Toshkent davlat agrar universiteti farmakognoziya


Download 0.84 Mb.
bet6/6
Sana05.04.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1275465
1   2   3   4   5   6
Kimyoviy tarkibi. Alkaloidlar 2% gacha bo‘ladi. Alkaloidlari protopin va xelidonin unumlariga bo‘linadi. Qoncho‘p o‘simligining yer ustki qismida alkaloidlardan tashqari saloninlar, flavanoidlar, askorbin kislotasi, vitamin A va organik kislotalar, mevasida moyi 40% gacha bo‘ladi.

xelidonin protopin
Ishlatilishi. Qoncho‘pning mahsulotidan tayyorlangan damlama jigar va o‘t pufagi kasalligida, pasta dorisi esa teri silini davolashda ko‘llaniladi. Xo‘l o‘simlikdan olingan shira xalq meditsinasida so‘gal va qadoqni yo‘q qilishda ishlatiladi.
Xelidonin alkaloidini og‘riq qoldiruvchi xususiyati ko‘knori tarkibidagi morfin alkaloididan 10 barobar kuchsizdir.
Dorivor preparatlari. Damlama – Infusum, pasta, xo‘l o‘simlik shirasi. Mahsulot o‘t haydovchi choylar-yig‘malar tarkibiga kiradi.


Mavjud vaziyat (topshiriqli keys)
Topshiriq. «Tarkibida tropan unumiga kiruvchi va tarkibida izoxinilin unumiga kiruvchi alkaloidlar bo‘lgan dorivor o‘simliklarni ajratib bering ».
Ko‘rsatma : Tarkibida tropan unumiga kiruvchi va tarkibida izoxinilin unumiga kiruvchi alkaloidli dorivor o‘simlik turlari yozib qo‘yiladi.
1. SHo‘rak (CHerkez) mevalari
2. Qoraqovuq bargi
3. Meksika bangidevonasi bargi va urug‘i
4. Zirk bargi va ildizi
5. Bangidevona bargi
6. Mingdevona bargi
7. Beladonna bargi, yer ustki qismi va ildizi
Talabalar bir nechta guruhlarga bo‘linadi.Rasmda tarkibida tropan unumiga kiruvsi va tarkibida izoxinilin unumiga kiruvchi alkaloidli dorivor o‘simliklar to‘plami beriladi ikki minutda ularni ajratib berish talab etiladi va baholanadi.
Baholosh tartibi : Eng ko‘p va to‘g‘ri topilgan tropan unumiga kiruvsi va tarkibida izoxinilin unumiga kiruvchi alkaloidli dorivor o‘simliklar soni hisobga olinadi.


Nazorat savollari:
1.Alkaloidlar nima?
2.Alkaloidlarni o‘simlik dunyosida tarqalishini ayting.
3.Alkaloidlar o‘simlik tarkibida necha xil ko‘rinishda uchraydi?
4.Alkaloidlarni tasniflab bering.
5.Alkaloidlarni umumiy va maxsus reaksiyalari nima va ularga qanday reaktivlar ishlatiladi?
6.Oddiy bangidevona o‘simligi tarkibiga qaysi guruh alkaloidlari uchraydi?
7.Meksika bangidevonasi va oddiy bangidevona o‘simliklari qaysi morfologik xususiyatlari bilan o‘zaro farqlanadi?
8.Meksika bangidevonasi va oddiy bangidevona o‘simliklari qanday kimyoviy jihatdan (alkaloid) o‘zaro farqlanadi?
9.Katta qoncho‘p tarkibidagi alkaloidlar qaysi guruhga mansub?
10.Meksika bangidevonasi, oddiy bangidevona, katta qoncho‘p o‘simliklari qanday kasalliklarda ishlatiladi?



Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling