Toshkent axborot tеxnologiyalari univеrsitеti
Zararni va sug’urta qoplamasini aniqlash tartibi
Download 376.81 Kb.
|
маъруза матни L
6. Zararni va sug’urta qoplamasini aniqlash tartibi
Sug’urta idorasi sug’urta qildiruvchidan mulkning nobud bo’lganligi, yo’qolganligi yoki shikastlanganligi haqida xabar olgach, uch kundan kechiktirmay (agar sug’urta qildiruvchi zarur barcha hujjatlarni taqdim etsa) qabul qilingan shakl bo’yicha sug’urta dalolatnomasini tuzishga kirishishi va o’n kun ichida zararni hisoblab chiqishi shart. Sug’urta qoplamalari korxonaga sug’urta tashkiloti va sug’urta qildiruvchi vakillarining majburiy ishtirokida tuzilgan dalolatnoma va zarar miqdorining sug’urta tashkiloti tomonidan bajarilgan hisob-kitobi asosida to’lanadi. Mulk nobud bo’lgan (shikastlangan) taqdirda sug’urta qoplamasi quyidagi miqdorlarda hisoblanadi: sug’urta qildiruvchiga tegishli mulk uchun zarar miqdorini mulk dastlab sug’urta qilingan, lekin sug’urta pulidan baland bo’lmagan foiz darajasida. Bunda shartnoma tuzish paytida ixtiyoriy sug’urta qilish haqidagi arizada mulk qiymati asl narhidan past qilib ko’rsatilganligi aniqlansa, u taqdirda mulk sug’urta qilingan foiz shunga kamayadi; korxona tomonidan ijara shartnomasiga ko’ra olingan mulk uchun zararning sug’urta puli darajasidagi to’liq miqdorida; korxona tomonidan qayta ishlash, tuzatish, ko’chirish, saqlash va boshqa maqsad uchun olingan mulk bo’yicha zararning shartnomada ko’rsatilgan mazkur omborxona, tsex, do’kon, ustaxona va hokazolar uchun sug’urta haqidagi arizada ko’rsatilgan sug’urta puli doirasida. Yong’inni to’xtatish chog’idagi choralar yoki kutilmaganda tabiiy ofat xavfi paydo bo’lishi munosabati bilan binolar va boshqa mulklarni qismlarga ajratishga yoki ko’chirishga, bino hamda inshootlarni qayta tiklash uchun qilingan sarflar ham zarar miqdoriga qo’shiladi. Tajriba yoki tekshirish ishlarini olib borish tufayli, shuningdek mulkni ko’rgazmada namoyish qilish vaqtida yuz bergan zarar uchun, agar mulk maxsus shartnoma bo’yicha sug’urta qilingan bo’lsa, sug’urta qoplamasi to’lanadi. Vayron bo’lgan yoki shikastlangan mulk uchun sug’urta qoplamasi sug’urta shartnomasini tuzgan sug’urta tashkiloti tomonidan mulkning vayron bo’lganligi yoki shikastlanganligi haqida dalolatnoma tuzilgan va tegishli tashkilotlardan barcha zarur hujjatlar olingan kundan boshlab 20 kun ichida to’lanadi. Sug’urta qoplamasining to’lanishi sug’urta tashkiloti aybi bilan kechiktirilsa, kechiktirilgan har bir kun uchun zarar qoplamasining 0,05 foizi miqdorida jarima (penya) to’lanadi. Agar ko’p miqdorda mulk nobud bo’lgan bo’lsa va 20 kun ichida zararning to’la hisob-kitobini qilish mumkin bo’lmasa, u holda sug’urta qildiruvchining yozma arizasiga ko’ra sug’urta tashkilotlari sug’urta qildiruvchiga sug’urta qoplamasini taxminiy hisobidan 60 foizigacha miqdorda bo’nak (avans) to’lashi mumkin. Agar mulk jinoyat oqibatida nobud bo’lgan yoki shikastlangan va shu tufayli javobgarga nisbatan jinoiy ish qo’zg’atilgan bo’lsa, u holda javobgar shaxsga qo’yilgan da’voni jinoiy ish ko’rilayotgan davrda sud tomonidan ko’rib chiqishga imkoniyat tug’dirish maqsadida sug’urta qildiruvchiga sug’urta qoplamasi tergov ishlari borayotgan paytda yoki tugagandan so’ng to’lanadi. Agar zarar to’la qoplansa yoki sud yetkazilgan zararni javobgar shaxsdan undirishga hukm chiqarsa, u holda sug’urta qildiruvchi o’zining sug’urta qoplamasiga bo’lgan huquqidan maxrum bo’ladi. Agar zarar qisman qoplangan bo’lsa, u holda yetkazilgan zarar uchun javobgar kishi sug’urta qildiruvchiga to’lagan mablag’ni hisobga olgan holda zarar qoplamasi to’lanadi. Ijaraga berilgan sug’urta qilingan mulk ijarachining aybi bilan nobud bo’lsa, yo’qolsa yoki shikastlansa, sug’urta qoplamasi sug’urta qildiruvchiga to’lanadi va mablag’ aybdor shaxsdan undirib olinadi. Mulk korxona boshlig’i tomonidan davlat yong’indan muhofaza qilish idoralari yoki boshqa davlat idorali ko’rsatmalarining bajarilmasligi, shuningdek ishlab chiqarish texnologiyalarining buzilishi va xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida yong’in, portlash, falokat va boshqa sug’urta hodisalaridan nobud bo’lsa (shikastlansa), sug’urta qoplamasi miqdori 30 foizga kamayadi. Aytib o’tilgan ko’rsatmalar va talablarni bajarmaslik hollari nazorat organlarining hujjatlari asosida aniqlanadi. Quyidagi hollarda sug’urta qoplamasi to’lanmaydi: a) ish jarayonida ro’y berishi muqarrar bo’lgan yoki tabiiy holda ro’y beradigan (nurash, chirish, eskirish), alohida jismlarning o’ziga xos xususiyatlar tufayli ko’rilgan zarar uchun; b) sug’urta qilingan mulkni qayta ishlash maqsadida isitish, quritish, qaynatish va boshqa ta’sir ko’rsatish natijasida ko’rilgan zarar uchun; v) sug’urta hodisasi ro’y berganligi haqida o’z vaqtida xabar bermaganlik natijasida zarar miqdorini aniqlash mumkin bo’lmaganda; g) qulfbuzarlik bilan o’g’irlash, talon-taroj qilish, transport vositalarini olib qochish hodisalari huquqni muxofaza qilish organlari tomonidan tasdiqlanmaganda; d) quyidagi qo’shimcha zararlar: sug’urta hodisasi yuz bergan paytda va undan so’ng sug’urta qildiruvchi mulkni saqlab qolish, unga zarar yetishi va zarar hajmini ko’payishining oldini olish choralarini ko’rmaganligi tufayli ko’rilgan qo’shimcha zararlar; sug’urta hodisalari oqibatlarida ishlab chiqarishda uzilish bo’lishi, kemalar qatnovi va boshqa shart-sharoitlar o’zgarishi sababli yetkazilgan zarar uchun ham sug’urta qoplamasi to’lanmaydi. Download 376.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling