Toshkent axborot tеxnologiyalari univеrsitеti
Download 376.81 Kb.
|
маъруза матни L
- Bu sahifa navigatsiya:
- Daromadlilik
- Investitsiya faoliyati
- Sug‘urta dalolatnomasi
- 10-MAVZU: SHAXSIY SUG’URTA Shaxsiy sug’urtaning mohiyati, ahamiyati va sug’urta tizimida tutgan o’rni
- 1. Shaxsiy sug’urtaning mohiyati, ahamiyati va sug’urta tizimida tutgan o’rni
Likvidlik – sug‘urta kompaniyalarining aktivlarini tezlik bilan naqd va boshqa to‘lov mabag‘lariga aylantirib, olingan majburiyatlarni tugatishga qaratilgan imkoniyati.
Diversifikatsiya –mablag‘larni yoki ulardan daromadlarni yo‘qotish riskini kamaytirish maqsadida sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) mablag‘larini turli investitsiya obyektlario‘rtasida taqsimlash. Daromadlilik – sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi)ning investitsiyadan daromad olishi. Investitsiyalar – foyda olish maqsadida iqtisodiy va boshqa faoliyat obyektlari qo‘yiladigan sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi)ning har qanday qo‘rinishdagi egalik qiluvchi yoki nazorat qiluvchi aktivi. Investitsiya faoliyati – sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi)ning investitsiyani amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan harakatlari yig‘indisi. Sug‘urta mas’uliyati – sodir bo‘lgan sug‘urta hodisasining kelishilgan oqibatlarini bartaraf etish uchun sug‘urta qoplamasi yoki sug‘urta pulini to‘lash bo‘yicha sug‘urtalovchining majburiyati. Sug‘urta dalolatnomasi – o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtiriladigan va sodir bo‘lgan sug‘urta holatini hamda sabablarini tasdiqlovchi hujjat. Sug‘urta bozori – sug‘urta xizmatlari oldi-sotdisi bo‘yicha iqtisodiy munosabatlar tizimi. 10-MAVZU: SHAXSIY SUG’URTA Shaxsiy sug’urtaning mohiyati, ahamiyati va sug’urta tizimida tutgan o’rni Davlat majburiy shaxsiy sug’urtasi turlari Ixtiyoriy shaklda amalga oshiriladigan shaxsiy sug’urta turlari Tayanch iboralar 1. Shaxsiy sug’urtaning mohiyati, ahamiyati va sug’urta tizimida tutgan o’rni Ijtimoiy taraqqiyotning ilk davrlaridan boshlab, sug’urtaning turli shakllari vujudga kelgan. Jumladan, shaxsiy sug’urta insonning hayoti, uning tug’ilishi, balog’at yoshiga yetish davri, nikohni rasmiylashtirish, baxtsiz hodisalar, umrbod sug’urtalash bilan bog’liq masalalarni o’z ichiga oladi. Xalqaro sug’urta tajribasida shaxsiy sug’urta ob’ekti inson hayoti va uning sog’ligi, mehnatga layoqatliligi hamda uning vafoti bilan bog’liq jarayonlarni o’zaro mujassamlashtiradi. O’zbekiston Respublikasining "Sug’urta faoliyati to’g’risida"gi Qonuni (2002 yil 5 aprelь) 9-moddasida hayotni sug’urta qilish jismoniy shaxslarning hayoti, sog’ligi, mehnat qobiliyati va qo’shimcha pul ta’minoti bilan bog’liq manfaatlarini sug’urta qilish ekanligi, bunda shartnoma bo’yicha sug’urtaning eng kam muddati bir yilni tashkil etishi va sug’urta summalarining sug’urta shartnomasida ko’rsatib o’tilgan oshirilgan foizni (annuitetlarni) o’z ichiga oluvchi bir martalik yoki davriy to’lovlarni qamrab olishi alohida ko’rsatib o’tilgan. Respublikamizning jahon sug’urta bozori bilan bog’langanligi mamlakatimizda milliy sug’urta bozorini kengaytirish va shaxsiy sug’urtani rivojlantirish imkonini bermoqda. Shaxsiy sug’urta asosan ixtiyoriy xarakter kasb etadi. U fuqarolar tomonidan ularning hayotida ma’lum holatlar ro’y berish hollariga oldindan mablag’ jamg’arish imkonini beradi. Davlat ham majburiy sug’urta vositasida aholiga ma’lum ijtimoiy kafolatlar beradi. Yangi sharoitlarda aholiga ijtimoiy kafolatlarni ta’minlash borasida davlatning roli pasayib boradi va kasallik davrida, keksalikda, mehnatga layoqatini yo’qotganda qo’llab-quvvatlashda fuqarolarning shaxsan ishtiroki hisobidan kompensatsiyalanishi zarur. Bu, agar sug’urtani fuqarolarning hayoti va sog’ligini himoyalash borasida turli xildagi tadbirlarda qatnashishini e’tiborga olganda, ayniqsa muhimdir. Biroq, shaxsiy sug’urtada eng muhimi sug’urta shartnomasi tuzgan fuqarolar tomonidan ro’y berish ehtimoli mavjud holatlar natijasida ko’rilishi mumkin bo’lgan zararlarni kompensatsiyalashga layoqatli ma’lum miqdordagi mablag’larni (sug’urta summasi) ma’lum davr davomida jamg’arish hisoblanadi. Umumiy ko’rinishda shaxsiy sug’urtaning ob’ekti fuqarolarning hayoti, sog’ligi hisoblanadi, ularga zarar yetkazish bilan bog’liq holatlarni esa, shaxsiy sug’urtaning predmeti belgilab beradi. O’tish davrida ma’lum iqtisodiy beqarorlik, iqtisodiyotda inflyatsiya jarayoni natijasida shaxsiy sug’urtaning xissasi ancha pasaydi. Iqtisodiyotda holatning yaxshilanishi bilan shaxsiy sug’urtaning, ayniqsa uzoq muddatli sug’urtani yana asosiy o’ringa chiqishiga olib keladi. Jumladan, 15 yoshgacha bo’lgan bolalar sug’urtasi, nikoh sug’urtalari ommaviylashadi. Ikkala holatlarda ham asosiy maqsad mos ravishda, balog’at yoshiga va nikohdan o’tishiga ma’lum miqdorda mablag’ jamg’arishdir. O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 921-moddasiga asosan shaxsiy sug’urta shartnomasi bo’yicha bir taraf (sug’urtalovchi) boshqa taraf (sug’urta qildiruvchi) to’laydigan, shartnomada shartlashilgan haq (sug’urta mukofoti) evaziga sug’urta qildiruvchini o’zining yohud shartnomada ko’rsatilgan boshqa fuqaro (sug’urtalangan shaxs)ning hayoti yoki sog’ligiga zarar yetkazilgan, u muayyan yoshga to’lgan yoki uning hayotida shartnomada nazarda tutilgan boshqa voqea (sug’urta hodisasi) yuz bergan hollarda shartnomada shartlashilgan pulni (sug’urta pulini) bir yo’la yoki vaqti-vaqti bilan to’lab turish majburiyatini oladi. Shaxsiy sug’urta shartnomasi kimning foydasini ko’zlab tuzilgan bo’lsa, o’sha shaxs sug’urta pulini olish huquqiga ega bo’ladi. Agar shartnomada naf oluvchi sifatida boshqa shaxs ko’rsatilmagan bo’lsa, shaxsiy sug’urta shartnomasi sug’urtalangan shaxs foydasiga tuzilgan hisoblanadi. Bosh naf oluvchi shaxs ko’rsatilmagan shartnoma bo’yicha sug’urtalangan shaxs vafot etgan taqdirda, sug’urtalangan shaxsning merosxo’rlari naf oluvchilar deb tan olinadi. Sug’urtalangan deb hisoblanmaydigan shaxs foydasiga, shu jumladan sug’urtalangan shaxs hisoblanmaydigan sug’urta qildiruvchi foydasiga shaxsiy sug’urta shartnomasi faqat sug’urtalangan shaxsning yozma roziligi bilangina tuzilishi mumkin. Bunday rozilik bo’lmagan taqdirda, shartnoma sug’urtalangan shaxsning da’vosi bo’yicha, bu shaxs vafot etgan taqdirda esa, uning merosxo’rlari da’vosi bo’yicha haqikiy emas deb topilishi mumkin. Sug’urta tizimida shaxsiy sug’urta mulkiy sug’urtadan keyingi o’rinda turadi. O’zbekistonda shaxsiy sug’urtaning bir qancha turlari joriy qilingan bo’lib, ularning ayrimlari majburiy qolganlari esa ixtiyoriy shaklda amalga oshiriladi. Ular tarkibiga quyidagilar kiradi: Download 376.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling