Qarshi davlat univyersiteti


Download 0.78 Mb.
bet1/13
Sana21.01.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1106406
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Qirg\'iziston




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QARSHI DAVLAT UNIVYERSITETI
IQTISODIYOT FAKULTETI
IQTISODIYOT KAFEDRASI
«Himoyaga ruxsat etilsin»
Iqtisodiyot fakulteti dekani
___________G’.Nabiyev
«___»______________2023
IQTISODIYOT YO‘NALISHI
021-4-guruh talabasi O’ri___________________
IQTISODIYOT GEOGRAFIYASI”
Fanidan
KURSISHI
Ilmiy rahbar:
__________o‘qit.Muhayyo B.T


«Himoyaga tavsiya etilsin»
“Iqtisodiyot”kafedrasi mudiri
G’.Qo’chqorov
«____»_______________2023

QARSHI–2023
Mavzu:Qirg’izistonning iqtisodiy-geografik tavsifi

Reja:
1. BOB. IQTISODIY VA SIYOSIY GEOGRAFIK O’RNI
1.1. Tabiiy shroiti va resurslari
1.2 Xo’jaligiga umumiy ta’rif
1.3 Aholisi va mexnat resurslari
2.BOB.QIRG’IZISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOTI.
2.1 Rivojlangan sanoat tarmoqlari
2.2 Transporti. Iqtisodiy rayonlari
2.3 Tashqi iqtisodiy aloqaqalari
XULOSA
FOYDALANILGANADABIYOTLAR

KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi.
Oʻzbekiston— Qirgʻiziston munosabatlari .
Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, 1993 yil ikkala davlat oʻrtasida diplomatiya munosabatlari oʻrnatildi. 1992 yil iyuldan Toshkentda Qirg’iziston elchixonasi, 1998 yil oktabrdan Bishkekda Oʻzbekiston elchixonasi faoliyat yuritmokda. 2000 yil sentabrda OʻzR Birinchi Prezidenti I.Karimovning Bishkekka, 1996 yil dekabr va 1998 yil noyabrda Qirg’iziston Prezidentining Oʻzbekistonga tashrifi boʻlib oʻtdi. 1996 yil 24 dekabrda ikki davlat oʻrtasida imzolangan "Abadiy doʻstlik toʻgʻrisida"gi shartnoma davlatlar oʻrtasidagi munosabatlarning shartnomaviy-huquqiy asosi hisoblanadi. Davlatlar oʻrtasida gumanitar sohadagi hamkorlik mana shu shartnoma, 1994 yil 16 yanvarda imzolangan Madaniyat, sogʻliqni saqlash, fan, taʼlim, turizm va sport boʻyicha hamkorlikni chuqurlashtirish toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitim, 1996 yil 24 dekabrda imzolangan Madaniy hamkorlik toʻgʻrisidagi muassasalararo bitimga muvofiq amalga oshiriladi. 2005 yilgacha ikki davlat oʻrtasida ikki tomon uchun ahamiyatli boʻlgan 181 hujjat imzolangan. 2004 yil Oʻzbekiston Respublikasi bilan Qirg’iziston oʻrtasidagi tovar aylanmasi 68,1 mln. AQSH dollarini, jumladan, eksport 43,6 mln. AQSH dollarini, import 24,5 mln. AQSH dollarini tashkil etdi.
2021-yil mart oyida Qirgʻiziston prezidentining Oʻzbekistonga tashrifi chogʻida qirgʻiz xalqiga oʻzbek xalqi nomidan 10 dan ortiq tez yordam mashinalari topshirildi. Ikki davlat rahbarlari va delegatsiyalari ishtirokidagi muzokaralarda kapitali 200 million AQSH dollari boʻlgan Oʻzbekiston–Qirgʻiziston investisiya jamgʻarmasi tashkil etilishi belgilangan hamda ikki mamlakat hukumatlariga uning faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha topshiriqlar berilgan. Oʻzbekiston–Qirgʻiziston sherikligining deyarli barcha yoʻnalishlarini qamrab olgan 22 ta hujjat imzolandi.
Ikki mamlakat oʻrtasida 2020-yil yakuni boʻyicha savdo aylanmasi 903,1 million dollarni tashkil etgan. Shundan eksport hajmi 756,6 million dollar, import hajmi 146,5 million dollarni tashkil etgan. 2021-yil 1-yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekistonda qirgʻiz kapitali ishtirokida 183 korxona faoliyat yuritadi: 104 tasi qoʻshma korxona, 79 tasi 100 foiz xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar hisoblanadi

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling