Toshkent axborot tеxnologiyalari univеrsitеti


SYURVEYER SUG‘URTA XIZMATLARI


Download 376.81 Kb.
bet85/95
Sana04.04.2023
Hajmi376.81 Kb.
#1327117
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   95
Bog'liq
маъруза матни L

SYURVEYER SUG‘URTA XIZMATLARI KO‘RSATUVCHI YURIDIK VA JISMONIY SHAXSLAR (SUG‘URTA SYURVEYERI)
Sug‘urta syurveyeri - quyidagilar bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs:

  • sug‘urta shartnomasi tuzilgungacha sug‘urta obyektini ko‘zdan kechirish va tekshirish;

  • barcha faktlarni va tavakkalchilik holatlarini tahlil qilish, sug‘urta shartnomasi tuzilgungacha tavakkalchilik darajasini aniqlash;

  • sug‘urtalashning tekshirilayotgan obyekti bo‘yicha ekspert xulosasi tuzish.

Sug‘urta ekspertizasi o‘tkazishga vakolatli sug‘urta syurveyeri mutaxassislari (ekspertlari)ning ish tartibi sug‘urta syurveyerining ichki hujjatlarida belgilanadi.
Sug‘urta syurveyeri o‘z faoliyatini sug‘urtalovchi (sug‘urtalanuvchi) bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiradi.
Sug‘urta syurveyeri quyidagi huquqlarga ega:

  • xizmatlar ko‘rsatiladigan sug‘urtalovchini (sug‘urtalanuvchini) erkin tanlash;

  • sug‘urta obyektini o‘rganish uchun sug‘urtalanuvchidan (sug‘urtalovchidan) zarur axborotlarni so‘rash va olish;

  • davlat hokimiyati va boshqaruvi organlaridan, faoliyati sug‘urta obyektlariga taalluqli bo‘lgan boshqa tashkilotlardan zarur ma’lumotlarni so‘rash va olish;

  • qonun hujjatlari va shartnomada nazarda tutilgan boshqa huquqlar.

Sug‘urta syurveyeri quyidagilarga majbur:

  • tegishli bilimlarga ega bo‘lish yoki o‘z shtatida tegishli professional bilimlar va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan mutaxassislarga ega bo‘lish;

  • syurveyer tomonidan o‘tkaziladigan ekspertizaga daxldor bo‘lgan barcha shaxslarning huquqlariga rioya qilinishini ta’minlash;

  • ekspertiza o‘tkazish uchun tomonlar taqdim etgan hujjatlarning saqlanishini ta’minlash;

  • mijozning tijorat yoki boshqa siri bo‘lgan faktlarning mahfiyligini saqlash;

  • qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlarni bajarish.

Sug‘urta syurveyeri faoliyati natijalari ekspert hisoboti tarzida rasmiylashtiriladi, undan sug‘urtalovchi (sug‘urtalanuvchi) tomonidan sug‘urtalash (qayta sug‘urtalash) shartnomasini tuzishda foydalanilishi mumkin.
Sug‘urta syurveyerining ekspert hisobotidagi xulosalar mustaqil sug‘urta ekspertizasi davomida qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.

Download 376.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling