Qarshi davlat univyersiteti


Download 0.78 Mb.
bet3/13
Sana21.01.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1106406
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Qirg\'iziston

Hududiy bo’linishi
Qirgiziston Respublikasi 7 viloyatga boʻlinadi viloyatlar esa tumanlarga boʻlinadi.



Viloyat

Aholisi

Hududi mln. kv.km

Tumanlar soni

Markazi

1.

Bishkek

874400

1.84

6

Bishkek

2.

Botken

433800

17.0

3

Botken

3.

Chuy

808200

20.2

8

To’qmoq

4.

Jalolobod

1023200

33.7

8

Jalolobod

5.

Norin

259300

45.2

5

Norin

6.

O’sh

1117900

29.2

7

O’sh

7.

Talas

229000

20.0

4

Talas

8.

Issiq-Ko’l

441300

43.1

5

Qorako’l



Nomiming kelib chiqishi
SSSR davlati inqirozga uchragandan soʻng, deyarli barcha ittifoqdosh mamlakatlar oʻz mustaqilligini qoʻlga kiritdi ular orasida Qirgʻiz SSR (ruscha: Киргизская ССР, qirgʻizcha: Кыргыз ССР) ham bor edi. Sovet davrida Qirgʻiziston nomi faqat rus tilida (ruscha: Киргизия) nomlanar edi, keyinchalik milliy tilda nomlana boshlandi.
Davlat tuzumi
Qirgʻiziston — suveren, unitar, demokratik respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1993-yil 5-mayda qabul qilingan; 1996, 1998, 2001 va 2003-yillarda oʻzgartishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident (2021-yildan Sadir Japarov). U umumiy teng, toʻgʻri yashirin ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi. Bir shaxs ketma-ket ikki martadan ortiq prezident etib saylanishi mumkin emas. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni parlament — Jogorku Kenesh, ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.
Oxirgi marta prezidentlik saylovi 15-noyabr 2017-yilda boʻlib oʻtdi. Yangi prezident etib Soronboy Jenbekov saylandi. Bundan oldin 1-dekabr 2011-yildan 24-noyabr 2017-yilgacha Almazbek Atambayev prezident edi.
Qirgʻiziston Respublikasi prezidentiga nomzod 35yoshdan kichik va 70yoshdan katta boʻlmagan, davlat tilida gaplashaoladigan va 15yildan kam bolmagan muddatda respublika fuqarosi boʻlishi kerak.
Tabiati
Qirg’izistonning koʻp qismi Tyanshan togʻlarida, qolgan qismi PomirOlay togʻlarida joylashgan. Mamlakat hududining 94 % dengiz sathidan 1000 m dan balandda. 1/2 qismi 3000–4000 m baladliklar orasida. Parallel togʻ tizmalari, asosan, kenglik boʻylab yoʻnalgan. Sharqida (Xitoy bilan chegara yaqiiida) Gʻalaba choʻqqisi (7439 m) bor. Ichki Tyanshan togʻ tizmalarining relyefi alp tipli boʻlib, ular vodiy va soyliklar bilan ajralgan. Terskay Olatov bilan Kungay Olatov tizmalari orasida Issiqkoʻl soyligi bor. Q.ning garbiy qismida Gʻarbiy Tyanshan togʻlari joylashgan (Talas vodiysi, Talas Olatovi va Chatqol tizmalari). Q.ning janubi-gʻarbiy qismiga Fargʻona soyligining shim., sharqiy va janubiy chekkalari kiradi. Janubiyda turkiston tizmasining shimoliy yon bagʻri, Olay tizmasi, Olay vodiysi va Orqa Olay tizmasi shimoliy yon bagʻri Q.ga karashli.
Foydali qazilmalardan neft, gaz, qoʻngʻir koʻmir va toshkoʻmir, oltin, temir, alyuminiy, volfram, mis, qalay, simob, qoʻgʻoshin-rux, surma rudalari konlari bor.
Iqlimi kontinental iqlim, yogin miqdori oʻrtacha, havo quruq va kam bulutli. Relyefi togʻli va balandliklar farqi katta boʻlganligi uchun iklimi quruq subtropik iqlimidan baland togʻ tundrasi iqlimigacha oʻzgarib boradi. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi vodiylarda —1" dan —8" gacha, togʻlarda —8" dan −27" gacha; iyulda vodiylarda 20"—27", baland togʻlarda 5" va undan past. Yillik yogʻin Tyanshan sharqida 180–250 mm dan Fargʻona tizmasining janubi-gʻarbiy yon bagʻrida 900 – 1000 mm gacha. Togʻ tepalarida muzliklar bor. Ularning yiriklari mamlakat sharqiy chekkasidagi Janubiy Inilchek va Shimoliy Inilchek muzliklaridir.
Daryolari Orol depgizi, Tarim, Issiqkoʻl va Balxash koʻli havzalariga mansub. Yirik daryolari: Norin, Chu, Talas. Q.da 1923 koʻl bor. Yiriklari: Issiqkoʻl, Soʻnkoʻl, Chatirkoʻl. Tuproqlari choʻl va yarim choʻl yerlarda boʻz tuproq, daryo qayirlari va koʻl sohillarida allyuvial, oʻtdoqi va oʻtloqi-botqoqtuproqlar. Togʻlarning choʻl-dasht mintaqasida qoʻngʻir tuproqlar, quruq dashtli mintaqada kashtan tuproqlar, togʻlarning sernam yon bagirlarida qora tuproqlar, togʻ tepalarida togʻ-oʻrmon tuproqlarining har xil turlari tarqalgan.
Q.da oʻsimliklarning 3,5 mingdan ziyod turi oʻsadi. Mamlakat hududining 4 % dan ortigʻi oʻrmon. Yongʻoqzor-mevazor oʻrmonlar maydoni 265 ming ga. 3600–4000 m balandliklar sovuq choʻl va togʻ tundralaridan iborat.
Hayvonot dunyosi boy. Choʻl va dashtlarda har xil kemiruvchidar, sudralib yuruvchilar, qushlar; oʻrmonlarda qoʻngir ayiq, silovsin, toʻngiz, boʻri, oʻrmon suvsari, togʻlarda togʻ takasi, qor qoploni, ular, togʻ suvsari, yumronqoziq va hokazo yashaydi. Suv havzalarida baliqning 60 dan ortiq turi uchraydi. Moʻynali hayvonlar iqlimlashtirilgan. Hududida Issiqkoʻl, Sarichelak. Beshorol qoʻriqxonalari, Ola-Archa tabiiy milliy bogʻ bor.
Aholisi, asosan, qirgʻizlar (67 %). Shuningdek, oʻzbek, dungan, uygur, rus, ukrain, tatar, qozoq, tojik va boshqa ham yashaydi. Davlat tili — qirgiz tili; rus tiliga rasmiy til maqomi berilgan. Dindorlarning aksariyati musulmonsunniylar. Shahar aholisi 35,2 %. Yirik shaharlari: Bishkek, Ush, Jalolobod. Toʻqmoq.
Relyefi
Respublika relefining, iqlimining o’ziga xosligi asosida yettita rayon ajratilgan. Bular o’z navbatida uchta iqtisodiy zonani tashkil etadi. Shimoliy (Chuy, Issiqko’l, Talas), Markaziy (Norin), Janubiy (O’sh-Jalolobod, Quyi Norin, Qadamjoy-Haydarkent).
Chuy vodiysi Qirg’izistonning shimolida joylashgan bo’lib, Qozog’iston bilan chegaradosh.Mintaqa (vodiy) tabiiy resurslarga unchalik boy emas.Asosiy boyliklari polimetal rudalari, qurilish materiallari va boshqalardir.Shuningdek bu yerda issiq mineral buloqlar ham topilgan bo’lib, ular asosida Issiq-ota kurorti ishga tushirilgan.Chuy vodiysi respublikaning qulay transport-geografik o’rnini egallaydi.Uning xududi orqali muhim transport magistrallari-Lugovoy-Bishkek-Ribache temiryo’li, Toshkent-Bishkek-Olma-ota avtomobil yo’llari o’tkazilgan.Chuy vodiysi Respublikasining asosiy sanoat va qishloq xo’jalik mintaqasi hisoblanadi.Asosiy sanoat tarmoqlaridan mashinasozlikda-fizik priborlar, elektrotexnika mahsulotlari, qishloq xo’jalik mashinalari, avtomobillar ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan.Shuningdek, engil, oziq-ovqat va qurilish materiallari sanoati ham yaxshi rivojlangan.Chuy vodiysi-mamlaqatning asosiy sug’oriladigan mintaqasidir.Bu yerda respublika sug’oriladigan yerlarining 1/3qismi joylashgan.Haydaladigan yerlarda qandlavlagi, don, poliz ekinlari, sabzavotlar ekiladi.Don yetishtirish bo’yicha Chuy vodiysi etakchi o’rinda turadi.Respublikada etishtiriladigan donning 40 %i shu yerga to’g’ri keladi.Donli ekinlardan bug’doy ko’pchilikni tashkil etadi.Bundan tashqari tariq, makkajo’xori etishtirish ham yaxshi yo’lga qo’yilgan.Bishkek, Toqmoq, Qora-bolta kabi sanoat markazlari atroflarida sabzavotchilik rivojlangan.Chuy vodiysida Respublikaning 60% dan ortiq sabzavotlari etishtiriladi.Bog’dorchilik va uzumchilik ham sug’oriladigan yerlarda joylashgan.Vodiyda sut-go’sht chorvachiligi ustun turadi.Shuningdek qo’ychilik, cho’chqachilik, parrandachilik ham yaxshi rivojlangan.
Chu vodiysi boshqa rayonlarga nisbatan yuqori darajada urbanizasiyalashgan.Jami aholisining 55% ga yaqini shaharlarda yashaydi.
Uning hududida Respublika aholisining 1 /3qismi istiqomat qiladi.Vodiyda aholi zichligi 1km2ga 75 kishidan ortadi. Vodiyning markaziy qismida mamlakat poytaxti-Bishkek joylashgan.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling