Toshkent axborot tеxnologiyalari univеrsitеti


Davlat majburiy shaxsiy sug’urtasi turlari


Download 376.81 Kb.
bet54/95
Sana04.04.2023
Hajmi376.81 Kb.
#1327117
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   95
Bog'liq
маъруза матни L

2. Davlat majburiy shaxsiy sug’urtasi turlari

O’zbekiston Respublikasida shaxsiy sug’urta davlat tomonidan majburiy va jamiyat a’zolari tomonidan ixtiyoriy tartiblarda amalga oshiriladi. Biz quyida mamlakatimizda amal qilayotgan shaxsiy sug’urtaning majburiy va ixtiyoriy turlaridan ayrim, yirik va ommalashganlarini tartib-qoidalarini ko’rib o’tamiz.




Transportda qatnovchi yo’lovchilar majburiy sug’urtasi.

Yo’lovchilarning majburiy shaxsiy sug’urtasini o’tkazish va sug’urta to’lovlari bo’yicha transport tashkilotlari bilan hisob-kitob qilish qoidasiga asosan sug’urta puli chipta narxi tarkibiga kiritiladi va yo’lovchilardan eng kam oylik ish haqining 0,2 %i miqdorida olinadi. Yo’lovchilarning majburiy sug’urtasi shahar atrofida qatnaydigan temir yo’l va avtomobilь transporti, shahar avtomobilь transporti bir viloyat doirasida 50 km masofaga (shu hisobda Qoraqalpog’iston Respublikasi bo’yicha) qatnaydigan yo’lovchilarga tatbiq qilinmaydi.


Yo’lovchi transport vositasidan foydalanayotganda, uchish vaqtida, shuningdek vokzal, aeroport, stantsiyada (kutish xonasida) chiqish e’lon qilinishini kutib turgan paytidan to manziliga yetib borganiga qadar o’tgan vaqt ichida yuz bergan baxtsiz hodisalar natijasida umumiy mehnat qobiliyatini to’liq (100 foiz) doimiy yo’qotgan bo’lsa, unga amaldagi eng kam oylik ish haqining 40 barobari miqdorida sug’urta qoplamasi to’lanadi, umumiy mehnat qobiliyatini qisman yo’qotganda esa, sug’urta pulining mehnat qobiliyatini yo’qotish darajasiga mos ravishda to’lanadi.
Transportda bepul qatnaydigan yo’lovchilar sug’urta badali to’lamasalar ham sug’urtalangan hisoblanadilar. Umumiy sug’urtalanuvchi yo’lovchiga to’lanadigan sug’urta qoplamasi amaldagi eng kam oylik ish haqining 40 barobari miqdoridan oshmasligi kerak. Yo’lovchi halok bo’lganda uning merosxo’rlariga ham ko’rsatilgan miqdorda sug’urta qoplamasi to’lanadi. Agar yo’lovchi o’z aybi bilan tan jarohati olgan bo’lsa, u holda tegishli sug’urta qoplamasi to’lanmaydi.


Harbiy xizmatchilarning davlat majburiy shaxsiy sug’urtasi.

Harbiy xizmatchilar va majburiy harbiy xizmat tarkibidagilar, shuningdek ular bilan birga yunalishda xizmat vazifalarini bajaruvchilar (ichki ishlar va xavfsizlik organlari) xizmatni o’tash, harbiy yig’inlar davrida halok bo’lish, jarohatlanish (shu hisobda kontuziya), kasallanish hollaridan majburiy tartibda sug’urtalanadilar.


Sug’urtalash Mudofaa, Ichki ishlar vazirliklariga byudjetdan ajratiladigan mablag’lar hisobidan amalga oshiriladi. Sug’urta harbiy xizmatni o’tash davrida va xizmatdan bo’shagandan keyin bir yil davomida amal qiladi. Sug’urtalangan shaxs vafot qilganda amaldagi eng kam oylik ish haqining 7 barobari miqdorida merosxo’rlarga sug’urta qoplamasi to’lanadi. Xizmat davrida yoki xizmatdan bo’shagandan keyin bir yil mobaynida sodir bo’lgan hodisa uchun ko’rsatilgan qoplamaning 75 foizi, II-guruh nogironlariga 50 foizi, III-guruh nogironlariga 30 foizi miqdorida belgilanadi.
Agar xizmat vazifasini o’tash vaqtida og’ir jarohatlangan bo’lsa, amaldagi eng kam oylik ish haqining 7 barobarining 20 foizi miqdorida va yengil jarohatlanganda 10 foizi miqdorida sug’urta qoplamasi to’lanadi.


Ko’mir, neftь, gaz qazib olish va geologiya-qidiruv ishlari tizimi xodimlarining majburiy shaxsiy sug’urtasi.

Og’ir sanoat tarmoqlaridagi xissadorlik jamiyatlari o’z sohalarida ishlovchi har bir xodim uchun, hatto ishga yangi xodim qabul qilinganda ham, amaldagi eng kam oylik ish haqining 20 foizi miqdorida sug’urta tashkilotlariga badal o’tkazadilar, boshqarish xarajatlarini ham qoplaydilar.


Sug’urtalangan shaxs xizmat vazifasini ado etayotganda halok bo’lsa, uning merosxo’rlariga amaldagi eng kam oylik ish haqining 36 barobari miqdorida, nogiron bo’lib qolsa, belgilangan nogironlik darajasiga qarab quyidagi miqdorda sug’urta puli to’lanadi:
I-guruh nogironiga – amaldagi eng kam oylik ish haqining 36 barobari hajmidagi sug’urta pulining 50 foizi;
II-guruh nogironiga – amaldagi eng kam oylik ish haqining 36 barobari hajmidagi sug’urta pulining 30 foizi;
III-guruh nogironiga – amaldagi eng kam oylik ish haqining 36 barobari hajmidagi sug’urta pulining 20 foizi.
Sug’urtalangan shaxs bilan yuz bergan, ammo uning nogiron bo’lib qolishiga olib kelmagan baxtsiz hodisaning oqibatlari munosabati bilan nafaqalar shu yunalishdagi maxsus uslubiy ko’rsatma asosida hisoblanadi.
Transport tarmoqlari xizmatchilarining majburiy shaxsiy sug’urtasi.
Har bir transport tarmog’i bu sohada o’z qoidasiga ega. Masalan, parvozlarda hatnashuvchi uchuvchilar va texnika xizmatini ko’rsatuvchi xodimlar majburiy tartibda sug’urtalanadilar.
Sug’urtaga tortilishi zarur bo’lgan har bir toifadagi xodimlar uchun sug’urta pullari va badallari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

Download 376.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling