Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali


Aylanma mablag`lar va ulardan foydalanish


Download 205 Kb.
bet4/4
Sana08.01.2022
Hajmi205 Kb.
#245898
1   2   3   4
Bog'liq
1-mavzu

Aylanma mablag`lar va ulardan foydalanish
Ishlab chiqarish jarayoni samarali olib borilishida asosiy fondlar bilan bir qatorda aylanma mablag`larning ahamiyati cheksizdir. Ular ishlab chiqarish jarayonining albatta bo`lishi lozim bo`lgan shartlaridan biridir. Aylanma fondlar bir ishlab chiqarish siklida ishtirok etadi. O`zining qiymatini tayyor mahsulotga to`liqligicha bir ishlab chiqarish jarayonida o`tkazadi. Ular ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etib, o`z fizik ko`rinishini qisman, aksariyat holda esa butunlay o`zgartiradi. Ana shunday talablarga javob bergan fondlar aylanma fondlar deb yuritiladi. Aylanma fondlar, xo`jalikning hisob raqamlarida mavjud bo`lgan pullari, sotilgan, lekin hali puli kelib tushmagan mahsulot uchun mablag`larini qo`shib hisoblaganda, aylanma mablag`lartushunchasi kelib chiqadi. Aylanma mablag`lar – ishlab chiqarishni tashkil etish va mahsulotni sotish maqsadida zarur aylanma fondlarni va muomila fondini tashkil etish uchun avanslashtirilgan pul mablag`lari yig`indisidir. Biror bir ishlab chiqarish aylanma mablag`larsiz yuz berishi mumkin emas. Ularning turkimini quyidagi chizma orqali ko`rish mumkin. (3-chizma)

3 – chizma. Aylanma mablag`larning tarkibi.
Aylanma mablag`lardan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi quyidagicha aniqlanadi:

1). Aylanma mablag`larning aylanish koeffitsiyenti:



Bunda: R – ishlab chiqarilgan mahsulotni sotishdan va ko`rsatilgan hizmat evaziga olingan pul tushumi, so`m;

M – asosiy podaga o`tkazilgan yosh chorva mollarining qiymati, so`m;

S – asosiy podani sotishdan tushgan pul tushumi, so`m;

O – aylanma mablag`larning o`rtacha yillik qoldig`i, so`m.


2) Aylanma mablag`larning o`rtacha bir aylanish muddati yilning 360 kunini aylanma mablag`larning aylanish koeffitsiyentiga bo`lish orqali hisoblanadi.

3) 1 so`mlik pul tushumiga to`g`ri keladigan aylanma mablag`larning o`rtacha yillik qoldig`i.

4) 1 so`mlik aylanma mablag`larning o`rtacha yillik qoldig`iga to`g`ri keladigan sotilgan mahsulot hajmi.

Aylanma mablag`lar manbasiga ko`ra, o`z mablag`lari va chetdan jalb etilgan mablag`larga bo`linadi.


Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. O`zbekiston Respublikasining «Fermer xo`jaligi to`g`risida»gi qonuni. - T.: «Adolat», 1998. - 19b.

  2. O`zbekiston Respublikasining «Dehqon xo`jaligi to`g`risida»gi qonuni. - T.: «Adolat», 1998. - 16b.

  3. O`zbekiston Respublikasining «Davlat Yer fondining kadastri to`g`risida»gi qonuni. - T.: «Adolat», 1998. - 13b.

  4. O`zbekiston qishloq xo`jaligida islohotlarni chuqurlashtirishga oid qonun, hukumat qarorlari va me`yoriy hujjatlar to`plami. _ T.: «O`zbekistonqituvchi», 1998. - 231 b.

  5. “Bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada ekinlashtirish sohasidagi ustivor yo`nalishlar amalga oshirilishini jadallashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. “Xalq so`zi” gazetasi, 15 iyun 2005 yil.

  6. “Tadbirkorik subyektlarini huquqiy himoya qilish tiziini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. “Xalq so`zi” gazetasi, 16 iyun 2005 yil.

  7. “Tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etiladigan hisobot tizimini takomillashtirish va uni noqonuniy talab etganlik uchun javobgarlikni kuchaytish to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. “Xalq so`zi” gazetasi, 15 iyun 2005 yil.

  8. “Mikrofirmalar va kichik korxonalani rivojlantirishni rag`batlantiish borasidagi qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. “Xalq so`zi” gazetasi, 20 iyun 2005 yil.

www.ziyonet.uz




Download 205 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling