Toshkent axborot tеxnologiyalari univеrsitеti


Ixtiyoriy shaklda amalga oshiriladigan shaxsiy sug’urta turlari


Download 376.81 Kb.
bet56/95
Sana04.04.2023
Hajmi376.81 Kb.
#1327117
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   95
Bog'liq
маъруза матни L

3. Ixtiyoriy shaklda amalga oshiriladigan shaxsiy sug’urta turlari

Ma’lumki, ixtiyoriy sug’urta turlari har qaysi sug’urta kompaniyasi tomonidan litsenziya olingan tegishli sug’urta klasslari bo’yicha ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. Biz quyida «O’zbekinvest» eksport-import milliy sug’urta kompaniyasi tomonidan amalga oshirilayotgan shaxsiy sug’urtaning ayrim ixtiyoriy turlariga to’xtalib o’tamiz.




Baxtsiz hodisalardan sug’urtalash

«O’zbekinvest» eksport-import milliy sug’urta kompaniyasida baxtsiz hodisalardan sug’urtalash sug’urtaning mazkur turi bo’yicha Qoidalarga asosan amalga oshiriladi. U bo’yicha sug’urta shartnomalari O’zbekiston Respublikasi va horijiy mamlakatlar yuridik shaxslari hamda to’la fuqarolik salohiyatiga ega bo’lgan jismoniy shaxslar bilan tuziladi.


Sug’urtaning ob’ekti sifatida foydasiga shartnoma tuzilayotgan sug’urtalanuvchining hayoti va sog’ligi hisoblanadi.
Og’ir asab kasalliklari bilan, turli xildagi paralichlar bilan aziyat chekayotganlar yoki mehnatga layoqatini 60 %dan ko’pga yo’qotganlarga nisbatan sug’urta shartnomalari tuzilmaydi.
Mazkur sug’urta turi bo’yicha kompaniyaning sug’urtalanuvchiga sug’urta qoplamasini yoki manfaatdor shaxsga sug’urta pulini to’lash majburiyatini keltirib chiqaruvchi, haqiqatda sodir bo’lgan hodisa sug’urta hodisasi hisoblanadi.
Sug’urta hodisalari sifatida sug’urta shartnomasini amal qilish davrida sug’urtalanuvchining tan jarohati olishi, sog’ligini yo’qotishi yoki o’limi tan olinadi.
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan holatlar sug’urta hodisalari deb tan olinmaydi va ular bo’yicha to’lovlar amalga oshirilmaydi, agarda ular:
a) turli xildagi harbiy harakatlar (urush e’lon qilingan yoki qilinmaganligidan qat’iy nazar), terrorchilik harakatlari, fuqarolik urushi, inqiloblar, g’alayon yoki shunga o’xshash qo’zg’alishlar, shuningdek ichki tartibsizliklar (mitinglar, qo’zg’olonlar, ish tashlashlar, namoyishlar) natijasida sodir bo’lsa;
b) tabiiy ofatlar, yaderli portlashlar, ionlashtiruvchi radiatsiyalar yoki yaderli yoqilg’ining oqib ketishi yoki yonishi tufayli ifloslanishlar natijasida sodir bo’lsa;
v) havaskor yoki professional sport bilan muntazam shug’ullanish bilan bog’liq bo’lgan rasmiy sport tadbirlari (musobaqalari) yoki boshqa tadbirlarida (mashqlar, ko’rgazmali chiqishlar, yig’inlar va b.) qatnashish, turli xildagi uchar apparatlardan foydalanish, parashyutdan sakrash, shuningdek sog’lik va hayot uchun bevosita yuqori darajali xavf tug’diruvchi tadbirlar natijasida sodir bo’lsa;
g) epidemiyalar bilan bog’liq holda sodir bo’lsa;
d) mast qilish maqsadida yoki mastlik holatida iste’mol qilingan alkogolь yoki boshqa moddalardan (turli xildagi spirtlar, tarkibida spirt bo’lgan texnik suyuqliklar, erituvchilar, kislotalar) zaharlanish, narkotik moddalar iste’mol qilish, shuningdek sug’urtalanuvchining mastlik yoki u bilan bog’liq harakatlar natijasida olingan tan jarohatlari bilan bog’liq holda sodir bo’lsa;
ye) sug’urtalanuvchi tomonidan haydovchilik guvohnomasi bo’lmagani holda avtotransport vositasini, shahar transportini, traktor yoki o’ziyurar mashinani, motorli qayiqni, kater va boshqalarni boshqarish bilan bog’liq holda, shuningdek bunday transportlarni haydovchilik guvohnomasi bo’lmagan shaxslarga boshqarishga berish bilan bog’liq holda sodir bo’lsa;
yo) o’zini-o’zi o’ldirish, o’z joniga su’iqasd qilish bilan bog’liq holda sodir bo’lsa;
j) sug’urtalanuvchi tomonidan sodir etilgan harakatlarda qasddan sodir etilgan jinoyat belgilari borligi tasdiqlansa;
z) mayda bezorilik va mushtlashishlar bilan bog’liq holda sodir bo’lsa va tergov organlari yoki sud organlari tomonidan bunday holatlarning tashkilotchisi sug’urtalanuvchi ekanligi tasdiqlansa, sug’urtalanuvchining o’z fuqarolik majburiyatini bajarish yoki o’zining, yoki bo’lmasa uchinchi shaxsning hayoti, sog’ligi, nafsoniyat va sha’nini himoya qilish bilan bog’liq holda qilingan harakatlar natijasida sodir bo’lgan holatlar bundan mustasno;
i) diagnostika, davolash va muolaja tadbirlarining noxush oqibatlari bilan bog’liq holda, agar ular jarohat asoratlarini davolash bilan bog’liq bo’lmasa, sodir bo’lsa.
Barcha turdagi kasalliklar, shu jumladan kasbiy va infektsion kasalliklar, VICH infektsiyasi, OITS (SPID) bilan birgalikda, har qanday venerik kasalliklar, shuningdek oziq-ovqat yoki dori-darmonlarni iste’mol qilish natijasida yuzaga kelgan betobliklar baxtsiz hodisalar hisoblanmaydi.
Sug’urta turi bo’yicha sug’urta mukofoti (badali) sug’urta summasi, sug’urta davri, sug’urtalanuvchining yoshi va sug’urta hodisasini sodir bo’lish tavakkalchiligi darajasiga ta’sir etuvchi boshqa omillardan kelib chiqib belgilanadi.



Download 376.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling