Toshkent axborot tеxnologiyalari univеrsitеti


Download 376.81 Kb.
bet57/95
Sana04.04.2023
Hajmi376.81 Kb.
#1327117
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   95
Bog'liq
маъруза матни L

Ixtiyoriy tibbiy sug’urta

«O’zbekinvest» eksport-import milliy sug’urta kompaniyasi ixtiyoriy tibbiy sug’urta bo’yicha ma’lum tarkibdagi va sifatdagi tibbiy xizmatlarni tashkil etish va moliyalashtirishni ko’zda tutuvchi shartlarga asoslangan shartnomalarni tuzadi va polislarini sotadi.


Ixtiyoriy tibbiy sug’urta ob’ekti bo’lib fuqarolarning sug’urta hodisasi ro’y berganda tibbiy yordam ko’rsatishga qilinadigan xarajatlar bilan bog’liq bo’lgan mulkiy manfaatlari hisoblanadi.
Sug’urtaga narkologik, psixonevrologik, sil, teri-tanosil dispanserlarida hisobda turuvchi fuqarolar, I va II guruh nogironlari qabul qilinmaydi.
Sug’urtaning mazkur turi bo’yicha sug’urta hodisalari bo’lib sug’urta davrida sug’urtalanuvchining tibbiy sug’urta dasturida ko’zda tutilgan tibbiyot muassasalariga o’tkir kasalliklarda, surunkali kasalliklarning kuchayishida, jarohatlanishda, zaharlanish va boshqa kasalliklarda tibbiy sug’urta dasturi bo’yicha tanlangan doiradagi tibbiy xizmatlar ko’rsatilishini talab qiluvchi maslahatlar va boshqa yordamlar olish uchun qilingan murojaatlari hisoblanadi.
Sug’urtalanuvchiga kompaniya tibbiyot muassasasiga quyidagilar bilan bog’liq holatlarda qilgan murojaatlari bo’yicha xarajatlarni qoplamaydi:

    • alkogolь, narkotik yoki toksik moddalar ta’sirida mast holatda olgan jarohatlar;

    • u tomonidan har qanday transport vositasini alkogolь, narkotik yoki toksik moddalar ta’sirida mast holatdagi shaxsga berish natijasida olingan jarohatlar;

    • jinoyatlarni sodir qilish natijasida olingan jarohatlar;

    • o’ziga qasddan tan jarohati yetkazish, o’z fuqarolik majburiyatini bajarish yoki o’zining, yoki bo’lmasa uchinchi shaxsning hayoti, sog’ligi, nafsoniyat va sha’nini himoya qilish bilan bog’liq holda qilingan harakatlar natijasida olingan jarohatlar bundan mustasno;

    • o’ta xavfli onkologik kasalliklar, shuningdek ularning og’irlashuvi, qon kasalliklari;

    • venerik kasalliklar, VICH infektsiyalari va ularning og’irlashuvi;

    • ruhiy kasalliklar va ularning og’irlashuvi;

    • kasb kasalliklari;

    • tuberkulez, sarkoidoz, mukovistsedozlar, klinik shakllari va jarayon davrlaridan qat’iy nazar;

    • qandli diabet (1 va 2 turlari);

    • homiladorlik, bola tug’ish va ularga tegishli og’irlashuvlar;

    • gemodializni talab qiluvchi surunkali buyrak yetishmovchiligi;

    • transplatatsiya qilishni talab qiluvchi organlar va to’qimalar kasalliklari;

    • o’tkir va surunkali nurlanish kasalliklari;

    • tishlar va og’iz bo’shlig’i kasalliklari;

    • o’z joniga su’iqast qilish;

    • kosmetik yoki plastik jarrohlik;

    • profilaktik davolash yoki profilaktik vaktsinatsiya;

    • infektsion kasalliklar;

    • kontakt linzalari, ko’z oynaklar, eshitish apparatlarini sotib olish bilan bog’liq xarajatlar.

Sug’urtalanuvchi tomonidan to’lanadigan sug’urta mukofotlari (badallar) sug’urtalanuvchi tomonidan tanlangan tibbiy sug’urta dasturi, sug’urta summasi, sug’urtalanuvchini tibbiy anketasi va tekshiruvi natijalaridan kelib chiqib o’rnatiladi.


Sportchilarni sug’urtalash.

Sug’urta shartnomalari O’zbekiston Respublikasi va horijiy mamlakatlar yuridik shaxslari hamda to’la fuqarolik salohiyatiga ega bo’lgan jismoniy shaxslar bilan tuziladi.


Sug’urtaning ob’ekti sifatida foydasiga shartnoma tuzilayotgan, musobaqalarda qatnashuvchi sportchining hayoti va sog’ligi hisoblanadi.
Sug’urtalangan shaxs o’zining vafotida sug’urta summasini oluvchi sifatida (Manfaatdor shaxs) istalgan shaxsni belgilash huquqiga ega. Agar bunday shaxs belgilanmagan bo’lsa, u holda sug’urtalanuvchining o’limi holatida sug’urta summasini oluvchi bo’lib sug’urtalanuvchining qonuniy me’rosxo’rlari hisoblanadi.
Mazkur sug’urta turi bo’yicha kompaniyaning sug’urtalanuvchiga sug’urta qoplamasini yoki manfaatdor shaxsga sug’urta pulini to’lash majburiyatini keltirib chiqaruvchi, haqiqatda sodir bo’lgan hodisa sug’urta hodisasi hisoblanadi.
Sug’urta hodisalari sifatida sug’urta shartnomasini amal qilish davrida sug’urtalanuvchining tan jarohati olishi, sog’ligini yo’qotishi yoki o’limi tan olinadi.
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan holatlar sug’urta hodisalari deb tan olinmaydi va ular bo’yicha to’lovlar amalga oshirilmaydi, agarda ular:
a) turli xildagi harbiy harakatlar (urush e’lon qilingan yoki qilinmaganligidan qat’iy nazar), terrorchilik harakatlari, fuqarolik urushi, inqiloblar, g’alayon yoki shunga o’xshash qo’zg’alishlar, shuningdek ichki tartibsizliklar (mitinglar, qo’zg’olonlar, ish tashlashlar, namoyishlar) natijasida sodir bo’lsa;
b) jinoyat sodir qilish yoki jinoyat sodir qilishga urinish paytida sodir bo’lgan bo’lsa, o’zini joniga qasd qilgan bo’lsa;
v) doping iste’mol qilganligi tasdiqlansa;
g) alkogolь, narkotik yoki toksik mast holatda ro’y bergan bo’lsa.

Barcha turdagi kasalliklar, shu jumladan kasbiy va infektsion kasalliklar, shuningdek oziq-ovqat yoki dori-darmonlarni iste’mol qilish natijasida yuzaga kelgan betobliklar baxtsiz hodisalar hisoblanmaydi. Infarkt va insulьt bu sug’urta turi bo’yicha baxtsiz hodisa oqibati deb qaralmaydi.


Mazkur sug’urta turi bo’yicha sug’urta mukofoti (badali) kompaniyada tasdiqlangan tarif stavkalari, sug’urta summasi, sug’urtalanuvchilarning soni, sport turi va sug’urta hodisasini sodir bo’lish tavakkalchiligi darajasiga ta’sir etuvchi boshqa omillardan kelib chiqib belgilanadi.

Download 376.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling