Toshkent axborot tеxnologiyalari univеrsitеti
Download 376.81 Kb.
|
маъруза матни L
Sug’urta shartnomasi quyidagi muddatlarda kuchga kiradi:
yillik sug’urta to’lovlarining 50 foizidan kam bo’lmagan qismi to’langandan so’ng; qisqa muddatli, maxsus va tanlanma sug’urta shartnomalari bo’yicha hisoblangan hamma to’lovlar to’langandan so’ng. Sug’urta tashkilotining bank muassasasidagi hisob raqamiga to’lovlar tushgan kun to’lov to’langan kun hisoblanadi. Sug’urta shartnomasi bir va undan ortiq yilga tuziladi. Bir necha yillik shartnoma tuzilganda mulk qiymati va sug’urta to’lovlari har yili qayta hisoblanadi. Hisoblangan kelasi yil to’lovlarining 50 foizi yil tugamasdan oldin to’langanda bunday shartnomalar kelasi yilga uzaytirilgan hisoblanadi. Ishlab chiqarish faoliyati mavsumiy bo’lgan korxonalar mulki tanlanma sug’urta qilinganda, shuningdek boshqa tashkilot va fuqarolardan olingan mulk sug’urta qilinganda hamda sinov va tekshiruv ishlari sug’urta qilinganda, ko’rgazma buyumlari sug’urta qilinganda qisqa muddatli shartnoma mulkning to’la qiymatida ham tuzilishi mumkin. Korxonaga qarashli mulk uning qiymatining xohlagan qismida (foizda) sug’urta qilish mumkin. Agar korxona bilan birga ma’lum bir foizda sug’urta qilingan bo’lsa, korxonaga qarashli barcha ob’ektlar shu foizda sug’urta qilingan hisoblanadi. Ijaraga olingan yoki boshqa tashkilotlardan olingan mulk to’la qiymatida (eskirish qiymatini chiqarib tashlab) sug’urta qilinadi. Shartnoma bo’yicha sug’urta qildiruvchi zararni qoplashda o’z ulushini belgilab qo’yishi (franshiza) mumkin. Bu holda sug’urta to’lovlari tegishli ravishda kamayadi. Ixtiyoriy sug’urtaga olinadigan mulkning qiymati korxona tomonidan hisob-kitob ma’lumotnomasida ko’rsatilib, ariza bilan birga taqdim etiladi. Qo’shimcha sug’urta shartnomasi tuzish to’g’risida arizada sug’urta qildiruvchi quyidagilarni ko’rsatadi: ijara shartnomasi bo’yicha qabul qilingan mulkning balans qiymati; boshqa tashkilot va fuqarolardan qayta ishlash, tuzatish, saqlash va hokazo uchun olingan mulk har bir omborxona, ustaxona, do’kon va hokazo bo’yicha (ularni qabul qilish hujjatlarida ko’rsatilgan qiymati bo’yicha); transport vositalarining balans qiymati; ov anjomlarining balans qiymati; sug’urta qilish muddati; franshiza miqdori. Asosiy va qo’shimcha shartnoma amalda bo’lgan davrda kelib tushgan mulklar sug’urta puli doirasida sug’urta qilingan hisoblanadi. Sug’urta shartnomasining amal qilish davri ichida chiqib ketgan mulk uchun sug’urta badallari qaytarilmaydi. Tashkilot tugatilishi tufayli uning faoliyati to’xtatilgan vaqtda ana shu tashkilotni tugatish belgilangan kunda sug’urta shartnomasi o’z kuchini yo’qotadi, tashkilot qayta tuzilgan (qo’shilgan, bo’lingan, ajralib chiqqan)da esa, qayta tuzilgandan 15 kun o’tkach sug’urta shartnomasi bekor bo’ladi. Biroq barcha hollarda ham shartnoma muddati tamom bo’lgunga qadar o’z kuchini saqlab qoladi. Bunda yangi tashkil bo’lgan tashkilotning barcha mulki 15 kun davomida quyidagi foizda sug’urta qilingan hisoblanadi: ikki yoki bir nechta tashkilot bitta tashkilotga birlashtirilganda - amaldagi shartnoma bo’yicha sug’urta puli yangi tashkilot mulkining necha foizini tashkil qilsa, o’sha foizda; tashkilotlar bo’linganda – ular mulkining sug’urta shartnomasida ko’rsatilgan foizda. Shartnoma to’xtatilgandan keyingi davr uchun qolgan badallar qaytarib beriladi (faqat to’liq oylar uchun). Mulk sug’urtasi bo’yicha sug’urta qildiruvchining majburiyatlari quyidagilardan iborat: mulkni yong’inga qarshi qoidalariga qat’iy amal qilgan holda nazorat tashkilotlari talablarining bajarilishini ta’minlashi, binolar, inshoot va boshqa mulklardan foydalanish qoidalariga rioya qilishi kerak; sug’urta muassasalari va nazorat tashkilotlariga sug’urta qilingan mulkning butligini tekshirishda yordam berishi kerak; korxona qayta tuzilganda, faoliyati tugatilganda shartnomani muddatidan ilgari to’xtatish uchun sug’urta tashkilotiga o’z vaqtida xabar berishi lozim; sug’urta qilingan mulk zararlanganda, nobud bo’lganda yoki sug’urta hodisasi ro’y berishi xavfi paydo bo’lishi sababli (yer ko’chishi, o’pirilishi, yong’in) ish olib borilganda tegishli sug’urta tashkilotiga xabar berishi lozim. Agar xabar berish muddati dam olish kuniga to’g’ri kelsa, keyingi birinchi ish kuni xabar berishning oxirgi muddati hisoblanadi; qulfbuzarlik bilan o’g’irlik (talon-taroj) yoki transport vositalarining o’g’irlanishi, uchinchi shaxs tomonidan noqonuniy harakatlar qilinganligi haqida ichki ishlar idoralariga tezda xabar berishi zarur; sug’urta qilingan mulk nobud bo’lganda, zararlanganda, yo’q bo’lganda sug’urta tashkilotiga kerakli hujjatlarni taqdim etishi kerak; sug’urta tashkilotining vakili yetib kelguncha, sug’urta hodisasidan so’ng zararlangan va zararlanmagan mulkni saqlab turishi lozim. Sug’urtalovchining majburiyatlari esa quyidagilardan iborat: sug’urta qildiruvchiga sug’urta qoidalari va tartibini tushuntirish, sug’urtaga olinadigan mulkning qiymatini aniqlashda yordam berishi kerak; sug’urta qilingan mulk qaerda bo’lishidan qat’iy nazar (ijaraga olingan mulk uchun shartnomada ko’rsatilgan joylarda) unga javobgardir; Sug’urta qilingan mulk to’g’ri saqlanayotganligining qonuniyligini nazorat organlari bilan birgalikda doim tekshirib turish lozim; Mulk nobud bo’lganda (zararlanganda) zarar qiymatini aniqlash uchun komissiya tuzishda yordam berishi va yuqorida ko’rsatilgan muddatlarda sug’urta qoplamasini to’lanishini ta’minlashi kerak. Sug’urta qildiruvchilarning sug’urta shartnomasidan kelib chiqqan da’volari korxona o’z huquqi buzilganligidan xabardor bo’lgan kundan yoki shu to’g’risida bilishi lozim bo’lgan kundan bir yil ichida sug’urta tashkilotiga yoki uning yuqori tashkilotiga (agar mavjud bo’lsa) taqdim etishi mumkin. Sug’urta shartnomasi yuzasidan kelib chiqqan nizolar yuqori sug’urta tashkiloti, sud yoki davlat hakamligi tomonidan ko’rib chiqiladi. Download 376.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling