Toshkent axborot tеxnologiyalari univеrsitеti


Download 376.81 Kb.
bet51/95
Sana04.04.2023
Hajmi376.81 Kb.
#1327117
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   95
Bog'liq
маъруза матни L

Bog‘liq shaxslar - sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) bilan alohida munosabatlarga ega bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxslar, ya’ni:
sug‘urtalovchining (qayta sug‘urtalovchining) Kuzatuv kengashi yoki boshqa vakolatli organi tarkibidagi har qanday shaxs, shuningdek, ularning yaqin qarindoshlari;
sug‘urtalovchining (qayta sug‘urtalovchining) ustav kapitalida 20 foizdan ortiq ulushga ega har qanday yuridik yoki jismoniy shaxs, yoki ushbu yuridik shaxsning har qanday rahbari yoki yirik aktsiyadorlari (ta’sischilari), shuningdek ularning yaqin qarindoshlari;
sug‘urtalovchining (qayta sug‘urtalovchining) faoliyatini qonunchilikka muvofiq nazorat qiluvchi yuridik shaxslar va ularning boshqaruvchilari;
sug‘urtalovchining (qayta sug‘urtalovchining) ulushi ustav kapitalida 20 foizdan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek, ushbu yuridik shaxslarning mansabdor shaxslari va ularning yaqin qarindoshlari.
Yuqorida ko‘rsatilgan shaxslardan biri bilan bog‘liq shaxs ularning har biri bilan bog‘liq shaxs bo‘lib hisoblanadi.
Davsug‘urtanazorat – O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi sug‘urta nazorati bo‘yicha Davlat inspeksiyasi
Sug‘urta – ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni manfaatdor jismoniy va yuridik shaxslar o‘rtasida qoplash.
Sug‘urtalovchisug‘urtani amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan tashkilot.
Qayta sug‘urta qilish - bir sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalanuvchi) sug‘urtalanuvchi oldidagi o‘z majburiyatlari butunlay yoki qisman shartnomada belgilangan tavakkal shartlari asosida bajarilishini boshqa sug‘urtalaovchi (qayta sug‘urtalovchi) orqali sug‘urta qilishi.
Sug‘urtalovchilar (qayta sug‘urtalovchilar)ning to‘lovga qobiliyati - sug‘urtalovchilar (qayta sug‘urtalovchilar)ning o‘z moliyaviy majburiyatlarini to‘la va o‘z vaqtija bajara olishligi.
Sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) majburiyatlari yig‘indisining hajmi – sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) tomonidan olingan va hisobot sanasida amalda bo‘lgan eng yirik alohida beshta risklar bo‘yicha sug‘urta majburiyatlari hajmi.
Qaytuvchanlik – aniq shartlarda sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi)ning mablag‘larini investitsion riskning minimal darajasiga keltirish yo‘li bilan maksimal xavfsizligini ta’minlash.

Download 376.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling