3. Aholi mulkiy sug’urtasi boshqa turlarining umumiy shartlari
Shahar joylarida fuqorolarga qarashli imoratlarni ixtiyoriy ravishda sug’urtalash bo’yicha yashash taqiqlangan va omonat (avariya) holatidagi, puturdan ketgan, buziladigan yoki qarovsiz qoldirilgan imoratlar ixtiyoriy sug’urtaga olinmaydi.
Shartnoma tuzilganda ixtiyoriy ravishda uchastkasidagi hamma imoratlarni yoki ularni ayrimlarini sug’urtalash, agar bir necha xonadon istiqomat qilsa, sug’urtalanuvchiga tegishli bo’lgan qismini sug’urtalash uchun imkoniyat beriladi.
Imoratlar ixtiyoriy sug’urtasi bo’yicha eng kam sug’urta puli amaldagi eng kam oylik ish haqining 10 barobari miqdorida belgilanadi. 10 barobardan ortiq bo’lsa, sug’urta pulining yuqori miqdori chegaralanmaydi. Sug’urtalash uchun to’lanadigan tarif stavkalari 0,5 foizdan 2 foizgacha belgilanishi mumkin.
Uch yil mobaynida ketma-ket imoratlarni ixtiyoriy sug’urtalash shartnomalarini tuzgan sug’urtalanuvchiga yangi shartnoma tuzish uchun imtiyozli bir oy muddat beriladi, bu davrda mulk bepul sug’urtalangan hisoblanadi.
Qishloq joylarda amalga oshiriladigan ixtiyoriy sug’urta shahar joylardagi ixtiyoriy sug’urtadan kam farq qiladi. Bu farqlardan biri shundan iboratki, imoratlar, kvartiralar va xususiylashtirilgan uy-joylar ixtiyoriy sug’urta bo’yicha sug’urta pulining minimal miqdori eng kam ish haqining 20 baravari miqdorda belgilanadi. Sug’urta pulining yuqori miqdori chegaralanmaydi.
«O’zagrosug’urta» DASK boshqarmasida sug’urta badali 0,5 foizdan 1,5 foizgacha belgilangan.
Sug’urta xodisasi sodir bo’lganda zararlarni qoplash «O’zagrosug’urta» davlat aktsionerlik sug’urta kompaniyasi bo’limi tuzgan dalolatnoma asosida aniqlanadi.
Qishloq aholisi fuqorolariga qarashli chorva mollarini ixtiyoriy sug’urtasi bo’yicha qo’ylar, echkilar 1 yoshdan, cho’chqalar 6 oylikdan, shuningdek qora mollar 6 oylikdan, otlar, tuyalar 1 yoshdan sug’urta qilinishi mumkin.
Sug’urta to’lovining tarifi sug’urta puliga nisbatan 6 foizdan 12 foizgacha miqdorda belgilanadi.
Sog’lom chorva moli xo’jalik ehtiyojlari uchun so’yilganda sug’urta qildiruvchi bu haqida sug’urta kompaniyasiga 5 kun mobaynida ma’lum qiladi va polis bekor qilinib, kompaniya shartnoma tugaguncha bo’lgan sug’urta pulining belgilangan miqdorida mijozga qaytaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |