Toshkent davlat agrar universiteti agrologistika va biznes fakulteti
Asosiy vositalar hisobini tekshirish bo‘yicha ichki nazorat tizimining ahvolini aniqlash testi
Download 361.61 Kb.
|
«Asosiy vositalar auditi» мавзусидаги kursish I bajardi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Test savolining mazmuni Javoblar Ha
Asosiy vositalar hisobini tekshirish bo‘yicha ichki nazorat tizimining ahvolini aniqlash testi.
Ushbu keltirilgan testdan shunday xulosa qilish mumkinki, tekshiruv o‘tkaziladigan korxonada hisobot davrida inventarizatsiya o‘tkazilmagan, hisob siyosatida ayrim obyektlarni inventarizatsiya qilish tartibi va muddatlari belgilanmagan. Natijada, tekshiruv chog‘ida asosiy vositalar obyektlarini tanlab inventarizatsiya qilish zarur. Mazkur korxona bo‘linmalarida asosiy vositalar hisobiga doir muomalalar ustidan ichki nazoratning yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligi oqibatida sezilarli xatolarga yo‘l qo‘yish xavfi katta. Bosh daftarda aks ettirilgan 0110-0199, 0211-0299, 0310, 0710, 0720, 0810, 0820, 0840, 0850, 0860, 0890, 0920, 4810, 4820, 4830, 6910, 6920, 7910 sintetik schyotlar qoldiqlarining mos ravishda analitik hisob registrlari va buxgalteriya balansi ma’lumotlariga muvofiqligini aniqlash zarur. Ular barcha pozitsiyalar bo‘yicha: oy boshiga qoldiq, oylik oborotlari, oy oxiriga qoldiqlar bir-biriga to‘g‘ri kelishi lozim. Agar tafovutlar aniqlansa, ularning sabablarini aniqlash va korxonaga asosiy vositalarni, montaj talab qiladigan qurilmalarni; kapital qo‘yilmalarni, tuzilgan lizing shartnomalari bo‘yicha majburiyatlarni inventarizatsiya qilish tavsiya etiladi. So‘ngra korxonaning asosiy vositalarni hisobga olish bo‘yicha qabul qilingan hisob yuritish siyosati bilan tanishish zarur. Bunda, asosan, quyidagilarga e’tibor berish lozim: korxonada asosiy vositalarga eskirish hisoblashning qaysi usulini qo‘llash qabul qilinganligi; korxonada asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlarini hisobga olishning qanday tartibi qabul qilinganligi, asosiy vositalarni ta’mirlash uchun rezervga mablag‘ ajratish mexanizmidan foydalanib, ya’ni ta’mirlash fondi (8910-schyot bo‘yicha «Ta’mirlash fondi» subschyotini qo‘llash) tashkil etish yoki tashkil etmaslik. Korxonada qabul qilingan hisob yuritish siyosati auditor xulosasida aks ettirilishi lozim. Yuqorida bayon qilinganlar asosida asosiy vositalarni auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish ketma-ketligining umumiy chizmasini quyidagicha tasvirlash mumkin. Download 361.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling