Qarshi davlat univyersiteti


BOB.QIRG’IZISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOTI


Download 0.78 Mb.
bet6/13
Sana21.01.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1106406
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Qirg\'iziston

2.BOB.QIRG’IZISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOTI.
2.1.Rivojlangan sanoat tarmoqlari
Qirgiziston iqtisodiyotida yaqin otmishda qishloq xo’jaligi yetakchilk qilgan. Aholining mashguloti yaylovdan- yaylovga kochmanchilik qilib chorva mollari boqish va qisman dehqonchilik qilish bo’lgan. Sanoatining yetakchi tarmoqlari: mashinasozlik (qishloq xoʻjaligi mashinalari, metall kesuvchi stanoklar, elektrotexnika buyumlari, priborlar va boshqalar), rangli mstallurgiya (simob, surma va qoʻrgoshin-rux rudalarini qazib olish va boyitish), neftni qayta ishlash, yengil (ip-gazlama, jun, ipak matolar, trikotaj, koʻnpoyabzal, tikuvchilik buyumlari ishlab chiqarish, gilam toʻqish; asosiy markazlari — Ush, Bishkek), oziq-ovqat (goʻsht-sut, un-yorma va boshqa, yirik korxonalar Bishkek shahrida joylashgan) sanoati. Koʻmir, gaz va neft qazib olinadi. Qurilish materiallari (sement, shifer, devor panellar) ishlab chiqariladi. Yiliga 12,9 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi (GES va issiqlik elektr stansiyalarida). Norin daryosida Toʻqtagʻul, Uchqoʻrgʻon, Kurpsoy, Toshkoʻmir GESlari, Alamadin GESlar kaskadi ishlaydi. Bishkekda yirik issiqlik elektr stansiyasi mavjud.Qirg`izistonning yengil sanoat korxondlari shoyi va jun gazlamalar, trikotaj, tikuvchilik buyumlari, poyabzal va boshqa keng iste'mol buyumlari ishlab chiqaradi. O’sh shahrida Markaziy Osiyoda yirik korxonalardan biri-shoyi to’quv kombinati va ip gazlama kombinati joylashgan
Sanoatning kam turi birinchi navbatda tog-kon sanoati rivojlangan edi. Bugungi Qirgiziston o’z xalq xojaligini va shu jumladan sanoat ishlab chiqarishini keng doirada rivojlantirayotgan mustaqil davlatdir. U oz mustaqilligini qolga kiritish bilan mamlakat xalq xo’jaligini tezkorlik bilan rivojlantirish yo’llarini izlamoqda, ilgor xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik ishlarini olib bormoqda. Bu narsa ayniqsa sanoatda yaxshi kozga tashlanmoqda. Qirgiziston sanoatiniig tarmoq va hududiy tuzilishi uning ichki imkoniyatlari xom ashyo rasurslari va mamlakat ehtiyoji, hamda davlatning geografik orniga kop jihatdan bogliq. Qirgiziston hududidan topilgan komir, neft, tabiiy gaz, surma, simob, qo’rgoshin, qalayi, rux, oltin, uran konlari, mavjud sersuv va tezkor daryolarning elektro energiya berish quvvati, qishloq xo’jaligida yetishtirilayotgan paxta, qand lavlagi, tabiiy ipak, mayin va yarim mayi tolali jun, teri mahsulotlari mamlakat sanoati uchun muhim xom ashyodir. Shu boisdan ham bu yerda yoqilgi-energetika, ranglil metallurgiya, mashinasozlik, qurilish materiallari, engil va oziq-ovqat sanoati tarmoqlari shakllangan.
1-misol. Elektr-energetika sanoati. Qirgiziston sanoat ishnlab chiqarishining yetakchi tarmoqlaridan biridir. U asosan komirga va qisman neft hamda tashqaridan keltiriladigan gazga tayanadi. Qirgizistonda otgan asrning 60 yillaridan komir qazib olish boshlangan va 1913- yilga borib komir qazib olish hajmi 103 ming tonnaga yetgan. Hozirgi vaqtda mamlakatda 0,5 mln t. komir qazib olinmoqda, biroq 1990 -yilda bu yerda 3,5 mln. tonna komir qazib olingan edi. Janubiy-Garbiy Qirgiziston asosan Qorasuv havzasida mamlakat komirining 97 foizi qazib olinadi. Shuningdek, mamlakatning bu rayonida neft va gaz konlari ham uchraydi, Yiliga 100 ming tonna atrofida neft qazib olinmoqda. Osh, Moylisoy issiqlik elektrmarkaz IEMlari Osh viloyatida topilgan gazga ishlamoqda. Shuningdek, Qirgiziston Ozbekistondan yiliga 1,2 mlrd. kub.m. gaz olmoqda va uning ayrim IESlari Ozbekiston gaziga ishlamoqda.
2-misol. Qirgiziston tog’-kon sanoatining faxri uning surma ishlab chiqaradigan janubiy metallurgiya kombinatidir. Bu kombinat 1936 -yilda ishga tushgan va mashinasozlik sanoati uchun qimmatli surma mahsuloti ishlab chiqaradi. Endilikda Qirgiziston mazkur zavodda tayyorlanayotgan surmani kopgina xorijiy mamlakatlarga eksport qilmoqda. Shuningdek, mamlakatning yana janubi-garbiy qismida 1942 -yilda rangli metallurgiyaning noyob sohasi - Haydarken simob zavodi ishga tushgan. Bu zavod toliq siklda ishlaydi. Unda ruda qazib olish, uni saralash va tayyor simob ishlab chiqarishgacha bolgan jarayon amalga oshiriladi. Mamlakat rangli metallurgiya sanoat majmuida surma va simob ishlab chiarish, oltin va uran qazib olishning rivojlanishi bilan Qirgizistonning xalqaro miqyosida iqtisodiy mavqei oshib bormoqda.
3.misol. Qirgizistonda qishloq xojaligi mashinasozligi yaxshi rivojlantirilgan. U bugun sanoat yalpi mahsulotining 23 foizini ishlab chiqaradi. Mamlakat mashinasozlik sanoat korxonalari qishloq xo’jalik mahsulotlarini tashish uchun avtosamosvallar yuk avtomobillari, hamda stanok, elektrotexnika asbob-uskunalari, elektrolampa, kabel, metall kesadigan instrumentlar ishlab chiqaradi.
4-misol. Bishkekda Markaiy Osiyoda yagona kamvol-mogut fabrikasi ishlab turibdi. Tokmoq sharida junni birlamchi qayta ishlaydigan fabrika bor. Bu sanoat korxonalari mahalliy xom ashyoga tayanib sifatli jun gazlamalar, kiyim-kechaklar ishlab chiqaradi.
5-misol. Qirgiziston Markaziy Osiyoda qand lavlagidan qand-shakar ishlab chiqarishda kattagina tajribaga ega bolgan davlat. Chu vodiysida ko`p miqdorda qand lavlagi yetishtiriladi va undan qand-shakar ishlab chiqariladi.
Qirgiziston sanoatni rivojlantirish uchun kopgina tabiiy resurs omillariga ega. Uning hududida joylashgan yoqilgi va mineral xom ashyolar: ko’mir, neft, tabiiy gaz, surma, simob, rux, qorgoshin, qalayi, oltin, uran konlari va rudalari, sersuv daryolarining juda katta energetika resurslari, qurilish materiallari sifatida tabiiy toshlar, marmar, ohaktosh va qumtoshlar na shunday omillardir. Tabiiy resurs omilning mavjudligi mamlakat iqtisodiyotining kotarishga, sanoat tarmoqlari komlleksining har jihatdan rivojlanishiga xizmat qiladi. Ayniqsa, surma va simob zahirasining kopligi va uni sanoat korxonalarida qayta ishlash mustaqil mamlakatning xorijga tovar ahamiyatli mahsulotlar eksport qilish hajmini keskin oshiradi va valyuta fondini boyitadi. Shu jihatdan Qirgiziston Markaziy Osiyo davlatlari ichida yetakchi mavqega ega.
Mamlakat sanoati bir necha yonalishlarda rivojlantirilgan. Bu yerda mahalliy xom ashyo tabiiy resursga tayangan yoqilgi-eneretika hamda rangli metallurgiya sanoati, qishloq xojalik mahsulotlariga tayangan toqimachilik va oziq-ovqat sanoati rivojlantirilgan. Biroq mustaqillikning dastlabki 1992-1995- yillarida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi ancha kamayib ketdi Bunday salbiy holatning asosiy sababi, bizning nazarimizda Qirgizistondagi asosiy sanoat korxonalarining oz vaqtida Markaz deb atalgan Rossiya sanoat tarmoqlariga boglab tashlanganligidir. Bu iqtisodiy va texnikaviy qaramchilikdan qutilish uchun qirgiz xalqi va Qirgiziston iqtisodiyotiga yillar talab qilinmoqda. Nufuzli nashrlarda ta’kidlanishicha, 1990 yilga nisbatan. 1995 -yilda Ozbekistonda ichki yalpi mahsulot ishlab chiqarish 81,8 foizni, sanoat yalpi mahsulot ishlab chiqarish 99,9 foizni, qishloq xo’jaligida yalpi mahsulot ishlab chiqarish 89 foizni tashkil etgani holatda bu ko’rsatkichlar Qirgizistonda atigi 50,3:35:57,0 foizga teng bo’lgan.
Yoqilgi-energetika kompleksi. Sanoatning bu turi birmuncha rivojlangan. U asosan mamlakatda mavjud bo’lgan komir, neft hamda zahirasi uncha katta bolmagan tabiiy gaz zamirida rivojlantirilgan. Mamlakat gidroresurslarga boy va uning elektro energetika sanoatida gidravlik elektro stansiyalarning ulushi yil sayin ortib bormoqda. Mamlakatda yiliga 12-13 mlrd. kvt. soat elektro-energiya ishlab chiqariladi. Shuning 3,5-4 mlrd.kvt. soati gidravlik elektro stansiyalar hisobiga to’g’ri keladi. Q’irgizistonning daryolari MODda yagona energosistemani barpo qilishda munosib rol oynashi shubhasizdir. Shuning uchun ham Markazly Osiyoning oliy darajadagi hukumat raxbarlari 1993- yil 4 yanvar kuni Toshkent sharida imzolangan xujjatlarida Qirgizistonda MOD uchun “Energetika” qomitasini tuzishga qaror qildilar. Bu qomita yaqin kelajakda MODda yagona energosistemani barpo qilishda muhim rol oynaydi. Qirgiziston elektro energetika sanoatining istiqboli birinchi navbatda uning daryo suvlari resurssidadir.
Misol. Qirgizistonda Norin uzunligi 616 km, Talas 294, Chu 221, Qoradaryo‚189, Sarijaz 165, Chotqol 144 va boshqa onlarcha tog’ daryolari katta energetika quvvatiga ega. Bu daryolar gidroresursi elektroenergiya zahiirasi 15 mln. kvt.ga teng. Birgina Norin daryosini tilga olaylik. Unda mamlakatning millioneri-Toxtagul GES ishga tushgan. Uning quvvati 1,2 mln. kvt. Mazkur GES ning ishga tushishi bilan 19,3 mlrd. kubometr suv sigdiradigan Norin suv ombori ham barpo qilindi. Bu narsa mamlakat agrosanoat kompleksining rivojlanishiga ijobiy ta’sir korsatdi.
Metallurgiya kompleksi. Bu kompleks ham mahalliy xom ashyo bazasida rivojlantirilgan. Komplaks surma va simob, oltin va uran, qorgoshin va rux ishlab chiqarishga yaxshi ixtisoslashgan. Qirgiziston rangli metallurgiya sanoati, ayniqsa tog-saralash fabrika va kombinatlari, surma ishlab chiqarish, tog-metallurgiya kombinati, to`liq siklda ishlayotgan Haydarken surma zavodi kompleksning hal qiluvchi sohalaridir. Qirgiziston rangli metallurgiya sanoatining ayrim tur mahsulotlarini MOD va boshqa davlatlar mashinasozlik korxonalariga, xom ashyo tarzida eksport qiladi.
Mashinasozlik kompleksi. Qirgiziston mashinasozlik kompleksi 1930 yillarda traktor va boshqa qishloq xojalik mashinalarini remont qiladigan korxonalar bazasida tarkib topdi. Asta-sekin mamlakat mashinasozlik sanoati qudratli sanoat korxonalariga ega bo’ldi. Stanoksozlik, qishloq xo’jaligi mashinasozligi, priborsozlik, elektro texnika mashinasozligi vujudga keldi. Bishkek sharida Markaziy Osiyo davlatlari uchun ahamiyatli bo’lgan yuk avtomobil yigish zavodi bor.
Toqimachilik kompleksi-mamlakat yengil sanoatining yetakchi sohasi hisoblanadi. Unda mamlakat sanoat korxonalarida ishlaydigan jami ishchining 25 foizi band. Yengil sanoat korxonalari paxta tolasi, ip-gazlama, jun-gazlama, kenafgazlama, ipak-gazlama, kiyim-kechak, postin, poyafzal ishlab chiqaradi. Uning korxonalari mamlakat hududi boyicha bir tekis joylashgan emas, balki o`ta darajada markazlashgandir.
Misol. Bishkek shaxrini mamlakat yengil sanoatining asosiy markazi deyish mumkin. Unda kamnol-mogut kombinati, kenaf yigiruv-tikuv fabrikasi, ip-gazlama kombinati, yigiruv va toquv fabrikasi, kon zavodi, poyafzal, trikotaj fabrikalari joylashgan bo`lib, bu korxonalarda mazkur sanoatning aksariyat mahsuloti ishlab chiqariladi.
Sanoatining yetakchi tarmoqlari: mashinasozlik (qishloq xoʻjaligi mashinalari, metall kesuvchi stanoklar, elektrotexnika buyumlari, priborlar va boshqalar), rangli mstallurgiya (simob, surma va qoʻrgoshin-rux rudalarini qazib olish va boyitish), neftni qayta ishlash, yengil (ip-gazlama, jun, ipak matolar, trikotaj, koʻnpoyabzal, tikuvchilik buyumlari ishlab chiqarish, gilam toʻqish; asosiy markazlari — Ush, Bishkek), oziq-ovqat (goʻsht-sut, un-yorma va boshqa, yirik korxonalar Bishkek shahrida joylashgan) sanoati. Koʻmir, gaz va neft qazib olinadi. Qurilish materiallari (sement, shifer, devor panellar) ishlab chiqariladi. Yiliga 12,9 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi (GES va issiqlik elektr stansiyalarida). Norin daryosida Toʻqtagʻul, Uchqoʻrgʻon, Kurpsoy, Toshkoʻmir GESlari, Alamadin GESlar kaskadi ishlaydi. Bishkekda yirik issiqlik elektr stansiyasi mavjud.
Qirg`izistonning yengil sanoat korxondlari shoyi va jun gazlamalar, trikotaj, tikuvchilik buyumlari, poyabzal va boshqa keng iste'mol buyumlari ishlab chiqaradi. O’sh shahrida Markaziy Osiyoda yirik korxonalardan biri-shoyi to’quv kombinati va ip gazlama kombinati joylashgan.
Chetga oltin, paxta tolasi, oziq-ovqat, yengil sanoat mahsulotlari, elektr energiyasi, tamaki, metall, jihozlar va boshqa chiqaradi; chetdan sanoat jihozlari va buyumlari, keng isteʼmol mollari oladi. Tashqi savdoda Rossiya, Oʻzbekiston, Xitoy, Germaniya, Qozogiʻiston, Turkiya, AQSH bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi — som.


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling