Toshkent axborot tеxnologiyalari univеrsitеti


AKTUAR XIZMATLARI KO‘RSATUVCHI YURIDIK VA JISMONIY SHAXSLAR


Download 376.81 Kb.
bet83/95
Sana04.04.2023
Hajmi376.81 Kb.
#1327117
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   95
Bog'liq
маъруза матни L

AKTUAR XIZMATLARI KO‘RSATUVCHI YURIDIK VA JISMONIY SHAXSLAR
(AKTUARLAR VA AKTUAR TASHKILOTLAR)


Aktuariy yoki aktuar tashkilot - bu tegishli ravishda quyidagilarni o‘z ichiga oladigan aktuar xizmatlar ko‘rsatuvchi jismoniy yoki yuridik shaxs:

  • sug‘urta hodisasi yuz berishining matematik jihatdan muqarrarligi hisobini amalga oshirish, ham alohida tavakkalchilik guruhlarida, ham umuman jami sug‘urta bo‘yicha zarar yetkazish oqibatlari og‘irligi chastotalari va darajasini aniqlash;

  • sug‘urtalovchining (qayta sug‘urtalovchining) zarur sug‘urta zaxiralari va fondlarini matematik asoslash va hisoblash, ularni shakllantirish metodlarini ishlab chiqish;

  • sug‘urtalovchi tomonidan investitsiyalar sifatida yig‘ilgan badallardan foydalanishda kapital qo‘yish normasi va netto-stavka miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlikni belgilash, bu tarif stavkalarini investitsiya daromadi summasiga kamaytirishga ko‘maklashadi;

  • sug‘urtalash jarayonini tashkil etish uchun zarur xarajatlarni asoslash va sug‘urta xizmatlari tannarxini hisoblash;

  • sug‘urtalashning (qayta sug‘urtalashning) har bir turi bo‘yicha tarif stavkalarini sug‘urtalovchilar uchun ularni o‘tkazishning uzoq muddatli va qisqa muddatli xarakterini hisobga olgan holda belgilash;

  • sug‘urtalovchining (qayta sug‘urtalovchining) investitsiya faoliyati natijalarini aktuar hisoblashdan foydalangan holda baholash;

  • sug‘urtalovchining (qayta sug‘urtalovchining) daromadlarini sug‘urtalash (qayta sug‘urtalash)ning har xil turlari bo‘yicha rejalashtirish.

Aktuariy (aktuar tashkilot) faqat aktuar faoliyatni amalga oshirishga haqlidir. Aktuariy (aktuar tashkilot) o‘z faoliyatini sug‘urtalovchi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiradi.
Aktuariy (aktuar tashkilot) quyidagi huquqlarga ega:

  • sug‘urtalovchilar bilan aktuar xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha mustaqil ravishda shartnoma tuzish;

  • ishonchli aktuar xulosa tuzish uchun zarur bo‘lgan barcha axborotlar sug‘urtalovchi tomonidan taqdim etilmagan taqdirda aktuar tekshirish o‘tkazishni rad etish;

  • aktuar tekshirish o‘tkazishda qatnashishga boshqa aktuariylar va boshqa mutaxassislarni belgilangan tartibda jalb etish;

  • qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa huquqlar.

Aktuariy (aktuar tashkilot) quyidagilarga majbur:

  • qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;

  • aktuar tekshirishni amalga oshirishda olingan axborotning mahfiyligiga rioya qilish;

  • aktuar xulosada aktuar hisoblashlarning kamchiliklarini va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni aks ettirish;

  • qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlarni bajarish.

Aktuariy, agar u aktuar tashkilot shtatida turgan bo‘lsa yoki uning bilan aktuar tashkilot o‘rtasida fuqarolik - huquqiy tusdagi shartnoma tuzilgan bo‘lsa aktuar tekshirishni o‘tkazishga jalb etilishi mumkin. Aktuariy aktuar tashkilot oldida sifatsiz aktuar tekshiruvni o‘tkazish, tijorat sirini oshkora qilish va aktuar tashkilot uchun zarar yetkazgan boshqa xatti-harakatlar natijasida yetkazilgan zarar yuzasidan javob beradi.
Aktuarlar aktuar xizmatlari ko‘rsatish uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda aktuariy malaka sertifikatini olishi shart. Aktuar tashkilotlar o‘z shtatida aktuariy malaka sertifikatiga ega bo‘lgan kamida 1 aktuarga ega bo‘lishi kerak.
Aktuar tashkilot (aktuariy) faoliyati natijalari hisobot tarzida rasmiylashtiriladi. Aktuar tashkilot (aktuariy) hisobotidagi xulosalar mustaqil ekspertiza davomida qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.



Download 376.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling