Toshkent axborot tеxnologiyalari univеrsitеti


Sug’urta zahirasining turlari


Download 376.81 Kb.
bet80/95
Sana04.04.2023
Hajmi376.81 Kb.
#1327117
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   95
Bog'liq
маъруза матни L

Sug’urta zahirasining turlari







Sug’urta zaxirasining turlari:

- o’z belgilangan muddatiga ko’ra, sug’urta xizmatini ko’rsatish uchun olingan sug’urta mukofotlari - zaxira sifatida. Shartnoma shartlari bo’yicha u sug’urtachi hisobiga o’tkazilgan bo’lsada, unga muvofiq ravishdagi xizmat hali ko’rsatilmagan bo’lib, bu summaning bir qismi «hali ishlab topilmagan» hisoblanadi. Sug’urta mukofoti «ishlab topilgani»dan so’ng, uning bir qismi ogoh etish zaxirasiga o’tkaziladi, ular belgilangan tartibda daromad(foyda) solig’iga tortiladi.
- zararlarni qoplash zaxiralari. Uning hajmi potentsial to’lovlar hamda 3 foiz atrofidagi tadbirlarni olib borish uchun ajratilgan xarajatlar summasidan iborat bo’ladi. Sug’urta holatiga ko’ra, sug’urtalanuvchining arizasiga binoan, sug’urtachi zaxiradan qoplama summasini to’lash uchun tayyorlaydi, ammo ko’rilgan zarar sabablarini aniqlashtirish natijasida sug’urtalanuvchining aybi bilan sug’urta hodisasi yuz bergan bo’lsa, qoplama to’lanmasligi ham mumkin.
- ogoh etuvchi tadbirlar uchun zaxira. Bu zaxira maqsadli bo’lib, uni xarajat qilish maxsus vakolatli Davlat organi tomonidan ishlab chiqilgan nizomga ko’ra amalga oshiriladi. Mazkur tadbirlar sug’urtalanuvchi bilan kelishilgan holda olib boriladi. Bu tadbir sug’urtalanuvchi tomonidan bajariladi, sug’urtachi esa uni moliyalashtiradi xolos.
Zaxiralarning yana boshqa turlari ham mavjuddir.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, sug’urta tashkiloti tomonidan sug’urtalash, o’zaro sug’urtalash va qayta sug’urtalash operatsiyalarini amalga oshirishda, boshqa iqtisodiy faoliyatdan farqli ravishda, sug’urta xizmati o’ziga xoslikka egadir1.
Har bir shartnoma bo’yicha sug’urta xizmati tannarxini aniqlash imkoniyati cheklangan. Negaki, sug’urta tashkiloti o’z faoliyatining moliyaviy natijalarini har bir shartnomaga ko’ra emas, balki jami sug’urta turlari bo’yicha amalda bo’lgan barcha shartnomalarning umumiy summasiga asoslanib aniqlaydi.
O’zbekiston Respublikasida amaldagi qonunchilikka binoan, sug’urta tashkilotlari tomonidan bir vaqtning o’zida hayot sug’urtasi va umumiy sug’urtani amalga oshirishlari, xuddi xalqaro amaliyotda bo’lgani kabi, man etilgan1. Sug’urta shartnomasi shartlarida qayd etilgan sug’urta hodisasi yuz berishi oqibatida ko’rilgan zarar qoplanishi shart. Buning uchun sug’urta tashkiloti maqsadli zaxira mablag’laridan foydalanadi.
Yuqorida bayon etilgan sug’urtaning nazariy-uslubiy asoslaridan kelib chiqib, shuni ta’kidlash lozimki, sug’urtachining asosiy maqsadi aynan zaxira mablag’laridan samarali foydalanishi orqali daromad olishga qaratilgandir.
Bugungi kunga kelib, mamlakatimizda sug’urtaning tub ma’noda tadbirkorlik faoliyatiga aylanishi uchun quyidagi ma’lum shartlar bajarilishi talab etiladi:
- birinchidan, sug’urta faoliyati bilan shug’ullanuvchi ixtisoslashgan tashkilot sug’urta xizmatini ko’rsatishi hamda raqobatli muhitda muvaffaqiyatli ishlashi uchun o’z moliyaviy barqarorligini mustahkamlashi, filiallar tarmog’ini kengaytirishi;

  • ikkinchidan, yuridik va jismoniy shaxslarning sug’urta zaxirasini shakllantirish jarayonida bevosita ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirishi, ayni vaqtda ular tomonidan sug’urta xizmatiga talabning ham yuqori bo’lishiga erishishi;

- uchinchidan, turli mulkchilik shaklidagi iqtisodiyot sub’ektlar, xususan, davlat (byudjet mablag’larini jalb etmagan holda) ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko’rsatish) jarayonida yuz berishi ehtimol bo’lgan risklar bo’yicha, kutilmagan zarar va yo’qotishlarni qoplash mexanizmi sifatida sug’urta faoliyati rivojlanishidan manfaatdor bo’lishi kabilar.
Shu o’rinda ta’kidlash lozimki, sug’urtaga bo’lgan talabga xo’jalik yurituvchi sub’ektlar va aholining tabiiy ehtiyojlari sifatida qaramaslik lozim. Bizga ma’lumki, tabiiy ehtiyojlar to’g’ridan-to’g’ri anglaniladi hamda har bir sub’ekt ularni o’zi uchun namoyon etib, bunday ehtiyojlarini qoniqtirishga harakat qiladi.
Sug’urta va uning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini tadqiq etish shuni ko’rsatmoqdaki, boshqa sub’ektlar bilan o’zaro munosabatlarni amalga oshirishda, ularning ishtirokchilari ishlab chiqarish (xizmat ko’rsatish, ishlarni bajarish) jarayonidagi iqtisodiy-huquqiy va boshqa qator majburiyatlarni o’z zimmalariga oladi. Bu mas’uliyat esa, sub’ektning o’z mulki yoki mulkchilikdagi hissasi bo’yicha ko’rishi ehtimol bo’lgan risk mavjudligidan kelib chiqib, ularning sug’urta faoliyatiga bo’lgan talabini yuzaga keltiradi. Shuningdek, iqtisodiy, texnologik, ekologik va boshqa shart-sharoitlarning murakkablashuvi zamirida qo’shimcha risklar ham namoyon bo’ladi.
Sug’urta risklarining hududlarga ko’ra, kengligi, davriyligi va xilma-xilligi, shuningdek, ularni oldini olish hamda qoplash sarf-xarajatlarining o’sib borayotganligi ham sug’urtaning ahamiyatini yanada oshirib, unga bo’lgan talabni orttiradi. Aynan shunday talabning mavjudligi sug’urta faoliyati natijasi foydali bo’lishi va uning istiqboldagi rivoji uchun zaruriy shart-sharoitni yuzaga keltiradi.



Download 376.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling