Mutaxasisslar Cho’lponning adabiy tanqidiy qarashlari jadidchilik g’oyalari ta’sirida shakllanganini yakdillik bilan ta’kidlaydilar. "Adabiyot nadur?" maqolasi ham bu fikrning to’g’riligini ifodalash uchun yetrali
Download 103.02 Kb.
|
CHO’LPONMutaxasisslar Cho’lponning adabiy tanqidiy qarashlari jadidchilik g’oyalari ta’sirida shakllanganini yakdillik bilan ta’kidlaydilar. “Adabiyot nadur?” maqolasi ham bu fikrning to’g’riligini ifodalash uchun yetrali. Cho’lpon adabiyotni “yurak kirlarini yuvadigan ma’rifat suvi” deb biladi. U adabiyot jamiyat hayotida juda katta ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi, “adabiyot yashasa, millat yashar” degan fikrni olg’a suradi. Cho’lponning fikricha, “agar bayoz va bema’ni bir ikkita kitob bilan qoladigan bo’lsak, maxv-u inqiroziy bo’lurmiz”. Cho’lpon yurtdoshlarriga “Adabiyot o’quylik. Adiblar yetishduraylik, “adabiyot kechalari” yasayluk. Ruh, his, tuyg’u, fikr, ong va o’y olayluk, bilayluk”deya xito qiladi.Cho’lponning adabiy-tanqidiy maqolalari mavzu jihatidan rang-barang. Ularning ayrimlari joriy adabiy jarayon muammolarini o’rtaga qo’yish va hal qilish, boshqa birlarimumtoz adabiyotimiz yoki xorijiy adabiyotlarning yetuk namoyondalarini elga tanitish va targ’ib qilish, tag’in birlari tarjimachilik muammolarini o’rganish maqsadlariga qaratilgan. Masalan, “500 yil” nnomli maqolasida Cho’lpon Navoiy merosiga to’g’ri munosabatni shakllantirish, unga o’ziga munosib qimmatni berish kerakligi haqida kuyunib yozadi. Cho’lpon “Ulug’ hindiy” nomli maqolasida Tagor “asarlarining ko’pini o’qub o’tganimdan keyin shu ulug’ va qimmatbaho odamni o’z elimga tanitmoqchi bo’ldim” deb yozishi uning maqsadini aniq ko’rsatib turadi. Tagordan tashqari u turk adiblari Tavfiq Fikrat va Rizo Tavfiqbek, xitoy san’atkori Mey Lan Fon, rus teatr arbobi V. Meyerxold va adibi M. Gorkiy hayoti va ijodi haqida muhabbat bilan yozadi.
Download 103.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling