Qarshi davlat univyersiteti


Tashqi iqtisodiy aloqalari. Transporti. Iqtisodiy rayonlari


Download 0.78 Mb.
bet7/13
Sana21.01.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1106406
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
Qirg\'iziston

2.2.Tashqi iqtisodiy aloqalari. Transporti. Iqtisodiy rayonlari
Transporti
Transportining asosiy turi — avtomobiltransporti. Avtomobil yoʻllarining umumiy uz. 28 ming km (19 ming km umumiy foydalanish yoʻllari). Transport yoʻlilar uzunligi 417 km (2002). Issiqkoʻlda muntazam kema qatnaydi. Ichki suv yoʻllari uz. 460 km. „Kirgizstai aba joddoru“, „Itek Eyr“, „Altin Eyr“ milliy aviatsiya kompaniyalari samolyotlari dunyoning bir qancha mamlakatlariga uchadi. q. hududidan Buxoro —Toshkent—Bishkek — Olmaota gaz quvuri oʻtgan; Maylisoy—Jalolobod—Oʻsh gaz quvuri mavjud.
Togli mamlakat Qirgiziston transportida ayniqsa uning ichki aloqasida avtomobil transportining ahamiyati birlamchi. Mamlakatning ichkarisida tashiladigan yukning 88 foizi avtomobil transportida tashiladi. Avtomagistrallarning umumiy uzunligi 39,2 ming km. Bu korsatkich Turkmanistonnikidan-20,1 ming.km ko’p. Yoki bu korsatkich har bir ming.kv.km ga taqsim qilinganda MDHga a’zo bo’lgan davlatlar ortacha korsatkichidan 22 km.ga kop. Mamlakat hududidan uning ichki ma’muriy rayonlarini birlashtiruvchi kopdan –kop avtomagistrallar otkazilgan. Yirik atomagistrallari: Bishkek-Ribache-Norin-Torugart-Bishkek-Osh; Osh-Gulcha Saritosh – Xorog; Bishkek-Ribache-Qorakol; Bishkek Toshkent; Bishkek-Olmata. Mazkur avtomagistrallar Qirgiziston davlati ichki yuk va passajir tashishida muhim ahamiyatiga ega bolib qolmasdan, balki uning Markaziy Osiyo davlatlari va Xitoy bilan iqtisodiy hamda madaniy aloqasida katta orin tutadi.
1-MISOL. Bishkek-Osh magistrali. Buyuk Qirgiz trakti deb nom olgan mazkur avtomobil yo’lining qurilishi mamlakatning ikki Shimoliy va Janubiy qutbini birlashtiruvchi muhim yol boldi. Ungacha avtomobilda butun Fargona vodiysi hamda Toshkent vohasi orqali Oshdan Bishkekgacha 1200 km yo’l bosilardi. Bu masofa mazkur magistral qurilishi bilan ikki marta qisqardi va mamlakatning ichki yuk va passajir tashishida burilish yasadi.
2-MISOL Osh-Xorog yo’li. Mazkur magistralning qurilishi Tojikistonning togli rayonlari bilan qirgizlarning azal-azaldan mavjud bo’lgan aloqalarini kuchaytiradi. Bishkek Torugat yo’lining qurilishi Xitoyning Qashqar shariga chiqish imkoniyatini yaratdi.
Qirgiziston togli mamlakat bolishiga qaramasdan uning transportida temir yolning ham ahamiyati katta. Mamlakat hududida qurilgan temir yo’llarning umumiy uzunligi 376 km. Bu korsatkich boyicha Qitgiziston MODda oxirgi orinda turadi. Temir yo’l transporining ham ichki ham tash qi aloqada ahamiyati bor. Mamlakat temir yoli transporti Bishkek- Ribache mamlakat ichkarisida, Osh-Andijon, Toshkent-Chimkent-Jambul-Bishkek o’zga mamlakatlar uning shimoliy va janubiy rayonlari orqali otgan. Mamlakatda suv, quvur va havo transportlari ham yaxshi rivojlangan.
Qirgiziston rivojlangan transport tarmoqlari orqali xorijiy davlatlar va birinchi navbatda Markaziy Osiyo davlatlari bilan har tomonlama aloqalar qiladi. Bu aloqa ayniqsa Ozbekiston, Qozogiston va Tojikiston bilan mustahkamdir. Ushbu davlatlar bilan mavjud bolgan temir yo’l va avtomobil transportidagi aloqa yaqin kelajakda MODda yagona transport sistemasining barpo bolishiga asos yaratadi.
Mamlakat transport vositalari orqali o’zidan neft, komir, rangli va nodir metallar, mashina va asbob uskunalar, jun tolasi, har xil gazlama, poyafzal, oziq-ovqat va boshqa qishloq xo’jalik mahsulotlarini chiqaradi. Oz navbatida u xorijdan komir, neft mahsulotlari, mashina, qora metall, mineral ogit, don va boshqaa mahsulotlar oladi.
Atrof muhitni muhofaza qilish va ekologik muammolari.
Bu muammo Markaziy Osiyoga barcha xalqlar va davlatlar uchun bir xil ahamiyatli va bir xil dolzarb mavzudir. Qirgizistonda tabiat manbalariga munosabatni olaylik. Uning qaysi qismida kon-qazib olish va qayta ishlash sanoati mavjud bolsa, osha yerda oydim-chuqurlar, tashlandiq tog jinslarining uyumlari, kopdan-kop mashina yo’llari, payhon qilingan landshaft kozga tashlanadi. Yoki Issiqkolni olaylik. U asrlar mobaynida mamlakat tabiatining korki, mo’jizasi “jeneva”si edi. Endichi?! Undan, uning atrof-tevarak tabiatidan dam olish, madaniy hordiq chiqarish maqsadida pala-partishlik bilan onlarcha dam olish zonalari, shifoxonalar qurildi. Natijada moviy kol suvidan, uning atrof-muhitidan foydalanish salbiy oqibatlarga olib keldi. Vaziyat shu darajaga bordiki, eski imperiyaning harbiy boshliqlari mahalliy rahbariyatning fikri bilan hisoblashmasdan kol boyida harbiy poligon qurdilar. Natijada kol suvining ifloslanishi, atrof - muhit landshaftining oyoq osti qilinishi keskinlashdi.
Endilikda mamlakatda tabiatga munosabat ozgarmoqda. Mustaqil Qirgiziston davlati tabiat muhofazasiga, ekologik muhitni yaxshilashga qaratilgan hujjatlar qabul qildi. Mamlakat parlamenti 1992-1996 -yillarda tabiat muhofazasiga oid maxsus qarorlar qabul qildi. Jumladan, Qirgiziston tabiatining har bir komponenti va birinchi navbatda Issiqkol tabiatini muhofaza qilishning uzoqqa moljallangan dasturi ishlab chiqilgan.
Bu dasturda Qirgiziston tabiatini asl holiga keltirish, uning noyob osimlik va hayvonot olamini saqlab qolish, tog tabiatini oyoq osti qilishga yo’l qoymaslik va Isssko’l regioni tabiatini muofaza qilish bilan bog`langan kompleks tadbirlar ishlab chiqilgan.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling