Toshkent axborot tеxnologiyalari univеrsitеti
texnika xizmati ko’rsatuvchi xodimlar uchun
Download 376.81 Kb.
|
маъруза матни L
texnika xizmati ko’rsatuvchi xodimlar uchun
- sug’urta puli - amaldagi eng kam oylik ish haqining 80 barobari miqdorida; - sug’urta badali - amaldagi eng kam oylik ish haqining 40 foizi miqdorida. xizmat ko’rsatuvchi xodimlar uchun - sug’urta puli - amaldagi eng kam oylik ish haqining 40 barobari miqdorida; - sug’urta badali - amaldagi eng kam oylik ish haqining 20 foizi miqdorida. «O’zbekiston temir yullari» davlat aktsionerlik kompaniyasi xodimlari uchun ana shunday miqdorda sug’urta puli va nafaqa belgilangan. Soliq organlari xodimlarining davlat majburiy shaxsiy sug’urtasi. O’zbekiston Respublikasi Soliq xizmati tizimida ishlovchilar davlat tomonidan majburiy sug’urtalanadilar. Sug’urtalash O’zbekiston Respublikasining «Davlat soliq organlari to’g’risida»gi Nizomiga ko’ra respublika byudjeti tomonidan soliq organlariga ajratiladigan mablag’lar hisobidan amalga oshiriladi. O’zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo’mitasi har yili markazlashtirilgan (umumiy) tartibda har bir sug’urtalangan xodim uchun amaldagi eng kam oylik ish haqining 20 foizi miqdoridagi sug’urta to’lovini, shu jumladan tegishli davlat sug’urta tashkilotlarini ushbu sug’urtani amalga oshirish bo’yicha xarajatlarini har yili yanvarь oyida tegishli sug’urta tashkilotlari hisob-raqamlariga o’tkazadi. Mazkur sug’urta turi bo’yicha sug’urta puli amaldagi eng kam oylik ish haqining 80 barobari miqdorida belgilanadi. Sug’urta pullari quyidagi hollar yuz berganda to’lanadi: a) sug’urtalangan o’z xizmat burchini bajarayotgan paytda halok (vafot) bo’lgan takdirda, uning vorislariga sug’urta hodisasi yuz bergan davrdagi O’zbekiston Respublikasida amaldagi eng kam oylik ish haqining 80 barobari (to’liq sug’urta puli) miqdorida; b) sug’urtalangan tomonidan o’z xizmat burchini bajarayotgan paytda olinigan tan jarohati yuzasidan: - I guruh nogironligi belgilanganda - sug’urta pulining 75 foizi miqdorida; - II guruh nogironligi belgilanganda - sug’urta pulining 50 foizi miqdorida; - III guruh nogironligi belgilanganda - sug’urta pulining 30 foizi miqdorida; nogironlik belgilanishiga olib kelmagan, olingan og’ir tan jarohati uchun sug’urta pulining 20 foizi va yengil tan jarohati uchun sug’urta pulining 10 foizi miqdorida to’lov amalga oshiriladi. Yuqorida majburiy shaxsiy sug’urta turlarini mazmunini ko’rib chiqayotganimizda aytib o’tganimizdek, bunday sug’urtalar davlat tomonidan markazlashgan (umumiy) tartibda amalga oshiriladi, ya’ni xodimlari sug’urtalanadigan tegishli tarmoqlarning yuqori organlari tomonidan sug’urta badallari majburiy shaxsiy sug’urtani amalga oshiruvchi sug’urta tashkilotlarining yuqori tashkilotlariga o’tkaziladi. Ma’lumki, davlat majburiy shaxsiy sug’urtasi turlari bilan «Kafolat» Davlat aktsionerlik sug’urta kompaniyasi tizimi shug’ullanib kelgan. O’zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi qaroriga asosan 2003 yildan bu sug’urta xizmatlari bo’yicha xizmat ko’rsatish vazifasi va vakolati «O’zbekinvest» eksport-import milliy sug’urta kompaniyasiga yuklatildi. Download 376.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling