Toshkent davlat agrar universiteti agrologistika va biznes fakulteti buxgalteriya hisobi, tahlil va audit kafedrasi
Xizmat ko‘rsatish va davr xarajatlari hisobi
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davr xarajatlari hisobi.
Xizmat ko‘rsatish va davr xarajatlari hisobi
Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklarda ishlab chiqarilgan mahsulot, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlar bilan bog‘liq xarajatlar to‘g‘risidagi umumlashtirish 2710 "Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar" schyotida amalgaoshiriladi. Korxonaning xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklari sifatida korxonaning maqsadibo‘lgan faoliyati mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlab chiqarish va xo‘jaliklar tushuniladi. Jumladan, ushbu schyotda korxonaning balansida bo‘lgan sog‘liqni saqlash ob’ektlari, bolalar bog‘chalari, uy-joy kommunal xo‘jaligi ob’ektlari, sport vamadaniyat, tikuvchilik va boshqa maishiy xizmat ko‘rsatish ustaxonalari, oshxona va bufetlar, ilmiy-tadqiqot va konstruktorlikka oid ajratilgan bo‘linmalarni saqlash xarajatlari aks ettiriladi. 17 18 Davr xarajatlari hisobi. Davr xarajatlari tarkibiga korxona ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan xarajatlar kiradi. Bular jumlasiga boshqaruv, tijorat bilan bog‘liq xarajatlar, shuningdek umumxo‘jalik xarajatlari, jumladan ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari bo‘yicha xarajatlar ham kiradi. Bu xarajatlar korxona asosiy faoliyati va mahsulot sotish bilan bog‘liqb bo‘lmaganligi, lekin ma’lum bir jarayonlarni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun ular operatsion xarajatlar, umumiy va ma’muriy xarajatlar deyiladi. Ular mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmiga bog‘liq bo‘lmagani, vaaksincha, vaqt bilan, xo‘jalik faoliyatining davomiyligi bilan bog‘liq bo‘lgani sababli ular davr xarajatlari deb yuritiladi. Mahsulot sotish, ma’muriy xarajatlar, xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar xarajatlari, boshqa operatsion xarajatlar davr xarajatlari tarkibiga kiritiladi. Hisobvaraqlar rejasiga binoan davr xarajatlari quyidagi hisobvaraqlarda aks ettiriladi: 9410-«Sotish xarajatlari» 9420-«Ma’muriy xarajatlar» 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» Nizomga binoan sotish xarajatlari tarkibiga quyidagilar kiritiladi: temir yo‘l, suv, avtomobil, ot-ulovda tashish xarajatlari hamda transport vositalari bekor turib qolganligi uchun to‘langan jarimalar; savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining xarajatlari; mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni sotish bilan bog‘liq mehnatga haq to‘lash xarajatlari (ma’muriy-boshqaruv xodimlaridan tashqari); ularning ijtimoiy sug‘urta ajratmalari; savdo ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar, inshootlar va xonalarni ijaraga olish, saqlash va tuzatish xarajatlari; asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi; 19 sanitariya kiyim-boshi, oshxona dasturxon va sochiqlari, oshxona idishtovog‘i va anjomlarining eskirishi; savdo reklamasi xarajatlari; bank xizmatlariga to‘lovlar va boshqalar. Yuqorida keltirilgan xarajatlar 9410-«Sotish bo‘yicha xarajatlar» hisobvarag‘ida hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraq tranzit hisobvaraq bo‘lib, qaysi davr bo‘lmasinuning oy boshida qoldiq summasi bo‘lmaydi. Hisobvaraqni debet tomonida tovarlarni sotish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar ko‘rsatilsa, kredit tomonida ushbu xarajatlarni hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi. Bu summa foydaning kamayishiga olib keladi, ya’ni foyda hisobidan qoplanadi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling