Fakultativ obligator shartnomasi - tsedent qayta sug’urtalovchi bilan kelishgan toifadagi har qanday sug’urta riskini berishi, qayta sug’urtalovchi esa ularni qabul qilishi shart ekanligi haqidagi qayta sug’urtalash shartnomasi.
2. Sug‘urta fondidan foydalanish bilan bog‘liq atamalar
Bosh polis- sug‘urta kompaniyasi va sug‘urtalanuvchi o‘rtasidagi yozma bitim. Bu bitimga muvofiq, tegishli davr mobaynida sug‘urtalanuvchi barcha ob’ektlarni sug‘urta kompaniyasiga sug‘urtalash uchun beradi. Chet el tajribasida bu bitim «ochiq polis» yoki «polis-abonament» deyiladi. Mazkur bosh polis asosida sug‘urtalash tashqi savdo yuklari sug‘urtasida keng tarqalgan. Sug‘urtalanuvchi sug‘urta kompaniyasiga har bir jo‘natilgan yuk haqidagi ma’lumotlar (yukning vazni, sug‘urta summasi, yukni jo‘natish va qabul qilib olish punktlari) bayon etilgan arizani taqdim etsa etarli, yuk avtomatik ravishda sug‘urtalangan hisoblanadi.
Kvotali qayta sug‘urtalash - sug‘urta kompaniyasi qayta sug‘urtalovchi kompaniya bilan kelishgan holda unga risklarni bir qismini beradi. Bu operatsiya kvota shartnomasi orqali rasmiylashtiriladi. Qayta sug‘urtalovchi kompaniyaga sug‘urta mukofotini tegishli qismi beriladi va qayta sug‘urtalovchi kompaniya mutanosib ravishda ko‘rilgan zararni qoplashda ishtirok etadi.
Vositachilik haqi - mijozlarni sug‘urtaga tortganligi uchun sug‘urta kompaniyasi tomonidan vositachilarga (sug‘urta brokeri, agent) to‘lanadigan haq. Vositachilik haqining miqdori sug‘urtaning turiga va kelib tushgan mukofotning hajmiga bog‘liq holda sug‘urta mukofotiga nisbatan foizlarda to‘lanadi.
Sug‘urta polisi - sug‘urta shartnomasi tuzilganlik faktini tasdiqlovchi hujjat. Sug‘urta polisida quyidagi rekvizitlar bo‘lishi shart: sug‘urta kompaniyasining yuridik manzili, sug‘urtalanuvchining nomi, sug‘urta ob’ekti, sug‘urta mukofotining miqdori, shartnomaning amal qilish muddati. Sug‘urta qoplamasini to‘lashda sug‘urtalanuvchi sug‘urta polisini sug‘urta kompaniyasiga taqdim etishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |