Toshkent axborot tеxnologiyalari univеrsitеti


Sug’urta tashkiloti xarajatlarining turlari va ularning tasniflanishi


Download 376.81 Kb.
bet44/95
Sana04.04.2023
Hajmi376.81 Kb.
#1327117
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   95
Bog'liq
маъруза матни L

Sug’urta tashkiloti xarajatlarining turlari va ularning tasniflanishi

t/r

Xarajat
Turlari

Xarajatlarning tasnifi

Asosiy faoliyat
bo’yicha

Maqsadli faoliyat
bo’yicha

Amalga oshirilish vaqtiga ko’ra

1

Ma’muriy-
xo’jalik yuritish xarajatlari

Sug’urtalash bilan to’g’ridan to’g’ri bog’liq bo’lmagan xarajatlar

Shartnomani
amalga oshirish xarajatlari

Shartnomani
amalga oshirish jarayonida

2

Vositachilik taqdirlashlarini undirish xarajatlari

Sug’urta operatsiyalarini amalga oshirish xarajatlari

Shartnomani tayyorlash va tuzish xarajatlari

Shartnomani
amalga oshirish jarayonida

3

Reklama va marketing xizmati xarajatlari

Sug’urtalash bilan to’g’ridan-to’g’ri bog’liq bo’lmagan xarajatlar

Shartnomani tayyorlash va tuzish xarajatlari

Shartnomani
tuzishga qadar

4

Maxsus ish qog’ozlarini tayyorlash xarajatlari

Sug’urta operatsiyalarini amalga oshirish xarajatlari

Shartnomani tayyorlash va tuzish xarajatlari

Shartnomani
tuzishga qadar

5

Sug’urta zaxiralariga ajratmalar

Sug’urta operatsiyalarini amalga oshirish xarajatlari

Shartnomani bajarish xarajatlari

Shartnomani
amalga oshirish jarayonida

6

Qayta sug’urtalash xarajatlari

Sug’urta operatsiyalarini amalga oshirish xarajatlari

Shartnomani bajarish xarajatlari

Shartnomani
amalga oshirish jarayonida

7

Investitsiya joylashtiriluvi xarajatlari

Sug’urtalash bilan to’g’ridan-to’g’ri bog’liq bo’lmagan xarajatlar

Shartnomani bajarish xarajatlari

Shartnomani
amalga oshirish jarayonida

8

Sug’urta qoplamasi xarajatlari

Sug’urta operatsiyalarini amalga oshirish xarajatlari

Shartnomani bajarish xarajatlari

Sug’urta hodisasi
yuz berganda



- sug’urta shartnomasini tuzish uchun oldindan qilingan (ish qog’ozlarini tayyorlash, statistik ma’lumotlarni yig’ish, tarif hisob-kitoblari va shu kabi) xarajatlar;
- sug’urta shartnomasi tuzish davrida qilingan (xalqaro terminda «acquisition») xarajatlar;
- sug’urta shartnomasi amal qilish davrida qilingan (masalan, riskni qayta sug’urtalashga o’tkazish bo’yicha) xarajatlar;
- sug’urta hodisasi yuz berganda (sabablarini o’rganish va uning oqibatlarini tugatish uchun) qilinadigan xarajatlar.
Sug’urta ishini yuritish xarajatlarini, shuningdek, ayrim sug’urta turi yoki shartnomasiga daxldor bo’lgan o’zgaruvchan va barcha tuzilgan sug’urta shartnomalari portfeliga aloqador bo’lgan doimiy kabi guruhlarga ham bo’lish mumkin1.
Xalqaro amaliyotda sug’urta tashkilotining xarajatlari akvizitsiya (ommaviy-tashkiliy kompleks tadbirlar), inkassatsiya (sug’urtaning ayrim turlari bo’yicha mukofotlarning naqd pullarda qabul qilinishi), likvidatsiya (sug’urta hodisasi yuz berganligi yuzasidan sug’urtalanuvchi arizasida bayon qilingan talablarning qondirilishi) va boshqaruvga oid kabi turlardan iboratdir1.
Sug’urta tashkiloti daromad va xarajatlarini sug’urta faoliyatini amalga oshirish jarayonidagi o’rni va roliga qarab tasniflash ko’proq maqsadga muvofiqdir. Ular quyidagichadir:
- sug’urta himoyasini ta’minlash bilan bog’liq bo’lgan (sug’urta operatsiyalari hamda investitsiya joylashtiriluvi bo’yicha) daromad va xarajatlar;
- sug’urta himoyasi bilan to’g’ridan-to’g’ri bog’liq bo’lmagan boshqa daromad va xarajatlar.
Sug’urta tashkilotining daromad va xarajatlari tarkibi hamda ularni hisoblash ko’p jihatdan milliy sug’urta qonunchiligi me’yorlariga ham bog’liqdir. Shuningdek, sug’urta tashkilotining daromad va xarajatlariga amaldagi soliq qonunchiligiga binoan to’lanadigan daromad(foyda) solig’ining soliq bazasini aniqlash uslubiyati hamda stavkalari darajasi ham ta’sir etadi.




  1. Download 376.81 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling