Toshkent axborot tеxnologiyalari univеrsitеti


Majburiy sug’urtalashning asosiy tamoyillari


Download 376.81 Kb.
bet77/95
Sana04.04.2023
Hajmi376.81 Kb.
#1327117
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   95
Bog'liq
маъруза матни L

Majburiy sug’urtalashning asosiy tamoyillari

O’zbekiston Respublikasida majburiy sug’urtaning quyidagi turlari mavjud:

  • transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish;

  • yo’lovchilarni majburiy sug’urta qilish;

  • Davlat majburiy sug’urtasi.

Shu yerda ta’kidlash lozimki, yuqorida ko’rsatilgan majburiy sug’urta turlari hukumat qarorlari asosida joriy etilgan. Unda sug’urtalanuvchilar guruhi, sug’urta qilish shartlari, sug’urta tarifi stavkalari va sug’urta qoplamalari miqdorlari ko’rsatilgan. Masalan, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O’zbekiston Respublikasida transport vositalari va boshqa o’ziyurar mashina hamda mexanizmlar egalari fuqarolik javobgarligining davlat majburiy sug’urtasi to’g’risida» 1994 yil 30 dekabrdagi 632-sonli qaroriga ko’ra, 1995 yil 1 yanvardan boshlab transport vositalari egalari fuqarolik javobgarligining davlat majburiy sug’urtasi joriy etilgan. Ushbu qaror bilan belgilab qo’yilganki, O’zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko’rsatayotgan mulkchilikning barcha shakllaridagi transport vositalari egalari fuqarolik javobgarligining davlat majburiy sug’urtasiga jalb qilinadilar.
Fuqarolarning ijtimoiy manfaatlarini va davlatning manfaatlarini ta’minlash maqsadida qonunda hayot, sog’lik va mol-mulkning majburiy davlat sug’urtasi belgilab qo’yilishi mumkin.
Majburiy davlat sug’urtasi ana shu maqsadlar uchun davlat byudjetidan ajratiladigan mablag’lar hisobiga amalga oshiriladi.
Majburiy davlat sug’urtasi bevosita sug’urta to’g’risidagi qonun hujjatlari asosida unda ko’rsatilgan davlat sug’urta tashkilotlari yoki davlatning boshqa tashkilotlari (sug’urtalovchilar) tomonidan amalga oshiriladi.
Fuqarolik kodeksining qoidalari, agar sug’urta to’g’risidagi qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo’lsa va sug’urta bo’yicha mavjud munosabatlar mohiyatidan kelib chiqmasa, majburiy davlat sug’urtasiga nisbatan qo’llaniladi
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling