Toshkent davlat agrar universiteti agrologistika va biznes fakulteti buxgalteriya hisobi, tahlil va audit kafedrasi
"GOLD PREMIUM PRODUCT" MCHJning asosiy faoliyatidan olingan
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
"GOLD PREMIUM PRODUCT" MCHJning asosiy faoliyatidan olingan
daromadlari hisobini milliy va xalqaro standartlarda hisobga olish. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy jihatdan barqaror bo‘lishi ularning faoliyati davomida olgan daromadining to‘g‘ri shakillantirilishi bilan bog‘liq. Eng oddiy ko‘rinishda daromad ma'lum davrda sotilgan mahsulot (ish va xizmatlar) qiymatiga tengdir. Daromad xo‘jalik yurituvchi subyekt mablag‘lari va ularning manbalarini ko‘paytiradi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda daromad miqdorining ko‘payishi uning aktivlari xususiy kapitali, yalpi va sof foydasi miqdorlarining o‘sishi bilan bir vaqitda xo‘jalik yurituvchi subyekt majburiyati kamayishining asosiy manbaidir. Iqtisodiy katigoriya sifatida esa u ishlab chiqarish va muomala sohalarining o‘zaro munosabatlarini ifodalaydi. "GOLD PREMIUM PRODUCT" 28 MCHJda xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy faoliyati daromadlari to‘g‘risidagi malumotlarni buxgalteriya hisobini 9000 "Asosiy faoliyat daromadlarini hisobga olish" schyotida olib boriladi. "GOLD PREMIUM PRODUCT" MCHJ maxsulotlar (ish va xizmat)larni sotishdan olingan daromadini hisobga olishda quydagi schyotlardan foydalanadi: 9010- Tayyor mahsulotlarni sotishdan olingan daromadlar"; 9020-" Tovarlarni sotishdan olingan daromadlar"; 9030-" Ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatishdan daromadlar"; . 9040- Sotilgan tovarlarning qaytishi"; 9050-" Xaridorlar va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar". Bu schyotlar bilan bog‘liq tushumlar barchasi subyekt daromadi sifatida tan olinadi va hisobot oxirida 9910 "Yakuniy moliyaviy natijalar" schyoti bilan yopiladi. Sotishdan daromad mahsulot yuklab junatilgandan kiyin hisob-kitob xujjatlari amalga oshirilgan vaqtdan boshlab daromad sifatida tan olinadi. "GOLD PREMIUM PRODUCT" MCHJ kolbas va kolbasa mahsulotlari turli asartimentdagi kolbasa mahsulotlar, dudlangan go‘sht, yarim tayyor go‘sht mahsulotlari, sasiska va sardelka mahsulotlari, sir mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularni realezaatsiya qilish yani sotish bilan shug‘ullanuvchi jamiyat bo‘lib ushbu jamiyat mahsulotlari mamlakatimizning qariyb barcha hududlar bozorlarida o‘z talabiga ega bo‘lgan mahsulotlar hisoblanadi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda ushbu Jamiyat hisob siyosatining daromadlarini hisobga oluvchi operatsion faoliyat bo‘yicha daromadlari uchun 9010- Tayyor mahsulotlarni sotishdan olingan daromad" schyotiga qo‘shimcha ravishda quydagi schyotlarni kiritish maqsadga muvofiq bo‘lar edi: 9011-"Tayyor kolbasa mahsulotlarini sotishdan olingan daromad"; 9012-"Tayyor sir mahsulotlarni sotishdan olingan daromad"; 9013-"Tayyor dudlangan go‘sht mahsulotlarini sotishdan olingan daromad"; 9014-"Yarim tayyor go‘sht mahsulotlarini sotishdan olingan daromad". Operatsion faoliyat daromadi "GOLD PREMIUM PRODUCT" MCHJning daromadi jamiyatning yalpi foydasining yuqori salmoqli qismini tashkil qilishi uning 29 muhim ko‘rsatkichi sifatida xo‘jalik yurituvchi subyektning kelgusi rivojlanish istiqbollarini belgilab beradi. Daromadning buxgalteriya hisobida tan olishning umumiy shartlari uni xo‘jalik yurituvchi subyektga kelgusida iqtisodiy manbaning kelib tushish imkoniyati vujudga kelganda va shu manbaning kelib tushishi imkoniyati vujudga kelganida va shu manbaning miqdorini aniq va ishonchli o‘lchash mumkin bo‘lganda tan olishdir. GOLD PREMIUM PRODUCT" MCHJda No2 BHMSga muvofiq, daromadni tan olish uchun quydagi mezonlar bajarilishi lozim: Xo‘jalik yurituvchi subyektning mahsulotga egalik qilishi bilan bog‘liq manfaati va tavakkalchilikning asosiy qismi xaridorga o‘tkazib berilishi; • Xo‘jalik yurituvchi subyekt ushbu maxsulotni odatdagidek o‘z mulki darajasida boshqarish va nazorat qilishda qatnashmasligi; Tushum miqdorini aniq belgilash mumkin bo‘lishi; Sarflangan va kutilayotgan xarajatlar miqdorini aniq belgilash mumkin bo‘lishi lozim. Ushbu mezonlarning hisob tizimidagi axamiyati shundan iboratki, agar ulardan biri bajarilmasa, daromadni tan olish toki ushbu mezonlar to‘liq bajarilgunga qadar cho‘ziladi. Shundan so‘ng daromad xaridorlarga yitkazib berilgan maxsulot evaziga kelib tushgan pul mablag‘lari qiymatida o‘lchanadi. Daromad sotilgan mahsulot uchun haqiqiy qiymatga ega bo‘lgan aktivlar kelib tushganda hisobga olinadi. Tushumni tan olishda ushbu mablag‘larni iqtisodiy manba sifatida hisobda aniq aks ettirish zarur. Daromadni hisobda aks ettirish zaruriy burchi shartlar bajarilganda, ya'ni malum xo‘jalik jarayonlaridan ko‘rilgan manfaatni tushum deb hisoblashga asos vujudga kelganda amalga oshiriladi. Bunda, bajarilgan shartlarning tarkibi muhim ahamiyatga ega, ya'ni agar tushum: Maxsulot sotishdan ko‘rilgan bo‘lsa asosiy shart mahsulotga egalik huquqi va u bilan bog‘liq barcha tavakkalchilik va manfaatning xaridorga o‘tishi; Xizmat ko‘rsatishdan ko‘rlgan bo‘lsa, xaridor tomonidan ushbu xizmat natijasidan foydalanish imkoniyati yaratilganligi; Biror aktivdan foydalanish huquqini berishdan ko‘rilgan bo‘lsa asosiy shart bo‘lib ushbu aktivdan foydalanish imkoniyati vujudga kelganligi hisoblanadi. 30 XULOSA Iqtisodiyotni moderinzatsiyalash sharoitida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning asosiy mezoni mulklardan samarali foydalanish tufayli olinadigan daromad bilan belgilanadi. Xo‘jalik yuritishning xozirgi tizimi sharoitida foyda ko‘rsatkichi xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy va aylanma mablag‘laridan samarali foydalanishni talab hamda ehtiyojga qarab ishlab chiqarishni muvofiqlashtirishi, ya‘ni ishlab chiqarilayotgan mahsulot foydalanuvchi talabiga javob bera oladigan bo‘lishi, jaxon andozalari talabi doirasida ishlab chiqilishi, jahon bozorida o‘z o‘rniga ega bo‘lishi, ishlab chiqarish xaridor uchun xizmat qilishi lozim. Demak, asosiy xo‘jalik faoliyatidan olinadigan daromadlar – xo‘jalik yurituvchi subyektning odatdagi faoliyati davomida vujudga keladigan davr ichida mulk egalarining o‘z sarmoyalariga badali bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘payishlarni istisno etganda, o‘z sarmoyasi ko‘payishiga olib keladigan tushumlardir. Xo‘jalik hisobini muhim tamoyili xo‘jalik yurituvchi subyektning to‘la mustaqillikka erishuvi va xarajatlarini o‘z mablag‘lari hisobidan to‘liq qoplashidir. Demak bu , xo‘jalik yurituvchi subyektlar mahsulot sotishdan olgan mablag‘idano‘zining hamma xarajatlarini qoplaydi va undan tashqari daromadga ham ega bo‘ladi. Yuqoridagi omillarni bartaraf etilishi natijasida xo‘jalik yurituvchi subyektda sof foyda miqdorini ya‘ni daromadning ko‘payishiga olib keladi. Oziq ovqat sanoati mustaqillik yillarida mamlakatimiz iqtisodiyotini yitakchi tarmoqlaridan biriga aylandi. Iqtisodiyotimizning real sektorini moderinzatsiya qilish, texnik texnologik qayta jixozlash hamda ishlab chiqarishni dversifikatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar natijasida ―GOLD PREMIUM PRODUCT MCHJning daromad manbalarining yildan – yilga salmog‘ining oshishiga olib kelmoqda. Respublikamizda faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar operatsion faoliyat daromadlari buxgalteriya hisobini amalga oshirishda xalqaro buxgalteriya hisobini standartlaridan samarali foydalangan holda amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Mamlakatimizda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlar tizimiga o‘tilishi yangi tizimning amaliyotga tadbiq qilinishi operatsion faoliyatdan 31 olinadigan daromadlarni hisobga olishda yangicha yondashuvni keltirib chiqaradi, bu esa o‘z navbatida mazkur yunalishni yanada chuqur tadqiq etishni talab qiladi. Yuqoridagi tahlil natijasida №2 BHMSga asosanhisob tizimini yuritilishini va №18 BHXS tahlili ko‘rib chiqildi. Mazkurstandartlarning farqli jihatlari shundaki, xalqaro hisob standartlarida schyotlar tizimida raqamlar ishlatilmagan holda faqatgina standart nomlaridan foydalaniladi. Xalqaro standartlarda xo‘jalik yurituvchi subyektlarda operatsion faoliyatdaromadlari hisobi mahsulot qachonki buyurtmachiga borib yitgandagina daromad sifatida tan olinadi. Shuni takidlab o‘tish joizki, bugungi kunda respublikamizdaMHXS ning xo‘jalik yurituvchi subyektlarda joriy qilingan operatsion faoliyat daromadlarining oshishiga, xorijiy investorlarni jalb qilish yo‘nalishlarini takomillashishiga, qulay ishbilarmonlik muhitining yuzaga kelishiga olib keladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling