Toshkent axborot tеxnologiyalari univеrsitеti


Download 376.81 Kb.
bet67/95
Sana04.04.2023
Hajmi376.81 Kb.
#1327117
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   95
Bog'liq
маъруза матни L

12-MAVZU: MULK SUG’URTASI



  1. Fuqarolar mulkini sug’urtaviy himoyalash asoslari

  2. Uy mulki sug’urtasi

  3. Aholi mulkiy sug’urtasi boshqa turlarining umumiy shartlari

  4. Yuridik shaxslar mulki sug’urtasining iqtisodiy mazmuni

  5. Yuridik shaxslar mulki sug’urtasining asosiy shartlari

  6. Zararni va sug’urta qoplamasini aniqlash tartibi

  7. Tayanch iboralar




  1. Fuqarolar mulkini sug’urtaviy himoyalash asoslari

Mulk tushunchasi keng va ko’p qirrali tushuncha. Mulk ob’ektlariga yer, yer osti boyliklari, o’simlik va hayvonot dunyosi, oqar suvlar, imoratlar va inshootlar, asbob-uskunalar, moddiy va madaniy yodgorliklar va boshqalar kiradi.


Respublikamizda mulkchilik munosabatlari O’zbekiston Respublikasining «Mulkchilik to’g’risida»gi qonuni asosida tartibga solinadi. Mulk yuridik va jismoniy shaxslar egalik qiladigan moddiy ne’matlardir. Mulkning mavjudligi sanoat, qishloq xo’jaligida ishlab chiqarishni tashkil qilishning eng muhim shartidir.
O’zbekiston Respublikasida amal qilayotgan qonunchilikka muvofiq mulk xususiy, davlat va jamoat birlashmalari ixtiyorida bo’lishi mumkin. Xususiy mulk tarkibida fuqarolarning shaxsiy mulki ham yotadi. Fuqarolar shaxsiy mulkiga quyidagilar kirishi mumkin: yer uchastkalari, uy-joylar, kvartiralar, dala-hovlilar, garajlar, ro’zg’or buyumlari, shaxsiy iste’mol predmetlari, qishloq xo’jalik va boshqa uy hayvonlari, qimmatli qog’ozlar, jihozlar, binolar, inshoatlar, transport vositalari va boshqa qonunchilik bilan egalik qilish ta’qiqlanmagan buyumlar.
Fuqarolar mulkiy sug’urtasining majburiy hamda ixtiyoriy turlari mavjud bo’lib kelgan, biroq 2001 yilning oxiriga kelib aholi mulkining majburiy sug’urtasi to’xtatildi. Buning sababini uni o’zini deyarli oqlamaganligi, sug’urta himoyasi va sug’urta mas’uliyatining yetarli bo’lmaganligi, ya’ni majburiy sug’urta buyicha to’langan sug’urta pullari va qoplamalarining sug’urta hodisasi natijasida ko’rilgan zaralarni qoplash uchun yetarli bo’lmaganligida va boshqalarda deb ko’rsatishimiz mumkin. Bugungi kunda fuqarolarning mulklari faqatgina ixtiyoriy tartibda sug’urta qilinmoqda.
Fuqarolarning real daromadlari ortishi bilan fuqarolar mulkining tarkibi uzoq muddat foydalaniladigan qimmatbaho predmetlar xissasining ortish tomoniga o’zgarmoqda. Bu bilan yangi sug’urta ob’ektlari paydo bo’lmoqda. Fuqarolar mulkining tarkibini o’zgarishi va uning miqdorini ko’payishi sug’urtaviy himoyalash ehtiyojini shakllantiradi. Bu esa ushbu mulklar sug’urtasini rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratadi.
Aholi mulkiy sug’urtasining turlariga uy mulkini, fuqarolarga qarashli imoratlarni, chorva mollarini, aholi transport vositalarini va boshqalarni sug’urta qilish kabilar kiradi.
Sug’urtaning amaldagi shartlari fuqarolar mulkining barcha guruhlarini qamrab olmaydi. Mulklarning bir qismi: uy jonivorlari – itlar, mushuklar, qushlar, hayvonlar; pullar; qo’lyozmalar; hujjatlar; foto suratlar va boshqalar davlat sug’urtasiga olinmaydi. Biroq bu va boshqa ob’ektlar nodavlat sug’urta tashkilotlarini qiziqtirishi mumkin.
Sug’urta ob’ektlaridagi cheklashlar ikki omil bilan asoslanadi:

  • tegishli ob’ektlar sug’urta bahosining noaniqligi;

  • mulkning (misol uchun, pullar, qimmatli qog’ozlar va b.) haqiqatda nobud bo’lganligini, ba’zida esa zarar miqdorini haqqoniy aniqlash imkoniyati yo’qligi.





  1. Download 376.81 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling