Toshkent axborot tеxnologiyalari univеrsitеti


Yuridik shaxslar mulki sug’urtasining asosiy shartlari


Download 376.81 Kb.
bet72/95
Sana04.04.2023
Hajmi376.81 Kb.
#1327117
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   95
Bog'liq
маъруза матни L

5. Yuridik shaxslar mulki sug’urtasining asosiy shartlari

«O’zagrosug’urta» DASK tomonidan amalga oshiriladigan mulk sug’urtasi shartlariga ko’ra asosiy shartnoma bo’yicha korxonalarga tegishli binolar, inshootlar, uzatish moslamalari, quvvat beruvchi, ish bajaruvchi va boshqa mashinalar, uskunalar, transport vositalari, tugallanmagan kapital qurilish ob’ektlari, asbob-uskunalar, tayyor mahsulotlar, tovarlar, xom ashyolar va boshqa mol-mulklar sug’urta qilinishi mumkin, ammo qishloq xo’jalik hayvonlari, ko’p yillik dov-daraxtlar va qishloq xo’jalik ekinlari bundan mustasnodir.


Qo’shimcha shartnoma bo’yicha korxona tomonidan ijara shartnomasi asosida olingan barcha mulklar (agar u ijarachi tomonidan sug’urta qilinmagan bo’lsa), shuningdek korxona tomonidan, boshqa tashkilotlardan va aholidan qayta ishlash, tuzatish, ko’chirish, baholash, saqlash uchun olingan mulk sug’urta qilinishi mumkin.
Muassasa bilan mulkning ma’lum turi ( transport vositalari, alohida inshoot, mashinalar, binolar, qurilmalar va hokazo)ni to’liq bahosida sug’urta qilishga shartnoma tuzish (tanlanma sug’urta) mumkin, shuningdek boshqa muassasalarga, tashkilotlarga va fuqarolarga berilgan mulklar hamda tajriba yoki tekshirish ishlarini o’tkazish, ko’rgazmada namoyish etish uchun maxsus shartnoma tuzilgan hollarda ham to’liq qiymatda sug’urta qilinadi.
Hujjatlar, naqd pullar, qimmatli qog’ozlar, shuningdek ishlatishga yaroqli yog’ochlar, o’rmon kesish vaqtidagi va quyuv ishlaridagi yog’ochlar sug’urta qilinmaydi.
Toshqin, o’pirilish, ko’chki va boshqa tabiiy ofatlar xavf solib turgan hududda joylashgan qurilish, inshoot va boshqa mulklar, bu xil xavf to’g’risida qabul qilingan qoidaga binoan tegishli idoralar tomonidan (ob-havoni kuzatish mahkamasi va hokazo) xavf mavjudligini tasdiqlovchi zarur hujjat (dalolatnoma, xulosa va hokazo) tuzilgan hollarda sug’urta qilinmaydi.
Mulkni tekshirish va tajriba o’tkazilayotgan, ko’rgazmada namoyish etilayotgan paytda sug’urta qilish, mulk (mashinalar, uskunalar, ko’rgazma buyumlari) muassasa, muzey ko’rgazmadagi doimiy o’rindan tajriba o’tkazish yoki ko’rgazmada namoyish etish maqsadida ma’lum joyga ko’chirib o’tkazish uchun o’rab joylashtirilgan vaqtdan boshlab boshlanadi va vaqtinchalik saqlash, sinash (tajriba o’tkazish) yoki namoyish etish va qayta doimiy joyiga (Sug’urta guvohnomasi (polisi)da ko’rsatilgan o’rniga) joylashtirilgan paytgacha davom etadi.
Mulklar (ish jarayonida bo’lgan ov va boshqa kemalar, ov anjomlaridan tashqari) quyidagi hodisalar natijasida zararlanish va nobud bo’lish hollaridan sug’urta qilinadi: suv toshqini, yer osti suvlarining ta’siri, yong’in, bo’ron, dovul, sel oqimi, do’l, mazkur hudud uchun xos bo’lmagan sovuq (jazirama issiq), qalin qor yog’ishi, bir kecha-kunduzda (sutkada) haroratning keskin o’zgarishi, yer o’pirilishi, qo’shni xonadan suv o’tishi, ko’mirning o’z-o’zidan yonib ketishi, tabiiy ofat natijasida (yong’in, buzilish) elektr quvvatining uzilib qolishi, yashin urishi va yer qimirlashi, gaz otilib chiqish, portlash, qulfni buzib qilingan o’g’irlik, yoqib ketish.
Korxonaga tegishli mulk to’la qiymatida sug’urta qilinganda quyidagi miqdorda sug’urtalangan hisoblanadi (sug’urta hodisasi ro’y bergan vaqtda):

  • binolar, inshootlar uzatish moslamalari, transport vositalari, mashinalar; uskunalar va boshqa asosiy vositalar-balansdagi to’la qiymati miqdorida;

  • korxonaning o’zida ishlab chiqarilgan yoki sotib olingan moddiy-tovar boyliklar haqiqiy tannarxi miqdorida (arzon baho va tez eskiruvchi narsalar, shu jumladan, ov anjomlari-eskirganlik darajasini hisobga olib);

  • ko’rgazma buyumlari, kollektsiyalar, mualliflar ishlari, antiqa narsalar va hokazolar-sug’urta qildiruvchi tomonidan ko’rsatilgan hujjatlardagi narhi yoki ekspert bahosi qiymati miqdorida;

  • ishlab chiqarilgan (yetishtirilgan) qishloq xo’jalik mahsulotlari haqiqiy tannarxi miqdorida:

  • tugallanmagan kapital qurilish ob’ektlari - qurilish ishlari uchun qabul qilingan me’yorlar va baholaridan kelib chiqib sarf qilinadigan moddiy va mehnat xarajatlari miqdorida;

  • ishlab chiqarish yoki qayta ishlash bosqichida bo’lgan mahsulot sug’urta qilish paytiga qadar sarf qilingan xom ashyo, material va mehnat miqdorida.

Mulk ijara shartnomasiga ko’ra olingan inshootlar, mashinalar, transport vositalari va boshqa mulklar mazkur mulklar tegishli bo’lgan korxonaning buxgalteriya hisobi ma’lumotlari asosidagi balans bahosidan kelib chiqib sug’urta qilinadi.
Ish bajarish va xizmat ko’rsatish uchun boshqa tashkilotlar va aholidan olingan mulklar ularni qabul qilish haqidagi hujjatlarda ko’rsatilgan qiymatida (eskirganlik darajasini hisobga olgan holda) sug’urta qilingan hisoblanadi.
Asosiy vositalar bo’yicha eskirganlik uchun siylov (skidka) miqdori xalq xo’jaligining asosiy jamg’armalariga doir amortizatsiya ajratmalari (to’liq tiklash qismida) me’yorlari asosida hisoblanadi.
Uch yil uzliksiz o’z mulkini sug’urta qildirgan sug’urta qildiruvchiga yangi shartnoma tuzish uchun bir oylik imtiyozli muddat beriladi. Shu imtiyozli muddatda tuzilgan shartnoma avvalgi shartnomaning muddati tugashi bilan kuchga kiradi.
Agar imtiyozli muddatda (yangi shartnoma tuzilmasdan) sug’urta hodisasi ro’y bersa, sug’urta qoplamasi avvalgi shartnomada ko’rsatilgan sug’urta puli asosida to’lanadi, lekin sug’urta to’lovi ushlab qolinmaydi.
Sug’urta shartnomasi sug’urta qildiruvchining mavjud shakl bo’yicha bitilgan yozma arizasi asosida ikki nusxada tuziladi.
Arizaning birinchi nusxasi sug’urta to’lovlari hisoblangandan so’ng sug’urta tashkilotida qoladi, ikkinchi nusxasi 5 kun ichida sug’urta qildiruvchiga qaytariladi.
Sug’urta to’lovlari quyidagi tartibda to’lanadi:

  • bir yil va uzoq muddatga tuzilgan asosiy va qo’shimcha shartnoma bo’yicha to’lovlarning hammasi birvarakayiga yoki ikki muddatda to’lanadi – birinchi to’lov (50 foizdan kam bo’lmagan qismi) arizaning ikkinchi nusxasi olingandan so’ng 10 kun ichida, ikkinchi to’lov birinchi muddat to’lovlari tushgandan keyin 5 oydan kechiktirilmay to’lanadi.

Qisqa muddatli (bir yildan kam), maxsus va tanlanma sug’urta shartnomalari bo’yicha sug’urta to’lovlari bir varakayiga-arizaning ikkinchi nusxasi olingandan so’ng 10 kun ichida to’lanadi.

Download 376.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling