Toshkent davlat agrar universiteti farmakognoziya


Umumiy yoki cho‘ktirish reaktivlari esa uch gruppaga bo‘linadi


Download 0.84 Mb.
bet2/6
Sana05.04.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1275465
1   2   3   4   5   6
Umumiy yoki cho‘ktirish reaktivlari esa uch gruppaga bo‘linadi.

  1. Kompleks yodidlar: Vagner, Marme, Bushard, Mayer reaktivlari.

  2. Kompleks kislotalar (Zonnenshteyn, Bertran, SHeybper reaktivlari va ba’zi kislota xususiyatiga ega bo‘lgan organik birikmalar (tanin, pikrin kislotasi).

  3. Og‘ir metall tuzlari (simob, oltin, platina tuzlari).



Alkaloidlarga umumiy cho‘ktirish reaktivlari va reaksiya natijalari




Reaktivlar nomi

Reaktivlar tarkibi

SHaroit

Reaksiya natijasi –
cho‘kma rangi

I


1

Vagner reaktivi


I2 + KI

kislotali

qo‘ng‘ir

2

Bushard reaktivi


I2 + KI

kislotali

qo‘ng‘ir

3

Meyera reaktivi

HgI2 + KI (K2Hg2I4)

kislotali

qo‘ng‘ir yoki sariq

4

Marme reaktivi

CdI2 + KI (K2Cd2I4)

kislotali

qo‘ng‘ir yoki sariq

5

Dragendorf reaktivi

BiI3 + KI(KBiI4)

kislotali

to‘q-sariq gisht rang-qizil

6

Zonnenshteyn reaktivi

Fosformolibden
kislotasi
H2BO4 ∙12MoO3 2H2O

kislotali

sariq yoki yashil- sariq

II


7

Sheybler reaktivi

Fosfovolfram
kislotasi
H3PO4 12WO3 2H2O

kislotali

oq

8

Bertran reaktivi

Kremnevolfram
kislotasi
SiO2 12WO3 ∙4H2O

kislotali

oq

9

10% tanin

kislotali

sarg‘ish

10

1% pikrin kislota

kislotali

sariq

III


11

5% platina xloridi

H2PtCl6

kislotali

oq

12

5% sulema

HgCl2

kislotali

oq

13

5% oltin xloridi

HAuCl4 ∙ 4H2O

kislotali

oq



Ish uchun kerakli asbob-uskuna va reaktivlar: 150-200 ml xajmli konus kolbalar, 2% sirka kislotasi, buyum oynasi, probirkalar, pipetkalar, tomizg‘ich, 10% tanin eritmasi, 1% pikrin kislotasi, Vagner reaktivi, bangidevona, katta qoncho‘p o‘tlari, kuchala urug‘i.
Ishning borish tartibi: a) Umumiy yoki cho‘ktirish reaksiyalari. Alkaloidlarga sifat reaksiyalar qilish uchun tekshirilayotgan mahsulotdan sirka kislotasini suyultirilgan eritmasi yordamida ajratma tayyorlanadi (Yurashevkiy usuli bo‘yicha). Buning uchun yirik maydalangan mahsulotni ma’lum miqdorini 150 ml hajmli kolbaga solib, ustiga 2% sirka kislotasidan solinadi va aralashma qaynaguncha qizdiriladi. Aralashma sovitilib, filtrlanadi. Soat oynachasi yoki buyum oynachasiga 1-2 tomchi filtratdan tomizilib, so‘ngra uni yoniga bir tomchi alkaloidlarga xos reaktiv tomiziladi va asta-sekin chayqatiladi. Bunda har xil rangli loyqa yoki cho‘kma hosil bo‘ladi.
Agar reaksiya natijasida qisman loyqa hosil bo‘lsa, reaksiya natijasini bitta (+) bilan, agar quyuq loyqa bo‘lsa ikkita (++) bilan, agarda cho‘kma hosil bo‘lsa uchta (+++) bilan belgilanadi.
Bu cho‘ktirish reaksiyalari alkaloid saqlovchi turli o‘simlik maxsulotlari bilan olib boriladi va jadval to‘ldiriladi.





O‘simliklar

Cho‘kish darajasi

qisman loyqa, +

quyuq loyqa, ++

cho‘kma, +++

1.

Bangidevona










2.

Katta qoncho‘p










3.

Kuchala












Olingan natijalar bo‘yicha xulosa yoziladi.


b) Alkaloidlar uchun maxsus reaksiyalar. Mahsulotda qanday alkaloid borligi har bir alkaloidga xos rangli reaksiyalar, ya’ni maxsus reaksiyalar bilan aniqlanadi. Bu reaksiyalar natijasida alkaloid molekulasidan suv molekulasi ajralishi, alkaloid oksidlanishi yoki suv tortib oluvchi reaktivlar, aldegidlar bilan kondensatsiyaga kirishi mumkin. Natijada har bir alkaloidga xos turli rangdagi mahsulotlar hosil bo‘ladi.
Alkaloidlarni aniqlashdagi rangli reaksiyalarda konsentrlagan sulfat, nitrat, xlorid va boshqa kislotalar, formalin, turli oksidlovchilar (K2Cr2O7, KCIO4, H2O2), ishqorlar va ularning aralashmalari hamda boshqa birikmalar reaktiv sifatida ishlatiladi.
Maxsus reaksiyaga misol sifatida quyida kuchala urug‘i tarkibidagi strixnin va brutsinlarga reaksiyani ko‘rsatish mumkin.


Kuchala urug‘i
(MAXSULOT NIHOYATDA ZAXARLI!)
O‘simliknnng nomi. Kuchala – (chilibuxa) – Strychnos nux Vomica.
Oilasi. Loganiyadoshlar – Loganiaceae.
Kuchala bo‘yi 15 m etadigan daraxt. Bargi oddiy, tuxumsimon, qalin, yaltirok, tuksiz bo‘lib, poyada bandi bilan qarama qarshi o‘rnashgan. Gullari ko‘rimsiz, yarim soyabonga to‘plangan. Gulkosachasi 5 tishli (ba’zan 4 tishli), gultojisi yashil-oqish. Besh bo‘lakli (ba’zan 4 bo‘lakli), otaligi 5 ta (ba’zan 4 ta), onalik tuguni ikki xonali, yuqoriga joylashgan.
Mevasi – sharsimon, kizil-sariq rangli (shakli va rangli apelsinni eslatadi), 2-8 urug‘li xo‘l meva.
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi. Tayyor maxsulot yassi, yumaloq (tugmachaga o‘xshash), sarg‘ish-kulrang, bir tomoni botiq ikkinchi tomoni do‘ng eki tekis urug‘dan iborat.
Urug‘ diametri 1,5 sm, qalinligi 3-6 mm bo‘lib, ustida markazdan chetga qarab (radiusi bo‘ylab) yo‘nalgan juda ko‘p yopishgan tuklar bor, shu sababli ipaksimon yaltiroq. Urug‘ning dung tomoni markazida kindigi bo‘lib, u kichkina burtma shaklida ko‘rinadi. Kuchala juda ham qattiq bo‘lib, suvda yarim soat kaynatilgandan so‘ng yumshaydi. Keyin uni penset yordamida o‘rtasidan bo‘lish mumkin. Urug‘ po‘sti ostida shoxsimon, qattiq oqish kulrang endosperma hamda uzunligi 7 mm ga etadigan embrion joylashgan. Urug‘ palpasi ustma- ust o‘rnashgan. Mahsulot xidsiz, achchiq mazasi bor.
Kimyoviy tarkibi. Kuchala urug‘i 2-3% alkaloidlar yig‘indisidan iborat bo‘lib, u strixnin va brutsinning teng qismlarini tashkil qiladi.

strixnin
Ishlatilishi. Kuchala nastoykasi va strixnin nitrat markaziy nerv sistemasini ko‘zg‘atish uchun ishlatiladn. Strixnin ichak yarasida, moddalar almashinuvini yaxshilashda, ishtaxa ochishda qo‘llanilada. Strixnin nitrat poroshok va ampulada chiqariladi.
Strixninga reaksiya. Kuchala urug‘idan spirt yordamida olingan ajratmani chinni idishchaga 1-2 ml solib, quruq qoldiq qolguncha parlatiladi va qoldiqqa 1-2 tomchi konsentrlangan sulfat kislotasi tomiziladi va ustiga bixromat kaliyni (K2Cr2O7) kristalli bilan chiziladi. Natijada qizil-binafsha rangli yo‘l hosil bo‘ladi.
Brutsinga reaksiya. CHilibuxa urug‘idan spirt yordamida olingan ajratmadan chinni idishchaga 1-2 ml solib, quruq qoldiq qolguncha parlatiladi va qoldiqqa 1-2 tomchi konsentrlangan azot kislotasi tomiziladi. Natijada olov-qizil rang hosil bo‘ladi.
Olingan natijalar bo‘yicha xulosa yoziladi.


7.2. Oddiy bangidevona va Meksika bangidevonasi dorivor xom ashyolarini mikroskopik tekshirish. Katta qoncho‘p dorivor xom ashyosini makroskopik va mikroskopik tekshirish (ilovaga qarang).

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling