Toshkent davlat agrar universitetining bakalavriatiga talabalarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida nizom 1-bob. Umumiy qoidalar Ushbu Nizom «Ta'lim to‘g‘risida»
-bob. Muddatli harbiy xizmatni o‘tagan
Download 32.14 Kb.
|
Қабул жараёнини ташкил этиш 1 лотин
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9-bob. O‘qishga qabul qilish tartibi
- 10-bob. Yakunlovchi qoidalar
8-bob. Muddatli harbiy xizmatni o‘tagan
abituriyentlarni o‘qishga qabul qilish 28. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarni Universitetga o‘qishga qabul qilish tasdiqlangan nizom asosida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 29. Harbiy xizmatchilar orasidan yuqori natijalarga erishgan, har bir harbiy qismdan bittadan yosh harbiy xizmatchi harbiy qism qo‘mondonligi (rahbariyati) va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tavsiyanomasiga muvofiq Universitetga tasdiqlangan davlat granti kvotalariga qo‘shimcha ravishda, imtihonlarsiz qabul qilinadi. 9-bob. O‘qishga qabul qilish tartibi 30. Tanlov kirish imtihonlarining (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) fanlar majmuasi va undagi fanlar ketma-ketligining mosligi abituriyent belgilagan bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari ketma-ketligi asosida o‘tkaziladi. Test sinovlari natijalari bo‘yicha tanlovlarni o‘tkazishning umumiy tartibi quyidagicha amalga oshiriladi: abituriyentning to‘plagan ballari u tanlagan birinchi bakalavriat ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lgan taqdirda, uning test sinovi natijalari ushbu oliy ta'lim muassasasi bakalavriat ta'lim yo‘nalishida e'lon qilinadi va unga tanlagan ikkinchi va uchinchi bakalavriat ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etishga ruxsat etilmaydi; abituriyentning to‘plagan ballari u tanlagan birinchi bakalavriat ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lmay, u tanlagan ikkinchi bakalavriat ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lgan taqdirda, uning test sinovi natijalari ushbu ikkinchi bakalavriat ta'lim yo‘nalishida e'lon qilinadi. Bunda abituriyentga tanlagan uchinchi bakalavriat ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etishga ruxsat etilmaydi; abituriyentning to‘plagan ballari u tanlagan birinchi va ikkinchi bakalavriat ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lmay, u tanlagan uchinchi bakalavriat ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lgan taqdirda, uning test sinovi natijalari faqat uchinchi bakalavriat ta'lim yo‘nalishida e'lon qilinadi; abituriyentning to‘plagan ballari u tanlagan birinchi, ikkinchi va uchinchi bakalavriat ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lmagan taqdirda, uning test sinovi natijalari birinchi bakalavriat ta'lim yo‘nalishida e'lon qilinadi. Bitta yoki ikkita bakalavriat ta'lim yo‘nalishini tanlagan abituriyent, o‘zi tanlagan ta'lim yo‘nalishida tanlovda ishtirok etadi. Davlat komissiyasining abituriyentlarni qabul qilish to‘g‘risidagi qarori asosida Universitet 25 avgustga qadar abituriyentlarni davlat grantlari bo‘yicha talabalar safiga qabul qilish haqidagi buyruqlari rasmiylashtiriladi. To‘lov-kontrakt asosida abituriyentlarni o‘qishga qabul qilish yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan o‘qish uchun kontraktda belgilangan mablag‘ miqdori 15 sentyabrdan kechiktirilmay, belgilangan tartibda o‘tkazilgandan so‘ng, Universitetning buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. To‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarni 2 sentyabrdan boshlab darslarga qatnashishga ruxsat etish to‘g‘risida Universitetning buyrug‘i rasmiylashtiriladi. 10-bob. Yakunlovchi qoidalar 31. Mazkur Nizomda belgilangan masalalar bo‘yicha nizolar qonunchilik hujjatlariga muvofiq hal qilinadi. 32. Universitetning bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risidagi buyrug‘i (qaror)dan norozi bo‘lganlar Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi yoki sudga belgilangan tartibda murojaat qilish huquqiga ega. Download 32.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling