Excel foydalanuvchiga ekraning oʻzida jadvalning koʻrinishini, shriftlar, belgilar va katak tashqi koʻrinishini oʻzgartirish imkonini bergan ilk jadval muharriridir. Yana u kataklarning aqlli hisobini chiqarib beradigan dastur edi. - Excel foydalanuvchiga ekraning oʻzida jadvalning koʻrinishini, shriftlar, belgilar va katak tashqi koʻrinishini oʻzgartirish imkonini bergan ilk jadval muharriridir. Yana u kataklarning aqlli hisobini chiqarib beradigan dastur edi.
- 1993-yilda ilk marotaba Microsoft Officeʼga birlashtirilish munosabati bilan Microsoft Word va Microsoft PowerPoint Excelʼga monand grafik interfeysga ega boʻlishdi.
- 1993-yildan boshlab Excel tarkibiga Visula Basic'ga asoslangan Excel masalalarini avtomatlashtirish imkonini beruvchi dasturlar uchun Visual Basic dasturlash tili kiritiladi. VBA foydalanuvchi bilan aloqa qilish formalarini yaratishga imkon beradi. Bu til DLL (ing. Dynamic Link Library-dinamik kutubxona)ni qoʻllashi (yaratishi emas) mumkin
- MS EXCEL UCHUN AMAL QILADIGAN VERSIYALAR
- 1988-yil — Excel 2.0
- 1990-yil — Excel 3.0
- 1992-yil — Excel 4.0
- 1993-yil — Excel 5.0 (Office 4.2 va 4.3, faqat Windows NT uchun 32 bitli versiyasi ham bor)
- 1995-yil — Excel 7 Windows 95 uchun (Microsoft Office 95 paketiga qoʻshilgan)
- 1997-yil — Excel 97 (Microsoft Office 97 paketiga qoʻshilgan)
- 1999-yil — Excel 2000 (9) — Microsoft Office 2000
- 2001-yil — Excel 2002 (10) — Microsoft Office XP
- 2003-yil — Excel 2003 (11) — Microsoft Office 2003
- 2007-yil — Excel 2007 (12) — Microsoft Office 2007
- 2010-yil — Excel 2010 (14) — Microsoft Office 2010
- 2013-yil — Excel 2013 (15) — Microsoft Office 2013
- 2015-yil — Excel 2016 (16) — Microsoft Office 2016
- Izoh: 1.0 versiyasi Apple mahsulotlari bilan chalkashlikdan yiroqda boʻlish uchun ishlatilmagan.
- Izoh: Excel 6.0 mavjud emas, negaki Windows 95 versiyasi Word 7 bilan yetkazilgan.
- Izoh: 13.0 versiyasi triskaidekafobiya (13 sonidan qoʻrqish kasalligi) tufayli qoldirilib ketilgan. Excel 2010 oʻzining ichki 14.0 versiyasiga ega.
Excel 2007 yangi formatlari
| | |
Format
|
Kengaytmasi
|
Eslatma
|
Excel ish kitobi
|
.xlsx
|
Excel 2007ning standart ish kitobi formati. Makroslardan holi. XML-hujjatlarning siqilgan ZIP-arxividir.
|
Makrosli Excel ish kitobi
|
.xlsm
|
Makroslarni qoʻllay olishi bilan farqlanadi
|
Ikkilik Excel ish kitobi
|
.xlsb
|
Makroslarni qoʻllay oluvchi va maʼlumotlarni ikkilik formatda saqlovchi Excel ish kitobi. Hujjatlarni XMLga nisbatan tez ochadi.
|
Makrosli Excel andazasi
|
.xltm
|
Ishchi kitoblar uchun andaza sifatida yaratilgan va makroslarni qoʻllay oladi. Eski. xlt formatini oʻrniga.
|
Ustqurma Excel
|
.xlam
|
Excelga qoʻshimcha funksional imkoniyatlar va vositalar qoʻshish uchun moʻljallangan.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |