikaviy va boshqa aloqa turlarini kengaytirish masalalari bilan shug`ullanadigan bo`ldi. MOH tashkilotining tashkil etilishi, uning a`zolari bolgan O’zbekiston, Qozog`iston, Qirg`iziston, Tojikiston o`rtasidagi O’zaro manfaatli aloqalarni yanada kuchayishida muhim ahamiyat kasb etdi.
Mustaqil O’zbekiston Respublikasining Markaziy Osiyodagi mustaqil davlatlar bilan aloqalarida Qozog`iston Respublikasi bilan yo’lga qoyilgan kop tomonlama O’zaro manfaatli aloqalari katta ahamiyatga ega. O’zbekistonning Qozog`iston bilan ikki tomonlama munosabatlari 1992 yil 24-iyunda imzolangan O’zbekiston bilan Qozog`iston o`rtasida do`stlik va hamkorlik to’g’risidagi shartnoma asosida mustahkamlanib bormoqda. Qozog`iston va O’zbekiston Prezidentlari N.Nazarboyev va I.A.Karimovlarning 1994 yil 10-12-yanvardagi Toshkentdagi rasmiy uchrashuvida ikki respublika o`rtasida tovarlar, xizmatlar, sarmoyalar va ishchi kuchlarini erkin o`tib turishini nazarda tutuvchi hamda O’zaro kelishilgan kredit, hisob-kitob, byudjet, soliq, narh boj va valyuta siyosatini taminlash to’g’risidagi shartnoma imzolandi. 1998 yil 31-oktyabrda O’zbekiston bilan Qozog`iston o`rtasida abadiy do`stlik shartnomasi imzolandi.
O’zbekiston va Qozog`iston Prezidentlarining 2000 yil 20-21-aprelda Toshkentda ikki davlat chegaralarini aniq belgilashga bagishlangan uchrashuvi bo`ldi. Uchrashuv yakunida «O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov va Qo`zogiston Respublikasi Prezidenti N.Nazarboyevning qo`shma bayonoti» imzolandi. 2001 yil 17 noyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov rasmiy tashrif bilan Qozog`istonda bo`ldi. Ikki davlat Prezidentlari O’zbekiston-Qozog`iston davlat chegarasi to’g’risida shartnomani imzoladilar. 2440 km uzunlikdagi chegaraning 96 foizi belgilab olindi. Qolgan qismi kelishuv asosida belgilashga kelishildi. 2002 yil 9-sentyabrda Prezidentlar N.Nazarboyev va I.A.Karimovlar Ostona shahridagi uchrashuvida «O’zbekiston-Qozog`iston davlat chegaralarining alohida uchastkalari to’g’risida bitim» imzolandi. Ikki davlat o`rtasidagi chegaraga oid masalaar huquqiy jihatdan o`z yechimini topdi.
O’zbekiston va Qozog`iston o`rtasida iqtisodiy aloqalar rivojlanib bordi. 2002 yilning birinchi yarmida ikki mamlakat o`rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 124 million AQSh dollarini tashkil etdi. 2002 yilda O’zbekistonda 38 ta o`zbek-qozoq qoshma korxonasi, Qozogistonda 92 ta o`zbek-qozoq qo`shma korxonasi faoliyat yuritdi. Ijtimoiy sohada ikki davlat o`rtasidagi munosabatlar ham kengayib bordi. 1994 yilda O’zbekistonda Qozog`iston kunlari o`tkazildi, madaniy aloqalar ananaviy tus oldi. O’zbekiston Yo`zuvchilar uyushmasi qoshida qo`zoq adabiyoti Kengashi, 1992 yildan boshlab qo`zoq tilida «Nurli jol» respublika gazetasi nashr qilina boshlandi.
2017 yil 23-24 mart kunlari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev Qo`zogiston Respublikasi N. Nazarboyev taklifiga binoan Qo`zogistpn Respublikasida bo`ldi. Uchrashuvda Afgoniston muammosi, uni tinch yo’l bilan hal etish zarurligi, transchegaraviy daryo’lar suvlaridan oqilona foydalanisjh, siyosiy savdo-sotiq masalalari muhokama qilindi. O’zbekistonda ho`zirgi kunda Qozog`iston kapitali ishtirokida 230 dan ortiq, Qozog`istonda O’zbekistonlik ishbilarmonlar bilan hamkorlikda 130 dan ortiq korxonalar faoliyat korsatmoqda. Toshkent Samarqandni boglovchi Maxtaral tumanidan o`tuvchi avtomobil yo’lining ochilishi, Toshkent- Olmata tezyurar poyezdi va ikki mamlakat o`rtasida avtobus qatnovining yo’lga qo`yilishi, hududlararo aloqalar savdo va turizm rivonlanishiga xizmat qiladi.
O’zbekistonning Qirg`iziston bilan ikki tomonlama hamkorligi O’zbekiston Respublikasi bilan Qirg`iziston Respublikasi o`rtasida Toshkentda 1992 yil 29-sentyabrda imzolangan dostliq hamkorlik va O’zaro yordam haqida shartnoma asosida yo’lga qo`yildi va rivojlandi. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 1993 yil avgustda Qirg`izistonga qilgan davlat tashrifi paytida ikki mamlakat o`rtasida 1994-2000 yillarga moljallangan iqtisodiy integrasiyani rivojlantirish to’g’risida Bayonot imzolandi. Bu hujjat ikkala respublikada ishlab chiqilgan milliy dasturlarni muvofiqlashtirishga, xomashyo va ishchi kuchidan, ilmiy salohiyatdan unumli foydalanishga qaratilgan. Ikki davlat o`rtasida turli sohalarda hamkorlikni mustahkamlash haqida bitimlar imzolangan. 1994 yil 16-yanvarda I.A.Karimov Qirg`izistonda bo`ldi, tovarlar, xizmatlar, sarmoyalar va ishchi kuchlarini erkin otib yurishini nazarda tutuvchi hamda O’zaro kelishilgan savdo-sotiq, byudjet, soliq, narh boj va valyuta siyosatini belgilovchi shartnomani imzoladi. Bu hujjatlar asosida ikki respublika o`rtasida qardoshlik aloqalari, ikki tomonlama hamkorlik rivojlanib bormoqda. 2000 yilda O’zbekistonda 22 ta o`zbek-qirg`iz qo`shma korxonasi, Qirgizistonda 61 ta qirg`iz-o`zbek qo`shma korxonasi faoliyat yuritdi.
Tojikistonda 1992-1996 yillarda davom etgan birodarkushlik urushi Tojikistonning iqtisodiy taraqqiyotiga salbiy ta`sir etdi, uning qo`shni mamlakatlar, shu jumladan, O’zbekiston bilan hamkorligiga ham salbiy ta`sir etdi. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov taklifiga binoan 1998 yil 4-yanvar kuni Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmonov O’zbekistonga amaliy tashrif bilan keldi. Ikki mamlakat rahbarlari tashrif yakunlari bo`yicha qo`shma axborot imzoladilar.Uchrashuv paytida ikki davlat o`rtasida ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda hamkorlik bo`yicha bitimlar imzolandi. O’zbekiston va Tojikiston munosabatlari o`zining yangi mustahkamlanish va taraqqiyot davriga o`tdi. O’zbekiston bilan Tojikiston o`rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 1997 yilda 50 million AQSh dollaridan oshdi. 2000 yilda O’zbekistonda 15 ta o`zbek-tojik qo`shma korxonasi, Tojikistonda 3 ta o`zbek-tojik qo`shma korxonasi faoliyat ko`rsatdi.
Mustaqillik yillarida O’zbekiston va Turkmaniston Respublikalari o`rtasida ham do`stlik va ikki tomonlama hamkorlik aloqalari yo’lga qo`yildi va hozirgi davrda bu hamkorlik rivojlanib bormoqda.
2017 yil 23-24 aprel kunlari Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov davlat tashrifi bilan O’zbekistonda bo`ldi. Uchrashuvda ikki mamalakat o`rtasida savdo uylari ochish, ishbilarmonlar kengashi tashkil etish, transport, tranzit, qishloq xojaligi, fan texnika, sport va boshqa sohalarga doir 17 ta hujjat imzolandi. Oliy o`quv yurtlari o`rtasida, axboroyt komunikatsiyta sohasida 15 ta hujjat imzolandi. Toshkent shahrida turkman shoiri Maftunquliga atab ko`cha va unga me`moriy yodgorlik ochildi. Toshkent shahrida 10 gektar maydonni egallagan Ashxabot saylgohi ochilib, unda Turkmaniston ramzi bolgan ahalteki otlarining haykallari o’rnatildi.
O’zbekistonning Osiyo mamlakatlari bilan O’zaro manfaatli aloqalari
Mustaqil O’zbekiston birinchi navbatda Yaqin va O`rta Sharq hamda arab mamlakatlari bilan davlatlararo munosabatlar o`rnatish va rivojlantirishga kirishdi.
Turkiya O’zbekiston Respublikasi mustaqilligini 1991 yil 16 dekabrda tan olgan. Diplomatik aloqalar 1992 yil 4 martda o`rnatilib, shu yil aprel oyida Turkiyaning Toshkentda elchixonasi ochilgan. 1993 yil may oyidan Anqarada O’zbekiston elchixonasi faoliyat korsatib kelmoqda. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov 4 marotaba Turkiyaga tashrif buyurgan (1991, 1994, 1997 va 1998 yy.).
2017 yil 25-26 oktyabr kunlari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Turkiya Respublikasiga davlat tashrifi amalga oshirildi.
Turkiya prezidentlari T.O`zal (1993y.), S.Demirel (1996y., 1996y., 1999y.), N.Sezer (2000y.) R.Erdogan (2016y.), bosh vazirlari S.Demirel (1992y.), T.Chiller (1995y.), M.Yilmaz (1998y.) va R.Erdogan (2003y.) O’zbekistonga rasmiy tashrif buyurgan.
O’zbekistonga Turkiya Tashqi ishlar vazirlari X.Chetin (1994y.), I.Jem (2000-2001yy.), A.Davutoglu (2014y.), M.Chavushoglu (2017 va 2018yy.), Turkiyaga O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri (2003y.) tashrif buyurgan. 2014 yil avgust oyida O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri A.Komilov Anqara shahrida o’tkazilgan Turkiya Prezidenti R.T.Erdoganning inaugurasiya marosimida ishtirok etdi.
O’zbekiston va Turkiya tashqi ishlar vazirliklari o`rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning 9 ta raundi o’tkazilgan (oxirgisi 2018 yil 20 martda Anqara shahrida).
2017 yil 14 oktyabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Turkiya Respublikasi Buyuk Millat Majlisi bilan hamkorlik bo`yicha parlamentlararo g`uruhi tuzildi. Uning rahbari Oliy Majlis Senati raisining birinchi o`rinbosari S.Safoyev hisoblanadi.
Turkiya O’zbekistonning yirik savdo-iqtisodiy hamkorlaridan biri hisoblanadi (Rossiya, Xitoy va Qo`zogistondan keyin 4-orinda). 2017-yil yakunlariga ko`ra, o`zbek-turk savdo aylanmasi hajmi 1,5 milliard AQSh dollarini tashkil etdi.
1991 yil 16-19-dekabr kunlari I.A.Karimov boshliq O’zbekiston davlat delegasiyasi Turkiyada bo`ldi. Safar chogida O’zbekiston Respublikasi bilan Turkiya jumhuriyati o`rtasida davlatlararo munosabatlarning asoslari va maqsadlari to’g’risida shartnoma, konsullik vakolatxonalarini ayirboshlash to’g’risida Protokol imzolandi. Shu bilan bir qatorda safar chog`ida iqtisodiyot, savdo, madaniyat, fan, ta’lim, sog`liqni saqlash, sport va turizm, transport va kommunikasiyalar bo`yicha hamkorlik qilish haqida bitim, protokol va hujjatlar imzolandi. O’zbekiston bilan Turkiya o`rtasidagi munosabatlar keyingi yillarda ancha kengaydi. 1992 yil 28-aprel kuni O’zbekistonda Turkiya elchixonasi, Turkiyada esa O’zbekiston elchixonasi ochildi va faoliyat yuritmoqda. Ikki davlat o`rtasida hamkorlik gazlama va tayyor kiyim-kechak ishlab chiqarish, qishloq xojalik mahsulotlarini qayta ishlash, qo`shma korxonalar qurish, kadrlar tayyorlash, turizmni rivojlantirish va boshqa sohalarda amaliy natijalar bermoqda. O’zbekistonda Turkiya sarmoyadorlari ishtirokida 200 dan ortiq qo`shma korxonalar barpo etildi. Ikki mamalakat o`rtasidagi O’zaro tovar ayirboshlash hajmi 1992 yilda 75 million AQSh dollarini tashkil etgan bo`lsa, 1998 yilda 275 million dollarga ko`paydi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev 2017 yil 25-26 oktyabr kunlari Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdugonning taklifiga binoan Turkiya davlatiga tashrif buyurdi. Uchrashuvda ikki mamlakat o`rtasida savdo- iqtisodiy, siyosiy, turizm, transport, logistika, madaniy- gumanitar va boshqa sohalarda, jami 3.5 mld dollar hajmidagi 30 dan ortiq loyihalar bo`yicha bitimlar imzolandi. Tashrif chog`ida ikki mamalakat o`rtasida tovar ayrboshlash hajmi 2020 yillarga borib 3-4 mld dollarga yetkazishga kelishuvga erishildi.
Pokiston Islom Respublikasi O’zbekiston Respublikasi mustaqilligini 1991-yil 20 dekabrda tan oldi. Ikki mamlakat o`rtasida diplomatik munosabatlar 1992-yil 10-mayda ornatilgan. Pokistonning Toshkentdagi Elchixonasi 1992-yilning iyun oyida ochildi. O’zbekistonning Islomoboddagi Elchixonasi 1994-yil iyul oyidan boshlab faoliyat korsatmoqda. 1992-yil martidan 2001-yil oktyabriga qadar Karachi shahrida O’zbekistonning Bosh konsulxonasi faoliyat yuritdi. O’zbekiston Respublikasining Birinchi Presidenti Islom Karimov Pokistonga 1992-yilning avgusti va 2006-yilning may oylarida tashrif buyurdi.Ho`zirgi vaqtga qadar quidagi ikki mamlakatlar o`rtasida tashriflar bo’lib o’tdi; bosh vazir N.Sharif (1992-yil iyun), bosh vazir B.Bhutto (1995-yil may va noyabr), president F.Legari (1996-yil oktyabr), president P.Musharraf (2005 yil mart), bosh vazir Sh.Aziz (2007-yil mart), bosh vazir Y.Giloniy (2011-yil mart), bosh vazir N.Sharif (2015-yil noyabr).2010-yil iyun oyida Pokiston Prezidenti A.Zardari Toshkentda bo`lib o`tgan ShHT sammitida ishtirok etdi. 2016-yil iyun oyida Pokiston Prezidenti M.Husayn Toshkentda o’tkazilgan ShHT sammitida qatnashdi.
2017-yil 8-iyunda Ostona shahrida bo`lib o`tgan ShHT sammiti doirasida O’zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev Pokiston Bosh vaziri N.Sharif bilan uchrashdi.
2017-yil 17-sentyabrda Ostonada o’tkazilgan islom hamkorlik tashkilotining (IHT) Fan va texnologiyalar bo`yicha sammitida O’zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev Pokiston Prezidenti M.Husayn bilan uchrashuv o`tkazdi.
2018-yil iyun oyida ShHTning Sindao sammiti doirasida O’zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev va Pokiston Prezidenti M.Husaynning uchrashuvi bo’lib o’tdi. Ikki tomonlama munosabatlarning shartnoma-huquqiy asosini 42 davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo hujjatlar tashkil etib, ular ekstradisiya, jinoiy ishlarda O’zaro yordam, terrorizmga qarshi kurash, havo qatnovi, yuklarni transit tashish, savdo-iqtisodiy hamkorliq kichik va xususiy tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash, ikkiyoqlama soliqqa tortishdan vo`z kechish, giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurash va boshqa sohalarni qamrab oladi. O’zbekiston va Pokiston hukumatlararo savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo`yicha qo`shma komissiyasi 1993-yilda tuzilgan bo`lib, uning so`nggi 5-yigilishi 2011-yil mart oyida Islomobadda bo`lib o`tgan.
Imzolangan Savdo-iqtisodiy hamkorlik to’g’risidagi bitimga ko`ra, ikki davlat o`rtasidagi o’zaro savdoda imtiyo`zlar berish joriy etilgan.
2018-yil yanvar-noyabr oylarida O’zaro savdo korsankichi 92,4 mln.ga etdi, eksport 28,7 mln., import 63,7 mln. 2017-yil 5 apreldan boshlab «Toshkent-Lahor-Toshkent» yo`nalishi bo`yicha haftasiga ikki parvoz qayta tiklandi. O’zbekistonda Pokiston kapitali ishtirokida tuzilgan 81 korxona ishlab turibdi. Ularning 4 tasi 100 foiz Pokiston sarmoyasi asosida faoliyat yuritmoqda. 23 qoshma korxona 2018-yilda tashkil etilgan. Ular asosan savdo, toqimachiliq qog`oz, charm, o`ziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish, transport va sayyohlik xizmatlari kabi sohalarda ishlaydi. Eron Islom Respublikasi 1991-yilning 25-dekabrida O’zbekiston Respublikasining mustaqilligini rasman tan oldi. 1992-yil 10-mayda O’zbekiston va Eron o`rtasida diplomatik aloqalar o’rnatildi. Eronning Toshkentdagi elchixonasi 1992-yil noyabr oyida va O’zbekistonning Tehrondagi elchixonasi 1995-yil may oyida ochilgan.
O`tgan muddat davomida O’zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimovning Eronga to`rt bor tashrifi amalga oshirildi. (1992 va 2003-yillarda rasmiy, 1996 va 2004-yillarda EKO sammiti doirasida). O`z navbatida Eron prezidentlari A.Rafsanjoni (1993-yil oktyabr) va S.Hotamiylarning (2002-yil aprel) O’zbekistonga rasmiy tashriflari bo`lib o`tgan. Islom hamkorlik tashkilotining (IHT) 2017-yil sentyabrda Ostonada o’tkazilgan fan va texnologiyalar bo`yicha birinchi sammiti doirasida O’zbekiston Prezidenti Sh. Mirziyoyevning Eron Islom Respublikasi Prezidenti H.Ruhoniy bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi. Tashqi ishlar vazirining o`rinbosari darajasida muntazam ravishda O’zbekiston-Eron siyosiy maslahatlashuvlari o`tkaziladi. Siyosiy maslahatlashuvlarning 5-davrasi 2017-yilning 13-martida Toshkentda o`tkazildi. Ho`zirgi kunda O’zbekiston va Eron munosabatlarining shartnomaviy-huquqiy asosini siyosiy, iqtisodiy madaniy sohalarda imzolangan 55 ta hujjat tashkil etadi. O’zbekiston Respublikasi va Eron Islom Respublikasi o`rtasida savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo`yicha Hukumatlararo qo`shma komissiya tashkil etilgan. 2018-yilning aprel oyida Tehron shahrida O’zbekiston-Eron qo`shma komissiyasining 12-yigilishi bo’lib o’tdi. 2018-yil natijalariga ko`ra, O’zaro tovar ayirboshlash ko`rsatkichlari $306,5 mln, shu jumladan O`zbekison eksporti – $172,5 mln., import esa $133,9 mln. hajmida qayd etildi. O’zbekistonda Eron sarmoyasi ishtirokida tashkil etilgan 116 dan ortiq korxona faoliyat korsatmoqda. Shulardan 19 tasi to`liq Eron sarmoyasi asosida ish olib bormoqda.
O’zbekistonning Eronga eksporti paxta, paxta tolasi, qora va rangli metallar, mineral o`g`itlar,elektomexanik jiho`zlar, mevalar, quruq mevalar va plastmassa mahsulotlaridan iborat bo`lmoqda.
2011-yilning 25-aprelida Ashxabodda tashqi ishlar vazirlarining to`rt tomonlama yig`ilishida O’zbekiston-Turkmaniston-Eron-Omon temir yo’l koridorini shakllantirish bo`yicha hujjat imzolandi.
Ho`zirgi davrda O’zbekistonning Misr Arab Respublikasi, Isroil, hamda Quvayt dalatlari bilan har tomonlama aloqalari kengayib bormoqda.
Misr Arab Respublikasi O’zbekiston Respublikasi mustaqilligini 1991-yil 26-dekabrda tan olgan. 2017-yilda O’zbekiston va Misr o`rtasida diplomatik aloqalar o`rnatilganiga 25 yil to`ldi (1992-yil 23-yanvar).
Misrning Toshkentdagi elchixonasi 1993-yil may oyidan, O’zbekiston diplomatik vakolatxonasi esa 1994-yil dekabrdan Qohirada o`z faoliyatlarini boshladilar.
Ikki tomonlama aloqalar rivojiga O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 1992-yil dekabr va 2007-yil aprel oylarida Misrga amalga oshirgan rasmiy tashriflari sezilarli turtki bo`ldi.
2018-yil 4-5-sentyabr kunlari Misr Prezidenti A.as-Sisining O’zbekistonga tashrifi bo’lib o’tdi. Tashrif davomida O’zbekiston-Misr hamkorligini rivojlantirish bo`yicha istiqbolli yo`nalishlar muhokama etilib, 12 ta ikki tomonlama hujjatlar imzolandi.
O`zbek-misr munosabatlari halqaro va mintaqaviy tashkilotlar, xususan, Birlashgan millatlar tashkiloti va Islom hamkorlik tashkiloti doirasida olib borilmoqda.
Ho`zirda, ikki mamlakat shartnoma-huquq bazasini 62 ta davlatlar, hukumatlar va idoralararo hujjatlar tashkil etadi. Ho`zirga qadar O’zbekiston va Misr savdo-iqtisodiy hamkorlik bo`yicha hukumatlararo qo`shma komissiyasining oltita yig`ilishi bo`lib o`tgan. O’zbekiston Respublikasi Misr Arab Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Hamkorlikni rivojlantirish agentligi bilan yaqindan ishlab kelmoqda. 1993-yildan bugungi kunga qadar mazkur muassasa tomonidan tashkil etilgan diplomatiq sayyohlik arab tilini o`rganish va boshqa o`quv kurslarida mingdan ziyod mamlakatimiz vakillari ishtirok etdilar. Ijtimoyi-madaniy sohada ham muayyan ishlar amalga oshirilgan. Jumladan, 1997-yilda «O’zbekiston-Misr», 2000-yilda esa «Misr-O’zbekiston» do`stlik jamiyatlariga asos solingan va hozirda muvaffaqiyatli faoliyat korsatib kelmoqdalar. 2018-yilning 10-13-oktyabr kunlari Misr Bosh imomi, Al-Azhar majmuasi shayxi Ahmad at-Tayyibning O’zbekistonga tashrifi amalga oshirildi. Isroil Davlati O’zbekiston Respublakasi mustaqilligini 1991-yil 25-dekabrda tan oldi. 1992-yil 21-fevralda ikki tomonlama diplomatik aloqalar o’rnatildi. 1998-yil 14-16-sentyabrda O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov Isroilga davlat tashrifini amalga oshirdi.
1994-yil iyulda Isroil Tashqi ishlar vaziri Sh.Peres O’zbekistonga tashrif buyurdi, 1997-yil aprelda esa O’zbekiston Tashqi ishlar vaziri A.Komilovning Isroilga javob tashrifi amalga oshirildi. Tomonlar muntazam ravishda ikki davlat Tashqi ishlar vazirliklari o`rtasida siyosiy maslahatlashuvlarni o`tkazib boradi. Ho`zirgi kunga qadar ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o`rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning 4 ta davrasi o’tkazilgan. Siyosiy maslahatlashuvlarning oxirgi to`rtinchi davrasi 2016-yil 30-mart kuni Toshkentda bo`lib o`tgan.
O’zbekiston-Isroil munosabatlarining huquqiy bazasi 19 ta hujjatlardan iborat (14 tasi davlatlararo va hukumatlararo, 5 tasi idoralararo hujjatlar). Ikki davlat o`rtasida savdo-sotiq aloqalarida eng qulay rejim o`rnatilgan. 2018-yil yanvar-noyabr oylari yakuni bo`yicha umumiy savdo aylanmasi $51.4 mln. (eksport - $16.1 mln., import - $35.2 mln.) tashkil etdi. Ho`zirgi kunda O’zbekiston Respublikasida Isroil sarmoyasi ishtirokida 37 korxonalar va shulardan 7 tasi 100% xorijiy sarmoyasi bilan mavjud. Ushbu korxonalar xorijiy kapital, turizm, ulgurji savdo, o`ziq-ovqat ishlab chiqarish, moliyaviy va boshqaruv masalalari bo`yicha maslahat xizmatlari yo`nalishida faoliyat yuritib kelmoqda. 2018-yil 10-fevraldan Isroil fuqarolari uchun 30 kunlik vizasiz rejimi qo`llanishi munosabati bilan O’zbekistonga ushbu davlatdan keladigan turistlar soni ikki baravariga oshdi va 10 mingdan ortiqni tashkil etdi.
Quvayt Davlati O’zbekiston Respublikasi mustaqilligini 1991-yil 30-dekabrda tan olgan. Davlatlar o`rtasida diplomatik munosabatlar 1994-yil iyul oyida o`rnatilgan.
2001-yilda Kuvayt Davlati Toshkent shahrida o`z elchixonasini ochdi. O’zbekiston Respublikasining Kuvayt Davlatidagi elchixonasi 2004-yilning noyabr oyidan boshlab faoliyat olib bormoqda. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 2004-yilning 19-20-yanvarida Kuvayt Davlatiga uyushtirgan rasmiy tashrifi davlatlar o`rtasidagi munosabatlarning rivojlanishiga turtki berdi va tashrif chog`ida yaratilgan huquqiy baza ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashga asos soldi. 2008-yilning iyul oyida Kuvayt amiri shayx Sabah al-Ahmad al Jaber as-Sabah O’zbekiston Respublikasiga rasmiy tashrif amalga oshirdi. Tashrif chogida o`zbek-quvayt munosabatlarini mustahkamlashga, savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni faollashtirishga qaratilgan bir qator hujjatlar imzolandi.
2017-yil iyun oyida O’zbekistonda Kuvayt Milliy assambleyasi bilan hamkorlik bo`yicha parlamentlararo guruh tashkil etildi. 2018-yil 4-dekabr kuni al-Kuvayt shahrida O’zbekiston va Kuvayt Tashqi ishlar vazirliklari o`rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning 2-davrasi o`tkazildi. 2018-yilning 6-10-sentyabr kunlari Shahrisabz shahrida bo`lib o`tgan Xalqaro maqom san`ati anjumanida Kuvayt madaniyat, san`at va adabiyot milliy kengashi Bosh kotibining o`rinbosari Badr ad-Duveysh boshchiligidagi hayat ishtirok etdi.
2018-yilning 25-26-oktyabr kunlari Al-Kuvayt shahrida O’zbekiston Yoshlar simfonik orkestrining konsertlari hamda milliy hunarmandchilik ko`rgazmasi tashkil etildi. Mustaqillik yillarida O’zbekistonnnig Yaqin Sharq va Afrika davlatlari xususan, Saudiya Arabistoni hamda Ummon Sultonligi bilan aloqalari tobora mustahkamlanmoqda Saudiya Arabistoni Podshohligi O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini 1991-yil 30-dekabrda tan oldi. 1992-yil fevralda mamlakatlarimiz o`rtasida diplomatik munosabatlar o’rnatildi.
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov 1992-yil aprel oyida Saudiya Arabistoniga tashrif buyurdi.
1992-yil noyabrda Jiddada O’zbekistonning Bosh konsulxonasi, 1995-yil mayda O’zbekistonning Riyozdagi elchixonasi o`z faoliyatini boshladi. 1997-yil martdan Toshkentda Saudiya Arabistonining elchixonasi faoliyat ko`rsatmoqda.
2012-yil aprel oyida Saudiya Arabistoni Shoro kengashi (parlament) raisi Abdulla Ol ash-Sheyx boshchiligidagi delegasiya O’zbekistonga tashrif buyurdi.
2017-yil 21-may O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol-Saudning taklifiga binoan Saudiya Arabistonida bo`lib, arab-musulmon va Qoshma Shtatlar sammitida ishtirok etdi. Sammit doirasida O’zbekiston Prezidenti bir necha davlat rahbarlari, jumladan, Saudiya Arabistoni Podshohi bilan uchrashdi.
2018-yil 27-mart Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vazirining o`rinbosari A.Mirdad boshchiligidagi delegasiya Afgoniston bo`yicha "Tinchlik jarayoni, xavfsizlik va mintaqaviy hamkorlik sohasidagi hamkorlik" deb nomlangan Toshkent konferensiyasida ishtirok etdi.
2018-yil 3-dekabr kuni Riyoz shahrida O’zbekiston va Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirliklari o`rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning 3-davrasi o`tkazildi.
2011-yil iyun oyida Toshkent shahrida ikki davlat o`rtasidagi Hukumatlararo qoshma komissiyaning 3-yigilishi bo’lib o’tdi. Yigilish natijalari asosida tegishli protokol hamda investisiyalarni ragbatlantirish to’g’risidagi hukumatlararo bitim imzolandi.
2018-yil 11-16-dekabr kunlari Saudiya Arabistoni Savdo-sanoat palatalari kengashi rahbari Somi al-Ubaydiy boshchiligidagi delegasiyaning O’zbekistonga tashrifi bo’lib o’tdi.
2019-yil 20-26-yanvar kunlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qosh idagi Din ishlari bo`yicha qo`mita raisi J.Akramov boshchiligidagi hay`at Saudiya Arabistoniga tashrif buyurdi. Tashrif chogida Saudiya Arabistoni Podshohligi Haj va Umra ishlari vaziri Salih Bintayn bilan uchrashuv o`tkazildi.
Omon Sultonligi O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini 1991-yil dekabrda tan olgan. 1992-yil 22-aprelda mamlakatlarimiz o`rtasida diplomatik munosabatlar o`rnatilgan.
2009-yil oktyabr oyida O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov davlat tashrifi bilan Omon Sultonligida bo`ldi. Tashrif chog`ida 19 ta hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolandi.
2010-yil aprel oyidan Toshkentda Omon Sultonligining elchixonasi faoliyat yurita boshladi. 2018-yil iyul oyidan boshlab O’zbekiston Respublikasining Masqat shahridagi elchixonasi faoliyat korsatmoqda. 2014-yilning 6-avgustida Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi O’zbekiston delegatsiyasi O’zbekiston-Turkmaniston-Eron-Omon transport yo’lagini yararish bo`yicha tort tomonlama vazirlar uchrashuvida qatnashdi (Masqat, Omon). Uchrashuv doirasida Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Omon Tashqi ishlarga ma`sul vaziri Yusuf bin Alaviy bilan uchrashdi.2018-yil 15-mart kuni O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov va Ummon meros va madaniyat vaziri Haisam ibn Tariq al-Said Ummon tomonining moliyaviy yordami bilan qurilgan Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining yangi binosining ochilish marosimida ishtirok etdi. Sovet tuzumi davrida mamlakatlarimiz xalqlari vakillari qanchalik intilmasinlar, qanchalik harakat qilmasinlar, O’zbekiston – Xitoy hamkorligi cheklanganligicha qolib ketavergan edi. O’zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo`lga kiritgandan keyin kop asrlar davomida shakllanib kelgan o`zbek va xitoy xalqlari o`rtasidagi do`stlik hamkorlik aloqalarini tiklash, umuman, ko`p tomonlama faol tashqi siyosat yuritish imkoniyati paydo bo`ldi. Xitoy O’zbekiston Respublikasining mustaqilligini tan olgan dastlabki davlatlardan biri hisoblanadi (1991 yil 27 dekabr). 1992 yil 2 yanvarda XXR tashqi savdo va iqtisodiy hamkorlik vaziri Li Lyansinning O’zbekistonga tashrifi davomida ikki mamlakat o`rtasida diplomatik munosabatlarni o`rnatish to’g’risida Bayonnoma imzolangan.
1992 yil 12–14 mart kunlari O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov boshchiligidagi hukumat delegasiyasi XXR raisi Yan Shankunning taklifiga binoan Xitoyga tashrif buyurdi. Tashrif davomida XXR va O’zbekiston Respublikasi o`rtasidagi hamkorlik to’g’risidagi yigirmaga yaqin muhim hujjatlar imzolangan. O’zbekiston Respublikasi va XXR o`rtasidagi O’zaro munosabatlarning tamoyillari to’g’risidagi Shartnoma, O’zbekiston Respublikasi va XXR qishloq xo`jaligi vazirliklari o`rtasidagi hamkorlik to’g’risidagi Bitim, O’zbekiston Respublikasi va XXR tashqi ishlar vazirliklari o`rtasida konsultasiyalar o`tkazish to’g’risidagi Bayonnomalar O’zaro hamkorlikni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega bo`ldi.
Ikki davlat hukumatlarining O’zaro kelishuviga va imzolangan bitimlariga asosan, 1992 yilda Xitoyning O’zbekistondagi elchixonasi rasman o`z faoliyatini boshladi. O`z navbatida, O’zbekiston Respublikasining XXRdagi elchixonasi 1995 yil 6 mayda Pekin shahrida ochildi. Shuningdeq savdo-tijorat ishlari bo`yicha vakolatxonamiz Xitoyning 15 eng yirik shaharlaridan biri hisobangan Shanxay shahrida o`z faoliyatini bugungi kunga qadar samarali olib bormoqda.
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 1994 yil 24–26 oktyabr kunlari Xitoyga tashrifi davomida imzolangan O’zbekiston Respublikasi bilan XXR o`rtasidagi O’zaro munosabatlarning asosiy prinsiplari, O’zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish va chuqurlashtirish to’g’risidagi Bayonnoma O’zaro munosabatlar tarixidagi yangi sahifani ochib berdi. Ushbu tashrif doirasida imzolandgan «O’zbekiston Respublikasi bilan XXR o`rtasida O’zaro munosabatlarning asosiy prinsiplari to’g’risida» qo`shma Deklarasiya muhim rol o`ynadi.
O’zbekiston va Xitoyning savdo–iqtisodiy hamkorligi.
O’zbekiston va Xitoy savdo-iqtisodiy aloqalarining rivojlanish bosqichlari tahlillariga ko`ra, biz ikki mamlakat o`rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar rivojini 3 ta muhim bosqichga bo`lib olishni lozim topdik:
1-bosqich 1992-1996 yillar;
2-bosqich 1997-2005 yillar;
3-bosqich esa 2006- yildan keyingi davrni o`z ichiga oladi.
Ikki mamlakat o`rtasidagi savdo aylanmasi 1993 yilda 71,9 million AQSh dollarini tashkil etgan. O’zbekistondan Xitoyga umumiy qiymati 36,6 mln. AQSh dollari bo`lgan mahsulotlar eksport qilingan bo`lsa, Xitoydan O’zbekistonga import 35,3 mln. AQSh dollarini tashkil etgan. O’zaro savdo aylanmasidagi musbat savdo 1,3 mln. AQSh dollariga teng bolgan. 1994 yilda ikki mamlakat o`rtasidagi savdo aylanmasi, deyarli ikki baravarga oshgan va 165 mln. AQSh dollarini tashkil etgan. Jumladan, eksport 76,9 mln. AQSh dollarini, import esa 88,1 mln. AQSh dollarini tashkil etgan. O’zaro savdo aylanmasida 11,2 mln. AQSh dollari miqdorida manfiy saldo qayd etilgan. Ikki mamlakat o`rtasidagi savdo aloqalari keyingi yillarda ham rivojlanib bordi va 1995 – 1996 yillarda O’zaro savdo aylanmasi 218,6 mln. AQSh dollarini tashkil etdi.
O’zbekistonning 1995-yildagi eksport hajmi 3 719.9 mln. AQSh $ ni tashkil etgan bo`lsa, undagi Xitoy ulushi bor – yogi 1,0 % dan iborat bolgan. Ammo yildan – yilga bu korsatkich o`sib borgan. 1996-yilga kelib ikki davlat o`rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2.8 martaga o`sdi. Lekin 1998, 1999, 2000-yillarda bu korsatkich yana pasayib 1,0, 0,5, 0,7% ni tashkil etgan. 2000-yilda O’zbekistonning eksport hajmi 3264.7 mln. AQSh $ ni tashkil etgan. 2004-yilga kelib, O’zbekistonning tashqi savdosidagi Xitoyning ulushi 2.1 %ga ko`tarildi. Eksportning 26.2 % (974.4 mln. AQSh $) Osiyo qit`asiga tog`ri kelgan bo`lsa, shundan 0.7 % i Xitoyga tog`ri kelgan. Bu juda ham past ko`rsatkichdir. Solishtirish maqsadida, O’zbekistonning Gollandiya bilan tashqi savdosini ko`rib chiqadigan bo`lsak 1995-yilda O’zbekiston Gollandiyaga 156,8 mln. AQSh $ miqdorida mahsulot eksport qilgan. Uning mamlakat umumiy eksportidagi ulushi 4.2 % ni tashkil etgan. 2000-yilga kelib bu korsatkich 2.6 %ga pasaygan.
2006 yilda O’zbekiston va Xitoy o`rtasidagi tashqi savdo aylanmasi 2005-yilga nisbatan, - 43.8 % ga o`sib deyarli 698 mln. AQSh $ ni tashkil etgan. Bu davrga kelib O’zbekiston tashqi savdo aylanmasida Xitoyning ulushi deyarli 6.5 %ga oshgan. 2008 yil yakunlariga ko`ra, ikki mamlakat o`rtasidagi tovar aylanmasi 1,3 mlrd. AQSh dollariga yetdi (2007 yilga nisbatan 43 % ortdi), shu jumladan, eksport 257,4 mln. AQSh dollarini, import 1.040 mln. AQSh dollarini tashkil qildi.
O’zbekiston bilan Xitoy o`rtasida iqtisodiy sohada eng ko`p qulaylik yaratish tartibi amal qilmoqda. O’zaro tovar ayirboshlash xajmi 2012 yilda 3,4 milliard AQSh dollariga yetdi. 2013 yilning birinchi yarmi yakunlariga ko`ra, mazkur ko`rsatkich 2,3 milliard dollarni tashkil etdi. Bu o`tgan yilning shu davridagiga nisbatan 59 % kopdir. O’zbekistonda (2013 yilda) Xitoy sarmoyasi ishtirokida tuzilgan 455 qoshma korxona faoliyat yuritdi. Ularning 70 tasi 100% Xitoy sarmoyasi asosida tashkil etilgan. Yurtimizda Xitoyning 71 kompaniyasi vakolatxonasi ishlab turibdi. Tashkil qilingan qo`shma korxonalarning asosiy ulushi Fargona vodiysiga, jumladan, Andijon, Fargona va Namangan viloyatlariga to`g`ri keladi. O’zbekistonning mustaqillik sharoitidagi Janubiy Koreya bilan hamkorligining huquqiy asoslarining shakllantirilishi 1991-yil 31-dekabrga to`g`ri keladi. Mazkur sanada Koreya Respublikasi O’zbekistonning mustaqil davlat sifatidagi suverenitetini e`tirof etdi. Ikki mamlakat o`rtasidagi rasmiy diplomatik aloqalar 1992-yil 29-yanvar kuni o’rnatildi.O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov 1992-yilning 16-iyunda rasmiy ravishda Janubiy Koreyaga birinchi tashrifini amalga oshirdi. Ushbu tashrif davrida imzolangan kelishuv va shartnomalarda ikki davlat o`rtasidagi hamkorlinking huquqiy asoslariga dastlabki poydevorni qo`ydi deb hisoblash mumkin. Sababi tashrif doirasida keyingi aloqalarning asosiy tamoyillari va yoʻnalishlarini belgilab beruvchi qo`shma Deklarasiya imzolandi. Unda ikki tomon yana bir karra bir-birini mustaqil davlat ekanligini tan olishdi, bir-birlarining ichki ishlariga aralashmasliq kelishmovchiliklarni tinch yoʻl bilan va BMT Nizomidagi tamoyillari asosida hal qilish, davlatlar o`ratisda O’zaro do`stlik munosabatlarini kengaytirish, sanoat, investisiya, savdo, tabiiy resurslarni o`zlashtirish, fan va texnika, transport sohalarida hamkorlikni rivojlantirish, madaniyat, fan, ta’lim, OAV, sport, turizm sohalarida aloqalarni kengaytirish kabi jihatlar ilgari surilgan edi. Undan tashqari ushba tashrif doirasida fan va texnika, savdo, madaniyat, sayyohlik va boshqa qator sohalarda hamkorlik qilishga haqida kelishuvlar imzolandi.Undan tashqari ikki davlat rahbarlari davlatlar o`rtasidagi aloqalarni kengaytirish uchun birinchi navbatda elchixonalar tashkil etishga kelishib olishdi. Shunga asosan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 7-apreldagi qaroriga muvofiq Janubiy Koreya poytaxti Seul shahrida O’zbekiston Respublikasining Konsullik vakolatxonasini tashkil etildi.Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-sentyabrdagi qaroriga muvofiq Koreya Respublikasida O’zbekiston Respublikasi elchixonasi faoliyati yo`lga qo`yildi.
O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasining ma`lumotlariga asosan, 2014-yilda ikki davlat o`rtasidagi tovar aylanmasi 2016,4 mln. AQSh dollarini tashkil etdi, ulardan eksport 143,7 mln. AQSh doll., import – 1872,7 mlrd. AQSh doll. tashkil qildi. Janubiy Koreya tomonidan O’zbekiston iqtisodiyotiga kiritilgan investisiyalarning hajmi 5 mlrd. AQSh doll.dan oshgan.
O’zbekiston-Janubiy Koreya tovar ayirboshlash miqdorida O’zbekistonning eskportining asosini paxta tolasi tashkil qilishini yuqorida aytgan edik (umumiy eksportning 69%ni tashkil qiladi ). Undan tashqari O’zbekiston Koreya Respublikasiga uran, teri va qishloq xojalik mahsulotlarini eksport qiladi. O’zbekiston bo`lsa Janubiy Koreya importida asosiy urguni zamonaviy ilgor texnologiyalarni olishga qaratgan. Chunki O’zbekiston iloji boricha tayyor mahsulot olishdan ko`ra uni o`zimizda ishlab chiqarishni yulga qoyishni asosiy maqsad deb biladi. Shuning uchun ham kopincha raqobatdardosh mahsulot ishlab chiqarishga qodir bolgan texnologiyalarni sotib olishga harakat qiladi. Bu borada Koreya Respublikasi asosiy orinlardan birini egallab kelmoqda. Janubiy Koreya tomoni 2020-yilga borganda O’zaro tovar ayirboshlash hajmini 10 mlrd AQSh dollarini yetkazishni moljal qilgan. (Solishtirish uchun Qozog`istonda bu raqam 2 mlrd AQSh dollarini tashkil etishi rejalashtirilgan)Bu raqam Janubiy Koreyaning O’zbekiston bilan strategik hamkorlikka katta e`tibor qaratayotganligini va o`zining asosiy savdo sherigi sifatida qarayotganligini ko`rsatadi.
Hamkorlikda tashkil etilgan qo`shma korxonalar. Mustaqillik yillarida O’zbekiston Respublikasi rahbariyati tomonidan dunyoning sanoati zamonaviy texnologiyalar asosida rivojlangan mamlakatlari bilan hamkorlik qilishga, ularning sarmoyasi ishtirokida O’zbekistonda korxonalar tashkil etishga katta e`tibor qaratila boshlandi. Ayniqsa bu sohani rivojlantirish uchun birinchi navbatda qonunchilik bazasi boyitildi.
Bugungi kunda mamlakatimizda qulay investisiya muhiti shakllantirilgan, eng ilg`or xalqaro tajribalar asosida xorijiy investorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish kafolatlarining mustahkam qonunchilik bazasi, shuningdeq chet el kapitali ishtirokida tashkil etilgan korxonalar uchun imtiyoz va preferensiyalar tizimi yaratilgan. Chunonchi, Prezidentimizning 2005 yil 11 apreldagi «To`gridan-to`gri xususiy xorijiy investisiyalarni jalb etishni ragbatlantirish borasidagi qo`shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi farmoniga muvofiq, to`gridan-to`gri xususiy xorijiy investisiyalar hajmi 300 ming dollardan 3 million dollargacha bo`lgan korxonalar 3 yil, 3 milliondan 10 million dollargacha bo`lgan korxonalar 5 yil, 10 million dollardan ortiq bo`lgan korxonalar 7 yil muddatga yuridik shaxslar foydasidan olinadigan soliq, mulk soligi va boshqa qator majburiy to`lovlardan o`zod qilinadi.
Mustaqillik yillarida O’zbekistonning iqtisodiyotini shartli ravishda ikki guruhga bo`lish mumkin. Ulardan birinchi guruhiga (I.A.Karimov bularni «ba`zovoy» deb ataydi) foydali-mineral xom ashyo’larni (tog-kon va neft-gaz) qazib olish va qayta ishlash bilan bog`liq bo`lib, ularga barcha jalb qilingan xorijiy investisiyalarning 30-40% togri keladi. Ikkinchi guruhga mehnat talab qiladigan va yakuniy sikl bilan tugaydigan ishlab chiqarish kirib (avtomobilsozliq to`qimachilik va tikuvchiliq oziq-ovqat boshqalar), ularda ishlab chiqarish import o`rnini bosishi kerak. O’zbekistonag bu sohaga jami jalb qilingan xorijiy investisiyalarning yarmi to`gri keladi.
Koreya Respublikasi bilan 1992-yildan boshlab qulay sarmoyaviy muhim doirasida aloqalar yoʻlga qoyilganligi ikki davlat ishtirokida va qolaversa 100% Koreya investisiyasi ishtirokida tashkil etilayo`tgan korxonalar sonining muttasil ravishda osib borishiga xizmat qildi.
Birgina misol qilib o`tgan asrning 90-yillarida O’zbekiston Rahbariyati hali MDH davlatlarining ko`pchiligi iqtisodiyotini barqarorlashtirishga erisha olmayotgan bir paytda Asaka shahrida Koreya sarmoyasi ishtirokida avtomabil ishlab chiqarishni yoʻlga qo`ydi. 1992-yilning noyabrida Koreya Respublikasining “DEU” kompaniyasi bilan O’zbekistonda «UzDEUavto» qoshma korxonasini ishga tushirish haqida kelishuv imzolandi. Ushbu loyihaning umumiy qiymati 1 mlrd AQSh dollarini tashkil etgan. Asaka avtomobilso`zlik korxonasi 1996-yil iyul oyida avtomobillarni ishlab chiqarishni boshladi.
Avtomobilsozlik – janubiy koreyalik sheriklar bilan birgalikda O’zbekistonda o`zlashtirilgan yuqori texnologiyali eng mashhur ishlab chiqarish sohasi. Ayni paytda Andijon va Xorazm viloyatlari hamda Toshkent shahrida avtomobilsozlik korxonalari faoliyat ko`rsatmoqda. O’zbekistonda sanoatning bu sohasiga Janubiy Koreyaning 20 kompaniyasi jalb qilingan, 18 qoshma korxona tuzilgan.
O’zbekistonning Sharqning eng rivojlangan mamlakati – Yaponiya, janubi-sharqiy Osiyo va Okeaniya mintaqasidagi Malayziya, Indoneziya, Vyetnam, Avstraliya kabi mamlakatlari bilan siyosiy, diplomatik aloqalari yo’lga qo`yildi, o’zaro manfaatli iqtisodiy va madaniy hamkorlik rivojlanib bormoqda.
Keyingi yillarda O’zbekistonning Yaponiya bilan ham munosabatlari rivojlanmoqda 1991-yil 28-dekabrida Yaponiya O’zbekistonning mustaqilligini tan oldi. 1992-yil-26 yanvarda diplomatik munosabatlar o’rnatildi.
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov 3 marotaba – 1994, 2002 va 2011 yillarda Yaponiyaga tashrif buyurdi. O’zbekistonga javob tashriflari 2006 yilning avgust oyida Yaponiya bosh vaziri J.Koidzumi va 2015-yil oktyabrda Yaponiya bosh vaziri S.Abe tomonidan amalga oshirildi. 2010 va 2014-yillarning mayida Yaponiya bosh vaziri o`rinbosarlari, moliya vazirlari N.Kan va T.Aso O’zbekistonga tashrif buyurdi.
2002 yildan boshlab ikki davlatning tashqi ishlar vazirliklari o`rtasida doimiy ravishda siyosiy maslahatlashuvlar o`tkazib kelinmoqda. 2017-yil martda siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi uchrashuvi Tokio shahrida o`tkazildi.
Mintaqa bilan hamkorlikni chuqurlashtirish maqsadida 2004 yilda Tokio tashabbusi bilan tashkil etilgan «Markaziy Osiyo+Yaponiya» Dialogi O’zaro munosabatlarni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. 2010 yil 7 avgustda Toshkentda Dialog doirasida tashqi ishlar vazirlarining 3-kengashi o`tkazildi. Unda Yaponiya tashqi ishlar vaziri K.Okada ishtirok etdi. 2017-yil 1 mayda Ashxobot shahrida Dialog doirasida bo`lib o`tgan tashqi ishlar vazirlarining 6-kengashida O’zbekiston delegasiyasi ishtirok etdi.
1994 yilda tashkil qilingan O`zbek-Yapon va Yapon-O`zbek iqtisodiy hamkorlik qo`mitalari savdo va iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishda muhim o`ringa ega. Ushbu qo`mitalarning 12-qo`shma yigilishi 2017-yil aprelda Toshkent shahrida o`tkazildi. 2008 yil avgustda «Investisiyalarni erkinlashtirish, himoya qilish va rag`batlantirish» to’g’risida Hukumatlararo shartnoma imzolanib 2009 yil 24 sentyabrda kuchga kirdi. O’zbekistonda 10 ta qo`shma korxona mavjud bo`lib, shundan bittasi 100 foiz yapon sarmoyasi ishtirokida tuzilgan. 13 ta yapon kompaniyalarining vakolatxonalari akkreditasiyadan o`tgan. 2017-yil yanvar-oktyabr oralig`ida O’zaro tovar aylanmasi 138,5 million dollarni tashkil qildi. Yaponiyaning O’zbekistonga ko`rsatgan moliya-texnikaviy yordami 4,1 milliard dollardan oshdi. Ushbu yordam tufayli O’zbekistonda sog`liqni saqlash, maorif, energetika, transport, telekommunikasiya va boshqa sohalarda qator ijtimoiy ahamiyatli va infratuzilma loyihalari amalga oshirildi. 2002 yilda O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovga Vaseda va Soka universitetlarining «Faxriy doktori» unvoni berildi. 2004 yilda Tokiodagi Soka universiteti hududida buyuk o`zbek mutafakkiri Alisher Navoiyga haykal o’rnatildi. 2000 yildan buyon Yaponiya xalqaro hamkorlik markazi (JICE)ning Toshkentdagi ofisi bilan hamkorlikda inson resurslarini rivojlantirish loyihasi asosida 300 dan ziyod odam Yaponiyada ta’lim oldi.
O’zbekistonning 2000 dan ziyod mutaxassisi JICA yo`nalishi orqali Yaponiyada amaliyot o`tadi. O`zbek-Yapon markazi kadrlar tayyorlash ishiga munosib hissa qo`shmoqda. Ushbu markazga 700 mingdan ortiq kishi tashrif buyurdi. 1999 yilda «O’zbekiston-Yaponiya» do`stlik jamiyatiga asos solindi. Uning asosiy hamkorlari «Yaponiya-O’zbekiston» do`stlik jamiyati va «Fukushima-O’zbekiston» madaniy-iqtisodiy hamkorlik uyushmasi hisoblanadi. 2002 yili «Ikuo Xirayama madaniyat karvonsaroyi» nomli o`zbek-yapon ilmiy-ijodiy markazi ochildi. 2017-yil 2-5 avgustda Yaponiya Bosh Vaziri rafiqasi Akie Abe boshchiligida madaniyat va sanat namoyondalaridan iborat delegasiyaning O’zbekistonga tashrifi amalga oshirildi. Tashrif doirasida Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatrida «Dram TAO» ijodiy jamoasi konserti o`tkazildi.
Vyetnam Sosialistik Respublikasi (VSR) O’zbekiston Respublikasi mustaqilligini 1991-yil 27-dekabrda tan oldi, 1992-yil 17-yanvarda diplomatik aloqalar o’rnatildi. 1993-yil Toshkentda Vyetnam elchixonasi ochildi, 2009-yildan buyon Xanoyda O’zbekiston Respublikasining faxriy konsulxonasi faoliyat yuritib kelmoqda.
1996-yil O’zbekistonning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov rasmiy tashrif bilan Vyetnamda bo`ldi. Tashrif davomida davlatlararo munosabatlar asoslari, hamkorlik to’g’risida kelishuv va hukumatlararo bitimlar imzolandi.
2010-yilda O’zbekistonning Indoneziyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi O’zbekiston Respublikasining VSRdagi elchisi etib tayinlangan (qarorgohi Jakarta shahrida).
2011-yil oktyabr oyida Vyetnam Bosh vaziri Nguen Tang Zungning O`zbekitonga rasmiy tashrifi bo’lib otdi.
Vyetnam bilan kop tomonlama munosabatlarni rivojlantirish maqsadida O’zbekistonga VSR Xalq yigini raisi o`rinbosari Uong Tu Liuning (2008-yil iyul), VSR Bosh vaziri o`rinbosari Xoang Chung Xayning (2010-yil aprel), Jamoat xavfsizligi vaziri Le Xong Anning (2010-yil sentyabr), Xanoy shahri Xalq kengashi raisi Ngo Txi Zoan Txanning (2012-yil avgust), Bosh prokuror o`rinbosari Chan Kong Fanning (2012-yil dekabr), Adliya vaziri o`rinbosari Din Chung Tungning (2013-yil iyun), Oliy xalq sudi raisi Chiong Xoa Binning (2014-yil iyun) tashriflari tashkillashtirildi. 2013-yil avgustda O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi delegasiyasining Vyetnamga tashrifi bo’lib o’tdi. 2014-yilning mart oyida Xanoy shahrida O’zbekiston va Vyetnam Tashqi ishlar vazirliklari o`rtasida ikki tomonlama siyosiy maslahatlashuvlarning to`rtinchi davrasi. bo’lib o’tdi. O’zbekiston va Vyetnam o`rtasidagi savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnik hamkorlik bo`yicha hukumatlararo qo’mitaning 6 ta yig`ilishi o’tkazilgan. Shularning eng oxirgisi 2013-yil dekabr oyida Xanoy shahrida bo`lib o’tdi.2017-yil fevralida bosh vazir o`rinbosari – qishloq xojaligi va suv ho`jaligi vaziri boshchiligidagi O’zbekiston Respublikasi hukumat delegasiyasi Vyetnamga tashrif buyurdi.
Davlat statistika qomitasi malumotga ko`ra davlatlar o`rtasidagi O’zaro savdo aylanmasi ko`rsatkichlari 2017-yil yakuni bo`yicha 33,8$ mln.ni tashkil qilgan. O’zbekistonda ho`zirgi kunda Vyetnam sarmoyasi ishtirokida 19 ta korxona faoliyat yuritib kelmoqda. Ulardan 3 tasi 100 foiz Vyetnam sarmoyasi asosida tashkil etilgan. Indoneziya 1991-yil 28-dekabr oyida O’zbekiston Respublikasi mustaqilligini tan oldi, va 1992-yil 23-iyunda diplomatik aloqalar o’rnatildi.
Indoneziya o`zining Toshkentdagi elchixonasini 1994-yil may oyida ochdi. 1996-yilning dekabr oyidan e`tiboran Jakarta shahrida O’zbekiston Respublikasi elchixonasi faoliyat yuritib kelmoqda. 1992-yil iyun oyida O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning Indoneziyaga davlat tashrifi amalga oshirildi, 1995-yil aprel oyida Indoneziya Respublikasi Prezidenti X.M.Suxarto O’zbekistonga davlat tashrifi bilan keldi. 2005-yil dekabr oyida Toshkentda «O’zbekiston va Indoneziya Tashqi ishlari vazirliklari o`rtasida ikki tomonlama maslahatlashuv bo`yicha qo`mita tashkil etish to’g’risida o’zaro Anglashuv Memorandumi» imzolandi hamda siyosiy maslahatlashuvning birinchi davrasi bo’lib o’tdi. Ho`zirgi kunga qadar uning 6 davra uchrashuvlari o’tkazilgan. (oxirgisi 2014-yil martda Jakartada bo’lib o’tdi.)
Parlamentlararo aloqa turli darajadagi tashriflar almashinuvi orqali izchil tarzda rivojlanib bormoqda. Shu jumladan 2007-yilda Indoneziya Xalq Vakillari palatasi Spikeri Agung Laksono O’zbekistonga tashrif buyurdi. 2008-yilda esa Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri muovini Indoneziyaga safar uyushtirdi.
2013-yilda Indoneziya Xalq Vakillari palatasi Parlamentlararo hamkorlik qo`mitasi Raisi S.Hidoyat O’zbekistonga tashrif buyurdi. 2015-yil aprel va may oylarida Indoneziya Respublikasi Milliy Konsultativ kongresi raisining o`rinbosari Mahyudin hamda Indoneziya Respublikasi Mintaqalar vakillari kengashi Parlament yuqori palatasi raisi Irman Gusmanning O’zbekistonga tashrifi bo’lib o’tdi.2013-yilda Toshkent Davlat Sharqshunoslik Institutida qoshida Indoneziya tili markazi ochildi.Malayziya O’zbekiston mustaqilligini 1992-yil 1-yanvar kuni tan olgan. Ikki mamlakat o`rtasida diplomatik aloqalar 1992-yil 21-fevralda o`rnatilgan. Ikki tomonlama dostona va o’zaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini rivojlantirishda tamal toshi O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 1992-yilgi va Malayziya Bosh vaziri Moxatxir Moxammadning 1993-yilgi rasmiy tashriflari chog`ida qoyildi. 2003-yil esa O’zbekistonga Malayziya qiroli Tuanku Sayyod Sirajuddin Jamalullayl tashrif buyurdi. Ikki tomonlama munosabatlardagi songgi muhim yangiliklar sifatida O’zbekiston davlat Rahbarining 2005-yil oktyabr oyidagi Malayziyaga va unga javoban 2008-yil noyabrda ushbu davlat Bosh vaziri Ahmad Badavining O’zbekistonga davlat tashriflari qayd etildi va bu tadbirlar chog`ida O’zaro manfaatli hamkorlikning istiqbolli yo`nalishlarida bir necha hukumatlararo shartnomalar imzolangan. Davlat statistika qo`mitasi bergan ma`lumotga ko`ra davlatlar o`rtasidagi O’zaro savdo aylanmasi ko`rsatkichlari 2017-yil yakuni bo`yicha $64,8 mln.ni tashkil qilgan (eksport-$4,2 mln., import-$60,6 mln.).O’zbekistonning AQSh va Yevropa mamlakatlari bilan hamkorligi
O’zbekiston Respublikasining tashqi siyosatida AQSh va Yevropa mamlakatlari bilan O’zaro manfaatli aloqalarni yo’lga qo`yish va tobora chuqurlashtirish alohida o`rin tutadi. O’zbekiston va AQSh o`rtasidagi hamkorlik va davlatlararo aloqalar mustaqillikning dastlabki yillaridayoq yo’lga qo`yildi. 1992 yil 15-16-fevral kunlari AQSh davlat kotibi Jeyms Beyker O’zbekistonga tashrif buyurdi va ikki davlat o`rtasida diplomatik aloqalar o’rnatildi. 1992 yil 16-martda Toshkentda birinchi bo`lib AQShning elchixonasi ochildi. O’zbekistonda 1996 yil boshlarigacha Amerikalik sarmoyadorlar ishtirokida 200 ta o`zbek-amerika qo`shma korxonasi tashkil topdi va faoliyat ko`rsatdi. Bular orasida Navoiy viloyati Zarafshon vodiysidagi Muruntovda AQShning Nyumont Mayning Korporasiyasi bilan hamkorlikda tog jinslaridan oltin va kumush ajratib oluvchi «Zarafshon - Nyumont» qo`shma korxonasi bor. Bu korxonada 2002 yilgacha 83 tonna oltin tayyorlandi.
O’zbekiston Respublikasi «Tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasi»ga muvofiq, respublika tashqi siyosatining ustivor yo`nalishlardan biri Amerika Qoshma Shtatlari bilan hamkorlik hisoblanadi. Joriy O’zbekiston-AQSh munosabatlari o`zining kompleksliliq uzoq muddatli va kop qirrali jihatlari bilan ajralib, xalqaro huquqning umum e`tirof etilgan tamoyillari va normalari, O’zaro hurmat va bir-birining manfaatlarini inobatga olishga asoslangan.
Tomonlar bir qator xalqaro va mintaqaviy muammolar bo`yicha mushtarak po`zisiyaga ega bo`lib xavfsizlik tahdidlari, yani giyohvand moddalarining noqonuniy aylanishi, ommaviy qirg`in qurollarining tarqalishiga qarshi kurash, shuningdeq Markaziy Osiyo va Afgonistonda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash sohalarida O’zaro faol hamkorlik alohida ahamiyat kasb etadi.
O’zbekiston-AQSh munosabatlari doirasidagi barcha yo`nalishlarda sifat jihatidan yangi va O’zaro manfaatli aloqalarni yo’lga qo`yishni belgilab bergan asosiy hujjat bu ikki mamlakat o`rtasida 2002-yil martda imzolangan Strategik sherikchilik va hamkorlikning asoslari to’g’risidagi Deklarasiya hisoblanadi.
Ikki tomonlama hamkorlikni muntazamlashtirish hamda qayd etilgan kelishuvlarni amalga oshirish maqsadida AQSh bilan o’zaro manfaatli va barcha sohalarda hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan keng qamrovli «Yo’l xaritasi» amalga oshirilmoqda.
2017-yil dekabr oyida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev va AQSh Prezidenti D.Tramp o`rtasida bo`lib o`tgan telefon orqali muloqotida O’zaro hurmat, ishonch va bir-birining manfaatlarini hisobga olish tamoyillari asosida ikki tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashga sodiqligi takidlandi. Ikki tomonlama siyosiy muloqotlar o’zaro tashriflarning yuqori muntazamligi bilan ham ajralib turadi. O’zbekistonga AQSh mamuriyatining asosiy idora vakillari va turli darajadagi delegasiyalari muntazam ravishda tashrif buyuradi va O’zbekiston - AQSh munosabatlarining dolzarb masalalari bo`yicha fikr almashish mexanizmi - yillik siyosiy maslahatlashuvlar tashkil etiladi. 2017-yilda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi delegasiyasi AQShga va Vakillar palatasi a`zosi T. Kelli boshchiligidagi bir guruh kongress a`zolari O’zbekistonga tashrif buyurdi. O’zbekiston va AQSh o`rtasida ustuvor ahamiyatga ega bo`lgan savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlik faol rivojlanmoqda. Mamlakatlar o`rtasidagi ishbilarmonlik aloqalarini qo`llab-quvvatlash va rivojlantirishda AQSh-O’zbekiston savdo palatasi muhim ahamiyat kasb etadi. AQSh va Markaziy Osiyo davlatlari o`rtasida imzolangan TIFA savdo va investisiyalar to’g’risidagi bitimning amalga oshirilishi Amerika bilan savdo aloqalarini rivojlantirishga hissa qoshmoqda.
O’zbekistonda AQShning dunyoda taniqli bir qator yirik kompaniyalari faoliyat ko`rsatmoqda. Xususan, «General Motors» korporasiyasi ishtirokida yengil avtomobillar uchun dvigatellar ishlab chiqarishga mo`ljallangan «General Motors Powertrain Uzbekistan» zavodi faoliyat ko`rsatmoqda.
«Boeing» kompaniyasi «O’zbekiston havo yo’llari» Milliy aviakompaniyasini zamonaviy avialaynerlar, xususan «Boeing-787-8 Dreamliner» rusumidagi yangi avlod samolyotlari bilan taminlovchi asosiy va doimiy hamkor sanaladi.
«General Electric» korporasiyasi O’zbekistonning neft-gaz va aviasiya sektorlarida, shuningdeq salomatlik va qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirish sohasidagi muhim hamkori hisoblanadi.
AQShning O’zbekistonda faoliyat yuritayo`tgan boshqa kompaniyalari ichida «Exxon Mobil», «CNH Industrial», «Coca-Cola», «Hyatt», «Hilton», «John Deyere», «Honeywell», «Caterpillar» va boshqalar ham mavjud.
Madaniy-gumanitar sohadagi munosabatlar muntazam ravishda rivojlanmoqda. Songgi yillarda ilm-fan va ta’lim sohalarida hamda yangi aloqalar o`rnatish va erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, eng avvalo madaniy - gumanitar va ilmiy-marifiy hamkorlikni yanada mustahkamlash borasida amaliy ishlar amalga oshirildi.
O’zbekistonga AQShning ixtisoslashtirilgan muassasalari va tashkilotlari ekspertlari muntazam ravishda muzokaralar va amaliy tadbirlar o`tkazish maqsadida tashrif buyuradi hamda o`zbek mutaxassislari AQShning turli-xil ilmiy va ta’lim dasturlarida ishtirok etadilar. AQShning bir nechta universitetlari, jumladan Texas A&M va Missisipi universitetlari bilan qo`shma loyihalar amalga oshirilmoqda.
Universitetlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish doirasida O’zbekistonning bir qator oliy ta’lim muassasalari hamda AQShning Ogayo va Michigan universitetlari, Boston yuridik kolleji, Amerika va Jorjtaun universitetlari kabi oliy ta’lim muassasalari bilan aloqalarni kengaytirish bo`yicha ishlar olib borilmoqda. Xususan, Toshkentda Vebster universiteti filialini ochish to’g’risida kelishuvga erishildi. AQSh tibbiyot muassasalari va O’zbekiston ixtisoslashgan klinika va shifoxonalari o`rtasida, jumladan jarrohliq kardioxirurgiya, urologiya, akusherlik va ginekologiya ko`z mikroxirurgiyasi yo`nalishlarida to`gridan-to`gri aloqalar o’rnatildi.
O’zbekiston Kanada bilan keng qamrovli hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga muhim e`tibor qaratmoqda va siyosiy, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy va gumanitar sohalardagi O’zaro foydali hamkorlikni rivojlantirishga intilmoqda.
Davlatlar o`rtasida diplomatik munosabatlar 1992-yilning 7-aprelida o`rnatilgan. Ikki tomonlama aloqalar O’zbekiston Respublikasining qarorgohi Vashington shahrida bolgan Kanadadagi Elchixonasi hamda Kanadaning qarorgohi Moskva shahrida bo`lgan O’zbekistondagi Elchixonasi darajalarida olib borilmoqda. 1997 yildan buyon Toshkentda Kanadaning Fahriy Konsulligi faoliyat yuritib kelmoqda.
Ikkitomonlama munosabatlarda tashqi siyosat mahkamalari o`rtasida olib borilayo`tgan muntazam siyosiy maslahatlashuvlar muhim ahamiyatga ega. Ikkitomonlama hamkorlikni mustahkamlash uchun «Yo’l xaritasi»ni birgalikda amalga oshirish O’zaro muloqotlarga tizimli tus berilmoqda. Davlatlar o`rtasidagi O’zaro tashriflar muntazam ravishda tashkil etilmoqda.
Tomonlar o`rtasida, xususan, Kanadaning Rossiya va Yevroosiyodagi ishbilarmonlar assosiasiyasi (CERBA) orqali O’zaro savdo-iqtisodiy hamkorlik bosqichma-bosqich rivojlanishda davom etmoqda. Jumladan, Kanada delegasiyasi Toshkent shahrida o’tkazilgan «UzMining Expo-2017» Xalqaro korgazmasida eng faol ishtirokchilaridan bo`ldi, diplomatik munosabatlarining 25 yilligi arafasida esa, Toshkentga tog-konsanoati sohasida faoliyat olib boruvchi Kanada biznes-jamiyati vakillaridan iborat ikki davlat hamkorligi tarixidagi eng ulkan biznes-delegasiyaning tashrifi amalga oshirildi.O’zbekiston Lotin Amerikasi davlatlari bilan faol aloqalarni qo`lab-quvvatlashga intilmoqda. Braziliya, Kuba, Chili va Argentina mamlakatlari bilan munosabatlarda muntazamlik kuzatilmoqda. Ishchi muloqot muntazam ravishda xabar almashish va delegasiyalarning O’zaro tashriflari ko`rinishida amalga oshirilmoqda. Xususan, 2017-yil fevralida O’zbekiston Qishloq va suv xojaligi vaziri o`rinbosarining Braziliyaga soya ishlab chiqarish va qayta ishlash sohasida amaliyotlarni o`rganish bo`yicha tashrifi tashkil etildi.
O’zbekiston Tashqi ishlar vazirligida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, ilmiy sohalarda hamkorlikni rivojlantirish hamda turizm va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish masalalarini muhokama qilish doirasida O’zbekistonga tashrif buyurayotgan Lotin Amerikasi mamlakatlari delegasiyalarining vakillari bilan muntazam ravishda ikki tomonlama uchrashuvlar o`tkazilmoqda. Mustaqil O’zbekiston Respublikasining jahon hamjamiyatiga integrasiyalashuvida Yevropa Ittifoqi davlatlari bilan o’zaro manfaatli aloqalarni yo’lga qo`yish va tobora rivojlantirish alohida o`rin tutadi. 1996 yil 21-iyunda O’zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o`rtasidagi «Sheriklik va hamkorlik to’g’risidagi bitim» mamlakatimizning Yevropa Ittifoqi bilan O’zaro munosabatlarining huquqiy negiziga aylandi. O’zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik aloqalari yildan-yilga chuqurlashib bormoqda. Mamlakatimizda Yevropa Ittifoqiga a`zo mamlakatlarning 145 firma va kompaniyasi vakolatxonalari akkreditasiya qilingan. Yevropalik sarmoyadorlar ishtirokida 491 ta korxona ishlayapti. 1995-2002 yillarda Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining firma va kompaniyalari umumiy qiymati qariyb 8 mlrd dollarlik yirik sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirishda qatnashdi.
O’zbekistonning Yevropa Ittifoqining a`zosi Germaniya bilan O’zaro manfaatli aloqalari kengayib bormoqda. Bu davlat bilan mamalkatimizning O’zaro aloqalari otmishga borib taqaladi. Davlatning aholisi 82,3 mln kishi , umumiy yer maydon 357 ming kv.km. Oliy vakillik organi sifatida 709 deputatdan iborat parlament-Bundestag faoliyat yuritmoqda. Mamlakat YaIM 3 trillion yevroga teng. Bu korsatkich orqali Germaniya jahonda AQSh, XXR, Yaponiyadan song 4-o`rinda turadi. YaIM tarkibida xizmatlar 69%, sanoat-30%, qishloq xojaligi 1% tanshkil etadi. YaIM kishi boshiga taqsimlaganda 40 ming yevroga, infilyasiya darajasi 0,4% teng.
O’zbekiston Germaniya munosabatlari 1992 yildan boshlangan. Germaniya mamlakati O’zbekiston mustaqilligini 1991 yil 31-dekabr kuni tan olgan. O’zbekiston Respublikasi bilan GFR o`rtasida diplomatik munosabatlao 1992 yil 6 yanvarda ornatilgan. 1992 yil 6 martda O’zaro elchixonalar va konsulliklar ochish, diplomatik aloqalarni yo’lga qo`yish, siyosiy ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy sohalarda hamkorlik qilishga kelishib olindi. Shu kungacha ikki davlat o`rtasida 140 dan ortiq turli bitm va shartnomalar imzolangan. 2017 yil 30 noyabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «O’zbekiston Respublikasi va Germaniya Federativ Respublikasi o`rtasida ikkitomonlama hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarori qabul qilindi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019 yil 20 yanvarda GFR federal kansleri Angela Merkel taklifiga binoan ushbu mamlakatda bo`ldi. Uchrashuvda asosiy etibor ikki mamlakat o`rtasida savdo-iqtisodiy ivestitsiyaviya va texnalogik hamkorlikni rivojlantirish masalalariga qaratildi. O’tkazilgan Biznes forumda 8 mlrd yevroga teng qiymatdagi yangi loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi. 2018 yilda ikki mamlakat o`rtasidagi tovor-ayrboshlash hajmi 700 mln yevrodan oshgan b`olsa, 2019 yil bu korsatkich 1 mlrd yevrodan oshishi ko`zda tutilagan.
Fransiya O’zbekistonning Yevropadagi muhim hamkorlaridan biri hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning Fransiyaga davlat va rasmiy tashriflari (1993 va 1996-yillar) hamda Fransiya Respublikasi Prezidenti F.Mitteranning O’zbekistonga davlat tashrifi (1994-yil) bo`lib o`tgan. 1996-yil iyun oyida Florensiya shahrida o’tkazilgan Yevropa Ittifoqi davlatlari rahbarlari sammiti va 2002-yil noyabr oyida Praga shahrida bo`lib o`tgan NATO/YeAHK sammiti doirasida O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning Fransiya Prezidenti J.Shirak bilan uchrashuvlari ham o`tkazilgan.
Ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirishda Fransiya Tashqi ishlar vazirlari L.Fabiusning 2013-yil mart oyida va J.-M.Eroning 2017-yil aprel oyida O’zbekistonga amalga oshirilgan tashriflari hamda 2012-yil oktyabr, 2014-yil noyabr va 2017-yil mart oylarida o’tkazilgan O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri A.Kamilovning Fransiyaga tashriflari muhim ahamiyat kasb etdi.
Ikki davlat Tashi ishlar vazirliklari o`rtasidagi 10 ta siyosiy maslahatlashuvlar bo`lib o`tgan. Oxirgisi 2017-yilning aprel oyida Toshkent shahrida o`tkazildi.2008-yil O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida parlamentlararo hamkorlik guruhi tuzildi, 2010-yildan boshlab Oliy Majlis Qonunchilik palatasida «O’zbekiston – Fransiya» dostlik guruhi faoliyat yuritmoqda.Fransiya Senatida «Fransiya – Markaziy Osiyo» parlamentlararo guruhi, Milliy assambleyasida «Fransiya – Markaziy Osiyo» dostlik guruhlari faoliyat yuritmoqda.2008-yil iyun oyida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo`yicha vakili (Ombudsman) hamda Fransiyaning inson huquqlari himoyachisi o`rtasida hamkorlik to’g’risida bitim imzolandi.Fransiya O’zbekistonning Yevropadagi muhim savdo-iqtisodiy hamkorlaridan biridir. 2017-yil yakunlari bo`yicha ikki tomonlama savdo aylanmasining hajmi 251,6 mln. AQSh doll. tashkil etdi.
Fransiyada Temuriylar davri tarixi va madaniyatini o`rganish Assosiasiyasi hamda «Avisenna – Fransiya» Assosiasiyasi faoliyat yuritib kelmoqda.
O’zbekistonning bir qancha yetakchi universitetlari hamda Fransiyaning oliy o`quv yurtlari o`rtasida hamkorlik bitimlari va protokollari imzolangan.
O’zbekiston-Buyuk Britaniya munosabatlarining asosi 1993-yil noyabr oyida O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan ushbu mamlakatga amalga oshirilgan tashrif chogida yaratilgan.
Ayni paytda ikki tomonlama hamkorlikning ijobiy dinamikasi kuzatilmoqda. Mamlakatlar o`rtasida muntazam ravishda turli darajadagi tashriflar amalga oshirilmoqda. Oxirgi bir necha yil davomida O’zbekistonga Britaniyaning 50 dan ziyod delegasiyalari tashrif buyurgan. Tomonlar tashqi siyosiy idoralar o`rtasidagi maslahatlashuvlar hamda Afgoniston bo`yicha muloqotni amalga oshirib kelmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri A.Kamilov rahbarligidagi delegasiyaning 2013-yil 20-22-noyabr kunlari Buyuk Britaniyaga amalga oshirgan tashrifi davlatlararo aloqalarni faollashtirishdagi muhim voqyea bo`ldi.
Parlamentlararo hamkorlik O’zaro aloqalarning istiqbolli yo`nalishlaridan sanaladi. Ikki davlat parlamentlarida O’zaro hamkorlik boyich guruhlar mavjud bo`lib, 2010-yil 22-sentyabrda imzolangan Oliy Majlis guruhi bilan «Britaniya-O’zbekiston» Umumpartiya parlament guruhi o`rtasida imzolangan Anglashuv memorandumi ular faoliyatining huquqiy asosini yaratib bergan. O’zbekiston-Britaniya Savdo va sanoat kengashi savdo-iqtisodiy munosabatlarning samarali mexanizmi bo`lib, uning 23-majlisi Toshkentda 2016-yil 16-18-noyabr kunlari bo’lib o’tdi. 2016-yilning oktyabrida, 2017-yilning yanvar-dekabr oylarida Oliy Majlis Senati raisining Birinchi o`rinbosari S.Safoyev London shahriga tashrif buyurdi. Tashriflar doirasida, jumladan rivojlanishga va respublikaning ustuvor yo`nalishlariga bagishlangan brifinglar, Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki, TIV, Buyuk-Britaniya Parlamenti va Britaniyanig bir qator yirik kompaniyalari hamda ilmiy doiralari bilan uchrashuvlar o`tkazildi. 2017-yil yanvar-sentyabr oylari yakunlariga ko`ra O’zbekiston bilan Buyuk Britaniya o`rtasidagi savdo aylanmasi 115,9 million AQSh dollarini tashkil etib, shundan eksport 33,5 million AQSh dollari, import 82,4 million dollarga teng bo`ldi.Madaniy-gumanitar hamkorlik ham izchil rivojlanmoqda, jumladan ta’lim sohasida. Toshkentda 2002-yildan buyon Xalqaro Vestminster universiteti faoliyat yuritib kelmoqda, Kembridj universiteti bilan hamkorlikda esa poytaxtimizda Yuqori texnologiyalar o`quv-eksperimental markazi tashkil etilmoqda.
O’zbekistonning Yevropadagi va umuman xalqaro miqyosdagi istiqbolli hamda umidli sheriklaridan biri hisoblangan Ispaniya bilan munosabatlari jadal rivojlanmoqda. 2003-yil yanvar va 2009-yil may oyida O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning Ispaniyaga tashriflari bo’lib o’tdi.
Ispaniya Tashqi ishlar vaziri X.M.Garsiya Margalio taklifiga ko`ra, 2013-yilning 4-7-noyabr kunlari O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri boshchiligidagi delegasiya Ispaniyaga tashrif buyurdi. Tashrif davomida Tashqi ishlar vazirliklari siyosiy maslahatlashuvlari o`tkazildi. Ispaniyaning Tashqi ishlar vaziri X.M.Garsiya Margalio 2014-yil 20-22-aprelda O’zbekistonga tashrif buyurdi.
2017-yil 12-15 noyabrda Ispaniyaga OR Tashqi ishlar vazirinig javob tashrifi o`tkazildi.O’zbekiston Davlat jahon tillari universiteti qoshida ispan tili fakulteti faoliyat yuritmoqda. Mazkur universitetning Madrid, Granada, Alkala de Enares va Malagi universitetlari bilan hamkorlik aloqalari jadal rivojlanmoqda.
2009-yildan boshlab Toshkent shahrida Turin politexnika universiteti faoliyat yuritib kelmoqda. 2013-yil yanvar oyida Samarqand shahri hokimiyati va Florensiya provinsiyasi ma`muriyati o`rtasida Dostlik va hamkorlik shartnomasi imzolangan. Xulosa qilib aytganda, O’zbekistonda tarixiy jixatdan qisqa bir davrda xalqaro munosabatlarni yo’lga qo`yish va rivojlantirish bobida asrlarga arziydigan ishlar amalga oshirildi. O’zbekiston o`zining tinchliksevar, yaxshi qoshnichiliq O’zaro foydali hamkorlikka qaratilgan siyosati va faoliyati bilan butun dunyoga tanildi, jahon hamjamiyatida o`zining munosib o`rnini egalladi.
Izohli lugat Xalqaro terrorizm – odamlarning behuda halok bolishiga olib keluvchi, davlatlar va ular vakillarining normal diplomatik faoliyatini buzuvchi hamda xalqaro aloqalar, uchrashuvlarni qiyinlashtiruvchi xalqaro miqyosdagi ijtimoiy qilmishlar yigindisi. O’zbekiston Respublikasi xalqaro bitimlarning, chunonchi, xalqaro terrorizm korinishlariga qarshi kurashga qaratilgan bitimlar va konvensiyalar ishtirokchisi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) – yer yuzida tinchlikni va havfsizlikni taminlash, davlatlar va millatlarning O’zaro hamkorligini rivojlantirish maqsadida 1945 yilda ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan g`alaba qo`zongan davlatlarning ixtiyoriy birlashishi natijasida tuzilgan xalqaro tashkilot. O’zbekiston Respublikasi 1992 yil 2-martda BMTga qabul qilingan. UNESKO – Birlashgan millatlar tashkilotining ta’lim, fan va madaniyat bilan shug`ullanuvchi xalqaro tashkiloti. O’zbekiston Respublikasi 1993 yil 29-oktyabrda ushbu tashkilotga a`zolikka qabul qilingan. Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti (NATO) – 1949 yilda 4-aprelda tashkil topgan xalqaro davlatlararo xarbiy-siyosiy tashkilot.
EKO – Turkiya, Pokiston, Eron tomonidan tuzilgan iqtisodiy hamkorlik tashkiloti. 1992 yildan O’zbekiston ushbu xalqaro tashkilotning a`zosi.
MOH (Markaziy Osiyo Hamkorligi tashkiloti) – 1994 yil iyul oyi boshida O’zbekiston, Qozog`iston, Qirg`iziston Prezidentlarining Almati shahrida bo`lib o`tgan uchrashuvi asosida tashkil topgan Markaziy Osiyo Iqtisodiy Hamjamiyati zaminida 2002 yil 28-fevralda tuzilgan. Markaziy Osiyoda iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish, siyosiy-ijtimoiy, madaniy texnikaviy va boshqa aloqa turlarini kengaytirish masalalari bilan shug`ullanadigan tashkilot. MDH tashkilotiga O’zbekiston, Qo`zogiston, Qirg`iziston, Tojikiston davlatlari a`zo.
Qo’shilmaslik harakati – ikkinchi jahon urushidan keyin tashkil topgan xalqaro tashkilot. O’zbekiston bu tashkilotga 1992 yil 1-sentyabrda a`zo bo`lib kirgan. Shanxay hamkorlik tashkiloti – submintaqaviy xalqaro tashkilot bo`lib, uning tarkibiga dastlab asoschilar sifatida 6 ta davlat(Qozog`iston, Xitoy, Qirg`iziston, Rossiya, Tojikiston va O’zbekiston) kirdi. 1996 yilda yilda Shanxayda Xitoy, Rossiya, Qozog`iston, Qirg`iziston va Tojikiston davlat rahbarlarining sammitida Shanhay hamkorlik tashkiloti vujudga keladi. Lekin, u «Shanxay beshligi» nomi bilan shakllanadi. 2000 yil 5-iyundagi Dushanbedagi sammitda «Shanxay beshligi» «Shanxay forumi»ga aylantirildi. 2001 yil 14-15-iyun Xitoyda navbatdagi Shanxay sammitida O’zbekiston «Shanxay forumi»ga tola huquqli a`zo bo`ladi. Ushbu sammitda «Shanxay forumi»ning nomi «Shanxay hamkorlik tashkiloti – SHHT»- deb o`zgartirildi. Ho`zirga qadar SHHT doirasida koplab amaliy tadbirlar bo’lib o’tdi. Jumladan, davlat va hukumat, tashqi ishlar va mudofaa vazirligi, huquq-tartibot, xavfsizlik organlari rahbarlari va ekspertlarining mintaqada tinchliq havfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash terrorizm va ekstremizm, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada yaxshilashga qaratilgan uchrashuvlar, maslahatlashuvlar muntazam ravishda o`tkazilib kelinmoqda.
GUUAM – mintaqaviy tuzilma. Unga 1996 yilda Gruziya, Ukraina, O`zarbayjon, Moldova davlat rahbarlari tomonidan asos solingan.1999 yil aprel oyida O’zbekiston ham bu tashkilotga qo`shilgan. Tashkilotning asosiy maqsadi 1993 yilda Bryusselda asos solingan Osiyo – Kavkaz – Yevropa transport yo’lagini barpo etishni ko`zda tutuvchi TRASEKA ni amalga oshirish, iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishdir.
MDH – Mustaqil davlatlar hamdostligi. MDH mintaqaviy tashkiloti – davlat yoki federasiya emas, harbiy blok ham emas. Balki u o`zining mohiyatiga ko`ra ixtiyoriy iqtisodiy uyushma sifatida vujudga kelgan davlatlar hamkorligining yangicha shakli va korinishidir. 1991 yil 8-dekabrda Minskda (Belovejskoye Pushche) uch slavyan respublikalari – Rossiya, Ukraina, Belorus rahbarlari uchrashuvida MDH tuzish to’g’risida Shartnoma imzolandi. Unda SSSRning mavjudligi va SSSR Konstitusiyasi to`xtatildi deb e`lon qilindi. 1991 yil 21-dekabrda Almatida 11 davlat – Rossiya, Ukraina, Belorus, Qozog`iston, O’zbekiston, Qirg`iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Armaniston, Moldova davlatlari boshliqlarining Kengashida Belovejskoye Pushche shartnomasi yuzasidan protokol imzolanib, «Teng huquqli va ahdlashayo`tgan oliy tomonlar» maqomida MDH muassisi bo`ldilar. ODKB – Kollektiv xavfsizlik to’g’risidagi shartnoma tashkiloti. 1992 yil 15-mayda Armaniston, Qozog`iston, Qirg`iziston, Rossiya, Tojikiston va O’zbekiston Toshkentda «Kollektiv havfsizlik to’g’risidagi» shartnomani imzoladilar. 1993 yilda shartnomaga O`zarbayjon, Gruziya va Belorussiya imzo qoyadi. Shartnoma 5 yilga moljallangan edi. 1999 yil shartnoma keyingi besh yilga uzaytiriladi. Lekin, O’zbekiston, O`zarbayjon, Gruziya shartnomani davom etdirishdan vo`z kechdi. 2002 yil 14-mayda «Kollektiv havfsizlik to’g’risidagi shartnomasi» tashkilotining Moskvada bo`lib o`tgan sessiyasida uni yaxlit xalqaro tashkilotga – «Kollektiv havfsizlik to’g’risidagi shartnoma to’g’risidagi tashkiloti (ODKB)»ga aylantirishga qaror qilindi. 2006 yil 16-avgustda O’zbekiston ODKBga a`zolikka qabul qilingan. Yevrosiyo Iqtisodiy Xamjamiyati (YevrAzES) – 1992 yilda bojxona to`siqlarini pasaytirish maqsadida «Bojxona ittifoqi» shaklida vujudga kelgan. 2005 yil 6-oktyabrda O’zbekiston YevrAzESga a`zo bo`ldi. Xo`zirgi kunda uning tarkibiga Belorus, Ozarbayjon, Qirg``iziston, Rossiya, Tojikiston, O’zbekiston kirgan.
Yevropa ittifoqi – 1992 yilda imzolangan Yevropa Ittifoqi haqidagi shartnomaga asosan tuzilgan Yevropa hamjamiyatlariga a`zo davlatlarning davlatlararo birlashmasi. YeI Yevropa iqtisodiy va siyosiy integrasiyasining eng yuqori darajasidir. Unga xo`zirgi kunda 28 davlat – Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Bolgariya, Vengriya, Germaniya, Gresiya, Daniya, Irlandiya, Ispaniya, Italiya, Kipr, Latviya, Litva, Lyuksemburg, Malta, Portugaliya, Niderlandiya, Polsha, Sloveniya, Slovakiya, Ruminiya, Finlyandiya, Fransiya, Xorvatiya, Chehiya, Shvesiya, Estoniya davlatlari a`zo.
UNESKO (YuNESKO)– Birlashgan Millatlar Tashkilotining maorif, fan va madaniyat masalalari bilan shug`ullanadigan tashkiloti. YuNESKO ning bosh qarorgohi Parij shahrida joylashgan.

Download 167.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling