Toshkent davlat agrar universiteti
rektori v.v.b. J.Xodjayevga
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash fakulteti dekani A.Safarovdan
Kafolat xati
Sizga shuni ma’lum qilamanki, bugungi kunda Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash fakulteti dekanatida to‘liq ish xajmidan iborat ish yurutuvchi lavozimiga 2-kurs magistr J.Davlatov (0,5) va 2-kurs talabasi D.Mo‘ydinov (0,5), kafedra lobaranti M.Anarbayevlar (0,5) o‘rindoshlik asosida faoliyat yuritib kelmoqda.
Dekanatda ish hajmi ko‘pligi va berilgan topshiriqlar ijrosini o‘z vaqtida sifatli bajarish maqsadida talabalar ta’til davomida yuqorida nomi keltirilgan talabalarni doimiy o‘z ish joylarida bo‘lishlari va texnika xavfsizligi qoidalariga to‘liq rioya qilishlari, ish jarayonida xech qanday ko‘ngilsiz holatlar ro‘y bermasligiga kafolat beraman.
Fakultet dekani A.Safarov
Toshkent davlat agrar universiteti
Birinchi prorektori S.Islamovga
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash fakulteti dekani A.Safarovdan
Bildirishnoma
Sizga shuni ma’lum qilamanki, 2021/2022-o‘quv yilida fakultetda jami 331 nafar talaba shartnoma asosida taxsil olmoqda, 4-iyul sanasiga qadar fakultet bo‘yicha jami shartnoma asosida taxsil olayotgan talabalar to‘liq shartnoma shartlarini bajardi, fakultetda o‘quv yili so‘ngida shartnoma to‘lovi bo‘yicha qarzdorlik to‘liq amalga oshirildi.
Fakultet dekani A.Safarov
Toshkent davlat agrar universiteti
rektori v.v.b. J.Xodjayevga
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash fakulteti
4 bosqich talabasi M.Anarbayevdan
Kafolat xati
Men Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash kafedrasida 0,5 ish hajmida o‘rindoshlik asosida lobarant lavozimida ishlab kelmoqdaman. Ish faoliyatim davomida tartib qoidalarga va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilgan holda doimiy ravishda o‘z ish joyimda bo‘laman
Ish jarayonida xech qanday ko‘ngilsiz holatlar ro‘y bermasligiga kafolat beraman.
04.07.2022 M.Anarbayev
Do'stlaringiz bilan baham: |