Toshkent axborot tеxnologiyalari univеrsitеti
Download 376.81 Kb.
|
маъруза матни L
Davlat majburiy shaxsiy sug’urtasi turlari.
yo’lovchilarning davlat majburiy shaxsiy sug’urtasi; parvozlarda qatnashuvchilarning davlat majburiy shaxsiy sug’urtasi; harbiylarning davlat majburiy shaxsiy sug’urtasi; ko’mir, neftь, gaz konlarida ishlovchilarning davlat majburiy shaxsiy sug’urtasi; soliq organlari xodimlarining davlat majburiy shaxsiy sug’urtasi; temir yul texnika xizmat ko’rsatuvchi va xizmat ko’rsatuvchi xodimlarning davlat majburiy shaxsiy sug’urtasi. Ixtiyoriy shaxsiy sug’urta turlari. hayotni aralash sug’urtasi; bolalar sug’urtasi; nikoh-to’y sug’urtasi; bolalarni ko’ngilsiz hodisalardan sug’urtalash; maktab o’quvchilarini ko’ngilsiz hodisalardan sug’urtalash; SPID bilan kasallanishdan sug’urtalash; yo’lovchilarni ixtiyoriy sug’urta qilish; qo’shimcha pensiya sug’urtasi; boshqalar. Hayot sug’urtasi jamg’arma tarzida amalga oshadi hamda u tavakkalchilik xususiyatiga ega bo’ladi. Hayot sug’urtasi tajribadan ma’lumki, uzoq muddatga aralash, alohida hamda umrbod sug’urtalash shaklida amalga oshiriladi. Hayot sug’urtasi qator vazifalarni bajarishi, uning jamg’arilgan summasi boshqa kishiga berilishi, bolaga stipendiya fondi sifatida qoldirilishi ham mumkin. Hayot sug’urtasining tavakkalchilik darajasi uzoq yashash, o’lim, jarohat, fuqarolik shaklining o’zgarishi, ya’ni nikohdan o’tish va boshqalar bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Sug’urta turlari uch guruhga bo’linadi: a) ma’lum yoshgacha yashash sug’urtasi (16 yoshdan 80 yoshgacha); b) vafot etishni sug’urtalash; v) aralash hayot sug’urtasi. Ma’lum yoshgacha yashashni sug’urtalash shartnoma bo’yicha sug’urtalanadi. Sug’urta summasi sug’urta shartnomasida ko’zda tutilgan muddat kelganidan boshlab sug’urtalanuvchiga qaytarib beriladi. Shuning uchun shartnomada sug’urtalanuvchining necha yoshgacha sug’urtalanishi ko’rsatib o’tilgan bo’lishi lozim. Vafot etish sug’urtalanganda sug’urta hodisasi yuz bermaguncha sug’urta summasi to’lanmaydi. Sug’urtalanuvchi tomonidan to’langan sug’urta badallari hisobga olinadi, sug’urta hodisasi yuz berishi bilan sug’urta summasi birdaniga to’liq to’lanadi. Insonning tug’ilishi murakkab jarayon bo’lib, bunda asosiy xavf-xatar ayollar zimmasiga tushadi. Farzand kutayotgan har bir ayol bolasi yorug’ dunyoga kelishi uchun o’z hayotini xatarga qo’yadi. Shuning uchun ham farzand kutayotgan ayollarga oila, jamiyat, davlat moddiy-ma’naviy yordam berishi kerak. Mamlakatimizda ayollarga katta g’amxo’rlik ko’rsatilmoqda. Ammo qishloq ayollariga alohida e’tibor qaratish lozim. Chunki qishloq joylarda shaharga nisbatan tug’ilish birmuncha yuqori hisoblanadi. Ammo qishloqdagi turmush sharoiti shahardagi darajadan birmuncha past. Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida bolalar hayotini sug’urtalash muhim yo’nalish hisoblanadi. Sug’urta orqali har bir oilaga yordam ko’rsatish, bolalar kelajagini o’ylab, ijtimoiy siyosat olib borish respublikamizda ham tatbiq etilishi lozim. Sug’urta tizimi, o’z navbatida, pensiyalar bilan ham chambarchas bog’liq hisoblanadi: - turli mulk shaklidagi korxonalarning sug’urta badallari; - fuqarolar, shu jumladan, advokatlar va tadbirkorlarning sug’urta badallari; - respublika byudjetidan harbiy xizmatchilarga pensiyalar to’lash uchun ajratiladigan mablag’lar; - davlat bandlik fondidan pensiya fondiga kelib tushadigan mablag’lar; - yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari; - tijorat operatsiyalaridan keladigan daromadlar pensiya fondining yuzaga kelish manbalari hisoblanadi. Shaxsiy sug’urta mamlakat sug’urta tizimining tarkibiy kismidir, lekin uning ob’ekti mulk emas, balki inson hayoti va sog’ligini asrashdir. Mulk sug’urtasidan ko’zda tutilgan asosiy maqsad tabiiy ofatlar va boshqa sabablar natijasida mol-mulkka yetkazilgan zararlarni qoplashni tashkil qilish bo’lsa, shaxsiy sug’urta oila byudjetini mustahkamlash orqali fuqarolar farovonligini yaxshilashga yordam beradi. Shaxsiy sug’urtaning mohiyatini tahlil qilish uchun uning doimiy vazifalariga murojaat qilish lozim. Bu quyidagilardan iborat: Birinchidan, kutilmagan va favqulotda hodisalar natijasida fuqarolarga yetkazilgan zararlanish va shikastlanish oqibatlarini tugatishga qaratilgan va oila byudjetini mustahkamlashga yordam berish maqsadida respublika miqyosida turli shakllarda shaxsiy sug’urta fondlarini shakllantirish va ulardan samarali foydalanish. Ikkinchidan, sug’urta bozorini tashkil qilishda qatnashish va sug’urtalovchilarga shartnomalar tuzish va sug’urta qoplamalarini hisoblashda yordam ko’rsatish. Uchinchidan, fuqarolar mablag’larini omonat sifatida tashkil qilishga yordam berish va ulardan investitsiya maqsadlari uchun foydalanishga yordam berish. To’rtinchidan, qo’shimcha pensiya va boshqa sug’urta turlari orqali davlat pensiya ta’minotini takomillashtirish va bu orqali ijtimoiy sug’urta va ijtimoiy ta’minotni kuchaytirishga o’z xissasini qo’shish. Beshinchidan, shaxsiy sug’urtaning xillari haqidagi targ’ibotni kuchaytirishda axborot vositalaridan unumli foydalanish. Download 376.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling