Toshkent davlat agrar universitetining bakalavriatiga talabalarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida nizom 1-bob. Umumiy qoidalar Ushbu Nizom «Ta'lim to‘g‘risida»


Download 32.14 Kb.
bet3/6
Sana01.03.2023
Hajmi32.14 Kb.
#1242843
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Қабул жараёнини ташкил этиш 1 лотин

4-bob. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar

17. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar abituriyentlar belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tish jarayonida tanlagan birinchi oliy ta'lim muassasasi tomonidan test sinovlari o‘tkazilishiga qadar 11 iyuldan 20 iyulgacha, test majmualarida fanning o‘rniga qarab uning uchun nazarda tutilgan eng ko‘p ballning 0 dan 100 foizigacha bo‘lgan oraliqda yagona ko‘p balli baholash tizimi bo‘yicha amalga oshiriladi.


Kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari bo‘yicha tushgan norozilik (apellyatsiya) arizalari Universitet qabul komissiyasi tomonidan 21 iyulga qadar bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqiladi.
Kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari Bilim va malakalarni baholash agentligiga oliy ta'lim muassasalari tomonidan 22 iyulgacha taqdim etiladi.


5-bob. Test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish

18. Test sinovlari kunduzgi va kechki (smenali) ta'lim shakllari uchun har yili iyulь — avgust oylarida, qoida tariqasida, kuniga ikki smenada o‘tkaziladi. Davlat komissiyasi tomonidan test sinovlarini o‘tkazishning aniq muddatlari belgilanadi.


Abituriyentning test sinovidan to‘plagan ballari haqidagi ma'lumot test sinovi o‘tkazilgan kunning ertasiga, uning talabalikka tavsiya etilgani yoki etilmagani bo‘yicha belgilangan tartibda tasdiqlangan tanlov natijasi test sinovlarini o‘tkazish jarayoni to‘liq yakunlanganidan keyin bir hafta muddat ichida Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-saytida e'lon qilinadi.
19. Universitetda tanlangan ta'lim yo‘nalishiga qarab abituriyentlar belgilangan tartibda tasdiqlangan fan majmualari bo‘yicha test sinovlaridan o‘tadilar.
Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan beriladigan chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi davlat namunasidagi V1 va undan yuqori darajadagi malaka sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlarga ushbu holatni tasdiqlovchi hujjatni qabul jarayonida taqdim etganda oliy ta'lim muassasalari bakalavriatining kirish test sinovlari fanlar majmuasiga chet tili fani kiritilgan yo‘nalishlarda mos chet tili fanidan belgilangan maksimal ball beriladi va ular chet tili fanidan test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshirmaydi.
Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan beriladigan umumta'lim fanini (chet tili bundan mustasno) bilish darajasi to‘g‘risidagi sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlarga ushbu holatni tasdiqlovchi hujjatni qabul jarayonida taqdim etganda, sertifikatdagi o‘zlashtirish foiziga mos ravishda oliy ta'lim muassasalari bakalavriatining kirish test sinovlarida ushbu umumta'lim fanidan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proportsional) ball beriladi hamda ular ushbu fandan test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshirmaydi.
20. Test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom asosida amalga oshiriladi.



Download 32.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling