Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali Kompleks o‘g‘itlar


Suyuq va suspenziyalangan kompleks o’g’itlar


Download 0.93 Mb.
bet7/14
Sana09.01.2022
Hajmi0.93 Mb.
#260239
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
Kompleks o'g'itlar

Suyuq va suspenziyalangan kompleks o’g’itlar

  • Suyuq va suspenziyalangan kompleks o’g’itlar
  • Suyuk kompleks o’g’itlar (SKO’) deb tarkibida barcha makro va mikroelsmentlarii tutgan suyuq aralashlarga aytiladi. Qattiq va suyuq, kompleks o’g’itlar samaradorligi birdek bo’lishi aniqlangan. SKO’lar - istiqbolli o’g’itlardan hisoblanadi. Ular fosfat kislotani ammiak bilan neytrallash (pH=6,5) asosida olinadi. Tarkibidagi azot miqdorini oshirish uchun suyuk o’g’itlarga ammiakli selitra, mochevina yoki ularning aralashmalari qo’shiladi. Ortofosfat kislota asosida olingan o’g’itlar (24-30% ozis elementi bor) tiniq, eritma holida, superfosfor kislota asosida olingan o’g’itlar esa (40 % dan ortiq oziq, elementlari tutadi) loyqaroq eritma holida bo’ladi. Bu turdagi o’g’itlar o’z tarkibida erkin ammiak tutmaydi. Shu sababdan ularni tuproqqa purkab, izidan ishlov berish texnikasini tushirish mumkin. Suv bilan oqizib ishlatilganda ham yaxshi samara beradi. Suyuk kopleks o’g’itlarni yuklash, tashish, tuproqqa solishni to’la mexanizasiyalash va shu yo’l bilan isrofgarchilikning oldini olish mumkin. Tavsiflanayotgan o’g’itlarni ishlatishdan katta iqtisodiy samara olish mumkin. Bu birinchidan ishlab chiqarish sexlari qurishga 20-30% kam mablag’ sarflanishi va ikkinchidan, mexnat sarfining 3-3,5 marta kamligi bilan borlikdir. Muayyan haroratlarda kristallanishi, korroziyaga chidamli idishlarda sakdashni talab qilishi va yuqori nishablikka ega maydonlarga kiritilganda fosforning bir qismini yuvilib ketishi SKO’larga xos salbiy xususiyatdir.

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling