Toshkent davlat agrar universiteti “Axborot tizimlari va texnologiyalari” kafedrasi mudiri, dotsent K. Sh. Ruzmetov va katta o’qituvchisi O. A. Safarovlar tomonidan yozilgan “Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika” fanidan darsligiga


Download 13.42 Kb.
Sana04.01.2023
Hajmi13.42 Kb.
#1077723
Bog'liq
тақриз Т.Тургунов


Toshkent davlat agrar universiteti “Axborot tizimlari va texnologiyalari”
kafedrasi mudiri, dotsent K.Sh.Ruzmetov va katta o’qituvchisi O.A.Safarovlar tomonidan yozilgan “Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika” fanidan darsligiga
TAQRIZ
Respublikamizdagi qishloq va suv xo’jaligi sohasi bo’yicha mutaxasisslar
tayyorlaydigan Oliy o’quv yurtlari ushbu xo’jaliklarining turli sohalarioga yuqori malakali yetuk mutahassislar tayyorlab bermoqda. Malakali mutaxassislar tayyorlash vazifasini amalga oshirishda aniq fanlamning, jumladan Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika fanining o’rni beqiyosdir.
Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika fani oliy o’quv yurtlarida dastlabki paytda o’qitiladigan asosiy fanlardan biri hisoblanadi va tegishli dasturga qarab u yoki bu hajmda o’qitiladi. Bunda shu soha bo’yicha darsliklar va o’quv qo’llanmalar muxim rol o’ynaydi. Shuni aytish kerakki, Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika bo’yicha turli darajada va yetarli yo’nalishlarga mo’ljallangan qator darslik va o’quv qo’llanmalar mavjud. Jamiyatda barcha sohalaming, jumladan ta’lim sohasining shiddat bilan rivojlanayotganligi ularga mos keladigan darsliklaming yozilishini taqozo etmoqda. Shuning uchun davlat ta’lim standartlari bo’yicha tuzilgan dasturlar
asosida yoziladigan o’quv materiallarining yaratish lozim bo’lib qoladi.
“Axborot tizimlari va texnologiyalari” kafedrasi mudiri, dotsent K.Sh. Ruzmetov va katta o’qituvchisi O.A.Safarovlar tomonidan tayyorlangan ushbu darslik yuqorida aytilgan talabalarga ma’lum ma’noda javob beradi deb aytish mumkin.
Darslikda Ehtimollar nazariyasi va matematik statistikaning asosiy tushunchalari va tasdiqlari mumkin qadar sodda, ayni paytda matematik qat’iyatchilik va izchillik bilan bay’on etilgan. Mavzular bir-biri bilan bog’langan holda, mavzuga tegishli misollaming batafsil yechimlari bilan keltirilgan.
Darslik Qishloq xo’jalik universitetining barcha ta’lim yo’nalishlarida ta’lim olayotgan talabalari uchun mo’ljallangan bo’lib, mavzular fan dasturiga mos keladi. Darslikni chop etishga tavsiya etaman.
Toshkent davlat agrar universiteti
Axborot tizimlari va texnologiyalari
kafedrasi dotsenti T.Turg’unov
Download 13.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling