Toshkent davlat alisher navoiy nomidagi


Dramatik tur haqida qisqacha ma’lumot


Download 33.23 Kb.
bet2/8
Sana05.01.2022
Hajmi33.23 Kb.
#225431
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
tragediya (Lotincha)

Dramatik tur haqida qisqacha ma’lumot.

Adabiy turlar tizimida aynan drama o’zining ochiq dialogik shaklga egaligi, mohiyat e’tiboriga ko’ra harakatta asoslanishi bilan ajralib turadi. Drama xuddi shu xususiyati bilan haqiqiy hayot voqeligiga hamohanglik kasb etadi,xususan, azalu abad davom etishi muqarrar bo’lgan hayotiy muloqotning badiiy in’ikosi sifatida namoyon bo’ladi. Dramatik turning sof so’z san’atiga doir adabiy turlar – epos va lirikaga nisbatan sinkretik tabiatga egaligi, resepsiya nuqtai nazaridan imkoniyatining kengligi, ya’ni teatr asari sifatida ijtimoiy funksiya bajarishi, bir so’z bilan ommabopligi, bevosita harakat va muloqotga qurilishi, ijtimoiy hayot bilan o’zviy bog’liqligini ko’rsatadi.

Dramatik turda hayot va insonlar o’rtasidagi munosabatlar ifodasi tomoshabin ko’z o’ngida, muayyan sahna vaqti ichida harakatda sodir bo’ladi, shu sabab unda so’z va sahna san’ati birlashadi, birbutunlik kasb etadi.

Faqat harakat jarayonidagi g’oyalar ko’rashi aniq, yorqin, keskin, tomoshabinni larzaga soladigan tarzda ifodalanadi, bu o’z navbatida hayot qa’ridagi va inson ruhiyatidagi dramatik ziddiyatdan kelib chiqadi. Bu ziddiyatning turli-tuman xarakteri, ya’ni dramatizmga to’liq voqea-hodisalar va xarakterlarning ko’p qirraligi ko’plab dramatik janrlar(ularning hammasini “pyesa”- “bir butun”, “ulush”deb yuritish odati ham hayot)ning tug’ilishiga sabab bo’lgan. Ular quyidagilar: tragediya, komediya, drama, tragikomediya, melodrama, insenirovka, intermediya, monodrama va sh.k.

I'm V. Belinskiy dramatik turning o’ziga xosliklarini tekshirar ekan: “Drama hozirgi zamonda o’quvchi yoki tomoshabin ko’zi oldida bo’layotgan kabi ko’ringan kechmish voqeadir”, — deydi va unda shaxslar o’zlarini harakatda ifoda qilishlari kerakligini ta’kidlaydi. Chunki “Epopeyada voqea, dramada odam hukmrondir. Eposdagi qahramon voqea; dramaning qaxramoni inson shaxsidir». Eposdagi voqea “tabiatning o’zginasi” bo’lsa, “Dramada hayot faqat o’z-o’zicha mavjud emas


Download 33.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling