Toshkent axborot tеxnologiyalari univеrsitеti


Transport vositalarining ixtiyoriy sug’urtasi


Download 376.81 Kb.
bet71/95
Sana04.04.2023
Hajmi376.81 Kb.
#1327117
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   95
Bog'liq
маъруза матни L

Transport vositalarining ixtiyoriy sug’urtasi o’zining 4 xil ob’ektiga ega:

  • Transport vositalari

  • Xaydovchi va yo’lovchilar

  • Transportga tegishli qo’shimcha uskunalar

  • Asosiy transport vositasi yoki pritsepda tashilayotgan yuk (nodir va kam uchraydigan qimmatli mulklardan tashqari).

Transport vositasiga egalik qilish huquqiga ega bo’lgan mototransport bo’yicha 16 yosh, boshqa transport vositalari bo’yicha 18 yoshga to’lgan fuqorolar sug’urtalanuvchi hisoblanadi.
Sug’urta summasining eng kam miqdori amaldagi eng kam oylik ish haqining 20 barobari bo’lib, bunga yuqori chegara qo’yilmaydi. Qo’shimcha uskunalar yoki yuk miqdori transport vositasi bilan birgalikda yoki alohida eng kam ish haqining 20 barobari miqdorida sug’urta qilinishi mumkin.
Sug’urta shartnomasi 1 yil muddatga tuziladi. Sug’urta to’lovi 5 foizdan 8 foizgacha belgilanadi. Agar sug’urtalanuvchi patent asosida yo’lovchilarga xizmat qilsa yoki shartnoma asosida yuk tashish bilan shug’ullansa, bunday sug’urtalanuvchilar uchun sug’urta to’lovi 50 foizgacha oshiriladi.
Qo’shimcha uskunalar va yuk uchun sug’urta to’lovi 3 foizgacha, yo’lovchilarni baxtsiz hodisalaridan sug’urtalash uchun har bir sug’urta to’lovi 2 foizgacha oshiriladi.
Baxtsiz hodisalar bo’yicha o’rindiqlar soniga qarab haydovchi va har bir yo’lovchiga nisbatan eng kam oylik ish haqining 100 barobari miqdorida sug’urta qildirish mumkin.


4. Yuridik shaxslar mulki sug’urtasining iqtisodiy mazmuni

Korxona va tashkilotlarning mulki asosiy va aylanma mablag’laridan tashkil topadi. Asosiy fondlar – bu uzoq muddat foydalaniladigan moddiy qiymatliklar yig’indisi. Ishlab chiqarish asosiy fondlariga binolar, inshootlar, mashinalar, transport vositalari, inventar va uskunalar (ma’lum qiymatdan yuqorilari) kiradi. Noishlab chiqarish fondlari esa uylar, madaniy-maishiy maqsaddagi ob’ektlardan tashkil topadi.


Aylanma fondlar ishlab chiqarish fondlarining bir qismini tashkil qilib, ulardan bir ishlab chiqarish tsiklida to’la foydalaniladi, o’zining qiymatini to’laligicha ishlab chiqarilgan mahsulotga o’tkazadi. Ularga xom ashyolar, materiallar, yoqilg’i, tovarlar va boshqalar kiradi.
Mazkur sug’urtaning ahamiyati shundan iboratki, har qanday korxona, tashkilot, birlashma va boshqa yuridik shaxslarning asosiy va aylanma fondlari ishlab chiqarish, ilmiy-texnik va ijtimoiy faoliyatining zaruriy bazasi hisoblanadi. Shuning uchun, ularning sug’urtaviy himoyasini ta’minlash sug’urta munosabatlari tizimida alohida ahamiyatga ega bo’lishi zarur.
Asosiy va aylanma fondlarning sug’urtasi yagona tamoyillardan kelib chiqadi, lekin shu bilan birga, ularni sug’urtalash shartlarining xususiyatlari bu ikki guruh fondlarning takror ishlab chiqarish jarayonidagi ishtirokining turlichaligi bilan asoslanadi.
Asosiy fondlar korxona (tashkilot) balansida boshlang’ich qiymat bo’yicha aks ettiriladi, ya’ni qurish yoki ega bo’lish qiymatida. Davrlar davomida asosiy fondlarni qayta baholash amalga oshirilib, ularning o’sha davrdagi qiymati aniqlanadi. Qayta baholashda asosiy fond elementlarining moddiy va ma’naviy eskirishi hisobga olinadi.
Asosiy fondlarning boshlang’ich qiymati barcha sug’urta munosabatlariga asos bo’lib xizmat qiladi. Foydalanish jarayonida asosiy fondlar o’z qiymatini qismma-qism yo’qotib boradi, ya’ni yeyiladi (amortizatsiyalanadi). Shundan kelib chiqib, asosiy fondlarning haqikiy real qiymati boshlang’ich qiymatdan hisoblangan eskirishni chiqarish bilan hosil bo’ladi.
Aylanma fondlar uchun eskirish degan tushuncha yo’q. Shuning uchun, zararlarni haqiqatda qoplash masalasi aylanma mablag’larni to’la balans qiymatida sug’urtalash yo’li bilan xal qilinadi. Xuddi shunday holat asosiy qismini tayyor mahsulotlar tashkil qiluvchi muomala fondlari sug’urtasida hamdir.
Shuni ta’kidlash kerakki, sug’urtada asosiy va aylanma fondlar tushunchasi ba’zi korrektirovka bilan qo’llaniladi. Iqtisodiy mazmuniga ko’ra asosiy va va aylanma fondlarga turli hayvonlar hamda ko’p yillik daraxtlar ham kiradi. Sug’urta ishining amaliyotida esa, ular alohida sug’urta turlariga tegishlidir.



Download 376.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling