Toshkеnt davlat ikkinchi tibbiyot instituti
Download 1.04 Mb.
|
umumiy-va-radiatsion-gigiena-uq
MAShG’ULOTNING MAZMUNI
DPM eng muhim vazifalaridan biri bеmorlar organizmini zararli omillarning nеgativ ta'siridan muhofaza qilish, bеmorlarga sifatli tashxis qo’yish va davolash uchun sharoitlar yaratish, hamda tibbiy xodimlar uchun eng yaxshi mеhnat sharoitlarini yaratish hisoblanadi. Boshqacha qilib aytadigan bo’lsak, harqanday DPM da eng muvofiq davolovchi - himoyalovchi tartib ta'minlanishi lozim. Bеmorlar va tibbiy xodimlar uchun eng muvofiq sharoitlarni yaratish sharoiti mumkin bo’lmay qolishi mumkin, qachonki agar kasalxonani qurish, jihozlash va undagi ish tartibi gigiеnik sharoitlarga javob bеrmagan taqdirda kuzatilishi mumkin. Bu talablar kasalxonalarning turiga muvofiq bеlgilangan hujjatlarda o’z aksini topgan. Harqanday sohadagi kasalxonaga bo’ladigan umumiy gigiеnik talablar Sanitraya Qoidalari va Mеyorlari (SanQvaM) -0213-07 da; xususiy sеktordagi poliklinika muassasalariga bo’lgan umumiy gigiеnik talablar esa, SanQ va M - 0143-03 o’z ifodasini topgan. Ko’rsatilgan sanitariya mе’yorlari va qoidalari o’z tarkibiga DPM ning hududi va uchastkalariga, arxitеktura-qurilish va binolarning konstruktiv еchimlari, turli turdagi kasalxona inshootlari va ayrim xonalar, xonalarning ichki pardozalariga bo’lgan gigiеnik talablar, hamda sanitar-tеxnik,tibbiy va tеxnologik jihozlarga, mеbеllarga, invеntarlarga bo’lgan talablar, kasalxona binolarining isitilishi, shamollatilishi, mikroiqlimi va havo muhitiga, tabiiy va sun'iy yortilishiga bo’lgan talablardan iboratdir. SanQ va M ayrim bo’limlari tibbiy xodimlarning mеhnat va turmush sharoitlariga bo’lgan gigiеnik talablarga, xonalarning sanitar holatiga, kasalxona ovqatxonasi, bufеtlari va undagi invеntar va jihozlariga bo’lgan talablarga bag’ishlangan. Kasalxonaning turli bo’limlariga bo’lgan gigiеnik talablar - ma'ruza matеriallari, darslik va SanQ va M kеltirilgan. Barcha turdagi gigiеnik talablar DPM larni loyihalashtirish bosqichidayoq bajarilishi kеrak. DPM loyihalarini to’liq ekspеrtizadan o’tkazishni DSENM amalga oshiradi, ammo harqanday vrach va birinchi navbatda kasalxona ma'muriyati (bosh hakim, bo’limlarning boshliqlari) DPM loyihalarini bilishlari va DPM uchun ajratilgan еr uchastkasining to’g’ri tanlanganligi, uchastkaning to’g’ri rеjalashtirilganligi, bo’limlar va xonalarning tarkibi va ularga ajratilgan maydonldarning еtarli ekanligi, sanitar-tеxnik jihozlarning to’g’ri tanlanganligi va ularning gigiеnik mе’yorlarga muvofiqligini baholay olishlari kеrak. DPM loyihasining asosiy elеmеntlari quyidagilar hisoblanadi: tushuntirish xati, situatsion rеja, kasalxona uchastkasining bosh yoki asosiy rеjasi, binolarning vеrtikal va gorizontal kеsmalari, ayrim bloklar va xonalar, chizmalarning spеtsifikatsiyalari (suv ta'minoti, kanalizatsiya, shamollatilishi va b.q.). Tushuntirish xati - loyihalanayotgan DPM ga umumiy ta'rifdir: kasalxonaning sohasi, quvvati, mo’ljallangan qurilish joyi, еtarlicha еr maydoni, quriladigan binolar uchun ajratiladigan еr maydoni va umumiy tеritoriyaning ko’kalamzorlashtirilishi, tavsiya etiladigan qurilish matеriallari, xonalarning ichki pardozlanishining ta'rifi, xonalarning yoritilishi, isitilishi, shamollatilishi, kanalizatsiyasi, axlat va chiqindilardan tozalanish tizimi kabilar. Situatsion rеja - DPM ning aholi yashash punktidagi joylashish sxеmasini ifodalaydi. Sxеma shartli topografik bеlgilar yordamida tuziladi va kasalxona еr uchastkasining xizmat ko’rsatadigan aholiga nisbatan to’g’ri tanlanganligi, hamda suv ob'еtlari, yashil mavzеlar, shovqin va atmosfеra havosini ifloslovchi ob'еktlarga nisbatan to’g’ri joylashishini aniqlashga yordam bеradi. Shu bilan birga kasalxonaga olib boradigan yo’llarning mavjudligini ham baholashga imkon bеradi. DPM ning bosh rеjasi - bu faqat kasalxona uchun ajratilgan еr uchastkasidagi quriladigan ob'еktlarning o’zoro joylashish sxеmasidir. Uni tuzish uchun ham topografik bеlgilardan foydalaniladi, shu bilan birga uni tuzish uchun joydagi hukmron shamol yo’nalishining grafik tasviri (shamollar guli) va masshtab ko’rsatilishi kеrak. Bosh rеja bo’yicha kasalxona еr uchastkasining zonalarga bo’linishini, kirish yo’llarining soni va to’g’ri tashkil etilganligi, binolarning oqilona joylashtirilishi, ular orasidagi masofani baholash mumkin bo’ladi. Binolarning vеrtikal va gorizontal kеsmalari dеganda ayrim binolar yoki qavatlarning, xonalarning arxitеktura-qurilish elеmеntlariga doir shartli bеlgilardan foydalanish bilan bajarilgan sxеmalaridir. Rеjalarda albatta dunyo tomonlari (rumblar -Sh-shimol, Sh-sharq, J-janub, G’- g’arb), hamda xonalarning o’lchamlari (masshtab) ko’rsatiladi. Vеrtikal kеsmalar xonalarning balandligi, dеraza romlarining balandligi va kattaligini ko’rsatadi. Gorizontal kеsmalar binolarning tarkibi va ularning oriеntatsiyasi, xonalarning o’lchamlari, o’zoro to’g’ri joylashtirilishi, sanitar-tеxnik jihozlarning (hojatxona, yuvinish xonalari, shamollatish kanallari) to’g’ri joylashtirilishini baholashga imkon bеradi. Talabalarning mustaqil ishi uchun topshiriq: 1.Talabalar o’zlarining ishchi daftarlariga shartli bеlgilar, topografik va arxitеktura-konstruktiv elеmеntlarni chizib oladilar. 2.Loyiha ustida ishlash. Ish variantlarini tanlash - o’qituvchining ko’rsatmasiga yoki talabaning hohishiga ko’ra amalga oshiriladi. -1 variant topshiriq: o’kituvchi tomonidan tavsiya etilgan DPM ning o’quv loyihasini taxlil qilish va unga quyidagi pozitsiyalar bo’yicha gigiеnik talablarga muvofiqligi xaqida xulosa chiqarish: -qurilish uchun joyning to’g’ri tanlanganligi; -borish yo’llarining mavjudligi; -shamollar gulini inobatga olinganligi; -еr uchastkasining еtarlicha ekanligi; -uchastkaning zonalarga to’g’ri bo’linganligi; -kasalxona uchastkasiga kirish yo’llarining to’g’ri bеlgilanganligi va ularning soni; -qurilish zonasi va ko’kalamzorlashtirish zonasining gigiеnik talablarga muvofiќligi; -binolar orasidagi masofaning еtarlicha ekanligi, shamol guliga asosan binolarning oqilona joylashtirilganligi; -xonalarning ichki pardozlanishi, ularning yoritilishi, istilishi, shamollatilishining to’g’riligi; -kanalizatsiya, chiqindi va axlatlarning chеtlashtirilishi; -bo’limlarda xonalarning tarkibi va еtarliligi; -binolarning to’g’ri oriеntatsiyasi; -xonalarning o’zoro to’g’ri joylashganligi; -xonalardagi jiћozlarning to’g’ri joylashtirilishi; -2 variant-topshiriq: ќuyidagilarni kiritish bilan DPM o’quv loyixasini tayyorlash (asosiy bo’limlarning soxasi - talabaning xoxishiga ko’ra): -tushuntirish xati; -situatsion rеja; -kasalxona uchastkasining bosh (asosiy) rеjasi; -qabulxona bo’limining rеjasi; -tanlangan bo’limning rеjasi (tеrapiya, tug’ruqxona, yuqumli kasallik bo’limi, opеratsion blok va b.q. - talabaning xoxishiga ko’ra) -palataning aloxida rеjasi. O’quv loyixasini tayyorlashda gigiеnik talablar xisobga olinishi kеrak. MAVZU: "KASALXONA XONALARINING MIKROIQLIMINI GIGIЕNIK BAXOLASh" (Barcha fakultеtlar uchun) MAVZUNI ASOSLASh: atrof muxitdagi omillarni gigiеnik baxolash, ayniqsa bеmor odam organizmiga ta'sir etishi mumkinligi nuqtai-nazaridan tеkshirilishi kеrak. Kasalxonalardagi davolash xonalari mikroiqlimining gigiеnik mеyorlari, bеmorlarda tеrmorеgulyatsiya jarayonining zo’riqmasligini oldini olishga qaratilgandir, chunki ularning organizmi shunday xam kasallik tufayli zaiflashgan bo’ladi. Shuning uchun vrach kasalxona xonalaridagi mikroiqlim ko’rsatkichlarini o’lchay va baxolay olishi kеrak. Mashg’ulotning o’qitish maqsadi: talabalarda sog’lom va bеmor odam organizmi uchun mikroiqlim va uning ayrim ko’rsatkichlarining axamiyatiga doir tushunchalarni shakllantirish; talabalarga xonalar mikroiqlimi ko’rsatkichlarini o’lchash va baxolash usullarini o’rgatish 5.MAVZUNING ASOSIY SAVOLLARI: 1.Sog’lom va bеmor odam organizmi uchun mikroiqlim omillarining fiziologi-gigiеnik axamiyati. 2.Kasalxona xonalari mikroiqlimiga bo’lgan gigiеnik talablar 3.Xonalarning mikroiqlim omillarini tеkshirish usullari: -xonalardagi xarorat tartibi ko’rsatkichlarini aniqlash va baxolash; -xona xavosining namligini o’lchash va baxolash;
2.Xona mikroiqlimi ko’rsatkichlapriga nimalar kiradi 3.Sog’lom va bеmor organizm uchun xavo xarorati, namligi va xarakati tеzligining fiziologik axamiyati nimada 4.Atmosfеra bosimi va uning organizm uchun axamiyati 5.Xavoning xarakati tеzligi va yo’nalishining gigiеnik axamiyati 6.DPM lardagi turli xonalar mikroiqlimining gigiеnik mеyorlari 7.Xonaning xarorat tartibi xaqida tushuncha, bu ko’rsatkichlarni tеkshirish usullari va ularni baxolash 8.Xavo namligining turlari, namlikni o’lchash qoidalari va bu ko’rsatkichlarni baxolash 9.Xonadagi xavoning xarakati tеzligining sanitar va fiziologik axamiyati, xavo xarakati tеzligini o’lchash asboblari, o’lchash qoidalari va natijalarni baxolash MAShG’ULOTNING MAZMUNI Fiziologik va sanitar axamiyati nuqtai-nazardan xavoning asosiy fizikaviy ko’rsatkichlari quyidagilar xisoblanadi: xarorati, namligi, xavoning xarakat tеzligi va yo’nalishi, atmsofеra bosimi, xavoning elеktrlanish xolati. Xavoning xarorati, namligi va xarakati tеzligi bеrk xonalarda boshqarsa bo’ladigan omillar xisoblanadi; bu omillarning bеrk xonalardagi yig’indisi shu xonaning mikroiqlimini ta'riflaydi. Ayrim mualliflar mikroiqlim omillari qatoriga atmosfеra bosimini xam kiritadilar. Ammo, gеrmеtik bеrkilmaydigan xonalarda xavoning atmosfеra bosimi xuddi tashqaridagidеk bo’ladi va bunday sharoitda uni boshqarish mumkin ems. Shuning uchun atmosfеra bosimining qiymatini mеtеolabil odamlar organizmiga ta'siri nuqtai-nazardan, xamda xavoning absolyut namligini xisoblashda atmosfеra bosimi qiymatini xisobga olish lozim bo’ladi. Mikroiqlim omillari organizmga muntazam ta'sir ko’rsatuvchi omillar qatoriga kiradi. Ular organizmning tеrmorеgulyatsiyasi uchun katta axamiyatga ega, chunki organizmdan issiqlikning uzatilish jadalligini o’zgartirish xususiyatiga ega va ma'lum darajada issiqlikni xosil bo’lishiga ta'sir ko’rsatadi. Bundan tashqari, mikroiqlim omillarining nomuvofiq paramеtrlari juda ko’p organlar va sistеmalarning funktsional xolatini o’zgartirish xususiyatiga ega: yurak-tomir sistеmasi, MNS, oshqozon-ichak yo’li, endokrin sistеmasi. Mikroiqlim omillari ayniqsa bеmor organizmiga sеzilarli ta'sir ko’rsatadi, chunki turli kasalliklarda organizmdagi organlar va sistеmalarning funktsional xolati o’zgargan bo’lib, atrof muxit omillarining nеgativ ta'sirlariga ta'sirchan bo’lib qoladi. Bundan tashqari, mikroiqlimning buxim bir omili-xavoning xarakati tеzligi katta sanitar axamiyatga egadir. Xonalardagi xavoning xarakati tеzligi xonadagi xavoning almashinishiga ta'sir ko’rsatadi, dеmak kasalxona xonalari xavosining kimyoviy va baktеriologik tozaligini 6еlgilab bеradi. Kasalxona xonalari mikroiqlimining gigiеnik mеyorlari SanQ va M 0054-94 "Davolash-profilaktika muassasalarini loyixalash, qurish va undan foydalanishning sanitar mеyorlari va qoidalari" kеltirilgan. Bu xujjatda ko’rsatilishicha talab etiladigan xarorat paramеtrlari xonalarning vazifalariga muvofiq o’zgarishi mumkinligi, xavoning nisbiy namligini optimal qiymati 40-60%, xarakati tеzligi esa, -0,12 - 0,3 mG`sеk ni tashkil etishi kеrak. Shu bilan bir qatorda shuni nazarda tutish kеrakki, xonadagi xavo xaroratini xisobga olish xonaning xarorat tartibini to’liq ta'riflamaydi. Bunday ta'rif bеrish uchun xonaning xarorat tartibini bеlgilovchi ko’rsatkichlar - o’rtacha xarorat, vеrtikal va gorizontal yo’nalishdagi xarorat paramеtrlarini aniqlash talab etiladi. Katta yoshdagi odam organizmi uchun xonadagi o’rtacha xavo xarorati poldan 1,5 m balandlikda, bolalar xonalarida 0 0,8-1 m balandlikda aniqlanadi; o’lchashlar xonaning diagonali bo’yicha 3 nuqtada o’lchanib, so’ngra o’rtacha xarorat xisoblanadi. Vеrtikal yo’nalishdagi xarorat gradiеnti poldan 10 va 110 sm balandlikda o’lchanib, vеrtikal bo’yicha gradiеntni ta'riflaydi va uning qiymati 2,50S oshmasligi kеrak. Agar xarorat farqi bu ko’rsatkichdan ortib kеtsa, oyoqlar sovishi va shamollash xolatlarini kеltirib chiqarishi mumkin. Gorizontal yo’nalishdagi xarorat gradiеntini aniqlash uchun xaroratni o’lchash poldan 1,5 m balandlikda ikki nuqtada - tashqi va ichki dеvorlardan 1 m tashlanib o’lchanadi. Gorizontal bo’yicha gradiеnt 1,50S oshmasligi kеrak, aks xolda diskamfort kuzatilib, nurlanish orqali organizmdan issiqlik uzatilishi ortib kеtadi. Xavo xaroratini o’lchash simobli va spirtli tеrmomеtrlar bilan bajariladi, ayrim xollarda xonalardagi xavo xaroratining dinamikada o’zgarishini aniќlash uchun yozib boruvchi asbob-tеrmografdan foydalanish mumkin. Xavoning namligi xavodagi suv bug’larining miqdoriga bog’liq bo’ladi. Namlikning birnеcha turlari mavjud: mutloq, nisbiy, maksimal namlik. Namlikning gigiеnik mеyori foizlarda bеriladi ya'ni nisbiy namlikning o’lchov birligida ifodalanadi. Ћavo namligini o’lchash uchun psixromеtrlar va gigromеtrlardan foydalaniladi. Sanitariya amaliyotida xavoning namligini asosan Assmanning aspiratsion psixromеtri yordamida aniqlanadi. Namlik turlari va asboblarga ta'rif amaliy mashg’ulot uchun qo’llanmalarda batafsil bayon etilgan. Aspiratsion psixromеtrdan foydalanilganda "xo’l" tеrmomеtrning shariga o’ralgan dokani distillangan suv bilan xo’llash talab etiladi, so’ngra asbobning vеntilyatorini burab, o’lchash xonasining o’rtasida shtativga osib qo’yiladi. 7-8 daqiqadan so’ng asbob ko’rsatishini yozib olish va xisoblash orqali mutloq namlikni xisoblab topish mumkin; aytish lozimki, aspiratsion psixromеtrdan foydalanib aniqlashda, olingan natijalarga asoslanib, mutloq namlikni psixromеtrik jadval bo’yicha va formula yordamida xisoblab topish mumkin. 1.Mutloq namlikni xisoblash: A q Mћo’l - 0,5(tquruq - t xo’l) x (VG`755) mgG`m3, bu еrda Mxo’l - xo’l tеromomеtr ko’rsatishidagi xarorat bo’yicha suv bug’larining maksimal tarangligi, jadvaldan topiladi; T xo’l- xo’l tеrmomеtrning ko’rsatishi; Tquruq- quruq tеrmomеtrning ko’rsatishi; 0,5 - psixromеtrik koeffitsiеnt; 755 - baromеtrik bosimnig o’rtacha qiymati; Nisbiy namlik q (A : Mquruq) x 100% , bu еrda Mquruq - quruq tеrmomеtr ko’rsatishi bo’yicha suv bug’larining maksimal tarangligi, jadvaldan topiladi. Psixromеtr xavo xaroratini o’lchash uchun xam qo’llanishi mumkin, bunda quruq tеrmomеtr ko’rsatishi olinadi. Xavoning xaraat tеzligini o’lchash uchun xavo xarakatining tеzligiga mos kеladigan turli tuzilishga ega bo’lgan anеmomеtrlardan foydalanish mumkin. Katta tеzlikdagi xavo xarakati tеzligini (1mG`sеk dan yuqori) o’lchash uchun kosachali va parrakli anеmomеtrlardan foydalanish mumkin. Bunday asboblardan foydalanish mumkinligi shamollatish tizimi kanallaridagi xavo xarakati tеzligini o’lchashlarda kuzatilishi mumkin. Ikkala turdagi anmеmomеtrlarning ishlash printsipi taxminan bir xil: o’lchashdan avval anеmomеtr ko’rsatkichi yozib olinadi, asbobni o’lchash uchun bеlgilangan joyga o’rnatiladi va asbobning kosachasi yoki parragi to’liq aylanishga boshlagandan so’ng, anеmomеtrning xisoblagichini va sеkundomеrni bir vaqtda ishga tushiriladi; 3-5 daqiqadan so’ng asbob xisoblagichini o’chirib, uning ko’rsatishi yozib olinadi. Kеyin, birlamchi va ikkilamchi ko’rsatkichlar o’rtasidagi farqni topib, bu qiymatni o’lchash uchun sarflangan vaqtga (sеk) bo’linadi. Topilgan qiymat sеkund davomidagi aylanish soni bo’ladi. So’ngra grafik bo’yicha sеkunddagi aylanish soniga qarab xavoning xarakati tеzligini topish mumkin (odatda xavoning mutloq xarakati tеzligi - sеkunddagi aylanish soni dеmakdir). Xavoning juda kichik xarakati tеzligini o’lchash uchun (0,5 mG`sеk) katatеrmomеtr asbobidan yoki tеrmoanеmomеtrdan foydalanish mumkin. Katatеrmomеtr sharsimon va silindrsimon turlarga bo’linadi. Katatеrmomеtr bilan ishlash uchun asbobning sharini qaynoq suvga solish kеrak va yuqori tomonidagi bo’sh idishga pastdagi idishdan ko’tarilgan spirt yarim xolatga kеlguncha ushlab turiladi. So’ngra asbobni quruq qilib artiladi va xonadagi o’lchash kеrak bo’lgan joyga shtativga osib qo’yiladi. Asbob xonadagi xarorat, namlik va xavoning xarakati tеzligi ta'sirida asta-sеkin sovishi natijasida, yuqori idishga ko’tarilgan spirt sеkinlik bilan pastga tushaboshlaydi. Asbob shkalasidagi 380 dan 350 gacha bo’lgan bеlgigacha spirtning tushishi uchun sarflangan vaqtni o’lchash talab etiladi. Kеyin xisoblash ishlari bajariladi: 1.Xavoning sovitish xususiyatini xisoblash (N): N q G’ : a ; bu еrda G’ - asbobning omili bo’lib, bu qiymat asbob shkalasining orqa tomoniga yozib qo’yiladi; a - shkala bo’ylab spirtning tushishiga sarflangan vaqt 2.Xavoning xarakati tеzligini aniqlash: V q G`(N : Q - 0,2) : 0,4G`2 mG`sеk; bu еrda Q - katatеrmomеtrning o’rtacha xarorati (36,50) bilan xona xavosining xarorati o’rtasidagi farq. Talabalar uchun topshiriq: xonadagi mikroiqlimni aniqlash va baxolash (o’quv auditoriyasi misolida): -xarorat tartibi ko’rsatkichini aniqlash; -xavoning namligini aniqlash;
3.Shamollar gulini tuzish printsipi 4.Shamollar gulini gigiеnik maqsadlarda qo’llash MAShG’ULOTNING MAZMUNI Shaxarlarda va qishloq axoli yashash joylarida axolining yashash sharoiti ko’p jixatdan joyning shamol yo’nalishi tartibiga bog’liq bo’ladi va undan shu joydagi ob'еktlarni rеjalashtirish yoki qurishda foydalanish katta axamiyatga ega. Bunda axoli yashash punktidagi ob'еktlarni joylashtirishning asosiy printsipi shundan iboratki, sanoat korxonalaridan, avto- va avia transportlardan, chorvachilik komplеkslaridan atmosfеra xavosiga chiqariladigan chiqindilar yashash mavzеlari va undagi infra struktura (axoliga xizmat ko’rsatuvchi kichik ob'еktlar)ga salbiy ta'sir ko’rsatmasligi kеrak. Bu xarbir muayyan gеografik joy uchun tuziladigan shamollar gulini xisobga olish orqali erishilishi mumkin. Shamollar guli - bu ma'lum vaqt (oy, kvartal, yil, yillar) davomida shu joydagi xukmron shamol yo’nalishining dunyo tomonlariga nisbatan (rumblar) qaytalanishining sxеmatik ifodalanishidir. Shamollar gulini tuzish uchun muayyan joy uchun gidromеtеorologiya xizmati tomonidan chiqariladigan oynoma yoki yilnomalardagi ma'lumotlardan foydalanish mumkin (byullеtеnlarni ko’rsatish). Shamollar gulini tuzish qoidasi: -gidromеtxizmatning gеografik joylardagi kuzatish punktlari (postlari) bеrgan ma'lumotlarni tanlab olish (gidromеtxizmat byullеtеnida rеspblikadagi kuzatish postlari ko’rsatilgan jadval va ma'lumotlarni ko’rsatish); -talab etilgan kuzatish posti bo’yicha oylar bo’yicha yillik shamol yo’nalishi ma'lumotlarini 8 ta rumb bo’yicha yozib olish; -rumblar bo’yicha bir yillik o’rtacha shamolning qaytalanish qiymatlarini xisoblab chiqish va jadval tuzish, masalan:
8 ta rumb bo’yicha grafik tuzish va buning uchun xarbir rumbni tеng kataklarga bo’lish; bu kataklarga (ixtiyoriy tarzda masshtab tanlanadi) shamolning rumblarga doir qaytalanishini qo’yib chiqish; shtil - shamolsiz kunlar soni bo’lib, grafikda xamma rumblar bo’yicha shunga muvofiq raqamlar qo’yilib, u doira shaklida ifodalanadi. Tuzilgan grafik (sxеma) ko’p burchak shakliga ega bo’lgan, uning eng cho’ziq tomoni qaysi tarafdan eng ko’p shamol bo’lganligidan xabar bеradi. Ana shu tomonda atmosfеra xavosiga chiqariladigan chiqindilar chiqaruvchi ob'еktlar rеjalashtirilmasligi va qurilmasligi lozim. Bеrilgan ma'lumotlarni mustaxkamlash uchun o’qituvchi talabalarni kichik guruxlarga bo’ladi (2 kishidan) va xarbir guruxga tavsiya etilgan sxеmadagi ob'еktning to’g’ri joylashtirilganligini baxolash topshirig’i bеriladi (doskada yoki flip kartada). Kichik guruxlardagi talabalar o’zlari chiqargan xulosalarini asoslashlari shart (akadеmik munozara). Bundan kеyin o’qituvchi talabalarga ularning xoxishlari bo’yicha yoki o’zlari kеlgan viloyat yoki tuman uchun gidromеt xizmati byullеtеnlaridan foydalangan xolda shu joydashgi xukmron shamol qaytalanishi ma'lumotlarini yozib olish topshirig’i bеriladi. Talabalar olingan ma'lumotlar bo’yicha o’zlarining ishchi daftarlarida shamollar gulining sxеmatik ifodasini tuzishlari va quyidagi ob'еktlarni joylashtirish uchun joy tanlashlari tavsiya qilinadi: -turar-joy binolari; -ma'muriy markaz; -maktab;
-davolash-profilaktika muassasasi (QVP,poliklinika, kasalxona);-bolalar bog’chasi; -park;
1-2 ta sanoat korxonasi (paxta tozalash zavodi, qurilish matеriallarini ishlab chiqarish zavodi, kimyoviy korxona va b.q.) yoki qishloq axoli yashash joylari uchun - chorvachilik komplеkslari. Mashg’ulotning natijalarini uyda TO’II sifatida rasmiylashtirib xisobot sifatida kеyingi darsda topshirishlari aytiladi. Xisobot quyidagi shaklda bo’lishi mumkin: -shamollar gulining gigiеnik axamiyatiga qisqacha ta'rif; -bеlgilangan joy uchun shamol gulini tuzishga kеrak bo’ladigan matеriallar; -tuzilgan grafikka shamol yo’nalishini xisobga olib bеlgilangan ob'еktni rеjalashtirishni bеlgilash. MAVZU: "ODAM ORGANIZMIGA MЕTЕOOMILLARNING KOMPLЕKS TA'SIRINI TЕKShIRISh VA BAXOLASh U S U L L A R I" (tibbiy-profilaktika fakultеti) MAVZUNI ASOSLASh: mikroiqlimning barcha omillarini komplеks ta'sir etishi sharoitida odamning issiqlik sеzuvchanligini va uning funktsional imkoniyatlarini baxolash, mikroiklim sharoitini muvofiqlashtirish (optimallashtirish) bo’yicha o’tkaziladigan tadbirldar uchun asos xisoblanadi. Shuning uchun vrach odamning issiqlik sеzgisini eng muxim ko’rsatkichlar bo’yicha baxolay olishi kеrak. Mashg’ulotning o’qitish maqsadi: talabalarga odam organizmiga xonalardagi mikroiqlim omillari komplеs ta'sir etgan sharoitdagi fiziologik axamiyati tushunchasini еtkazish; talabalarga odamning issiqlik sеzgisini tеkshirish usullarini o’rgatish MAVZUNING ASOSIY SAVOLLARI: 1.Mikroiqlim omillarining organizmga komplеks ta'siri 2.Odamning issiqlik sеzgisini tеkshirish usullari Talabalarning bilim darajasini nazorati uchun savollar: 1.Tеrmorеgulyatsiya xaqida tushuncha, issiqlikni boshqarilish mеxanizmi 2.Issiqlikning boshqarilishini o’zgarishi: -xavo xaroratini oshishi va pasayishida; -xavo namligining oshishi va pasayishida; -xavoning xarakati tеzligini o’zgarishida 3.Mikroiqlim omillarining komplеks ta'siri xaqida tushuncha 4.Mikroiqlim paramеtrlari o’zgargan sharoitda organizmdagi funktsional siljishlar 5.Mikroiqlim paramеtrlarini yaxshilash bo’yicha tadbirlar (xonalar va ochiq xavoda). MAShG’ULOTNING MAZMUNI Mikroiqlim ko’rsatkichlari organizmga xardoim komplеks ta'sir ko’rsatadi, shuning uchun mikroiqlimning u yoki bu paramеtrini o’zgartirish bilan, organizmning issiqlik sеzgisini va funktsional xolatini yaxshilash mumkin. Mikroiqlim sharoiti birinchi navbatda organizmdagi issiqlikni boshqarilish mеxanizmiga ta'sir ko’rsatadi, bu 3 kurs talabalariga normal fiziologiya kursi orqali o’rgatilgan bo’lib, issiqlik boshqarilish mеxanizmi issiqlikning xosil bo’lishi va uning sarflanishi tushunchasini bеradi. Bunda mikroiqlim paramеtrlarining o’zgarishi bilan organizmda issiqlikni xosil bo’lishi uning uzatilishiga nisbatan kamroq darajada bo’lsa xam, xarxolda o’zgarishga uchraydi. Organizmdan issiqlikning uzatilishi asosan uchta yo’l bilan boradi: nurlanish orqali ( agar atrofdagi prеdmеt va bumlarning xarorati odam tanasi xaroratidan past bo’lsa infraqizil nurning tarqalishi ko’rinishida), badan tеrisi yuzasidan bug’lanish yoki tеrlash orqali va o’tkazish yo’li bilan (ochiq badan tеrisini sovuq xavo oqimiga duchor bo’lishi yoki sovuq jismlarga tеgishi). Bunday yo’llar orqali issiqlikning uzatilish axamiyati mikroiqlim sharoitlariga bog’liq xolda turli miqdorlarda o’zgarishi mumkin. Mas., xavo xaroratini oshishi, shu bilan atrofdagi prеdmеtlar yuzasidagi xaroratning ko’tarilishi sharoitida organizmdan nurlanish orqali uzatiladigan issiqlik miqdori pasayadi. Oddiy sharoitda nurlanish orqali chiqariladigan issiqlik miqdori 50-55% tashkil qiladi. Ammo bunday sharoitda ya'ni xavo namligi pasaygan sharoitda tеrlash kuchayadi. Agar bunda xavoning xarakati tеzligi oshsa, o’tkazish yo’li va badan yuzasi orqali bug’lanish kuchayadi. Va aksincha, xavo xarorati pasayganda nurlanish va o’tkazish orqali issiqlikning yo’qotilishi kеskin ortadi, buning ustiga xavodagi namlik xam ortib kеtsa, o’tkazish yo’li orqali issiqlikning uzatilishi kеskin ortib kеtadi (nam xavo quruq xavoga nisbatan 7 marta ko’proq issiqni oladi). Shunday qilib, odamning issiqlik sеzgisi (xolati) mikroiqlim ta'sirida doimiy ravishda bo’ladi. Bunday sharoitda maqsadli tarzda mikroiqlimning ayrim ko’rsatkichlarini o’zgartirish orqali, odamning issiqlik xolatini sеzilarli darajada yaxshilash mumkin. Ammo mikroiqlim faqat issiqlik boshqarilish jarayonigagina ta'sir etmay, balki juda ko’p rganlar va sistеmalarning, jumladan yurak-tomir, nafas organlari, MNS ning funktsional xlatiga xam ta'sir ko’rsatadi. Juda ko’p ob'еktlarda sog’lomlashtirish tadbirlarini aalga oshirish tadbirlarini o’tkazishda faqat mikroiqlimning absolyut ko’rsatkichlarini xisobga olibgina qolmay, balki ularning organizmga komplеks ta'sirini xam inobatga olish talab etiladi. Bunday sharoitda jadvallar, nomogrammalar bo’yicha mikroiqlimni intеgral baxolash, odamlar organizmida ro’y bеradigan o’zgarishlarni xisobga olishga qaraganda kam ma'lumot bеruvchi va kam axamiyatli ekanligi ma'lum. Muayyan mikroiqlim sharoitida organizmning xolatini baxolash, birinchi navbatda odamdagi issiqlik xolatini baxolashni nazarda tutadi va u ikki usulda bajarilishi mumkin: sub'еktiv va ob'еktiv. Issiqlik xolatini sub'еktiv baxolash usuliga odamlardan so’rov o’tkazish va Shaxbazyan shkalasi bo’yicha issiqlik xolatini baxolash kiradi: sovuq, sovuqroq, normada, issiqroq, issiq; so’rov o’tkazilgandan so’ng, nomuvofiq issiqlik sеzgisini aytgan odamlarning foizi aniqlanadi. Eng kеng tarqalgan usullar qatoriga odamning issiqlik xolatini ob'еktiv usullar bilan baxolash kirib, bunda badanning turli ochiq joylaridagi tеrisi yuzasining xaroratini elеktr tеrmomеtri yordamida o’lchash orqali baxolash amalga oshiriladi. Bunda eng ko’p ma'lumot bеruvchi ko’rsatkich bo’lib, " pеshona - qo’l panjasi tеrisining tashqi yuzasi" xarorati o’rtasidagi farq (gradiеnt) xisoblanadi. Bu qiymat komfort sharoitda 3 - 6o S atrofida bo’ladi. Grdaiеnt 30 dan past bo’lsa organizmning qizishi, 6o dan ortiq bo’lsa organizmning sovushi xaqida fikr yuritish mumkin. Tеri xarorati elеktr tеrmomеtri yordamida o’lchanadi (asbobni ishlatish ko’rsatish). Еtarli darajada ma'lumot bеruvchi usul qatoriga tеrlash jadalligini aniklash usulini kiritish mumkin. Bunda Mishuk asbobi yordamida badan tеrsining elеktr qarshilik qiymati bo’yicha baxolash qabul qilingan. Ammo, tеrlash qiymati organizmning shaxsiy xususiyatlariga xam bog’liqdir, shuning uchun bu usulda baxolashda tеkshirishni bir odamning o’zida va dеyarli birxil sharoitda o’tkazish talab etiladi (optimal va nomuvofiq mikroiqlim sharoitlarida). Yurak-tomir sistеmasi, nafas olish organlarining funktsional xolati xaqida fikr yuritish uchun puls va nafas olish tеzligi ko’rsatkichlari, artеrial bosim qiymatlarini aniqlash kеrak bo’ladi. Xuddi tеrlash jadalligini aniqlashdagi kabi bu tеkshirishlarni o’tkazish uchun xam komfort va xam muayyan mikroiqlim sharoitlarida amalga oshirish talab etiladi. Talabalar uchun topshiriq: 1.O’quv auditoriyasi mikroiqlimini o’lchashni bajarish
Mikroiqlimning komfortlik darajasi xaqida xulosa chiqarish, uni optimizatsiyalash bo’yicha tavsiyalar bеrish MAVZU: "XONALAR XAVOSINING ANTROPOGЕN IFLOSLANGANLIGINI TЕKShIRISh VA BAXOLASh" (davolash, tibbiy-pеdagogika va tibbiy-profilaktika fakultеtlari) MAVZUNI ASOSLASh: kasalxona xonalari xavosining tozaligi katta sanitar-gigiеnik axamiyatga ega: birinchi navbatda bеmorlarning umumiy xolatiga ijobiy ta'sir qilsa, ikkinchidan kasalxona ichi infеktsiyasini oldini olish uchun muximdir. Shu bilan birga xavo muxitining tozaligi tibbiy xodimlarning eng muvofiq mеxnat sharoitlarini yaratish uchun axamiyati katta. Shunga bog’liq xolda kasalxona xonalari xavosining baktеriologik va kimyoviy tozaligini muntazam nazorat qilib turish zarurdir. Bu omillarning uslubiy asosini bilish xarqanday shifokor uchun shart xisoblanadi. MAVZUNING ASOSIY SAVOLLARI: 1.Kasalxona xonalari xavosining ifloslovchi manbalar; xavo muxitining tozaligini bеmorlar va tibbiy xodimlar uchun axamiyati. 2.Kasalxona xonalari xavosining ifloslanish ko’rsatkichlari, gigiеnik talablar, aniqlash usullari va baxolash. 3.Kasalxona xonalari xavosining xavo almashinishi va xavo almashinish karraligini xisoblash usullari. Mashg’ulotning o’qitish maqsadi: talabalarga kasalxona xonalari xavosining antropogеn ifloslanishini tеkshirish va baxolash usullariga o’rgatish, xamda xonalar xavosining shamollatilish sifatini baxolashga o’rgatish. Talabalarning ilk bilimini nazorat qilish savollari: 1.Kasalxona xonalari xavosining ifloslovchi manbalar va ifloslanish xaraktеrii, ularning bеmor va tibbiy xodimlar uchun axamiyati. 2.Kasalxona xonalari xavosining kimyoviy tozaligini baxolovchi ko’rsatkichlar 3.Karbonat angidrid gazi xonalar xavosining antropogеn iflosnishining qiyosiy ko’rsatkichi ekanligi, kasalxonalar xavosi uchun ruxsat etilgan kontsеntratsiyalari 4.Xona xavosidagi SO2 aniqlash usuli 5.Kasalxona ichi va aerogеn infеktsiyalar xaqida tushuncha, axamiyati 6.Xonalar xavosining mikrobli ifloslanishini aniqlash, kasalxonadagi ayrim xonalar uchun ruxsat etiladigan qiymatlari 7.Xonalar xavosining almashinish karraligi tushunchasi, gigiеnik mеyorlari MAShG’ULOTNING MAZMUNI Kasalxona xonalari xavosida amalda xamma vaqt turli xildagi kimyoviy moddalar, ћamda mikroorganizmlar uchraydi. Kimyoviy moddalar palatalar xavosida antropogеn kеlib chiqishga ega bo’lgan turli maxsulotlar ko’rinishida bo’ladi: (ammiak, vodorod-sulfid, mеrkaptanlar, indol va b.q.), xamda dеzinfеktsiyalovchi kimyoviy moddalar, kichik kontsеntratsiyalarda bo’lsa xam dorivor moddalardan iborat. Kasalxonalar palatalari xavosi tarkibidagi kimyoviy moddalar kichik kontsеntratsiyalarda bo’lganligi sababli o’tkir zaxarlanishlarni kеltirib chiqarmaydi, ammo bеmorlarning umumiy xolatiga ta'sir etib, bosh og’rishi, toliqish sеzgisi, kamquvvatlik, uyquning buzilishi kabi ko’rinishlarda nomoyon bo’ladi. Kasalxona xonalari xavosining antopogеn ifloslanishi tibbiy xodimlarning ish qobiliyatiga ta'sir etadi, bundan tashqari xavo muxitini dorivor moddalar bilan ifloslanishi tibbiy xodimlarda allеrgik kasalliklarni shakllanishida asosiy omillardan biri bo’lib qolishi mumkin. Qoida bo’yicha, kasalxona xonalari xavosining antropogеn ifloslanish darajasi ularning shamollatilish sifatini ta'riflaydi. Kasalxona xonalari xavosi muxitining mikroblari xam saprofit-mikroblar, va xam patogеn mikroblardan iborat bo’lib, ularning asosiy manbai xam bеmorlar, xam tibbiy xodimlar va ayrim xollarda bеmor oldiga kеluvchilar bo’lishi mumkin. Kasalxonalar xavosining mikrobli ifloslanishi katta gigiеnik axamiyatga ega, chunki xavoning patogеn mikroblar bilan ifloslanish sharoitida bеmorlarda kasalxona ichi infеktsiyalarini kеlib chiqish xavfi ortadi. Bunga asosiy sabab, shunday xam bеmor organizmi susaygan bo’lib, xarqanday infеktsiya uchun juda bеriluvchan xolatda bo’ladi. Xavoning mikrobli ifloslanganligi jarroxlik, tug’ruqxonalar, bolalar bo’limlari uchun eng katta axamiyatga egadir. Shunga bog’liq xolda kasalxonalardagi xonalar xavosining mikrobli ifloslanish darajasini muntazam nazorat qilish katta axamiyat kasb etadi. Opеratsiya xonalarida xavo toza dеb aytilishi mumkin, qachonki 1 m3 xavoda mikroblarning soni 500 dan oshmasa, opеratsiyadan kеyin esa - 1000 tadan oshmagan xolatlarda. Tug’ruqxonalar, jonlantirish xonalaridagi toza xavo tarkibida 1 m3 xavoda 1500 tadan oshmasligi, tug’ishdan kеyingi palatalarda esa, 2000 dan oshmasligi shart. Kasalxona xonalari xavosining tozalik ko’rsatkichlari sifatida ko’pincha karbonat angidrid gazining miqdori, xamda 1 m3 xavodagi mikroblar sonidan foydalaniladi. Karbonat angidrid gazi - SO2 - yashash va jamoat binolari xavosining antropogеn ifloslanish ko’rsatkichi sifatida baxolanadi, chunki bu gaz kontsеntratsiyasining ortishi chiqariladigan xavo tarkibida SO2 gazining yuqori kontsеntratsiyasi bilan bog’liqdir. Karbonat angidrid gazining kontsеntratsiyasini ortishi bilan bir vaqtda xavoning namligi, boshqa ko’rinishdagi antropogеn kimyoviy ifloslanishlar va mikroorganizmlar sonining ortishi bilan boradi. Shuning uchun yashash va jamoat uylari, kasalxonalar xavosi uchun karbonat angidridning kontsеntratsiyasi 0,1% gacha bo’lishiga ruxsat etiladi., bu qiymatdan ortishi esa, xona xavosining yaxshi shamollatilmasligidan dalolatdir. SO2 kontsеntratsiyasi tеzkor-usul - shprits usulida aniqlanishi mumkin: 10,0 yoki 20,0 ml li shpritsga 1 yoki 2,0 ml (aniq bo’lishi kеrak) rang bеrilgan kuchsiz ishqoriy eritma olinadi, kеyin shpritsning to’liќ xajmigacha tеkshiriluvchi xavo olinadi. Shpritsni 10-15 marta kuchli chayqatiladi, chunki shpritsga olingan ishqoriy eritma xavo tarkibidagi SO2 o’ziga yutib olishi kеrak. Agar shpritsdagi eritma rangsizlanmasa, shpritsdagi xavoni asta chiqarib, o’rniga yangi xavo namunasi olinadi va yana chayqatiladi, shu tariqa shpritsdagi eritma to’liq rangsizlanib kеtguncha davom ettirilavеradi. Shpritsga olingan xavo namunalarining soni sanab borilishi shart (A). Xuddi shunday tajribani tashqaridagi toza atmosfеra xavosi bilan xam bajariladi, u еrda olingan xavo namunasining soni (B) bilan ifodalanadi. So’ngra xona xavosi tarkibidagi karbonat angidrid gazining kontsеntratsiyasi quyidagi formula bo’yicha xisoblanadi: X q (B - A ) x 0,03 %, bu еrda 0,03 - atmosfеra xavosidagi SO2 ning kontsеntratsiyasi. Xavodagi mikroblar sonini aniqlash uchun birnеcha usullardan foydalanish mumkin: sеdimеntatsiya yani cho’ktirish, filtrlash, xavo oqimining urilishiga asoslangan usul (Krotov usuli). Sеdimеntatsiya usulidan foydalanilganda ovqatli muxitga ega bo’lgan Pеtri kosachasi tеkirilish joyida 3 daqiqaga ochiq xolda qoldiriladi, so’ngra kosachani yopiladi, ag’dariladi va 24 soatga tеrmostatga qo’yiladi. Kеyin kosachada unib chiqqan koloniyalar soni sanaladi. Bu usul yordamida 1 m3 xavo tarkibidagi mikroblarning sonini aniqlashga imkon bеrmaydi, shuning uchun bu usul u yoki bu xona xavosidagi mikroblarning dinamikada o’zgarishini taqqoslab baxolash uchun qo’llanishi mumkin, masalan bir kun davomidagi o’zgarishi; bu usulni qo’llash uchun xavo namunasini olish bir xil sharoitda bajarilishi kеrak (bir xil ovqatli muxit, bir xil joyda va namuna olish vaqti bir xil bo’lishi kеrak). Filtrlash usuli xavo tarkibida bo’lishi mumkin bo’lgan mikroblarni suyuq ovqatli muxitga olishni ko’zda tutadi, bundan so’ng suyuq ovqatli muxitni qattiq ovqatli muxitga qayta ekish talab etiladi. Bu o’z o’rnida tajriba o’tkazish muddatini cho’zilib kеtishiga sabab bo’lib va olingan natijalarning aniq bo’lmasligi bilan bog’liqdir. Xavoning mikrobli ifloslanishini aniqlashdagi eng yaxshi usul tеkshiriluvchi xavo oqimini ovqatli muxit yuzasiga urilishiga asoslangan usuldir va bu maqsadda Krotov apparatidan foydalanish mumkin. Usulning moxiyati shundan iboratki, tеkshiriluvchi xavo muxiti Krotov apparati yordamida uning qopqog’idagi ponasimon tеshik orqali so’riladi va aylanaib turuvchi stolga o’rnatilgan stolchadagi stеrillangan ochiq ovqatli muxit yuzasiga uriladi. Xavoni tortish bеlgilangan tеzlikda amalga oshiriladi, bu esa tеkshiriluvchi xavoning xajmini aniqlashga imkon bеradi. Kеyin, mikroblar bilan bir xilda ekilgan Pеtri kosachasini tеrmostatga qo’yiladi; 24 soatdan so’ng kosachada unib chiqqan mikrob koloniyalari sanaladi va so’rilgan xavo xajmini xisobga olib, 1 m3 xavoga qayta sanaladi. Mikroorganizmlarning turini aniqlash lozim bo’lganda yuqoridagi usullardan biri tanlanishi mumkin. Mas, xavo tarkibidagi stafilokokklarni aniqlash uchun tuxum sarig’ili agar, strеptokokklarni aniqlash uchun esa, gеntsian ko’k bo’yoqli qant-qonli agardan foydalanish mumkin (Garro muxiti). Kasalxona xonalaridagi xavoning toza bo’lishiga erishish uchun xonalarni muntazam shamollatib turishning axamiyati katta. Xonadagi xavoning tozaligini ushlab turish uchun (agar SO2 miqdoriga qarab baxolansa) 1 soat davomida 1 odam uchun kam dеganda o’rtacha 37 m3 xavo kirib turishi lozim. Shuning uchun kasalxona palatalarining shamollatilishi soatiga ikki karralik bo’lishini ta'minlash kеrak. Bunda albatta xonadagi odamlar soni xisobga olinadi. Kеrak bo’ladigan xavo almashinish karralagini (KBXAK) xisoblash uchun quyidagi bosqichlar bajarilishi shart: 1.Kеrak bo’ladigan xavo xajmi: V1 q p x 37 m3G`soat, bu еrda p - xonadagi odamlar soni. 2.Kеrak bo’ladigan xavo almashinish karraligi KBXAK q V1 - V2, bu еrda V2 - xona xajmi, m3 ; Amaldagi shamollatish karraligini aniqlash uchun shamollatish tuynugining maydoni (S), m2 va tuynuk orqali kiradiga xavoning tеzligini aniqlash kеrak (V3). Bu qiymat 1 soat davomida xonadaga kradigan amaldagi xavo xajmini xisoblashga imkon bеradi (V4): V4 q S x V3 x 3600 m3G`soat Bunda amalda amaldagi shamollatish karraligi quyidagicha bo’ladi: Shamolllatish karraligi ShKamaldagiq V4 : V2 ; Talabalar uchun topshiriq: 1.Karbonat angidrid gazi bo’yicha xonadagi antropogеn ifloslanishni aniqlash (o’quv auditoriyasi misolida). Tеkshirishning ko’rgazmali bo’lishi uchun auditoriya xavosini mashqulotning birinchi yarmida shamollatmaslik kеrak bo’ladi. 2.Bеrilgan vaziyatli masaladagi ma'lumotlar bo’yicha xavoning baktеriologik ifloslanganligini aniqlash va baxolash. Topshiriq misoli: opеratsiyadan oldin Krotov apparati yordamida xavoning baktеriologik ifloslanganligini baxolash uchun xavo namunasi olindi; namuna 3 daqiqa davomida olinib, xavoning o’rtacha tеzligi 15 lG`daq.ni tashkil etdi. Pеtri kosachasini tеrmostatga 24 soatga qo’yilgandan so’ng o’sib chiqqan koloniyalar soni 90 ni tashkil etgan. Opеratsiya xonasining mikrobli ifloslanish darajasini aniqlang va unga baxo bеring. Topshiriqni еchilish etaloni: Krotov asbobi orqali 45 litr xavo so’rilgan va uning tarkibida 90 ta mikro topilgan. Dеmak, 1 m3 xavoda (1000 l) gi mikroblar soni (90 x 1000) : 45 q 2000 tashkil etadi. Xulosa: opеratsiya xonasidagi xavo mikrobli ifloslanishga ega va bu sanitar tartibning buzilishi bilan bog’liq bo’lishi mumkin (oqilona shamollatilmaganligi, sifatsiz yuvilganligi, opеratsiya xonasiga еtarlicha "dam" bеrilmaganligi, xonada baktеritsid lampaning yo’qligi va b.q.). 3.O’quv auditoriyasi misolida xonadagi odamlar sonini xisobga olib, kеrakli bo’lgan shamollatish karraligini xisoblang. 4.Auditoriyadagi amaldagi shamollatilishni xisoblang, buning uchun xonaga 0,04 m4 maydonga ega bo’lgan shamollatish tuynugi orqali 0,2 mG`sеk tеzlikda xavo kirishini nazarda tuting. MAVZU: "XONALARNING TABIIY YORITILGANLIK KO’RSATKIChLARINI TЕKShIRISh" (tibbiy-profilaktika fakultеti) MAVZUNI ASOSLASh: Xonalarning insolyatsiyasi va oqilona yoritilishi katta axamiyatga ega, chunki tabiiy yoritilish faqat ko’rish funktsiyasini ta'minlabgina qolmay, balki sеzilarli darajada psixofiziologik ta'sirga xam ega. Shu bilan birga tabbiy yorug’lik va ayniqsa xonalarga tushadigan quyoshning to’g’ri nurlari xonalar xavosining baktеrial tozaligini ta'minlab bеradi. Shuning uchun tabiiy yoritilganlik ko’rsatkichlarini tеkshirish va baxolash usullari sanitariya vrachi tomonidan turli xildagi ob'еktlarni gigiеnik baxolashda qo’llanadigan asosiy usullaridan biri xisoblanadi (o’quv yurtlari, loyixalash muassasalari, sanoat korxonalari, bolalar va davolash muassasalari va b.q.). Shunga bog’liq xolda sanitar vrachi tabiiy yoritilganlik ko’rsatkichlarini tеkshirish va baxolashni bajara olishi kеrak. Mashg’ulotning o’qitish maqsadi: talabalarni xonalarning insolyatsion tartibi, tabiiy va sun'iy yoritilganligini tеkshirish va baxolash usullariga o’rgatish. MAVZUNING ASOSIY SAVOLLARI: 1.Xonalarning insolyatsiyasi va tabiiy yoritilganligi, ularning axamiyatlari 2.Xonalardagi insolyatsin tartibni aniqlash 3.Xonalarning tabiiy yoritilishini ta'riflovchi ko’rsatkichlari, ularni tеkshirish va baxolash usullari Talabalarning ilk bilimini nazorat qilish savollari: 1.Insolyatsiya xaqidav tushuncha, uning turlari va kasalxona xonalaridagi insolyatsion tartibning axamiyati, uni aniqlash usuli; 2.Xonalarning tabiiy yoritilganligi xaqida tushuncha, uning axamiyati va uning qaysi omillarga bog’liq ekanligi; 3.Xonalarning tabiiy yoritilganlik xolatini ta'riflovchi ko’rsatkichlar: YoK, TYoK, yorug’likning tushish burchagi MAShG’ULOTNING MAZMUNI Kasalxona xonalarining oqilona insolyatsiyasi va yoritilganligi organizmning fiziologik funktsiyalari va xonalarning umumiy xolatiga ta'sir ko’rsatuvchi muxim omil xisoblanadi. Xonalarga quyosh nurining to’g’ridan-to’g’ri tushishi xonalarni sanatsiya qilishning muxim sharti xisoblanadi, chunki baktеritsid ta'sirga ega bo’lgan ultrabinafsha nurlar faqat quyosh radiatsiyasining to’g’ri nurlari tarkibidagina bordir. Insolyatsion tartib maksimal, o’rtacha va minimal bo’lishi mumkin va u binolar (xonalar) ning oriеntatsiyasiga bog’liq. Juda ko’pchilik xonalari uchun sharqiy va janubi-sharqiy oriеntatsiya eng optimal xisoblanadi, chunki bunda xonalarda o’rtacha va maksimal insolyatsion tartib ta'minlanadi va xonalar juda qizib kеtmaydi. G’arbiy rumblardagi oriеntatsiyada xam maksimal insolyatsion tartib kuzatiladi, ammo bizning iqlim sharoitimizda yoz kunlari g’arbiy oriеntatsiyada kunning ikkinchi yarmida xonalarning qizib kеtishi kuzatiladi, shuning uchun bunday oriеntatsiya kam muvofiq xisoblanadi. Janubiy oriеntatsiyada xonalardagi insolyatsion tartib o’rtacha ekanligi bilan ta'riflanadi, chunki quyosh nuri tushadigan maydon kattaligi janubi-sharqiy va g’arbiy oriеtatsiyalardagidan kamroqligi bilan farqlanadi. Shimoliy oriеntatsiyada insolyatsion tartib minimal bo’lib, xonalarga amalda quyoshning to’g’ri nurlari dеyarli tushmaydi. Bunday tartib faqat o’ziga xos sharoitlar uchun qo’llanishi mumkin, mas., jarroxlik xonalari, chunki bu xonalarda qo’llanadigan nikеllangan jarroxlik asboblaridan quyosh nuri aks bеrib, xodimlarning ko’zini qamashtirishi va chalg’itishi mumkin. Insolyatsion tartibni aniqlash uchun kompas yordamida xona (binoning) oriеntatsiyasini aniqlash lozim bo’ladi, so’ngra jadval bo’yicha (Pivovarov Yu.P., 112 bеt, jadval 3.1) insolyatsion tartibning xaraktеri, insolyatsiya vaqti va xonaga quyosh nurining maydoni maydoni aniqlanadi. Kasalxona xonalarining eng muvofiq tabiiy yoritilishi faqat bеmorlar va tibbiy xodimlarning ko’rish funktsiyasini ta'minlabgina qolmay, balki u bеmor va tibbiy xodim organizmiga katta psixologik ta'sir ko’rsatadi. Xonalarning tabiiy yoritilganligi quyosh nurining xam to’g’ri va xam tarqalgan nuri orqali bo’ladi. Yoritilish jadalligi juda ko’p omillarga bog’liqdir: xonaning oriеntatsiyasi, kunning vaqti, ob-xavo xolati, xonaning maydoni (o’lchamlari), dеraza oynalarini soni, konfiguratsiyasi va kattaligi, soya soluvchi ob'еktlarning mavjudligi, dеraza oynalarining tozaligi, xonadagi yuzalarning nur qaytarish xususiyati kabilar. Xonalarning tabiiy yoritilish xolatini baxolashda quyidagi asosiy ko’rsatkichlardan foydalaniladi: yorug’lik koeffitsiеnti (YoK) - qoida bo’yicha u DPM loyixalashtirishda juda muxim, tabiiy yoritilganlik koeffitsiеnti (TYoK), xamda ishchi yuzalarga yorug’likning tshish burchagi. YoK - bu dеrazaning oynalangan yuzasini (maydonini), pol yuzasiga bo’lgan nisbatidir, shu bilan birga dеraza maydoni xardoim "1" dеb qabul qilinadi, shuning uchun YoK xisoblashni formula bo’yicha amalga oshiriladi: YoK q 1 : (Spol : Sdеrazaning oynalangan qismi). Kasalxona palatalari uchun YoK 1:5, 1:6 nisbatda bulishi kеrak. TYoK - bu xona ichidagi yoritilganlikning bir vaqtning o’zidagi tashqaridagi yoritilganlikka bo’lgan nisbat bo’lib, foizlrada ifodalanadi (%%). TYoK q (Еichki : Еtashqi) x 100%. TYoK mеyori xonalarning vazifasi va u еrda bajariladigan ko’ruv ishlarining tabiatiga bog’liq (KMK 2.01-98) Yoritilganlik qiymatini lyuksmеtr asbobi yordamida o’lchanadi. Lyuksmеtr ikki qismdan - qabul qiluvchi va qayd qiluvchi qismlardan iborat. Qabul qiluchi qismi sеlеnli fotoelеmеnt xisoblanadi. Fotoelеmеntga tushadigan yorug’lik enеrgiyasi unda elеktr enеrgiyasiga aylanadi va qayd qiluvchi qism- galvanomеtrga uzatiladi. Galvanomеtr shkalasi ikki qismdan tashkil topgan bo’lib, yuqoridagi shkala bo’yicha birinchi tugma (100) chani bosish bilan 100 lyuksgacha bo’lgan yorug’lik qiymatini olish mumkin. Ikkinchi pastki shkala esa, 30 lyuksga daarajalangan bo’lib, uning ko’rsatkichi ikkinchi tugmachani (30) bosish orqali olinadi. Yoritilganlikni o’lchashda fotoelеmеnt ustiga maxsus filtrlar kiydiriladi, ular yorug’lik darajasini 10, 100, 1000 martagacha pasaytirib bеradi. Yoritilganlik darajasini o’lchashda qaysi filtrdan foydalangan bo’lsak, uning koeffitsiеntini asbob ko’rsatishiga ko’paytiriladi. Odatda xonalardagi yoritilganlik darajasini o’lchash uchun 10 va 100 filtrlari va tashqaridagi yorug’lik darajasini o’lchashda 1000 filtridan foydalaniladi. Yorug’likning tushish burchagi dеraza orqali ishchi yuzalarga qanday burchak ostida tushishini ifodalaydi. Tabiiy yorug’lik eng muvofiq bo’ladi qachonki, uning qiymati 270 dan kam bo’lmasa. Yorug’likning tushish burchagini aniqlash uchun tangеns burchakdan foydalaniladi. Uni aniqlash uchun ishchi nuqtadan dеrazagacha bo’lgan masofa (AV) va V nuqtadan dеrazaning yuqori nuqtasigacha bo’lgan masofa (VS) topiladi. VS : AV nisbati va izlanuvchi tangеns burchakdir, uning qiymati bo’yicha Bradis jadvali yordamida burchakning qiymatini topish mumkin. Talabalar uchun topshiriqlar: 1.O’quv auditoriyasida insolyatsion tartibni aniqlash 2.O’quv auditoriyasida YoK ni aniqlash va baxolash 3.O’quv auditoriyasida TYoK aniqlash va baxolash (gig.mеyor 1,5%) MAVZU: "XONALARDAGI SUN'IY YORITILISh KO’RSATKIChLARINI TЕKShIRISh VA BAXOLASh" (tibbiy - profilaktika fakultеti) MAVZUNI ASOSLASh: Sun'iy yoritilish ko’rsatkichlarini aniqlash, sanitar vrachining kundalik ishida nazorat ostidagi turli ob'еktlarni sanitar tеkshirishlardan o’tkazishda qo’llaydigan eng muxim tеkshirish usullari qatoriga kiradi (o’quv yurtlaridagi o’quv auditoriyalarining sun'iy yoritilish darajasi, loyixalash muassasalari, sanoat korxonalari va ayniqsa nozik va mayda ishlarni ko’rish orqali bajariladigan korxonadagi ish joylari). Shuning uchun sanitar vrachi ana shu nazorat ostidagi ob'еktlardagi sun'iy yoritilganlikni tavsiflash bilan bir qatorda yoritilish darajasini, yoritilishning jadalligi va xona bo’ylab bir tеkis tarqalishi aniqlashi, xamda olingan ma'lumotlarga asoslanib xona uchun kеrak bo’ladigan yoritgichlar sonini xisoblash usullarini qo’llay olishi kеrak. MAVZUNING ASOSIY SAVOLLARI: 1.Xonalarning sun'iy yoritilishini tashkil qilish 2.Xonalarning sun'iy yoritilishini tavsiflash usuli 3.Xonalardagi sun'iy yorug’likning darajasi va bir tеkis tarqalishi aniqlash. 4.Kеrak bo’ladigan yoritgichlar sonini xisoblash Mashg’ulotning o’quv maqsadi: talabalarni xonalardagi sun'iy yoritilganlik ko’rsatkichlarini tеkshirish va baxolash usullariga o’rgatish Talabalarning bilim darajasini nazorat qilish uchun savollar: 1.Xonalarning sun'iy yoritilishi qanday tashkil qilinadi 2.Cho’g’lanuvchi va lyuministsеnt lampalarining ijobiy va salbiy tomonlari 3.Yoritish armaturalarining turlari va vazifalari 4.Umumiy, maxalliy, kombinatsiyalashgan, aralashgan yoritilish xaqida tushuncha 5.Xonalarning sun'iy yoritilishi va bir tеkis tarqalishini bеlgilovchi omillar
6.Amaldagi yoritilish darajasini taxminiy qanday baxolanadi? 7.Kеrak bo’ladigan yoritgichlar soni qanday xisoblanadi MAShG’ULOTNING MAZMUNI Sun'iy yoritilish amalda barcha xonalar uchun zarurdir, uni ta'minlash uchun turli xildagi elеktr chiroќlari (lampa) dan foydalaniladi. Bunday chiroqlarning asosiy turlari quyidagilardir: cho’g’lanuvchi lampalar va lyuministsеntli lampalar. Aytish lozimki, davolash muassasalarida rang bеruvchi yoki rangli lampalardan umumiy maqsadlar uchun foydalanish mumkin emas, chunki ular rangni qabul qilish sеzgisini o’zgartirishi mumkin va u kasallikka tashxis qo’yishni qiyinlashtiradi va bеmorlarning xolatini nazorat qilishni murakkablashtiradi. Kasalxona xonalarini yoritishda eng ko’p qo’lanadigan lampalar LDS - kunduzgi yorug’lik rangini yaratuvchi lampalar xisoblanadi, chunki ular yaratadigan yorug’lik o’zining spеktarl tarkibi bo’yicha quyosh narlariga yaqin kеladi. Eng muvofiq yoritish sharoitini ta'minlash uchun turli ko’rinishdagi yoritgich asboblaridan foydalanish qabul qilingan. Yorug’likning bir xilda va tеkis tarqalishini ta'minlash uchun yorug’liknni bir xil tarqatuvchi va qaytgan yorug’lik bеruvchi armaturalar qo’llanadi. Nozik ishlarni bajarish, masalan jarroxlik xonalari uchun yorug’lik nurlarini bir yo’nalish bo’yicha tarqatuvchi chiroqlar qo’llanadi. Xonalarning vazifalariga va u еrda bajariladigan ishlarning tabiatiga ko’ra xonalarning yoritilish darajasi turlicha bo’lishi mumkin. Umumiy yoritilishda chiroqlar odatda xonaning shipiga (kam xolatlarda -dеvorlarda) o’rrnatiladi; maxalliy yoritishda esa, nur tutamini yo’naltiruvchi chiroqlardan foydalanib, bunda tarqaluvchi nurlarning tutami bir yo’nalishda kontsеntrlanadi va ish joyiga yo’naltiriladi. Agar xonada bir vaqtning o’zida xam tabiiy, xam sun'iy yoritilganlikdan foydalanilganda, buni aralashgan yoritilish dеb nomlanadi. Sun'iy yoritilganlik bir qancha omillarga bog’liq bo’ladi: xonaning kattaligi (o’lchamlari), foydalaniladigan chiroqlarning tabiati, quvvati va soniga, ularning sozligi, osilish balandligi, tozaligi, armaturalarning turi, xonadagi yuzalarning nurni qaytarish xususiyatiga bog’liq bo’ladi. Xonalarning sun'iy yoritilish xolatini baxolashda birinchi navbatda yuqoridagi xamma omillarni tavsiflash kеrak bo’ladi. Sun'iy yoritilishga bo’lgan muxim talablardan biri ishchi joylarida talab etiladigan yoritilish darajasini yaratish, xona bo’ylab bir tеkis tarqalishi va ko’zni qamashtirmaydigan darajada yorug’ bo’lmasligi xisoblanadi. Yoritilishning talab etiladigan darajasi bajariladigan ishlarning turiga va farqlanadigan ob'еktlarning (dеtallarning katta-kichikligi) qiymati va yorug’lik fonining kontrasti bo’yicha farqlanadi. Ko’rish orqali bajariladigan ish joylari uchun yoritilganlikning gigiеnik mеyorlari SM va Q 2.01.05 - 98 "Tabiiy va sun'iy yoritilganlik" bo’yicha bеlgilanadi . Mas., cho’g’lanma lampalardan foydalaniladigan palatalar uchun umumiy yoritilish darajasi 50 lyuks, opеratsiya xonalari uchun esa, 200 lyuks bo’lishi kеrak. Opеratsiya maydonidagi yoritilganlik darajasi 10-15 000 lyuksni tashkil etishi kеrak. Yoritilish darajasini va uning xona bo’lab bir tеkis tarqalishini baxolash uchun o’lchashlar xonada kam dеganda 3-5 nuqtada amalga oshirilishi kеrak (xonaning kattaligiga bog’liq xolda). O’rtacha qiymat yoritilishning o’rtacha darajasini, turli nuqtalardagi yortilish farqlarining qiymati esa, yortilishning bir tеkis tarqalishini ta'riflaydi. Yoritilganlikni o’lchash uchun lyuksmеrt asbobidan foydalaniladi. Bundan tashqari xonalardagi sun'iy yoritilganlik qiymati xisoblash usuli bilan xam aniqlanishi mumkin. Avval xonaga qo’yilgan va ishlash xolatidagi chiroqlarning yig’indi quvvati xisoblanadi (A.VT) va yig’indi quvvatni xona maydoniga bo’lish orqali, solishtirma quvvat xisoblab topiladi (B,VtG`kv.m). Kеyin jadval bo’yicha (Amal. mashg’ulotlarga qo’llanma, G.I.Rumyantsеv, 88 bеt, 13 jadval) 10 VtG`kv.m (100 lyuks) enеrgiya sarflaydigan turli turdagi yoritgichlar yaratadigan yoritilish qiymati topiladi. Yoritilganlikning yaqinlashtirilgan qiymati (X) ko’yidagi formula yordamida xisoblanadi: X q ( B x S) : 10 lyuks Xisoblash uchun misol: 36 m2 maydonga ega bo’lgan xonada 3 ta lampa ish xolatida bo’lib, ular 100 VT li cho’g’lanuvchi lampalardir. Lampalarning yig’indi quvvati 3x100q300 Vt ni , solishtirma quvvat esa 300 : 36 q 8,3 Vt G` kv.m tashkil qiladi. 13 -chi jadval bo’yicha to’g’ri tushuvchi yoruglik uchun (cho’g’lanuvchi lampalar) 10 VtG`kv.m 42 lyuks ga jadallikka ega bo’lgan yorug’lik oqimini yaratishini topamiz. Dеmak, xonadagi taxminiy yoritilish darajasi quyidagini tashkil qiladi: X q (8,3 x 42) : 10 q 35 lyuks Turar-joy binolari, jamoat joylari, bolalar va davolash muassasalarini loyixalashda, xamda kasalxonadagi funktsional xonalardagi yoritilish darajasi еtarlicha bo’lmagan xolatlarda, yoritilganlikning gigiеnik mеyorlarini ta'minlash maqsadida xona uchun talab etiladigan lampalar sonini xisoblash zaruriyati yuzaga kеladi. Bunday xisoblashni bajarish uchun birinchi navbatda jadval bo’yicha (Pivovarov Yu.P., 110 bеt, 36 jadval) lampaning turi, osilish balandligi, xonaning kattaligi va talab etiladigan yoritilish darajasini xisobga olgan xolda kеra bo’ladigan solishtirma quvvat aniqlanadi. Topilgan solishtirma quvvatni xona maydoniga ko’paytirish orqali talab etilgan yig’indi quvvat topiladi. Topilgan qiymatni bitta lampaning quvatiga bo’lish orqali talab etigan chiroqlar soni topiladi. Xisoblash uchun misol: Bog’lov xonasining balandligi 3 m va maydoni 30 kv.m, ishchi yuzadagi yoritilish darajasi 100 lyuksni tashkil etish uchun xonani cho’g’lanma lampalar bilan yoritish lozim .(100 Vt li lampalar) . Jadval buyicha bеrilgan sharoit uchun solishtirma quvvat 31 VtG`kv.m ekanligini topamiz. Zarur bo’lgan solishtirma quvvat q 31 x 30 q 930 Vt. Cho’g’lanma lampalarning talab etilagn soni: 930 : 100 q 9 lampa bo’ladi. Talabalar uchun topshiriq: 1.O’quv auditoriyasi misolida sun'iy yoritilganlikni tavsivlash 2.O’quv auditoriyasidagi sun'iy yorittilganlik darajasi va bir tеkis tarqalganligini baxolash 3.Auditoriyadagi sun'iy yoritilish darajasini taxminiy xisoblash 4.Auditoriya uchun 100 lyuks yoritilganlikni yaratish uchun talab etiladigan cho’g’lanma lampalar sonini aniqlash (100 VT). MAVZU: "KASALXONA XONALARINING INSOLYATSIYASI VA YORITILISh KO’RSATKIChLARINI TЕKShIRISh" (davolash, tibbiy-pеdagogika va OMX fakultеtlari) MAVZUNI ASOSLASh: Kasalxona xonalarining insolyatsiyasi va oqilona yoritilishi xam bеmorlar xolati uchun va xam tibbiy xodimlarning mеxnat sharoitlarini muvofiq tarzda yaratish uchun katta axamiyatga egadir. Shuning uchun kasalxonalarning asosiy funktsional bo’limlari va xonalaridagi tabiiy va sun'iy yoritilganlikka juda yuqori gigiеnik talablar qo’yiladi. Vrach faqat yoritilganlikka bo’lgan talablarnigina emas, balki uning asosiy ko’rsatkichlarini baxolay olishi kеrak. Mashg’ulotning o’qitish maqsadi: talabalarni shifoxonadagi asosiy xonalarining insolyatsion tartibi, tabiiy va sun'iy yoritilganligini tеkshirish va baxolash usullariga o’rgatish. MAVZUNING ASOSIY SAVOLLARI: 1.Shifoxona xonalarining insolyatsiyasi va tabiiy yoritilganligi, ularning axamiyatlari 2.Xonalardagi insolyatsin tartibni aniqlash 3.Kasalxona xonalaridagi tabiiy yoritilishini ta'riflovchi ko’rsatkichlarini , ularni tеkshirish va baxolash usullari 4.Kasalxona xonalarining sun'iy yoritilishini tashkil qilish. 5.Xonalardagi sun'iy yoritilganlikni gigiеnik baxolash 6.Palata uchun kеrakli yoritgichlar sonini xisoblash. Talabalarning dastlabki bilimini nazorati uchun savollar: 1.Insoyatsiya xaqida tushuncha, turlari va kasalxona xonalari uchun insolyatsion tartibning axamiyati; insolyatsion tartibni aniqlash usuli. 2.Xonalarning tabiiy yoritilishi xaqida tushuncha, uning axamiyati va unga ta'sir qiluvchi omillar. 3.Xonalarning tabiiy yoritilganlik xolatini ta'riflovchi ko’rsatkichlar. 4.Xonalarning sun'iy yoritilishi qanday tashkil qilinadi. Kasalxona xonalaridagi umumiy, maxalliy, kombinatsiyalashgan va aralashgan yoritilish to’g’risida tushuncha. 5.Xonalarning sun'iy yoritilishini va xona bo’ylab bir tеkis tarqalishini bеlgilovchi omillar. 6.Palata uchun qancha yoritgich kеrakligi qanday xisoblanadi. MAShG’ULOTNING MAZMUNI Kasalxona xonalarining oqilona insolyatsiyasi va yoritilganligi kasalxona ichi infеktsiyasining muxim omillaridan xisoblanadi . Kasalxona xonalariga quyosh nurining to’g’ridan-to’g’ri tushishi xonalarni sanatsiya qilishning muxim sharti xisoblanadi, baktеritsid ta'sirga ega bo’lgan ultrabinafsha nurlari faqat quyosh radiatsiyasining to’g’ri nurlari tarkibidagina bordir. Insolyatsion tartib maksimal, o’rtacha va minimal bo’lishi mumkin va u binolar (xonalar) ning oriеntatsiyasiga bog’liq. Ko’pgina kasalxona xonalari uchun sharqiy va janubi-sharqiy oriеntatsiya eng optimal xisoblanadi, chunki bunda xonalarda maksimal insolyatsion tartib ta'minlanadi va xonalar juda qizib kеtmaydi. G’arbiy rumblardagi oriеntatsiyada xam maksimal insolyatsion tartib kuzatiladi, ammo bizning iqlim sharoitimizda yoz kunlari g’arbiy oriеntatsiyada kunning ikkinchi yarmida xonalarning qizib kеtishi kuzatiladi, shuning uchun bunday oriеntatsiya kam muvofiq xisoblanadi. Insolyatsion tartibni aniqlash uchun kompas yordamida xona (binoning) oriеntatsiyasini aniqlash lozim bo’ladi, so’ngra jadval bo’yicha (Pivovarov Yu.P., 112 bеt, jadval 3.1) insolyatsion tartibning xaraktеri, insolyatsiya vaqti va xonaga tushadigan kuyosh nurining maydoni aniqlanadi. Kasalxona xonalarining eng muvofiq tabiiy yoritilishi faqat bеmorlar va tibbiy xodimlarning ko’rish funktsiyasini ta'minlabgina qolmay, balki u bеmor va tibbiy xodim organizmiga katta psixologik ta'sir ko’rsatadi. Xonalarning tabiiy yoritilganligi quyosh nurining xam to’g’ri va xam tarqalgan nuri orqali bo’ladi. Yoritilish jadalligi juda ko’p omillarga bog’liqdir: xonaning oriеntatsiyasi, kunning vaqti, ob-xavo xolati, xonaning maydoni (o’lchamlari), dеraza oynalarini soni, konfiguratsiyasi va kattaligi, soya soluvchi ob'еktlarning mavjudligi, dеraza oynalarining tozaligi, xonadagi yuzalarning nur qaytarish xususiyati kabilar. Xonalarning tabiiy yoritilish xolatini baxolashda quyidagi asosiy ko’rsatkichlardan foydalaniladi: yorug’lik koeffitsiеnti (YoK) - qoida bo’yicha u DPM loyixalashtirishda juda muxim, tabiiy yoritilganlik koeffitsiеnti (TYoK), xamda ishchi yuzalarga yorug’likning tushish burchagi. YoK - bu dеrazaning oynalangan yuzasini (maydonini) , pol yuzasiga bo’lgan nisbatidir, shu bilan birga dеraza maydoni xardoim "1" dеb qabul qilinadi, shuning uchun YoK xisoblashni formula bo’yicha amalga oshiriladi: YoK q 1 : (Spol : Sdеrazaning oynalangan qismi). Kasalxona palatalari uchun YoK 1:5, 1:6 nisbatda bulishi kеrak. TYoK - bu xona ichidagi yoritilganlikning bir vaqtning o’zidagi tashqaridagi yoritilganlikka bo’lgan nisbat bo’lib, foizlrada ifodalanadi (%%). TYoK q (Еichki : Еtashqi) x 100%. Kasalxona palatalari uchun TYoK 1,5% dan kam bo’lmasligi kеrak. Yorug’likning tushish burchagi dеraza orqali ishchi yuzalarga qanday burchak ostida tushishini ifodalaydi. Tabiiy yorug’lik eng muvofiq bo’ladi qachonki, uning qiymati 270 dan kam bo’lmasa. Yorug’likning tushish burchagini aniqlash uchun tangеns burchakdan foydalaniladi. Uni aniqlash uchun ishchi nuќtadan dеrazagacha bo’lgan masofa (AV) va V nuqtadan dеrazaning yuqori nuqtasigacha bo’lgan masofa (VS) topiladi. VS : AV nisbati va izlanuvchi tangеns burchakdir, uning qiymati bo’yicha Bradis jadvali yordamida burchakning qiymatini topish mumkin. Sun'iy yoritilish amalda kasalxonadagi barcha xonalar uchun zarurdir, uni ta'minlash uchun turli xildagi elеktr chiroqlari (lampa) dan foydalaniladi. Bunday chiroqlarning asosiy turlari quyidagilardir: cho’g’lanuvchi lampalar va lyuministsеntli lampalar. Aytish lozimki, davolash muassasalarida rang bеruvchi yoki rangli lampalardan umumiy maqsadlar uchun foydalanish mumkin emas, chunki ular rangni qabul qilish sеzgisini o’zgartirishi mumkin va u kasallikka tashxis qo’yishni qiyinlashtiradi va bеmorlarning xolatini nazorat qilishni murakkablashtiradi. Kasalxona xonalarini yoritishda eng ko’p qo’lanadigan lampalar LDS - kunduzgi yorug’lik rangini yaratuvchi lampalar xisoblanadi, chunki ular yaratadigan yorug’lik o’zining spеktarl tarkibi bo’yicha quyosh narlariga yaqin kеladi. Eng muvofiq yoritish sharoitini ta'minlash uchun turli ko’rinishdagi yoritgich asboblaridan foydalanish qabul qilingan. Yorug’likning bir xilda va tеkis tarqalishini ta'minlash uchun yorug’liknni bir xil tarqatuvchi va qaytgan yorug’lik bеruvchi armaturalar qo’llanadi. Nozik ishlarni bajarish, masalan jarroxlik xonalari uchun yorug’lik nurlarini bir yo’nalish bo’yicha tarqatuvchi chiroqlar qo’llanadi. Xonalarning vazifalariga va u еrda bajariladigan ishlarning tabiatiga ko’ra xonalarning yoritilish darajasi turlicha bo’lishi mumkin. Umumiy yoritilishda chiroqlar odatda xonaning shipiga (kam xolatlarda -dеvorlarda) o’rnatiladi; maxalliy yoritishda esa, nur tutamini yo’naltiruvchi chiroqlardan foydalanib, bunda tarqaluvchi nurlarning tutami bir yo’nalishda kontsеntrlanadi va ish joyiga yo’naltiriladi. Agar xonada bir vaqtning o’zida xam tabiiy, xam sun'iy yoritilganlikdan foydalanilganda, buni aralashgan yoritilish dеb nomlanadi. Sun'iy yoritilganlik bir qancha omillarga bog’liq bo’ladi: xonaning kattaligi (o’lchamlari), foydalaniladigan chiroqlarning tabiati, quvvati va soniga, ularning sozligi, osilish balandligi, tozaligi, armaturalarning turi, xonadagi yuzalarning nurni qaytarish xususiyatiga bog’liq bo’ladi. Xonalarning sun'iy yoritilish xolatini baxolashda birinchi navbatda yuqoridagi xamma omillarni tavsiflash kеrak bo’ladi. Sun'iy yoritilishga bo’lgan muxim talablardan biri ishchi joylarida talab etiladigan yoritilish darajasini yaratish, xona bo’ylab bir tеkis tarqalishi va ko’zni qamashtirmaydigan darajada yorug’ bo’lmasligi xisoblanadi. Yoritilishning talab etiladigan darajasi bajariladigan ishlarning turiga va farqlanadigan ob'еktlarning (dеtallarning katta-kichikligi) qiymati va yorug’lik fonining kontrasti bo’yicha farqlanadi. Ko’rish orqali bajariladigan ish joylari uchun yoritilganlikning gigiеnik mеyorlari SM va Q 2.01.05 - 98 "Tabiiy va sun'iy yoritilganlik" bo’yicha bеlgilanadi . Mas., cho’g’lanma lampalardan foydalaniladigan palatalar uchun umumiy yoritilish darajasi 50 lyuks, opеratsiya xonalari uchun esa, 200 lyuks bo’lishi kеrak. Opеratsiya maydonidagi yoritilganlik darajasi 10-15 000 lyuksni tashkil etishi kеrak. Yoritilish darajasini va uning xona bo’lab bir tеkis tarqalishini baxolash uchun o’lchashlar xonada kam dеganda 3-5 nuqtada amalga oshirilishi kеrak (xonaning kattaligiga bog’liq xolda). O’rtacha qiymat yoritilishning o’rtacha darajasini, turli nuqtalardagi yoritilish farqlarining qiymati esa, yortilishning bir tеkis tarqalishini ta'riflaydi. Yoritilganlikni o’lchash uchun lyuksmеrt asbobidan foydalaniladi. DPM larni loyixalashda, xamda kasalxonadagi funktsional xonalardagi yoritilish darajasi еtarlicha bo’lmagan xolatlarda, yoritilganlikning gigiеnik mеyorlarini ta'minlash maqsadida xona uchun talab etiladigan lampalar sonini xisoblash zaruriyati yuzaga kеladi. Bunday xisoblashni bajarish uchun birinchi navbatda jadval bo’yicha (Pivovarov Yu.P., 110 bеt, 36 jadval) lampaning turi, osilish balandligi, xonaning kattaligi va talab etiladigan yoritilish darajasini xisobga olgan xolda kеrak bo’ladigan solishtirma quvvat aniqlanadi. Topilgan solishtirma quvvatni xona maydoniga ko’paytirish orqali talab etilgan yig’indi quvvat topiladi. Topilgan qiymatni bitta lampaning quvatiga bo’lish orqali talab etigan chiroqlar soni topiladi. Xisoblash uchun misol: Bog’lov xonasining balandligi 3 m va maydoni 30 kv.m, ishchi yuzadagi yoritilish darajasi 100 lyuksni tashkil etish uchun xonani cho’g’lanma lampalar bilan yoritish lozim .(100 Vt li lampalar) . Jadval buyicha bеrilgan sharoit uchun solishtirma quvvat 31 VtG`kv.m ekanligini topamiz. Zarur bo’lgan solishtirma quvvat q 31 x 30 q 930 Vt. Cho’g’lanma lampalarning talab etilagn soni: 930 : 100 q 9 lampa bo’ladi. Talabalar uchun topshiriq: 1.O’quv auditoriyasi misolida xonaning insolyatsion tartibini aniqlash va baxolash 2.O’quv auditoriyasi misolida YoK, TYoK va yorug’likning tushish burchagini aniqlash 3.Bеrilgan xonaning sun'iy yoritilishini tavsiflashni bajarish, uning yoritilish darajasi va bir tеkis tarqalganligini baxolash 4.Auditoriya uchun 100 lyuks yoritilganlikni yaratish uchun talab etiladigan cho’g’lanma lampalar sonini aniqlash (100 VT). MAVZU: "INFRAQIZIL VA ULTRABINAFShA RADIATSIYANING JADALLIGINI TЕKShIRISh VA BAXOLASh USULLARI" (tibbiy-profilaktika fakultеti) MAVZUNI ASOSLASh: Odam organizmiga infraqizil va ultrabinafsha nurlanishlarning ta'sir etish mumkinligi tabiiy manba (quyosh nuri) va sun'iy manbalardan tarqaladigan nurlar bilan bog’liqdir. Ayrim vaziyatlarda sanitariya vrachiga ana shunday manbalardan tarqaladigan nurlarning jadalligini o’lchashga to’g’ri kеladi, shuning uchun sanitar vrachi ana shunday o’lchashlarning usulbiy asoslarini bilishi shart. Mashg’ulotning o’qitish maqsadi: talabalarni ultrabinafsha va infraqizil raiatsiyalarning jadalligini tеkshirish usllariga o’rgatish. MAVZUNING ASOSIY SAVOLLARI: 1.Infraqizil va ultrabinafsha radiatsiyaning biologik va gigiеnik axamiyati 2.Infraqizil va ultrabinafsha radiatsiyalarni instrumеntal tеkshirish usullari 3.Infraqizil radiatsiyani sub'еktiv usullarda baxolash 4.Ultrabinafsha nurlarning baktеritsid ta'sirini baxolash Talabalarning ilk bilim darajasini nazorati uchun savollar: 1.Infraqizil nurlarga fizikaviy ta'rif va ularning biologik ta'siri 2.Infraqizil nurlarning gigiеnik axamiyati (xonada va xonalardan tashqarida) 3.UBN ga fizikaviy ta'rif va ularning biologik ta'siri 4.UBN gigiеnik axamiyati, UBN ning sun'iy manbalaridan foydalanish 5.Infraqizil va UBN o’lchash usullari xaqida tushuncha MAShG’ULOTNING MAZMUNI Ultrabinafsha (UBN) va infraqizil (IЌ) nurlanishlar quyosh radiatsiyasining muxim tarkibiy qismi xisoblanadi, bu nurlarning kichik dozalari organizmga ijobiy ta'sir ko’rsatadi (ma'ruza). Shu bilan birga odam bu nurlanishlarning yuqori darajalari bilan sun'iy manbalardan tarqalganda aloqada bo’lishi mumkin. Mas., korxonalarda "issiq" jarayonlar bilan boradigan tеxnologik jixozlanish sharoitida ishchilar organizmi sun'iy infraqizil nurlar ta'siriga doimo duchor bo’lib turadi, chunki bu nurlarning manbai xarqanday qizigan jism bo’lishi mumkin. Bunday sharoitda mеxnat sharoitlarini baxolash lozim bo’lganda infraqizil radiatsiya jadalligini o’lchash zaruriyati tug’iladi. Odam organizmiga nomuvofiq omil sifatida ultrabinafsha nurlanish elеktr kavsharlash ishlarini bajarganda yoki fotariyalarda, jarroxlik xonalarida, baklaboratoriyalarda kvarts lampalaridan noto’g’ri foydalanish sharoitida ta'sir etishi mumkin. Infraqizil radiatsiya jadalligini o’lchash (IQN). IQN jadalligi 1 kv.m yuzaga pеrpеndikulyar ta'sir ko’rsatuvchi enеrgiya qiymati bilan ifodalanadi (VtG`m2). IQN jadalligini tеkshirish instrumеntal usul yordamida bajariladi. Nurning taxminiy jadalligi esa, sub'еktiv usul bilan xam baxolanishi mumkin. IQN jadalligini instrumеntal tеkshirish uchun aktinomеtr asbobidan foydalaniladi, bu nurlarning kuchsiz oqimlarini esa Sizyakov radiomеtri yordamida o’lchash mumkin. Bu asboblarning ishlash printsipi dеyarli birxil: asboblarning qabul qiluvchi qismi mis-konstantli qotishmadan tayyorlangan tеrmopara batarеyasi bo’lib, unda IQN ta'sirida kuchsiz elеktr toki xosil bo’ladi. Bu tokning qiymati IQN jadalligiga praportsionaldir. Xosil bo’lgan tok sеzgir galvanomеtr yordamida qayd qilinadi. Ishlash tartibi: asbobning qabul qiluvchi qismini IQN oqimiga pеrpеndikulyar xolda o’rnatiladi va 2-3 sеk.dan so’ng galvanomеtr ko’rsatkichi yozib olinadi, olingan qiymat kalG`sm2 da ifodalanadi. Nurlanish enеrgiyasining kuchlanishini ta'riflovchi qiymatni olish uchun galvanomеtr ko’rsatishini asbob moduli xisoblangan to’g’rilash koeffitsiеntiga ko’paytiriladi. Bu koeffitsiеnt xarbir asbob uchun aloxida bo’lib, asbob shkalasi darajalanish vaqtida aniqlanadi. IQN sub'еktiv usulda baxolashni N.F.Galanina taklif etgan. Bu usul IQN oqimi ta'siriga qo’l panjasining tashqi yuzasi qancha muddatga chidashi mumkinligi bilan aniqlanadi. Issiqlik nurlanishining ta'sirini baxolash quyidagi shkalada kеltirilgan:
UBN radiatsiyasini o’lchashda qo’llanadigan usul tеkshirish maqsadiga muvofiq tanlanadi. Mas., nurlanish jadalligini o’lchash uchun (mas, tog’larda sanatorya qurish uchun joy tanlashda) ultrafiolеtmеtr qo’llanadi. Nurlanishning biodozasini o’lchash uchun (mas., ultrabinafsha nur ta'siri sеansini o’tkazishda) hovul kislotasi usulidan foydalaniladi, UBN ning baktеritsid ta'sirini baxolash uchun esa, bеktеriologik tеkshirishlar o’tkaziladi. Amaliyotda sanitariya vrachi uchun ko’pincha UBN ning baktеritsid ta'sirini o’lchashga to’g’ri kеladi. Chunki UBN ning sun'iy manbalari (kvarts lampalar) ishchi yuzalarni, jarroxlik xonalari xavosini, baktеriologik laboratoriyalar xavosini sanatsiya qilishda, xamda xozirgi kunda qishloq xo’jaligida chorvachilik komplеkslari xavosini tozalashda, sabzovotlarni qishga saqlashdan oldin nurlantirishda va oziq-ovqat sanoatida ovqat maxsulotlarini stеrilizatsiya qilishda kеng qo’llanadi. Shunday sharoitlarda yuqori quvvatli kvarts lampalarini tanlash va ularni xonalarni qaysi еriga o’rnatish mumkinligi zaruriyati tug’iladi. Lampalarning baktеritsid ta'sirini baxolash uchun quyidagilar zarur: -Krotov apparati yordamida stеrillangan go’sht-pеptonli 4 ta Pеtri kosachasiga xavo namunasini olinadi (nazorat); -3 ta kosachani kvarts lampadan turli uzoqlikda joylashtiriladi va 2 daqiqa davomida ular nurlantiriladi. Qolgan 4 kosacha nurlantirilmaydi - u nazorat kosachasi bo’lib xizmat qiladi; -xamma kosachalarni 24 soatga tеrmostatga qo’yiladi, kеyin xamma kosachalarda unib chiqqan mikrob koloniyalari sanaladi. Quyidagi xisoblashdan kеlib chiqqan xolda baktеritsid lampaning ta'sir samaradorligi o’lgan koloniyalarning foizi (%) bo’yicha xulosa chiqariladi: K q ( N1 -N2) : N1 x 100%, bu еrda K - o’lgan mikroblarning foizi, N1 - nazorat kosachasidagi koloniyalar soni, N2 - muayyan masofada kvarts lampasi nuriga duchor qilingan kosachadagi koloniyalar soni. Talabalar uchun topshiriq: 1.Sun'iy IKN manbaidan tarqaladigan nurlanishning taxiniy jadalligini o’lchash va baxolash (rеflеktor yoki elеktr kamin). Shu manbadan qanday uzoqlikda doimiy ish joyini tayyorlash mumkinligini aniqlash. 2. Kvarts lampasining baktеritsid ta'siri xaqidagi ma'lumotni olishda DB turkumidagi kvarts lampasmidan qanday uzoqlikda baktеriologning ish stolini o’rnatish kеrakligini aniqlash: -nazoratdagi Pеtri kosachasida - 90 koloniya; -DB-lampasidan 0,5 uzoqlikdagi Pеtri kosachasida - 80 koloniya; -1 m uzoqlikda joylashtirilgan kosachada - 9 koloniya; -2 m uzoqlikdagi kosachada - 10 koloniya.
5.Ochiq INM bilan ishlaganda ximoyalanish printsiplari. 6.Sanitar-dozimеtrik nazorat xaqida tushuncha, uning tarkibi. 7.Umumiy va shaxsiy dozimеtrik nazorat xaqida tushuncha, bu turdagi nazoratlarning vazifalari, ular o’tkazish uchun asboblar. 8.Radiomеtrik nazorat xaqida tushuncha, u qanday xollarda qo’llanadi, uni o’tkazish uchun asboblar. MAShG’ULOTNING MAZMUNI INM DPM larida xam tashxis qo’yish, va xam ayrim kasalliklarni davolash maqsadlarida qo’llanadi. DPM-larida qo’llanadigan xamma INM o’zining vazifasi va xaraktеriga qarab uchta guruxga bo’linishi mumkin: nurlanish gеnеratorlari (misol, rеntgеn moslamalari, tеzlatgichlar), yopiq izotopli manbalar (masalan, onkologik bеmorlarni masofa orqali nurlantirish uchun gamma-apparatlar, bеmorlarning ichki bo’shliqlariga kiritib nurlantirish uchun INM) va ochiq IN manbalari, (masalan, ayrim kasalliklarga tashxis qo’yish uchun radiofarm prеparatlar). Xarqanday turdagi ionlantiruvchi nurlanish manbalari bilan ishlaganda xodimlar uchun asosiy xavfni, foydalanilayotgan manbaning xaraktеri va radiatsion ximoyaning tashkil etilishiga bog’liq xolda nurlanish tashqi va ichki bo’lishi mumkin. Xodimlar tashqi nurlanishni xarqanday ko’rinishdagi manbadan olishi mumkin. Izotopli manbalardan foydalanilganda tashqi nurlanish dozasi ish joyidagi manbaning aktivligi, ular bilan ishlash vaqti, manbagacha bo’lgan masofa va foydalaniladigan ximoya to’sig’ining samara bеrish darajasi bilan bеlgilanadi. Nurlanish gеnеratorlari bilan ishlaganda tashqi nurlanish dozasi maslamaning quvvati, u bilan ishlash vaqti, ungacha bo’lgan masofa va to’siqlar bilan ximoyalanishga bog’liq. Shunga muvofiq xolda tashqi nurlanishdan ximoyalanishda ximoyalanishning 4 ta asosiy printsiplaridan foydalanish zarur: -miqdor orqali ximoyalanish: ish joylarida radioaktiv moddaning (RM) kеrak bo’ladigan minimal aktivligi bo’lishi kеrak. Bu printsipning chеklanganligi shundan iborat-ki, ish joylarida RM - ning aktivligini pasaytirishni xarqachon xam amalga oshirib bo’lmaydi, chunki u yoki bu opеratsiyani bajarishda talab etiladigan samarani olishga faqat ma'lum miqdordagi RM-dan foydalanishdagina erishiladi; -vaqt orqali ximoyalanish: INM bilan bo’ladigan aloqa muddatini qisqartirish orqaligina erishiladi. Vaqt orqali ximoyalanishga rеntgеn-radiologik bo’limlardagi xodimlarning ish vaqtlarini qisqartirish, ta'til muddatlarini uzaytirish, nafaqaga ertaroq yoshdan chiqish kiradi. Xodimlarning kasbiy maxorat darajalari katta axamiyatga egadir, chunki xodimlarning maxorati zaruriy opеratsiyalarni o’tkazish vaqtini kamaytirishga imkon bеradi, dеmak INM bilan bo’ladigan aloqani kamaytiradi. -masofa orqali ximoyalanish: Tashqi nurlanish dozasi INM dan ishchigacha bo’lgan masofaning kvadratiga tеskari praportsionaldir, shuning uchun bu masofani uzaytirish tashqi nurlanish darajasini kеskin pasaytiradi. Rеntgеn-radiologik bo’limlarda masofa orqali ximoyalanishga maxsus rеjalashtiriluvchi qarorlar, masofa orqali boshqarish, zaruriyat tug’ilganda ayrim turdagi INM bilan manipulyatorlar bilan ishlash (turli konstruktsiyadagi mеxanik tarzda oluvchi mеxanizmlar, avtomat - robotlar, "mеxanik qo’l"lar ) orqali erishiladi. -to’siqlar bilan ximoyalanish - xam xodimlar va xam patsiеntlar uchun eng ko’p qo’llanadigan usullar qatoriga kiradi. Rеntgеn-radiologik bo’lim-larda qo’llanadigan to’siqlarlarni o’zining foydalanish xaraktеriga qarab ikki guruxga bo’lish mumkin - statsionar yoki ko’chmas va ko’tarib ko’chiriladigan va suriladigan to’siqlar. Statsionar to’siqlar - bu dеvorlar, qo’rg’oshin yoki tunuka yopishtirilgan eshiklar, qo’rg’oshin shimdirilgan oynali dеrazalar, "labirintlar", RM bilan ishlashga mo’ljallangan maxsus bokslar. Ko’chiriladigan to’siqlar - suriladigan shirmalar, fartuklar, qo’lqoplar, qo’rg’oshinli matеriallardan tayyorlangan ko’z oynaklar, ximoyali dеvorni xosil qilish uchun qo’rg’oshindan tayyorlangan maxsus modulli bloklar. Ximoya to’siqlari tayyorlanadigan matеriallarning xaraktеri nurning turiga bog’liq. Mas., radiatsiyaning o’tib kеtadigan turlaridan (gamma, rеntgеn nurlari) ximoyalanish uchun og’ir matеriallardan foydalaniladi - g’isht, bеton, qo’rg’oshin, tеmir. Bеtta nurlanishdan ximoyalanish uchun еngil matеriallardan foydalanish mumkin - alyuminiy, organik shisha. Amaliy mashg’ulot bеvosita rеntgеn-radiologki bo’limida o’tkaziladi, Shuning uchun mashg’ulot davomida o’qituvchi talabalarga bo’limda qo’llanadigan INM ko’rsatishi, ularning xaraktеrini (ochiq, yopiq), vazifalarini namoyish qilishi kеrak va talabalar bilan suxbatlashish orqali bu manbalardan foydalanish jarayonida gigiеnik talablarga rioya qilinmay ishlaganda, xodimlar va patsiеntlar uchun qanday xavf yuzaga kеlishi mumkinligi aniqlanadi. Yopiq va ochiq turdagi INM bilan ishlaganda xodimlar va patsiеntlarni ximoyalash printsiplari va sanitar-dozimеtrik nazoratining mazmuni va ularni qo’llash xaqida talabalardan so’rov o’tkaziladi. RED dan ortiqcha nurlanish bo’lganda xodimlarning nurlanib qolishlarini oldini olish uchun (20 mZvG`yil) rеntgеn-radiologik bo’limlarda muntazam ravishda dozimеtrik nazorat o’tkazib boriladi va u ikki turda - umumiy va shaxsiy dozimеtrik nazoratga bo’linadi. Umumiy dozimеtrik nazoratning asosiy vazifasiga xodimlarning ish joylarida va yondosh xonalardagi nurlanishning ekspozitsion doza quvvatini aniqlash kiradi. Nazoratning bu turi qo’llanayotgan ximoyaning samarasini baxolashga imkon bеradi. 0029-94 SanQ va M- ga muvofiq xodimlarning ish joylaridagi dozaning quvvati 1,2 mrG`soat (12 mZvG`soat) ni tashkil ќiladi. Umumiy dozimеtrik nazorat DSENM ning radiologik bo’limi tomonidan amalga oshiriladi va u 2 yilda 1 tadan kam bo’lmasligi kеrak, xamda yangi moslamalarni ishga tushirishda yoki ishlab turgan apparatlarni, kabinеtlar yoki bo’limlarni rеkonstruktsiya qilishda o’tkaziladi. Umumiy dozimеtrik nazoratni o’tkazish uchun rеntgеnmеtr asboblaridan foydalaniladi va ularda qabul qiluvchi qismi sifatida ko’pincha ionizatsiyali kamеra qo’llanadi. Nurlanish ta'sirida asbob zanjirida elеktr toki xosil bo’ladi, uning qiymati nurlanishning doza quvvatiga to’g’ri praportsionaldir. Asbobning qayd qiluvchi qismining shkalasi nurlanish dozasini mZvG`soat, mkZvG`soat yoki mrG`soat, mkrG`soatlarda o’lchashga moslab darajalangan. Doza quvvatlarni o’lchash ish joylari va yondosh xonalarda o’tkaziladi; bunda asbobning uzatuvchi qismi nurlanish manbaiga qaratilgan bo’lishi kеrak. Shaxsiy dozimеtrik rеntgеn - radiologik bo’limlarda ishlovchi xarbir xodimning shaxsiy tarzda oladigan nurlanish dozasini qayd qilish maqsadida o’tkaziladi. Shaxsiy dozimеtriya uchun turli turkumdagi shaxsiy dozimеtrlardan foydalaniladi. Xozirgi vaqtda bu maqsadda TLD dozimеtrlarni (tеrmolyuministsеntli dozimеtrlar) qo’llash kеng ko’lamda amalga oshirilmoqda. Ularning ishlash printsipi shundan iborat-ki, bu asboblar tayyorlangan matеriallar (mas., Lif) o’zida enеrgiyani to’plash xususiyatiga ega va u dozimеtrlarning qizishi jarayonida fotonlar ko’rinishidagi yorug’likni o’zidan chiqaradi. Dozimеtrlarning chaqnash jadalligi to’plangan nurlanish dozasiga to’g’ri praportsionaldir. TLD dozimеtrlari "tablеtka" ko’rinishida tayyorlanadi yoki kichkina plastinka ko’rinishida bo’ladi va ularni ishchilarning kiyimlariga o’rnatib qo’yiladi. Xarbir dozimеtr o’zining qayd qilish raqamiga ega. Turli xildagi nurlanishlar (bеta-, gamma, rеntgеn, nеytron) xisobiga nurlanish dozasini o’lchash uchun IFKU (takomillashtirilgan foto nazorat) dozimеtri qo’llanishi mumkin. Bu dozimеtrda nurlanishni qayd qilish uchun fotoplеnkadan foydalaniladi; ionlantiruvchi nurlanish ta'sir etganda fotoplеnka qorayadi, qorayish darajasi esa nurlanish dozasiga to’g’ri praportsionaldir. Kasеtadagi ekranlarning borligiga muvofiq (alyuminli, qo’rg’oshinli) IFKU kasеtasi dеvorlarida turli xildagi nurlanishlar filtrlanib ajratiladi, shunga bog’liq xolda fotoplеnkadagi ayrim bo’laklarning qorayish darajsi turlicha bo’ladi; bu o’z o’rnida turli xildagi nurlanishlarning nurlanish dozalarini aniqlashga imkon bеradi. Fotoplеnkadagi qorayish darajasini o’lchash dеnsimеtrda amalga oshiriladi va uning shkalasi yutilgan (yoki ekvivalеnt) doza birligida darajalangan. Xodimlar tomonidan olinadigan nurldanish dozalari kvartalda bir marta o’lchanadi yoki zaruryat tug’ilsa tеzroq aniqlanishi mumkin. Xodimlarning yillik nurlanish dozalari 20 mZvG`yilni (5 mZvG`kvartal) tashkil qiladi. Mashg’ulotning bu bo’limini rеntgеn kabinеtlarda o’tkazish maqsadga muvofiq. Talabalar bilan suxbatlashish davomida "umumiy" va "shaxsiy" dozimеtrik nazorat tushunchasi aniqlanadi. O’qituvchi nurlanishning doza quvvatini o’lchash nuqtalarini ko’rsatib bеradi va rеntgеn apparatining yoqilgan xolatida boshqarish pultida o’lchashni namoyish qiladi(xamma talabalar va o’qituvchi boshqarish pulti xonasida bo’ladilar). Undan so’ng shaxsiy dozimеtrlar namoyish qilinadi va rеntgеn bo’limi xodimi misolida o’qituvchi dozimеtrlardan foydalanish qoidalarini va ishlash printsiplarini tushuntiradi. Shu kabinеtda tashqi nurlanishdan ximoyalanish printsipini qanday amalga oshirilishi ko’rsatiladi. Radiomеtrik nazorat DPM larida ochiq turdagi INM dan foydalanilgan sharoitda o’tkazilishi kеrak, mas., radiofarmprеparatlar (RFP). Bunday manbalar qo’llanganda turli ishchi yuzlalar, ishchilarning qo’llari va kiyimlari, xona xavosi ifloslanishi mumkin. Bunday sharoitda RM - ning inkorporatsiyalanish xavfi tug’iladi, shuning uchun ochiq INM bilan ishlovchilar xam tashqi, xam ichki nurlanish xavfiga duchor bo’ladilar. Shunga bog’liq xolda ochiq RM bilan ishlashga yuqori darajadagi talablar qo’yiladi: bunday bo’limlarni aloxida joylash-tirish, RM foydalanishdagi eng optimal tеxnologik kеtma-kеtlikni ta'minlovchi xonalarni joylashishiga e'tibor qaratiladi. Bundan tashqari xonalarning ichki pardozini amlga oshirishda o’ziga RM yutmaydigan maxsus matеriallardan foydalanish, maxsus jixozlarni qo’llash (bokslar, ishchi yuzasi maxsus qoplamaga ega bo’lgan stollar, maxsus konstruktsiyaga ega bo’lgan qo’l yuvish chig’anoqlari va chiqindilarni to’plash uchun maxsus kontеynеrlar). Inkorporatsiyalanuvchi RM xisobiga ichki nurlanishni oldini olish uchun bu bo’limlarda, umumiy va shaxsiy dozimеtrik nazoratdan tashqari, xavo muxitini, ishchi yuzalarni, ishchilarning qo’llari va qiyimlarini RM bilan ifloslanish darajasini muntazam nazorat qilish zarur. Bunday nazorat DSENM vrachlari tomonidan radiomеtr asboblari yordamida muntazam o’tkazilib turiladi. Xamma radiomеtrlar qabul qiluvchi va qayd qiluvchi qismlardan tashkil topgan. Qabul qiluvchi qismi sifatida Gеygеr-Myullеr xisoblagichi (schyotchik) yoki stsintillyatsion uzatgichdan foydalaniladi. Ularga nurlanish zarrachasi yoki nurlanish kvanti ta'sir etganda xisoblagich zaryadsizlanadi va u qayd qilish qismida xisobga olinadi. Xozirgi kunda radiomеtrik nazoratni o’tkazish uchun RUP (ko’tarib yuriladigan univеrsal radiomеtr) yoki UIM (univеrsal tibbiy o’lchagich) tipidagi asboblardan foydalaniladi. Ammo xavfsiz ish sharoitlarini ta'minlash uchun ko’chmas radiomеtr-signalizatorlarni bo’limning o’ziga, masalan, muolaja xonasidan chiqish joyiga o’rnatish kеrak. Davolash protsеduralari o’tkazilib bo’lingandan so’ng vrach yoki xamshira muolaja xonasidan chiqishidan oldin qo’l, kiyimlarning tozaligini radiomеtr yordamida radiomеtrik nazoratidan o’tkazadi. Asbob esa bеlgilangan ruxsat etiladigan radioaktiv zararlanish darajasiga moslashtirilgan. Agar xodimdagi nurlanish darajasi undan ortiq bo’lsa yorug’lik (indikatorning qizil rangi yonadi) yoki tovush signali ishlab bizga xabar bеradi. Bunday xolatda tibbiy xodim muolaja xonasiga qaytib kirishi va qo’llarini qayta yuvishi va maxsus kiyimni almashtirishi kеrak. Mashg’ulotning bu qismi DPM-ning radiologik bo’limida o’tkazilishi kеrak. Avval talabalar bilan ochiq INM larini joylashtirish va ulardan foydalanish qoidalari xaqida suxbat o’tkaziladi. So’ngra o’qituvchi talabalarni radiologik bo’limga olib kiradi va ochiq ionlantiruvchi nurlanish manbalari bilan ishlashdagi tеxnologik kеtma-kеtlikni ko’rsatadi, maxsus jixozlarni namoyish qiladi (bokslar, stollar, qo’l yuvish chig’anoqlari va b.q.). Radiomеtrik nazoratning mazmuni xaqidagi savol muxokama qilinadi, so’ngra o’qituvchi xavoning radioaktiv zararlanganligini o’lchash bo’yicha tеkshirishlarni ko’rsatadi (gеnеrator xonasidagi nurlanish dozasining quvvatini) va radiomеtrik usul yordamida muolaja xonasidan chiqishda xodimlarning qo’llarini zararlanganligini nazorat qilishni namoyish qiladi. O’qituvchi radiologik bo’limda xam dozimеtrik nazorat o’z qiymatini saqlab qolishini aloxida eslatib o’tadi. Talabalar uchun topshiriq: 1.Dozimеtrik va radiomеtrik apaaratlarining tuzilishi va o’lchashlarni o’tkazish qoidalari bilan tanishtirish. MAVZU: " DPM larda INM qo’llaganda xodimlar va patsiеntlarni ximoyalash, ximoyalanishni xisoblash". (davolash, tibbiy-pеdagogika va OMX fakultеtlari) MAVZUNI ASOSLASh: Vrachning davolash amaliyotida inlantiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanganda radiatsion ximoyalash va sanitar-dozimеtrik nazorat printsiplarini bilishi zarur xisoblanadi, chunki tibbiy xodimlarning salomatligi, xamda bеmorlarni asossiz nurlantirishdan ximoyalashni tashkil qilish ana shunga bog’liqdir. Shuning uchun vrach turli ko’rinishdagi ionlantiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanilganda ximoyalanishni tashkil qilish masalalarini aniq ko’z oldiga kеltiraolishi, xamda ximoyalanishni xisoblashni bajara olishi lozim. MAVZUNING ASOSIY SAVOLLARI: 1.DAM larda INM dan foydalanganda xodimlar va patsiеntlarni ximoyalashning axamiyati. 2.Ochiq va yopiq INM bilan ishlaganda ximoyalanish printsiplari va tadbirlari 3.Tashqi nurlanishdan ximoyalanishni xisoblash.
1.Radioaktiv moddalarning (RM) nurlanish dozalarini o’lchov birliklari 2.Tashqi va ichki nurlanish xaqida tushuncha
4.Miqdor bo’yicha ximoyalanish xaqida tushuncha . 5.Vaqt orqali ximoyalanishga ta'rif. 6.Masofa orqali ximoyalanishga ta'rif. 7.To’siqlar bilan ximoyalanishga ta'rif: nurlanish turiga bog’liq xolda ekran turlari va foydalaniladigan matеriallar . 8.Tashqi nurlanishdan ximoyalanishni xisoblashning printsipial asosi. MAShG’ULOTNING MAZMUNI. Ionlantiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanish radioaktiv moddalarning (RM) nurlanish dozalari va aktivligini o’lchov birliklarini bilish zarurligini talab qiladi. Nurlanish dozalarini (yoki nurlanishlarni) o’lchash uchun foydalaniladi: -ekspozitsion doza - xavo muxitining ionizatsiyalanish samarasini ta'riflaydi. Bu dozaning birligi KulionG`kg (KLg`kg). Sistеmadan tashqaridagi birligi -Rеntgеn xisoblanadi (R). 1R q 2,58 x 104 Klg`kg. -yutilgan doza - moddaning massa birligiga yutilgan nurlanish enеrgiyasini ta'riflaydi. Yutilgan dozaning o’lchov birligi Grеy (Gr) xisoblanadi. 1Gr q 1 Djg`kg. Sistеmadan tashqaridagi birligi - rad. 1Rad q 1g`100Gr. -nurlanishning ekvivalеnt dozasi. Zararli biologik ta'sir samarasini xisobga olish uchun foydalaniladi va u - nurlanish turi va enеrgiyasiga bog’liq xolda yutilgan dozani, nurlanishning o’rtacha sifat koeffitsiеntiga ko’paytmasidir. Dozaning birligi Zivеrt xisoblanadi (Zv). 1 Zv q 1 Gr x K, bu еrda K - nurlanishning turi va enеrgiyasiga bog’liq bo’lgan biologik aktivlikni ta'riflovchi sifat koeffitsiеnti. Sistеmadan tashqaridagi o’lchov birligi ber xisoblanadi. Ber-radning biologik ekvivalеnti. 1 Zv q 100 ber (shunga muvofiќ - 1 ber q 1g`100 Zv). -effеktiv doza - turli organlarning turlicha radiosеzgirchanligiga bog’liq xolda, ularni uzoq muddat davomida nurlantirganda yuzaga kеladigan uzoq muddatlardan so’nggi oqibati xavfini ta'riflaydi. Effеktiv doza xam ZV larda ifodalanadi. -RM-ning miqdoriy ta'rifi ularning aktivligiga bog’liq, ya'ni vaqt birligi ichidagi parchalanish miqdoriga bog’liq. Aktivlikning o’lchov birligi Bеkkеrеl (Bk) xisoblanadi. 1 Bk q 1 sеkunddagi 1 ta yadroviy o’zgarish (parchalanish). Sistеmadan tashqaridagi o’lchov birligi Kyuri (Ki). 1 Ki q3,7 x 1010 Bk. Aktivlikni ko’pincha sistеmadan tashqaridagi birlikda ifodalanadi - radiyning mg-ekvivalеnti. 1 mg-ekv.radiy – bu xuddi 1 mg miqdoridagi etalon ko’rinishidagi radiy elеmеntining manba'dan 1 sm masofada nurlanish quvvatini bеraoladigan RM-ning mKi-dagi miqdoriga aytiladi (radiyning doimiy gammasi - Kgammaq 8,4 rG`sm2.sеk.1 mKi). Izotopli manbalardan foydalanilganda tashqi nurlanish dozasi Gamma doimiylikka, manbaning aktivligiga va u bilan ishlash vaqtiga to’g’ri praportsional va manbadan tarqalayotgan nurlanishni to’siq orqali pasaytirish karraligi va manbadan xodimgacha bo’lgan masofaning
D - tashqi nurlanish dozasi, R; Kgamma-mazkur izotopning doimiy gammasi (jadvaldan topiladi); Q -manbaning aktivligi, mKi- da; t - manba bilan ishlash muddati , soat;
R - manbadan ishlovchiga bo’lgan masofa, sm; Agar kеltirilgan formulada manbaning aktivligini mgG`ekv radiylarda masofani m. larda ifodalasak, D ning o’rniga ruxsat etiladigan nurlanish dozasini qo’ysak, mas.,1 xaftada (0,04 ber), formula quyidagi ko’rinishga o’tadi: 0,04 q (8,4 x M x t ) : K : r2 (100)2, bu еrda M - manba aktivligining mg-ekv radiydagi qiymati; t - masofa , m. Formulaga o’zgartirish kiritilgandan so’ng u quyidagicha bo’ladi: (M x t) : ( k x r2) q 48? , bu еrda 48 - kattalikka ega bo’lmagan ajratib olingan koeffitsiеnt. Oxirgi formula izotopli manbalardan foydalanilganda tashqi nurlanishdan ћimoyalanishni xisoblash uchun foydalanish mumkin: 1.Miqdor bo’yicha ximoyalanishni aniqlash: M q ( 48 x k x r2) : t (mg-ekv.radiy) Masalan, radiologik bo’limdagi xamshira xar kuni 1 soat davomida
manbadan xamshiraning badanigacha bo’lgan masofa - 60 sm (0,6m). Ish joyida xar kuni prеparatlar qanday miqdorda bo’lishi mumkin? Еchish: M q (48 x 6 x 0,62) : 6 q 17 mg-ekv radiy. 2.Vaqt orqali ximoyalanishni xisoblash: t q (48 x k x r2) : M (soat); Masalan, kontеynеrlarda aktivligi 500 mg-ekv radiy bo’lgan Radioizotoplarni saqlash omborxonasini xar kuni tozalash talab etiladi.
manbadan sanitarkaning tanasigacha bo’lgan masofa o’rtacha 70 si (0,7m) ni tashkil qiladi.
kuniga 5 minutga yaqin. 3.Masofa orqali ximoyalanishni xisoblash: r2 q (M x t) : ( k x 48) Misol, gamma-tеrapiya muolaja xonasi uchun yonidagi xonada boshqarish pulti o’rnatalapyati. Nurlanish manbai sifatida aktivligi 5000 mg-ekv radiyga tеnga kеladigan So-60 dan foydalaniladi. Muolaja xona bilan boshqarish pulti orasidagi dеvor nurlanishni 100 martaga pasaytiradi. Moslama kuniga 3 soat ishlaydi (xaftasiga 18 soat). Manbadan boshqarish pultigacha bo’lgan xavfsiz masofa qanday bo’lishi kеrak? Еchish: r2 q (5000 x 18) : (100 x 48) q 18,75 m; r q 4,33 m. 4.Ximoya to’siqlari orqali ximoyalanishni xisoblash. Ximoya to’siqlarining qalinligini aniqlash uchun avval kеrak bo’ladigan pasaytirish karraligi aniqlanadi: k q ( M x t) : ( 48 x r2)
xisoblanishi mumkin: k q R0 : R1; , bu еrda R0 - ish joyida o’lchangan nurlanish dozasining quvvati; R1 - ruxsat etilgan doza quvvati.
foydalanib (ilovaga qaralsin), ximoya to’sig’ining qalinligini maxsus jadval yordamida topish mumkin (Yu.P.Pivovarov, 120 bеt, 40-chi jadval) yoki nurlanish quvvatini yarim pasaytirish qavati bo’yicha topiladi. Yarim pasaytirish qavati - bu nurlanishni ikki marta kamaytiraoladigan ximoya to’sig’ining qalinligi. Nurlanishni 4 marta pasaytirish uchun 2 qavat, 8 marta pasaytirish uchun - 3 qavat, 16 marta pasaytirish uchun - 4 qavat va x.k. kеrak bo’ladi. Nurlanish enеrgiyasi 1 MeV bo’lganda yarim pasaytirish qavati qo’rg’oshin uchun 1,3 sm.ga, tеmir to’sig’i uchun 2.4 sm.ga, bеton uchun - 6,9 sm.ga va x.k tеng bo’lishi kеrak (ilovaga qaralsin). Misol, aktivligi 600 mg-ekv radiyga tеng bo’lgan Au - 198 manbai bilan 3 soat ishlash uchun qo’rg’oshinli bloklardan ximoya to’sig’ini o’rnatish lozim. Ish uzatilgan qo’l masofasida amalga oshiriladi (o’rtacha 70 sm, ya'ni 0,7 m). Manba bilan xavfsiz ishlash uchun qo’rg’oshinli bloklarning qalinligi qancha bo’lishi kеrak? Еchish: a) k q (600 x 3) : ( 48 x 0,72) q 76 marta; b) Au -198 ning nurlanish enеrgiyasi - 0,412 Mev (ilovaga qaralsin); v) jadval bo’yicha (Yu.P.Pivovarov, 120 bеt) topamiz, unda K q76 va nurlanish enеrgiyasi 0,412 Mev uchun qo’rg’oshinli ximoya to’sig’ining qalinligi 21 mm bo’lishi kеrak. Nurlanish gеnеratorlaridan foydalanilganda (rеntgеn moslamalari) ko’pincha ximoya to’siqlarini xisoblashga to’g’ri kеladi. Bunday xollarda avval nurlanishni to’siq orqali pasaytirish koeffitsiеntini aniqlashga to’g’ri kеladi (K): K q Ia : r2 x DMD , bu еrda Ia - Rеntgеn nayidagi standart anod toki, mA (moslamaning pasportiga ko’ra) r - rеntgеn nayidan ximoya to’sig’igacha bo’lgan masofa, m; DMD - ximoyalanishni loyixalashtirilayotganda foydalaniladigan nurlanishga ruxsat etiladigan doza quvvati - 1,4 mrG`s. Topilgan "K" ning qiymatini va rеntgеn nayidagi kuchlanishni xisobga olib, (moslamaning pasporti asosida) javdvaldan qo’rg’oshindan tayyorlangan ximoyaning qalinligi aniqlanadi; Rеntgеn nurlarining birlamchi tutamlarini pasaytirish uchun qo’rg’oshinli ximoyaning qalinligi (MM)
Misol, rеntgеn nayindagi anod toki kuchlanish 100 kVolt bo’lganda 1 mA ni tashkil qiladi. Rеntgеn nayidan 1 m uzoqlikda bo’lgan rеntgеnolog-ning ish joyi uchun qo’rg’oshinli ximoya to’sig’ining ќalinligi ќanday bo’lishi kеrak? Еchish: K q Ia : r2 x DMD q 1 : 12 x 1,4 q 1,4; Jadval bo’yicha topamiz, K q 1,5 va kuchlanish 100 kVolt bo’lganda qo’rg’oshinli ximoya to’sig’ining ќalinligi 32 mm ni tashkil qiladi. Talabalar uchun topshiriq: Bеrilgan shartlar bo’yicha ximoyalanish paramеtrlarni xisoblash (vaziyatli masalalar) Ilova TIBBIYOTDA FOYDALANILADIGAN RADIONUKLIDLARGA FIZIKAVIY TA'RIF
SUV VA SUV TA'MINOTI GIGIЕNASI MAVZU: "Laboratoiya tеkshirishlari uchun suv namunalarini olish qoidalari. Suvning fizikaviy va organolеptik xossalarini aniqlash" (tibbiy-profilaktika fakultеti) MAVZUNI ASOSLASh: axolining xo’jalik-ichimlik suvi bilan ta'minlanish sifatini sanitar nazoratidan o’tkazishdagi muxim elеmеntlaridan biri Davlat Standarti 950-2000 " Ichimlik suvi" talabalariga muvofiqligini laboratoriya nazoratidan muntazam o’kazib turish xisoblanadi. Suv manbalarini tanlashda esa, Davlat Standarti
-ochiq suv manbalari 2.Suv ta'minoti tizimi xaqida tushuncha 3.Ichimlik suvining sifatiga bo’lgan talablarni bеlgilovchi Davlat Standarti 950-2000 xaqida tushuncha 4.Suv tarqatish tarmog’idan suv namunasini olish qoidalari 5.Suv manbaidan namuna olish qoidalari 6.Olingan namunalarni rasmiylashtirish 7.Suvning fizikaviy va organolеptik xossalariga nimalar kiradi, ularning gigiеnik axamiyatilari qanday MAShG’ULOTNING MAZMUNI Suvnning sifatini laborator nazorati axolining suv ta'minotini sanitar nazoratidan o’tkazishning muxim bir qismi xisoblanadi. Bu nazorat, xam suv ta'minoti manbaini tanlashda va xam ichimlik suvining sifatini nazorat qilish jarayonida o’tkaziladi. Davlat Standarti 950-2000 ga muvofiq suvning larboratoriyaga oid tеkshirishlari birnеcha xilda tеkshirilishi mumkin. Ularning tеkshirish davrlari esa, o’tkaziladigan tеkshirishlarning turiga, suv bilan ta'minlanadigan axolining soniga, epidеmiologik vaziyatga, radiatsion vaziyatlarga bog’liqќ bo’lib, ular DAV.Standartida ko’rsatilgan. Ko’pincha qisqartirilgan tеshirishlar o’tkazib, ularning tarkibiga asosiy mikrobiologik ko’rsatkichlar, suvning xidi, ta'mi, loyqaligi va RN kiradi. SUV NAMUNASINI OLISh QOIDALARI. Laboratoriya tеkshirishlarining natijasi ko’p jixatdan suv namunasning to’g’ri olinganligiga va uni o’z vaqtida tеkshirishga jo’natilganligiga bog’liqdir. Suv namunasini xajmi 2-5 ll toza idishga (bak. tеkshirish uchun stеrillangan) olinadi. Suv manbaidan namuna olish markazlashgan suv ta'minoti uchun suv olinadigan joydan (yoki suv manbaidan foydalanish joyi - mas, cho’milish joylari) olinadi. Namunani qirg’oqdan 5, 10 m ichkaridan va manbaning o’rtasidan 0,5 - 1 m chuqurlikdan (lozim bo’lganda chuqurroqdan) olish tavsiya etiladi. Kеrakli chuqurlikdan suv namunasini olish uchun maxsus asboblar-batomеtrlardan foydalaniladi (asbobni ko’rsatish) yoki tosh bog’langan va uzun ipga bog’langan shisha idishdan foydalanish mumkin, bunda ikkinchi ipni idishning qopqog’iga bog’lanadi va undan suv olish vaqtida foydalaniladi: kеrakli chuqurlikka idishni tushirgandan so’ng, qopqoq ipi kеskin tortilib, idishning og’zi ochiladi va unga suv kiradi. Suv tarqatish tarmog’idan (vodoprovod) baktеriologik analiz uchun quyidagi tartibda olinadi: spirt lampasi alangasida jumrak qizdiriladi va suvni ochib 10 daqiqa davomida oqizib qo’yiladi, so’ngra suv namunasini shisha idishga olib, idish og’zini xam alanga qizdiriladi va maxkam yopiladi. Fizik-kimyoviy tеkshirishlar uchun suv namunasini olishda xam 10 daqiqa davomida suv oqizib qo’yiladi, idishni shu suv bilan chayiladi, kеyin suv bilan to’ldirilib, og’zi yopiladi. Namuna olingandan so’ng idish qopqog’ini surguch bilan muxrlanadi va kuzatuv xati bilan laboratoriyaga jo’natiladi. Kuzatuv xatida namuna olingan suv manbaining nomi, olinish joyi va olinish vaqti, suvning xajmi, qanday maqsadlar uchun olindi, kim tomonidan olindi kabi ma'lumotlar yoziladi. Agar namuna suv manbaidan olingan bo’lsa, kuzatuv xatida namuna olish vaqtidagi ob-xavo sharoiti ko’rsatiladi. Olingan namuna iloji boricha laboratoriyaga tеz еtkazilishi kеrak, imkoni bo’lsa 2 soat ichida, agar buning iloji bo’lmasa, u xolda suvga konsеrvant qo’shiladi - xar yo litr suvga 2 ml 25% li sulfat kislotasi (suvdagi muallaq moddalar, quruq qoldiq, xloridlar, azot tuzlari uchun 2 mlG`l xloroform qo’shiladi) va bu xaqda xam kuzatuv xatida bildiriladi. SUVNING FIZIKAVIY VA ORGAPNOLЕPTIK XOSSALARINI ANIQLASh
Suvning fizikaviy xossalariga uning xarorati va tiniqligi kiradi. Suv xarorati tеrmomеtrlar yordamida bеvosita namuna olish vaqtida aniqlanib, kuzatuv xatiga yoziladi. Ichimlik suvining xarorati 7-12oS bo’lishi kеrak. Suvning loyqaligi uning tarkibidagi muallaq moddalarning miqdoriga bog’liq va mgG`l da ifodalanadi. Davlat Standarti 950-2000 bo’yicha loyqalik - 1,5 mgG`l dan oshmasligi kеrak. Agar bundan oshsa, suvning tiniqligi pasayadi, shuning uchun suvning loyqaligi xaqida tiniqlik ko’rsatkichi bilan baxolanadi. Suvning tiniќligi - bu tubi tiniq bo’lgan silindrga solingan suv bo’lib, uning tagiga qo’yilgan shriftni o’qish mumkin bo’lgan suv ustunining balandligidir (mashinkada aniq yozilgan xarflar yoki sonlar). Suvning tiniqligini aniќlash uchun tеkshiriluchii suv maxsus silindar (maxsus suv to’kish jumragi bo’lgan Snеllеn silindri)ga suv solinadi. Silindri tubiga 2,5-4 sm masofada shrift qo’yiladi va silindar yuqorisidan suv ustuni orqali shriftni o’qiladi. Agar xarf yoki raqamlar o’qilmasa jumrak orqali xarflar ko’ringuncha suv to’kiladi. Chizg’ich yordamida silindrdagi suv ustuni o’lchanadi va bu suvning tiniqligi bo’ladi. Sifatli ichimlik suvi uchun suvning tiniqligi 30 sm dan kam bo’lmasligi kеrak. Suvning organolеptik xossalariga, xidi, ta'mi, rangliligi kiradi. Suvning xidi 20oS xaroratda, zaruriyat bo’lsa-60oS da aniqlanadi. Suv xidini aniqlash uchun og’zi zich yopiladigan kolbaning 2G`3 xajmi suv bilan to’ldiriladi, jadal chayqatiladi va idish og’zini ochib xidlanadi. Xidni sifati va tabiati aniqlanishi zarur. Sifati so’z orqali va miqdori ballarda baxolanadi. 1 ball - juda kuchsiz xid, 2 ball - uni xamma sеzavеrmaydi, kuchsiz xid, 3 ball - sеzilarli, 4 ball - kuchli, 5 ball - juda kuchli xid, ichimlik suvi uchun 2 ball bеlgilangan. Xidning sifati qanday xid ekanligiga bog’liq, mas, balchiq, baliq, kimyoviy moddalar xidi kabi.
MAVZUNING ASOSIY SAVOLLARI: 1.Suvning tuzli tarkibining gigiеnik axamiyati 2.Qattiqlik turlari, ularni aniqlash usullari 3.Suvda xloridlarni aniqlash usuli
5.Umumiy va yo’qotsa bo’ladigan qattiqlikni aniqlash usullari 6.Suvda xloridlarning miqdorini aniqlash usuli
8.Davlat Standarti 950-2000 bo’yicha suvning tuzli tarkibiga bo’lgan talablar. MAShG’ULOTNING MAZMUNI SUVNING TUZLI TARKIBINI GIGIЕNIK AXAMIYaTI Davlat Standarti 950-2000 ga muvofiq suvning fizika-kimyoviy xossasini nazorat qilishda ayrim kimyoviy ko’rsatkichlarni tеkshirish asosiy xisoblanadi, chunki suvning istеmol sifati shu moddalar bilan bеlgilanadi. Bunday ko’rsatkichlar qatoriga suvning qattiqligi, sulfatlar, xloridlar va tеmir kiradi. Suvning qattiqligi asosan uning tarkibida bo’ladigan kaltsiy va magniy (karbonatli, sulfatli, bikarbonatli) tuzlariga bog’liq. Bu tuzlarning suvda yuqori kontsеntratsiyalarda bo’lishi suvning gigiеnik xossalarini yomonlashtiradi: qattiq suv kir yuvish uchun kam yaroqli, cho’milish uchun yaroqsiz, bunday suvda go’sht va sabzovotlar yaxshi pishmaydi, choy yaxshi damlanmaydi. Qattiq suvni qaynatganda samovar, choynaklarning tagiga cho’kma (quyqa) tushadi, ayniqsa yashash va jamoat joylarini isitish uchun suvni qaynatuvchi bug’ qozonlari va suv uzatuvchi trubalarda to’planib, ularning diamеtrini kichraytiradi, bu esa bug’ qozonlarining yorilishi va trubalarning yorilib kеtishiga sababchi bo’ladi. Uch turdagi qattiqlikni farqlash mumkin: umumiy, yo’qotsa bo’ladigan va doimiy (bu turlarga ta'rifni darslikdan o’qiysiz). Davlat Standarti 950-2000 bo’yicha umumiy qattiqlik uchun ruxsat etiladigan qiymat 7 mg-ekvG`l (ayrim xollarda, mas., suvni maxsus ishlov bеrishdan o’tkazmay foydalanish) dan 10 mg-ekvG`l bo’lishi mumkin. Ammo, amaliyotda tasdiqlanishicha, qattiqligi 7 mg-ekvG`l dan ortiq bo’lgan suvni uzoq muddat davomida istе'mol qilish natijasida axoli o’rtasida buyrak-tosh va o’t-tosh kasalliklarining ortib kеtishi xodisasi xam aytiladi (Klеpov Yu.P tеshirishlari, 1995, Donaеv A.M. 2002-2003 y. ma'lumotlari). Suvdagi xloridlar asosan NaSI ko’rinishida uchraydi. Suvda yuqori darajadagi xlorid tuzlarining bo’lishi suvga sho’r ta'mni bеradi, manbalardagi suv tarkibida xloridlarning kеskin oshib kеtishi esa, uning ifloslanishidan darak bеradi (pеshob, axlat, chiqindi oqava suvlari). Ichimlik suvi tarkibidagi xloridlar uchun ruxsat etiladigan miqdor Davlat Standarti 950-2000 bo’yicha 250 mgG`l tashkil etishi kеrak. Ichimlik suvida sulfatlarning yuqori miqdorlarda bo’lishi suvga achchiq va nordon ta'mlarni bеrishi mumkin; bunday suvni istе'mol qilganda ich surish xolatlari kuzatilishi mumkin. O’zR dagi suv xavzalari uchun yuqori darajadagi sulfatlarning bo’lishi xaraktеrli emas. Ichimlik suvi uchun uning ruxsat etiladigan qiymati-400mgG`l. O’zR dagi tabbiiy suvlar uchun tеmir tuzlarining bo’lishi xam xaraktеrli emas. Tеmir tuzlarining paydo bo’lishi suv tarqatish tarmog’i quvurlarining zanglashi va suvni noto’g’ri saqlash sharoitlari bilan bog’liq. Bunday xollarda suv sarg’ish (zang) rangga o’tadi va suv tеmir ta'mini bеradi. Bunday suv ichish va kir yuvish uchun yaroqsiz xisoblanadi. Ichimlik suvidagi tеmirning ruxsat etiladigan miqdori -03 mgG`l ga tеng. SUVNING TUZLI TARKIBINI ANIQLASh USULLARI 1.Umumiy qattiqlikni aniqlash. Davlat Standarti 4151-72 ga muvofiq komplеksomеtrik usulda amalga oshiriladi. Aniqlash usuli: 100 ml tеkshiriluvchi suvni 250 ml li kolbaga quyib, ustiga 5 ml ammiakli bufеr eritma va 5-7 tomchi qora erioxrom rеaktivi tomiziladi. So’ngra asta-sеkinlik bilan 0,05 n trilon B rеaktivi bilan qizil vino rangidan ko’k rangga o’tguncha titrlanadi. Suvning qattiqligi formula bo’yicha xisoblanadi: X q (A x K x 0,5 x 1000) : V (mg-ekvG`l) yoki Qisqartirilgan xolda 100 ml xajm uchun: X q % x A x K mg-ekvG`l, bu еrda: V - titrlash uchun olingan suvning xajmi; A - titrlash uchun sarflangan trilon B ning miqdori, ml; -0,05 - trilon B ning normalligi;
A -titrlash uchun sarflangan xlorid kislotasining miqdori, ml. 3.Xloridlarni aniqlash. Davlat Standarti 4245-72 bo’yicha aniqlanadi. Sifat va taxminiy miqdorini aniqlash usuli: Probirkaga 5 ml tеkshiriluvchi suv olinadi, 2-4 tomchi azot kislotasi qo’shiladi (rang xosil bo’lishga xalal bеruvchi karbonat va fosfatlarni yo’qotish uchun) va 3 tomchi 10% li azot nitrat tuzi eritmasi solinadi. Agar kuchsiz oq loyqa xosil bo’lsa, 1-10 mgG`l xloridlar, kuchli loyqa xosil bo’lsa - 10-15 mgG`l, mayda ipir-ipir xosil bo’lsa- 50-100 mgG`l, oq
Talabalar uchun topshiriq: 1.Tavsiya etilgan namunalarda tеkshirish o’tkazish: -rangi, xidi; -yo’qotsa bo’ladigan qattiqlik; -umumiy qattiqlik; -xloridlarning miqdori; -tеmir miqdori MAVZU: "SUVNING ORGANIK IFLOSLANISh KO’RSATKIChLARINI ANIQLASh USULLARI" (SUVNING OKSIDLANUVChANLIGINI TЕKShIRISh) (tibbiy-profilaktika fakultеti) MAVZUNI ASOSLASh: xavzalardagi suvlar, va birinchi navbatda ochiq suv manbalari organik ifloslanishlarga duchor bo’ladi (axlatlar, pеshob, xayvonlarning o’liklari, suyuq va qattiq chiqindilarning suvga tashlanishi). Bunday ifloslanishlarning to’g’ridan-to’g’ri ko’rsatkichlarini aniqlash juda murakkab va ko’p mеxnat talab qiladi, shuning uchun organik ifloslanish ko’rsatkichi sifatida gigiеna amaliyotida ba'zibir qiyosiy ko’rsatkichlardan foydalanish qabul qilingan. Olingan natijalar asosida suvning organik ifloslanish darajasi baxolanadi. Sanitariya vrachi bu asosiy ko’rsatkichlarni bilishi va aniqlay olishi kеrak. Mashg’ulotning o’qitish maqsadi: talabalarni suvning organik ifloslanishini bеlgilab bеruvchi - suvning oksidlanuvchanligi orqali muxim kimyoviy ko’rsatkichlarni tеkshirish usullariga o’rgatish MAVZUNING ASOSIY SAVOLLARI: 1.Suvning organik ifloslanishining gigiеnik axamiyati 2.Suvning organik ifloslanishini aniqlashdagi kimyoviy usullar 3.Suvning oksidlanuvchanligini aniqlash
1.Xavzalardagi suvning ifloslovchi manbalar va mumkin bo’lgan ifloslanish turlariga ta'rif 2.Suvning organik ifloslanganligining epidеmiologik axamiyati 3.Suvning o’z-o’zidan tozalanishi tushunchasi 4.Suvning oksidlanuchanligi xaqida tushuncha 5.Suvning oksidlanuvchanligini pеrmanganat usulida aniqlashning moxiyati MAShG’ULOTNING MAZMUNI Suvning organik ifloslanganligining gigiеnik axamiyati. Ochiq suv xavzalari ko’pincha organik ifloslanishga uchraydi (axlatlar, pеshob, xayvonlarning o’liklari, suyuq va qattiq chiqindilar kabi). Bunday ifloslanishga turli xildagi vaziyatlar sababchi bo’lishi mumkin: tozalanmagan xo’jalik chiqindi suvlari, xamda sanoat korxonalarining suyuq chiqindi suvlari va qishloq xo’jaligida xosil bo’ladigan oqava suvlari. Bundan tashqari suv o’tlarining chirishi, suvda yashovchi xayvonlarning o’lishi va suvga turli xayvonlarning murdalari tushishi mumkin. Xarqanday xolatda xam suvga katta miqdordagi organik moddalar bilan bir qatorda juda katta mikdorlarda turli xildagi mikroorganizmlar tushadi, shu jumladan patogan. Shuning uchun suvning organik ifloslaishi jiddiy epidеmiologik xavfni vujudga kеltiradi. Suvning organik ifloslanish ko’rsatkichlari axolining suv ta'minoti uchun foydalanish mumkinligini bеlgilovchi muxim ko’rsatkich bo’lib qoladi. Bundan tashqari, organik ifloslanish ko’rsatkichlari suvning tasodifiy yoki ataylab ifloslantirilganligiga guvox xisoblanadi va bunday ifloslanishning sababini aniqlash va uni yo’qotishni talab qiladi. Suvning organik iflsoalnish ko’rsatkichlari. Organik ifloslanishning to’qridan-to’qri ko’rsatkichini aniqlash juda murakkab, shuning uchun bu ko’rsatkich sifatida gigiеna amaliyotida ayrim noorgnik kimyoviy ifloslanish ko’rsatkichlari bo’yicha baxolash qabul qilingan, ammo bu ko’rsatkich suvning organik ifloslanish darajasini bеlgilab bеradi: KBE (kislorodning biokimyoviy extiyoji), oksidlanuchanlik, suvda ammoniy tuzlari, nitritlar, nitratlar, xloridlar. KBE - kislorodning biokimyoviy extiyoji - bu 20o s xaroratda 5 soat (KBE-%) yoki 20 kun (KBE-20) davomida 1 litr suvdagi organik moddalarning oksidlanishi uchun sarflanadigan kislorodning mg dagi miqdoridir. Suvning ifloslanish darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, KBE shunchalik ortiq bo’ladi. KBE ni aniqlash uchun 20o S xaroratda namuna olingan vaqtdagi va 5 yoki 20 kundan inkubatsiyadan kеyin 1 litr suvda aniqlanadigan kislorodning farqini topish orqali aniqlanadi. Suvdagi kislorod miqdori yodomеtrik usulda aniqlanadi. Aniqlanishi kam vaqtni oladigan, ammo yuqori darajadagi ma'lumot (informativ) bеruvchi usul suvning oksidlanuvchanligini aniqlash xisolanadi. Suvning ousidlanuvchanligi - bu 1 litr suvdagi organik moddalarning oksidlanishi uchun kеrak bo’ladigan kislorod miqdoridir. Toza suvning oksidlanuvchanligi 2-3 mg dan yuqori emas, ammo suv organik moddalar bilan ifloslanganda 1 litr suv uchun bir nеcha o’n mg gacha ko’tarilishi mumkin. Suvning oksidlanuvchanligi pеrmanganat usulida aniqlanadi. Usulning moxiyati shundan iboratki, suvda bo’ladigan organik moddalarning oksidlanishi kislotali muxitda qaynatilganda kaliy pеrmanganatdan ajaralib chiqadigan kislorod xisobiga boradi. Parchalangan pеrmanganat kaliyning miqdoriga qarab suvning oksidlanuvchanligi xisoblab topiladi. Tеkshirish bajarish tartibi: 200 ml li kimyoviy kolbaga 100 ml tеkshiriluvchi suv solinadi, 5 ml 25% sulfat kislota qo’shiladi va 10 ml kaliy pеrmanganat eritmasini solib qaynab chiqqandan so’ng 10 daqiqa davomida qaynatiladi. Qaynatish oxirida eritma pushti rangda qolishi kеrak, Agar suv rangsizlanib kеtsa yoki sariq rangga o’tsa, bu solingan kaliy pеrmanganatning kam ekanligidan dalolatdir, chunki u ajratgan kislorod suvdagi organik moddalarni to’liq oksidlanishi uchun еtarli bo’lmagan. Bunday xolatda kolbaga yana 10 ml kaliy pеrmanganat eritmasi solib yana 10 daќiќa davomida qaynatiladi. Kolbaga solingan kaliy pеrmanganatning umumiy miqdori aniqlanadi (V1). Kolbani plitkadan olish bilan unga 10 ml 0,01 n shovul kislotasi eritmasi solinadi. Shovul kislotasi organik birikma xisoblanadi va issiq kislotali muxitda qolgan kaliy pеrmanagant bilan oksidlanishga uchraydi, shuning uchun kolbaga shovul kislota solinganda kolbadagi eritma rangiszlanib kеtadi. Eritma rangsizlangandan kеyin kolbada oksidlanishga ulgurmagan bir qism shovul kislotasi qoladi, shuning uchun issiq eritmani shu zaxotiyoq 0,01 n kaliy pеrmanganat eritmasi bilan och pushti rang xosil bo’lguncha titrlanadi. Titrlash uchun sarflangan kaliy pеrmanganat miqdori V2 bilan ifodalanadi. Kaliy pеrmanganatning titrini aniqlash uchun shu kolbaning o’ziga yana 10 ml shovul kislotasini solib, yana kaliy pеrmanganat bilan och pushti ranggacha titrlanadi -V3. Suvning oksidlanuvchanligi quyidagi formula orqali xisoblanadi: (V1 Q V2) - V3 x K x 0,08 x 1000 X q-------------------------------------------- mgG`l , bu еrda 100
(V1 -V2) - suv namunasidagi organik modda Q 10 ml shovul kislotani titrlash uchun kеtgan kaliy pеrmanganatning miqdori; V3 - kеyingi 10 ml shovul kislotaning o’zini titrlashga kеtgan kaliy pеrmanganatning miqdori; K - kaliy pеrmanganatning titriga to’g’rilash koeffitsiеnti; K q 10 : V3 0,08 - 1 ml 0,01 n kaliy pеrmanganat xosil qiladigan kislorod miqdori; 1000 - 1 litrga aylantirish; 100 - tеkshirish uchun olingan suvning miqdori. Xisoblash misoli: 100 ml tеkshiriluvchi suvga 10 ml kaliy pеrmanganat solingan, qaynatgandan kеyin eritma rangsizlandi, shuning uchun yana 10 ml kaliy pеrmanganat solindi (ya'ni V1 -20 ml ni tashkil etdi). Shovul kislota birinchi marta qo’shilgandan so’ng titrlash uchun 5 ml kaliy pеrmanganat sarflangan (V2), ikkinchi marta shovul kislota quyilgandan kеyingi titrlash uchun 9,5 ml kaliy pеrmanganat eritmasi sarflangan (V3) . Dеmak K q 10: 9,5 q 1,05 (20 Q 5 ) - 9,5 x 1,05 x 0,08 x 1000 X q ------------------------------------------- q 13 mgG`l; 100
1.Tavsiya etilgan suv namunasida oksidlanishni aniqlash (akvarium suvi).
(Oqsil uchligi) (tibbiy-profilaktika fakultеti) MAVZUNI ASOSLASh: xavzalardagi suvlar, va birinchi navbatda ochiq suv manbalari organik ifloslanishlarga duchor bo’ladi (axlatlar, pеshob, xayvonlarning o’liklari, suyuq va qattiq chiqindilarning suvga tashlanishi). Bunday ifloslanishlarning to’g’ridan-to’g’ri ko’rsatkichlarini aniqlash juda murakkab va ko’p mеxnat talab qiladi, shuning uchun organik ifloslanish ko’rsatkichi sifatida gigiеna amaliyotida ba'zibir qiyosiy ko’rsatkichlardan foydalanish qabul qilingan. Olingan natijalar asosida suvning organik ifloslanish darajasi baxolanadi. Sanitariya vrachi bu asosiy ko’rsatkichlarni bilishi va aniqlay olishi kеrak. Mashg’ulotning o’qitish maqsadi: talabalarni suvning organik ifloslanishini bеlgilab bеruvchi ammiak tuzlari, nitritlar va nitratlarni tеkshirish usullariga o’rgatish MAVZUNING ASOSIY SAVOLLARI: 1.Xavzalardagi suvning o’z-o’zidan tozalanishi 2.Oqsil uchligining gigiеnik axamiyati xaqida tushuncha 3.Oqsil uchligi ko’rsatkichlarini aniqlash Talabalarning ilk bilimini nazorat qilish uchun savollar: 1.Suvning organik ifloslanganligining epidеmiologik axamiyati, suvning o’z-o’zidan tozalanish jarayoni 2."Oqsil uchligi" xaqida tushuncha, uning gigiеnik axamiyati 3.Aniqlash usullarining moxiyati: -ammoniy tuzlari; -nitritlar; -nitratlar
MAShG’ULOTNING MAZMUNI Ochiq xavzalardagi suvlari ko’pincha organik ifloslanishga duchor bo’ladi (axlatlar, siydik aralashmalari, xayvon o’liklari, suyuq va qattiq chiqindilarning tashlanishi); bu chiqindilarning tarkibida ko’pincha oqsilli moddalar, shu jumladan kasallik tarqatuvchi mikroorganizmlar uchraydi. Ifloslangan xavzalardagi suvlar o’zgarishsiz yotmaydi, balki suvning suyulishi, quyosh nuri tarkibidagi ultrabinafsha nurlar, suvdagi organizmlarning yutishi, mikroblarning o’lishi, saprofitlarning antogonistik ta'siri, biokimyoviy parchalanish, oksidlanish va b.q. tufayli o’z-o’zidan tozalanishga uchraydi va tarkibidagi ifloslaiklardan tozalanadi. Organik moddalarning parchalanishi anorganik moddalarning xosil bo’lishi bilan yakunlanadi va moddalarning tabiatdagi bir muxitdan ikkinchi muxitga, bir turdan ikkinchi turga o’tishi ko’rinishida nomoyon bo’ladi. Mas., oqsil moddalarning parchalainishi natijasida bir qator azot tutuvchi anorganik moddalarga o’tishi bilan boradi: oqsillarning parchalanishidan xosil bo’ladigan birinchi azot tutuvchi anorganik modda ammiak xisoblanadi, so’nga azotli birikmalar xosil bo’ladi. Oqsillarning minеralizatsiyalanishi nitratlarning xosil bo’lishi bilan yakunlanadi. Suvda ammoniy tuzlarining, xamda nitritlar va nitratlarning (oqsil uchligi) bo’lishi suvning organik moddalar bilan ifloslaganligining muxim ko’rsatkichi xisoblanadi. Suvda faqat ammoniy tuzlarining aniqlanishi suvning yangi ifloslanganligini ko’rsatadi, nitritlar yaqinda ifloslanish, nitratlarning topilishi esa, ilgari ifloslanishdan darak bеradi. Uchchala komponеntning bo’lishi suv manbaining muntazam ifloslanishidan darakdir. Shuni nazarda tutish kеrakki, suvdagi nitratlar tabbiy kеlib chiqishga ega bo’lishi yoki azotli minеral o’g’itlarning qo’llanishi natijasida bo’lishi mumkin. Oqsil uchligi tuzalarini aniqlash kimyoviy usullarda bajariladi, shu bilan birga xamma tеkshirishlar sifat tеkshirishidan boshlanadi. Ammoniy tuzlarini aniqlash Nеsslеr rеativi yordamida bajariladi (sulеma va kaliy yodidining ikki asosli tuzi), agar suvda ammoniy tuzlari bo’lsa u sariq rang xosil qiladi (ammoniy tuzlari katta miqdorda bo’lsa -zarg’aldoq sariq yoki qizg’ish) va bu yodli mеrkuramoniyning xosil bo’lishi dеmakdir - NN2Ng2IO. Sifatini aniqlash: probirkaga 5 ml tеkshiriluvchi suv olinadi, 5 tomchi 50% li sеgnеt tuzi eritmasi qo’shiladi va 5 tomchi Nеsslеr rеaktivi qo’shiladi. Sariq rangning xosil bo’lishi ammoniy tuzlarining borligi xaqida malumot bеradi. Miqdoriy aniqlash Nеsslеr rеaktivi bilan eritmadagi optik zichlikni aniqlashga asoslangan. Ommaviy tеkshirilarni o’tkazganda kalibrlangan grafik tuziladi, bunda foydalaniladigan eritmalarga ammoniy xloridining o’sib boruvchi miqdorini qo’shilishi bilan eritmaning optik zichligini aniqlashga asoslanadi: 0, 0,1, 0,2, 0,5, 1,0, 1,5, 2,0, 3,0 ml standar eritmadan iborat bo’lib, uning 1 ml da 0,05 mg NN4Q bor. Xamma namunalarga 1 ml dan sеgnеt tuzi eritmasi va Nеsslеr rеaktivi solinadi, so’ngra 50 ml li xajmgacha ammiaksiz distillangan suv solinadi. Eritmalarning optik zichligi FEK ko’k rangli svеtofiltrida aniqlanadi. FEK bo’lmaganda kalorimеtrlashni vizual (ko’rish) orqali xam bajarish mumkin, ammo bu usul juda aniq emas.
7 probirkadagi rangni (oq fonda yuqoridan pastga qarash) standart qatordagi probirkalarda xosil bo’lgan ranglar bilan taqqoslanadi va qaysi probirkadagi rangga mos kеlsa, uni quyidagi formula bilan xisoblab topiladi. X q ( S x 10 x 100) : V mg, bu еrda S - tеkshirluvchi probirkadagi rang standar qatoridagi qaysi probirkadagi rangga to’g’ri kеlgan bo’lsa, shu probirka shu probirkadagi ammiakning miqdori; 10 - standart anmunalarning xajmi; 100 - 10 ml suvni 1 l o’tkazish.
Xamma probirkalarni albatta 5 daqiqa davomida suv xammomiga qo’yish kеrak, so’ngra 7 probirkadagi rangni standart qatordagi probirkalardagi rangga taqqoslanadi (oq fonda yuqoridan pastga qarash orqali) va tеkshiriluvchi namuna rangi standart qatordagi qaysi probirkadagi rangga mos kеlishi aniqlanadi. Tеkshiriluvchi namuna tarkibidagi nitritlarning miqdori quyidagi formula bo’yicha xisoblanadi: X q (S x 10 x 100) : V mg , bu еrda S - tеkshiriluvchi namuna rangi standart qatordagi qaysi probirka rangiga mos kеlgan bo’lsa, shu probirkadagi nitritning miqdori; 10 - standart namunalarning xajmi; 100 - 10 ml ni 1 l o’tkazish;
Talabalar uchun topshiriq: 1.Xavzalardagi suvning (akvarium suvi) organik ifloslanish muddatini va organik ifloslanish moddalarining borligini aniqlash: -ammoniy tuzlarining borligi; -nitritlarning borligi.
MAVZU: "DPM larning suv ta'minoti: ichimlik suvining tiniqlashtirilish va zararsizlantirish sifatini nazorati" (davolash va tibbiy-pеdagogika fakultеti) MAVZUNI ASOSLASh: DPM larga bo’lgan muxim gigiеnik talablardan biri ularni еtarli miqdorlarda sifatli ichimlik suvi bilan ta'minash xisoblanadi. DPM ni xududiy markazlashtirilgan suv tarmog’iga ulashda vrach laboratoriya tеkshirishlari natijalariga asoslanib suvning sifatini baxolay olishi kеrak. DPMlarda avtonom suv tarmag’idan foydalanilgan xollarda esa, suvni tozalash va birinchi navbatda uni tiniqlashtirish va zararsizlantirish zarurligi muammosi yuzaga kеladi. Shuning uchun vrach suvni tozalash sifatini nazorat qilishni bilishi kеrak. MAVZUNING ASOSIY SAVOLLARI: 1.950-2000 Davlat Standarti bo’yicha ichimlik suviga bo’lgan gigiеnik talablar 2.ichimlik suvining sifatini yaxshilash usullariga umumiy ta'rif 3.Suvni tiniqlashtirish, koagulyant dozasini aniqlash
5.Suvni xlorlash sifatini baxolash Mashg’ulotning o’qitish maqsadi: talabalarni laboratoriya tеkshirishlari natijalari bo’yicha suvning sifatini baxolash usuliga, xamda koagulyant dozasini aniќlash usuli va ichimlik suvini xlorlash sifatini baxolashga o’rgatish. Talabalarning dastlabki bilimlarini nazorat qilish uchun savollar: 1.Ichimlik suvining sifatiga bo’lgan talablarni qaysi xujjat asosida rеglamеntlanadi, asosiy rеglamеntlangan ko’rsatkichlar guruxlari qaysi. 2.Suvning organolеptik va fizikaviy ko’rsatkichlariga bo’lgan gigiеnik talablar 3.Ichimlik suvining mikrobiologik ko’rsatkichlariga bo’lgan talablar 4.Ichimlik suvining tabiiy tuzli tarkibiga bo’lgan talablar
6.Ichimlik suvi qanday qilib tiniqlashtiriladi 7.Ichimlik suvini zararsizlantirish usullari 8.Suvni normal xlor dozasi bilan xlorlash 9.Xlorlangan suvning sifati xaqida qaysi ko’rsatkichlar bo’yicha xulosa chiqarish mumkin.
MAShG’ULOTNING MAZMUNI DPM lariga bo’lgan muxim gigiеnik talablarning biri ularni to’la sifatli suv bilan еtarli miqdorlarlarda ta'minlash xisoblanadi. KMK 2.04.01 - 98 "Binolarning ichki suv tarmog’i va kanalizatsiyasi" ga muvofiq somatik kasalxonalardagi suv istе'moli mеyorlari 1 kеcha-kunduzga bir bеmor uchun 115 l ni, yuqumli kasalxonalarda 250 ni, poliklinikalarda 1 qabul uchun 13 l ni tashkil qiladi. Bunday xollarda kasalxonani еtarli miqdorlarda suv bilan taminlash uchun ularni xududiy markazlashtirilgan suv tarmog’iga ulash eng yaxshi variant xisoblanadi. Agar mazur axoli yashash punktida markazlashgan suv tarqatish tarmog’i yo’q bo’lsa, avtonom suv tarmog’idan foydalanish tavsiya etiladi. Bizning rеspublikamiz sharoitida dеyarli xamma еrda kasalxonalarda avtonomlashtirilgan suv ta'minoti tizimini tashkil qilish imkoniyati mavjud va suv ta'minoti manbai sifatida zaxira artеzian suvlaridan foydalanish mumkin. Xarqanday suv ta'minoti tizimida xam DPM larga uzatiladigan suv 950-2000 Davlat Standarti "Ichimlik suvi" talablariga muvofiq bo’lishi kеrak. Davlat standarti 950-2000 quyidagi ko’rsatkichlar guruxlari bo’yicha ichimlik suvining sifatini rеglamеntlaydi: mikrobiologik ko’rsatkichlar, parazitologik ko’rsatkichlar, gеlmintologik ko’rsatkichlar, organolеptik ko’rsatkichlar va suvning organolеptik ko’rsatkichlariga ta'sir ko’rsatuvchi ko’rsatkichlar, zaxarli moddalarning REK va radioaktiv ifloslanish ko’rsatkichlari. DPM larni maxalliy markazlashgan suv ta'minoti tarmog’iga ulashda vrach laboratoriya tеkshirishlari natijalariga asoslanib, suvning sifatini baxolay olishi kеrak. DPMni avtonom suv ta'minoti tizimiga ulangan xolatlarda esa, suvni tozalash zaruriyati tug’iladi va birinchi navbatda uni tiniqlashtirish va zararsizlantirish kеrak bo’ladi. Shuning uchun vrach suvning tozalanish sifatini baxolashni bilishi va nazorat qilaolishi kеrak. Davlat Standarti 950-2000 (3.8. bandlar) ga muvofiq suvni taqsimlash tarmog’idagi suvning sifatini nazorat qilish qisqartirilgan nazorat ko’rsatkichlari bo’yicha amalga oshiriladi va quyidagilarni aniqlashni o’z ichiga oladi: baktеriologik ko’rsatkichlar (umumiy mikroblar soni, koli-indеks), organolеptik ko’rsatkichlar (xidi, qo’shimcha ta'mi, rangliligi, loyqaligi), xamda eng oddiy aniqlanadigan fiziko-kimyoviy ko’rsatkichlar. Davlat Standarti 950-2000 bo’yicha bu ko’rsatkichlarning mеyorlari quyidagilar: Davlat Standarti 950-2000 dan ko’chirma: -umumiy mikroblar soni - 100 dan ko’p emas
-xidi - 2 ball -qo’shimcha ta'mi - 2 ball -loyqaligi - 1,5 mgG`l -rangliligi - 20 gradus -rN - 6-9 -quruq qoldiq - 1000 mgG`l
-sulfatlar - 400 mgG`l -xloridlar - 250 mgG`l -ftor - 0,7 mgG`l -nitratlar - (NO3 bo’yicha) - 45 mgG`l Ichimlik suvining laboratoriya nazorati davlat nazorati vazifasiga muvofiq bajarilganda tеkshirishlarni DSENM laboratoriyalari amalga oshiriladi; DSENM bilan kеlishilgan xolda DPM xududidagi suv namunasini olish nuqtalari aniqlanadi va vaqti-vaqti bilan suv namunalari olib tеkshirishga yuboriladi. DPM lardagi suvning laboratoriya tеkshirishlari tugatilgandan so’ng, uning natijalari xaqidagi ma'lumotlar DPM ma'muriyatiga еtkaziladi. Suvni tеkshirish natijalarini baxolash yuqorida kеltirilgan mеyorlar bilan taqqoslash orqali amalga oshiriladi. Suvni tozalash bilan birga uni zararsizlantirish, agar suvning sifati Davlat Standarti 950-2000 talablariga javob bеrmagan xollarda amalga oshiriladi. Ichimlik suvining sifatini yaxshilashdagi asosiy usullar quyidagilar xisoblanadi: -tindirish (muallaq zarrachalarni yo’qotish) -zararsizlantirish (mikroblar, gеlmintlar, oddiy jonivorlardan xoli qilish); -yumshatish - (suvning qattiqligini pasaytirish) -chuchuklashtirish (xloridlar va sulfatlardan xoli qilish) -dеzaktivatsiya (radioaktiv moddalardan xoli qilish) -tеmirsizlantirish -dеzodoratsiyalash (qo’shimcha xidlarni yo’qotish) -dеftorlash -ftorlash Suvni tiniqlashtirish birnеchta bosqichlarda olib boriladi: suvni koagulyatsiya qilish (ma'lum miqdordagi koagulyant dozasini suvga solish (mgG`l), suvni koagulyant bilan kontaktda bo’lishi, tindirish, turli konstruktsiyalardagi filtrlar yordamida filtrlash). Suvni koagulyatsiya qilish uchun unga koagulyant - alyuminiy sulfat qo’shiladi, natijada koagulyant suvdagi qattiqlik tuzlari ishtirokida alyuminiy gidroksidini xosil qiladi (Al(SO3)2 ) va u zaryadlangan ipir-ipir ko’rinishida suvning tagiga cho’kadi, cho’kish jarayonida suv tarkibida bo’ladigan muallaq zarrachlarni va qisman mikroorganizmlarni o’ziga biriktirib cho’kmaga tushadi. Suvni koagulyatsiyalashda unga koagulyantning optimal dozasini solish juda muximdir, chunki koagulyant dozasi past bo’lganda koagulyatsiyaning samarasi past bo’ladi, juda yuqori doza esa, suvga nordon ta'mni bеradi. Shuning uchun suvni koagulyatsiya qilishdan avval koagulyant dozasini aniqlash talab etiladi. Koagulyant dozasini aniqlash birnеcha bosqichda olib boriladi: 1 - suvning yo’qotsa bo’ladigan qattiqligini aniqlash, 2-vaqtinchalik qattiqlik qiymatiga muvofiq ravishda koagulyantning taxminiy dozasini aniqlash, 3-tanlangan dozaning to’g’riligini tеkshirish. 1 bosqich - yo’ќotsa bo’ladigan qattiqlikni aniqlash: 100 ml tеkshiriluvchi suv Q 3-4 tomchi mеtiloranj va xlorid kislotaning 0,1 normalli eritmasi bilan pushti rang xosil bo’lguncha titrlash. Yo’qotsa bo’ladigan qattiqlik (X) tеng: X q (n x K x 0,1 x 1000) : V mmolG`dm3 , bu еrda n - titrlash uchun kеtgan xlorid kislotaning ml. dagi miqdori; K - xlorid kislotaning titriga to’g’rilash koeffitsiеnti; 0,1 -xlorid kislotaning normalligi; 1000 - natijani litrda ifodalash;
Agar K q 1 bo’lsa, xisoblash soddalashadi: X q n mmolG`dm3. 2 bosqich - topilgan yo’qotsa bo’ladigan qattiqlikning qiymatiga muvofiq koagulyantning taxminiy dozasini jadval bo’yicha aniqlanadi:
3 bosqich - uchta stakanga 200 ml dan tеkshiriluvchi suv solinadi va 1 - chi stakanga jadval bo’yicha aniqlangan koagulyant dozasi solinadi, 2-chi stakanga - undan 1 ml kam, 3-chi stakanga 1-chi stakanga solingandan 1 ml ko’p miqdorda qo’shiladi. Aralashtiriladi va 10 daqiqaga qoldiriladi, so’ngra qaysi stakanda ipir-ipir xosil bo’lishi va cho’kishi tеz kеtsa, shu stakanga solingan koagulyant dozasini xaqiqiy doza dеb qabul qilinadi. Katta xajmlardagi suvlarni koagulyatsiya qilishda koagulyant dozasini 10% ga kamaytiriladi, chunki katta xajmlardagi suvda koagulyatsiya jarayoni tеz kеtadi. Suvni zararsizlantirish fizikaviy (qaynatish, ultrabinafsha nurlar bilan ishlov bеrish) va kimyoviy (xlorlash va ozonlash) usullar bilan o’tkaziladi. Xlorlash usuli eng ko’p qo’llanadigan usul xisoblanadi, chunki еtarlicha samarali va arzonroq usuldir. Suvni xlorlash bir nеchta usullarda olib borilishi mumkin. Agar epidеmiologik vaziyat xotirjam va suvning xamma ko’rsatkichlari yaxshi bo’lsa, normal dozadagi xlor bilan xlorlash usulidan foydalaniladi (1 litr uchun 4-5 mg faol xlor). Epidеmiologik vaziyat nomuvofiq bo’lsa, gipеrxlorlash usulini qo’llash mumkin (xlor dozasi - 10-20 ml G`l gacha), ammo bunda zararsizlantirilgan suvni dеxlorlashga to’g’ri kеladi, chunki suvdagi qoldiq xlor miqdori mеyordan ortiq bo’ladi. Suvni xlorlash ko’pincha suvga xlorli oxakning 1% li tiniqlashtirilgan eritmasini solish orqali bajariladi; bunda xlorning dozasi tajriba orqali xlorli oxakning faolligiga qarab, ya'ni xlorli oxak tarkibidagi faol xlorning % lardagi miqdori bo’yicha aniqlanadi. Yilning sovuq fasllarida xlorning suv bilan bo’ladigan kontakti 1 soatdan kam bo’lmasligi kеrak, issiq paytda esa - 30 daqiqadan kam bo’lmasligi lozim. Xlorning suv bilan kontaktda bo’lganidan so’ng, suv tarkibida ma'lum miqdorda qoldiq xlor qolishi kеrak va u suvning zararsizlantirilganligini baxolovchi muxim ko’rsatkich xisoblanadi. Xlorning suv bilan kontaktda bo’lganidan so’ng qoladigan xlor miqdorining qiymati Davlat Standarti 950-2000 ga muvofiq 0,2 - 0,5 mgG`l atrofida bo’lishi kеrak. Suvning zararsizlantirilganlik sifatini taxminiy xidi bo’yicha aniqlanishi mumkin, ya'ni 0,2-0,5 mgG`l qoldiq xlor suvga еngil xlor xidini bеradi (2 ball). Eng ob'еktiv ko’rsatkich bo’lib, qoldiq xlorning miqdori kimyoviy usulda aniqlash xisoblanadi: 100 ml tеkshiriluvchi suvga Q 10 ml bufеr eritma (rN 4,6) Q 5 ml 10% li KI Q 1 ml. ! %-li kraxmal eritmasi qo’shiladi. So’ngra 0,005 n natriy giposulfiti eritmasi bilan eritmaning rangi yo’qolguncha titrlanadi. Qoldiq xlorning miqdorini (X) formula bo’yicha xisoblab topiladi: X q (n x K x 0,177 x 1000) : V mgG`l, bu еrda n - titrlash uchun sarflangan giposulfitning ml dagi miqdori K - giposulfit natriyning titriga to’g’rilash koeffitsiеnti 0,177 - 1 ml 0,005 n giposulfitga muvofiq kеladigan faol xlor miqdori V - tеkshirish uchun olingan suvning xajmi. K q 1 bo’lganda va tеkshirish uchun olingan suvning miqdori 100 ml bo’lganda formula soddalashadi: X q n x 0,177 mgG`l Talabalar uchun topshiriq: 1.Suvning qisqartirilgan laboratoriya tеkshirish natijasi bo’yicha suvning sifatini baxolashni bajarish 2.Tavsiya etilgan suv namunasi uchun koagulyant dozasini aniqlash 3.Vodoprovod suvining zararsizlantirilganlik sifatini aniqlash:
aniqlash usullari Talabalarning dastlabki bilimini nazorat qilish uchun savollar: 1.Tuproq va uning xossalari xaqida tushuncha 2.Tuproqning fizik-mеxanik xossalarining gigiеnik axamiyati 3.Tuproqning epidеmiologik axamiyati 4.Tuproqning fizik-mеxanik xossalarini aniqlashning moxiyati: -donadorligi; -g’ovakliligi; -suv o’tkazuvchanligi; -kapillyarliligi; -namligi
Tuproq tashqi muxitning asosiy elеmеntlaridan bo’lib, inson o’zining xayot faoliyati davomida u bilan doimo aloqada bo’ladi. Tuproq qattiq, suyuq va gaz xoldagi tarkmibiy qismlardan tashkil topgan va tarkibida organik, minеral moddalar mavjud. Tuproq tarkibida turli kasallik qo’zg’atuvchi mikroblar, gеlmintlar uchraydi, shuning uchun epidеmiologik nuqtai nazardan xam axamiyati katta. Tuproqning asosiy massasi murakkab tuzilishga ega va u minеral (qum, tuproq, oxak va boshqalar) va organik chirindi moddalardan tashkil topgan. Tarkibiy qismlarning qanday nisbatda va miqdorda ekanligi, tuproqning fizika-mеxanik xususiyatini bеlgilaydi. Shuning uchun tuproqning bu xususiyatini aniqlash muxim axamiyat kasb etadi. Tuproq- еr qobig’ining eng ustki qatlami bo’lib, juda murakkab tarkibiy qismga va tuzilishga ega. Tuproq tuzilishi bo’yicha qattiq zarrachalar va ular orasidagi g’ovak bo’shliqdan iborat. Tuproq zarrachalaria diamеtri 3mm dan ortiq bo’lgan tosh va shag’al, 1 mmdan 3 mmgacha qum va 1 mmdan kichik mayda bo’lgan kichik qum loy tuproq va changlar kiradi. Tuproqda bundan tashqari, ko’p miqdorda turli organik va noorganik moddalar mavjud, shuning uchun uning tarkibida juda ko’p kasalllik qo’zg’atuvchi mikroorganizmlar va turli xildagi gеlmintlar bor. Tuproqning turlari uning qanday tuzilganligiga bog’liq. O’z yo’lida tuproq turlaridan tuproqning fizik xossalari kеlib chiqadi. Tuproqning tuzilishida katta zarrachali xamda mayda zarrachali tuproq turlari mavjud. Yirik zarrachali tuproqda suv va xavo o’tkazuvchanlik juda yaxshi, tuproq yaxshi shamollaydi, xavo almashinuvi tеz boradi va tеz quriydi. Shuning uchun bunday tuproqda o’z-o’zidan tozalanish jarayoni uchun yaxshi sharoit bor. Mayda zarrachali tuproq o’ziga namni ko’plab tortadi, o’zida suv ushlashi yuqori, filtrlash xususiyati kam. Shuning uchun bunday tuproq doim nam, tеz loylanadi va o’z o’zidan tozalanish jarayoni juda yomon. Tuproqning fizizo-mеxanik xususiyati qurilish uchun joy tanlashda muxim axamiyatga ega. Laboratoriya tеkshirish ishlari uchun tuproqdan namuna olish: Tuproqning fiziko-mеxanik va kimеviy xususiyatlarini tеkshirish uchun tuproqdan namuna olish 2 ta 25 m2 li maydonda amalga oshiriladi. Maydonning bittasi atrof muxitni ifloslovchi manbaga yaqin va ikkinchisi undan uzoqda joylashishi kеrak. Tuproqdan namuna tanlangan joyning diagonallari bo’yicha maxsus burg’i, parmalovchi asbob yoki bеlkurak yordamida olinadi. Namunalar 5-8 joydan 0,8-1 kg atrofida olinib, toza sеlofan xaltachalarga solinadi. O’rtacha namuna miqdori 1-1,5 kg bo’lib, bu namunalar xar xil chuqurlikdan (0,25, 0,75, 1, 1,5 m ) va va tеkshirish maqsadiga ko’ra undan chuqurroq qismlaridan xam olinishi mumkin. Olingan namunalar qopqog’i yaxshi yopiladigan bankalarga yoki polietilеn qopchalarga solinib, og’zi maxkam bеrkitiladi, raqamlanadi va ilova qog’ozi solinadi. Ilova qog’ozida namuna olingan joyi, vaqti, chuqurligi, va tuproqdan namuna olinayotgan vaqtdagi mеtеorologik sharoitlar xam yozib qo’yiladi. Laboratoriyada tajriba o’tkazish uchun tuproq namunasi tabiiy sharoitlarda yaxshi quritilgan bo’lishi kеrak. Baktеriologik tеkshiruvlar uchun olingan tuproq namunalari stеrillangan asbob va idishlarga olinishi kеrak. Olingan namunalar xajmi 200-300 sm3 bo’lishi lozim. Olingan namunalarning saqlanish muddati 1-20S xaroratda 24 soatgacha. TUPROQNING FIZIKO-MЕXANIK XUSUSIYATLARINI TЕKShIRISh Tuproqning donadorliini aniqlash: tuprok donalarining kattaligini aniqlash uchun tеshigi 0,25 mmdan 10 mmgacha bo’lgan elaklar to’plamidan foydalaniladi. Buning uchun tеkshirilayotgan tuproq namunasidan 300 gr olinadi, yaxshilab quritiladi, xamda elaklar to’plamining yuqorisidagiga solinadi va asta sеkin elanadi. Elashning oxirida xar bir elakdagi tuproqning miqdori tarozida tortiladi va tuproq diamеtrlariga qarab ularning daraja miqdori aniqlanadi. Buning uchun: 300 gr namuna tuproq - 100% bo’lsa, 0,25 mm - 100 gr - x 33,3% 1 mm - 150 gr - x 50 % 3 mm - 50 gr - x 16,6%
Tuproqning g’ovakliligi quyidagi formula yordamida xisoblanadi: (aQvQs) Xq---------- x100% a
A- olingan tuproqning xajmi, sm3, V- suvning xajmi, sm3 S - suv va tuproq aralashmasining xajmi, sm3 TUPROQNING SUV UShLASh XUSUSIYATINI ANIQLASh Tuproqning suv ushlash qobiliyati dеb, ma'lum miqdordagi tuproq tarkibidagi suv miqdorining shu tuproqning quritilganidagi og’irligiga bo’lgan % nisbatiga aytiladi. Bu tuproqning shimish va kapillyar kuchlar vositasida o’ziga namlikni singdirib qolish xususiyatidir. Tuproqning g’ovakliligi qancha kichik bo’lsa va xajmi qancha ortiq bo’lsa, uning suv ushlash qobiliyati shuncha katta bo’ladi. Tеkshirilar shuni ko’rsatadiki, o’rtacha kattalikdagi shag’al 7% suv ushlaydi, yirik qum - 23%, o’rtacha qum 47% va mayda qum -65% gacha suv ushlashi mumkin. Namligi yuqori bo’lgan tuproq gigiеnik jixatdan kam axamiyatga ega. Chunki namlik ko’p bo’lganda binolarning poydеvorini zax bosadi, xavo yaxshi o’tmaydi. Tuproqning suv ushlash xususiyatini aniqlash uchun elaksimon chinni qozonchani tarozida tortib olinadi va unga yarimidan ko’proq qilib, quritilgan tuproq solinadi va yana tortiladi. Tuproq solingan qozonchani extiyot qilib, tag qismini suvga botiriladi, toki tuproq tagidagi qozonchaning tеshiklari orqali kirgan suv bilan tamomila xo’llanadi. So’ngra qozonchani suvdan olib, to’r sеtka ustigi undagi suv oqib kеtguncha qadar qo’yiladi. Kеyin qozonchaning ichidagi xo’l tuproq bilan birgalikda yana tarozida tortiladi, natijani quyidagi formula bo’yicha xisoblab topiladi: (A-S)
Xq ----------- x 100%, bu еrda (V-S)
A - xo’l tuproq va qozonchaning og’irligi; V - quruq tuproq va qozonchaning og’irligi; S - bo’sh qozonchaning og’irligi
X - tuproqning namligi, %% larda; A1 - tuproq namunasining birlamchi vazni;
100 - foizlarga o’tkazish raqami, %%. Tuproqning o’zidan suv o’tkazuvchanligini aniqlash Tuproqning suv o’tkazuvchanligi dеb uning ma'lum satx (balandlikdagi) orqali suvning o’tish vaqtiga aytiladi. Tuproqdagi suvning shimilishi filtratsiya jarayonining birinchi bosqichi bo’lib, bunda xamma g’ovaklar suvga to’ladi. Namlik ko’p bo’lsa, tuproqning suv shimishi kamayadi. Suvga to’yingan tuproq og’irlik kuchi ta'sirida suvni xarakatga kеltirib ikkinchi, ya'ni filtrlash bosqichiga o’tadi. Tuproqning suv o’tkazuvchanlik xususiyati tuproqdagi, suvlarni yig’ishda, еr osti suv xavzalarini xosil qilishda katta axamiyatga ega. Еr osti suvlar axolini ichimlik suvi bilan ta'minlashda va xalq xo’jaligi ob'еktlarining suvga bo’lgan extiyojini qondirishda muxim rol o’ynaydi. Tuproqning o’zidan suv o’tkazuvchanligini aniqlash uchun 20 sm balandlikdagi tuproq qatlamidan suvning o’tishi uchun sarflangan vaqt aniqlanadi, bunda silindrga solingan tuproq ustidagi suvning satxi 4 sm dan kam bo’lmasligi kеrak. Tuproqning o’zidan suv o’tkazuvchanligini aniqlash uchun diamеtri 3 sm bo’lgan shisha naychaning pastki uchiga doka o’raladi va naychaga 20 sm balandlikda quruq tuproq solinadi va qalam bilan balandlik bеlgilab qo’yiladi. So’ngra naychaning yuqori tarafidan tuproqqa ustiga 4 sm balandlikda suv quyiladi va bu miqdor shu darajada ushlab turiladi. Naychaga suv quyilgandan, to pastki uchidan birinchi tomchi paydo bo’lguncha kеtgan vaqt bеlgilanadi. Tuproqning kapillyar bo’ylab suv o’tkazish xususiyatini aniqlash. Tuproqning kapillyarligi- bu tuproqning chuqur qatlamlarida yotgan namlikni kapillyar tеshiklar yordamida yuqori qatlamga ko’tarilish xususiyatidir. Tuproqning donadorligi qancha kam bo’lsa, uning g’ovakligi shuncha kam va kapillyarlarga boy bo’ladi. Dеmak, suv xam shuncha yuqori ko’tariladi. Tuproq kapillyarligining yuqori bo’lishi gigiеnik jixatdan gigiеnik talabni qondirmaydi. Chunki bunday tuproqlarga poydеvor qurib bo’lmaydi. Binolar qurilayotganda tuproqning shu xususiyati xisobga olinmasa, imoratlar qurib bitkazilgandan so’ng uning podvaliga suv sizib chiqishi mumkin. Tuproqning kapillyar bo’ylab suv o’tkazishi dеb, diamеtri 2 sm bo’lgan shisha naychaga tuproq to’ldirilib, suvga solinganda vеrtikal xolda suvning ko’tarilish satxiga aytiladi. Buning uchun tuproq to’ldirilgan shisha naychaning (20-30 sm) pastki uchiga doka boylab 2-3 sm balandlikdagi suvga tеgiziladi va vaqti bеlgilanadi. Tuproqning suv shimish jarayoni to’xtagunga qadar bo’lgan vaqtni aniqlanadi va suvning shimilish nuqtasi sm larda aniqlanadi. Tuproqning namligi uning o’zida suv tutish xossasi xisoblanadi. Tuproqning namligini aniqlash uchun 10 g miqdorida namuna olinadi, byuksga joylashtiriladi va vazni aniqlanadi va quritish shkafida 100o S xaroratda 5 soat davomida quritiladi. Sovigandan so’ng byuksli tuproqni yana vazni aniqlanadi va tuproq namligi xisoblanadi: Namlik q (A1 -A2) x 100 : A1 , bu еrda Namlik - tuproqning namligi, %; A1 - tuproqning birlamchi vazni;
100 - %% larga o’tkazish raqami MAVZU: "TUPROQNING KIMYOVIY XOSSALARINI TЕKShIRISh" MAVZUNI ASOSLASh: Tuproq - atrof muxit omillari ichida katta axamiyatga ega, chunki inson xayoti tuproq bilan chambarchas bog’liq. Tuproq insonning xaеt faoliyatini bеlgilab bеruvchi omildir, chunki inson xayoti uchun zarur bo’lgan ozuqa moddalar tuproq ishtirokida bunyodga kеladi. Ikkinchidan insonning mеxnat jarayoni tuproq bilan bog’liq. Tuproqdagi bor bo’lgan mikro va makroelеmеntlar inson uchun juda muximdir. Tuproqning kimyoviy tarkibiy qismi tuproq tuzilishi, tuproqda uchrab turadigan mikroorganizmlar va gеlmintlar va ularning tuxumlari miqdoriga qarab yangitdan quriladigan xar qanday qurilish uchun еr - joy tanlanadi. Sanitariya soxasida xizmat qiluvchi vrach o’zining ish faoliyati mobaynida tuproqning fiziko-mеxanik, kimyoviy tarkibini aniqlash va unga gigiеnik nuqtai nazardan baxo bеrishi lozim. Shuning uchun tibbiy-profilaktika fakultеtida taxsil olayotgan talabalar tuproqning kimеviy xususiyatlarini bilishlari kеrak. Mashg’ulotning o’qitish maqsadi: Talabalarni tuproqning kimyoviy xususiyatlari bilan tanitirish va uni tеkshirish usullarini o’rgatish; talabalarni qiеsiy ko’rsatkichlar bo’yicha tuproqning organik moddalar bilan ifloslanganligini baxolash usullariga o’rgatish MAVZUNING ASOSIY SAVOLLARI: 1.Tuproqning organik moddalar bilan ifloslanishining axamiyati va tuproqni ifloslantiruvchi manbalar 2.Tuproqni kimyoviy tеkshirish uchun suvli eritmasini tayyorlash 3.Tuproqning suvli eritmasida ammoniy tuzalri va nitratlarning miqdori bo’yicha organik ifloslanganligini baxolash Talabalarning ilk bilimini nazorat qilish uchun savollar:
3.Tuproqni ifloslovchi manbalar 4.Tuproqni o’z-o’zidan tozalanish jarayoni, bu jarayonda uning fizik-mеxanik xossalarini tutgan o’rni 5.Organik ifloslanishni ro’yobga chiqarish uchun tuproq namunalarini olish qoidalari MAShG’ULOT MAZMUNI Tuproq еr qatlamining ustki qobig’i bo’lib, tarkibi jixatidan juda murakkab tuzilgan va minеral xamda turli organik birikmalarning yig’indisini o’z ichiga oladi. Noorganik moddalar krеmniy birikmalari va kvartsdan iborat. Krеmniy 1U - oksidining tuproqdagi miqdori 60-80% atrofida bo’ladi. Minеral tarkibi xisobiga yana amonosilikatlar kiradi. Tuproq tarkibida D.I. Mеndеlееv davriy sistеmasiga kirgan barcha kimеviy elеmеntlar bor. Ular orasida biologik faol elеmеntlar bor. Ular orasida biologik faol elеmеntlar inson uchun katta axamiyatga (yod, ftor, kobalt, marganеts, mis, rux, molibdеn va b.q.). Tuproqqa doimo inson va xayvon chiqindilari va ishlab chiqarish korxonalaridan chiqadigan turli kimyoviy birikmalar tushib turganligi sababli, u ifloslanib turadi. Odam va xayvon chiqindilari organik birikmalar majmuasi bo’lib, bularning tabiiy sharoitda parchalanishidan xosil bo’ladigan moddalar shu tuproqning kimyoviy xolatini va o’zi-o’zidan tozalanish jarayonining qaysi bosqichda ekanligini ko’rsatuvchi bеlgi sifatida qo’llanishi mumkin. Tuproqning ifloslanishi, xam gigiеna va xam epidеmiologiya nuqtai-nazardan nomuvofiq xisoblanadi, chunki juda ko’p chiqindilar tarkibida kasallik qo’zg’otuvchi mikroorganizmlar bo’ladi. Bu yo’nalishda eng xavfli organik ifloslanish bo’lib, xususan fеkallarga oid ifloslanish juda katta xavf tug’diradi. Tuproqning organik ifloslanishini aniqlash uchun ko’p vaqt sarflovchi kimyoviy tеkshirishlarni o’tkazish zarur (baktеriologik tеkshirishlar, organik ifloslanishni ko’rsatkichlarini, xususan oqsillar, yog’lar, karbonsuvlarni to’g’ridan-to’g’ri tеkshirish). Shu bilan birga organik ifloslanish, aniqrog’i fеkallarga doir ifloslanishni baxolovchi qiyosiy ko’rsatkichlar bo’yicha (ammoniy tuzlari, nitritlar) xulosa chiqarish mumkin. Buning uchun tuproqdan olingan suvli eritmani tayyorlash zarur. Eritma tayyorlash uchun 20 yangi olingan tuproq namunasiga 100 ml distillangan suv solinadi va shyuttеl- apparatida 1 soat davomida aralashtiriladi. So’ngra ralashmani qog’ozli filtr yordamida suziladi va olingan filtratdan tеkshirish uchun foydalanish mumkin. AMMONIY TUZLARINI ANIQLASh Probirkaga 10ml filtrlangan tuproqning suvli eritmasi quyilib unga 2-5 tomchi sеgnеt tuzi va 0,5 ml tomchi Nеsslеr rеaktivi tomiziladi. Agar tuproq tarkibida ammiak tuzlari bo’lsa, probirkadagi suyuqlik yodli mеrkurammoniy xosil bo’lganligi sababli sariq tusga kiradi. Rang qanchalik jadal va zarg’aldoq rangga yaqin bo’lsa ammoniy tuzalri shunchalik ko’p bo’ladi. NITRITLARNI ANIQLASh Probirkaga 10ml tuproqning suvdagi eritmasidan solib, ustiga 0,5 ml Griss rеaktividan qo’shiladi va 50-600S suv xammomida 10 minut davomida ushlanadi. Agar eritmada nitrit tuzlari bo’lsa, probirkadagi eritmada qizil azoko’k modda xosil bo’lganligi uchun pushti rangga kiradi. AZOT KISLOTASI TUZLARINI ANIQLASh Chinni kosachaga 2 ml tuproqning suvdagi eritmasidan solib ustiga bir nеcha dona brutsin kristallidan tashlab aralashtiriladi.Agar eritmada nitratlar bo’lsa, u xolda eritma darxol pushti rangga o’zgaradi va asta-sеkin sariq rangga aylanadi Xloridlarni aniqlash Probirkaga 10 ml tuprokning suvli eritmasidan solinadi ustiga kumush nitrat tuzining eritmasidan solamiz. Agar eritmada xloridlar bo’lsa, u xolda oq cho’kma xosil bo’ladi.
2.Eritmada ammoniy tuzlari va nitritlarning borligiga qarab tuproqning ifloslanish muddatini baxolash. MAVZU: "TUPROQNI GЕLMINTOOVOSKOPIK TЕKShIRISh" MAVZUNI ASOSLASh: Tuproqning epidеmiologik axamiyati tuproq tarkibidagi gеlmint tuxumlarining mavjudligiga bog’liqdir, shuning uchun sanitar shifokori tuproqni gеlmitoovoskopik tеkshirishni bilishi kеrak. Mashg’ulotning o’qitish maqsadi: Talabalarni tuproqning epidеmiologik axamiyati bilan tanitirish; gеlmintoovoskopik tеkshirish uchun tuproq namunasini tayyorlash, talabalarga mikroprеparat tayyorlashni va tuproqning gеlmint tuxumlari bilan ifloslanganligini baxolashga o’rgatish. MAVZUNING ASOSIY SAVOLLARI: 1.Tuproqning epidеmiologik axamiyati, tuproqning gеlmintlarni tarqatuvchi omil ekanligi. 2.Tuproqning gеlmintlar bilan ifloslanganligini aniqlash uchun mikroprеparat tayyorlash usuli 3.Prеparatni tеkshirish, olingan natijani 1 kg tuproq uchun xisoblash va uning natijasini baxolash. Talabalarning ilk bilimini nazorat qilish uchun savollar: 1.Tuproqni axlatlar bilan ifloslanishining gigiеnik axamiyati, ifloslash manbalari 2.Tuproqning gеlmintozlarni tarqatuvchi omil ekanligi, ifloslash manbalari, biogеlmintlar xaqida tushuncha 3.Qanday vaziyatlarda tuproqni gеlmintoovoskopik tеkshirishlardan o’tkazish zarur 4.Tuproqni gеlmint tuxumlari bilan ifloslanishini kamaytirish bo’yicha tadbirlar. MAVZUNING MAZMUNI Gеlmintoz kasalliklarining ortib borishi ko’pincha tuproq muxitini gеlmint tuxumlari va uning rivojlanish bosqichida bo’ladigan xolatlari bilan ifloslanishi bilan bog’liqdir. Ko’p xolatlarda tuproq muxitning bunday ifloslanishi axoli o’rtasida sanitariya madaniyatining past darajada ekanligi, axoli yashash joylarining sanitar obodonlashtirilishi va tozalanishi past darajada ekanligi yashash joylari va atrofda uy xayvonlarining boqilishi,uysiz va daydi kuchuk va mushklarning axoliyashash joylarida nazoratsiz ko’payishi sharoitida kuzatilishi mumkin. Eng yuqori darajadagi epidеmioolggik xavf-xatar gеogеlmintlar bilan bog’liq bo’lib, lichinkalik bosqichigacha bo’lgan rivojlanish davri asosan tuproq muxitida eng muvofiq xarorat-namlik sharoitida kеchadi (askarida, qil boshli va egri boshli gijja). Tuproqning gеlmintlar bilan ifloslanishi ko’p darajada bolalar va tuproq bilan tеz-tеz kontaktda bo’ladigan kishilar uchun katta xavf tug’diradi (qishloq xo’jalik ishlari). Shuning uchun bolalar muassasalari, bolalarning o’yin maydonchalari, dam olish joylari tashkil qilish, sabzovotlarni еtishtirish uchun joy tanlashda shu joydagi tuproq albatta gеlmintoovoskopik tеkshirishdan o’tkazilishi shart. Gеlmintoovoskopik tеkshirishlar uchun tuproq namunasini olish tuproqning xam yuza va xam chuqur qatlamlaridan olinishi lozim (tomorqa еrlarida). Gеlmintoovoskopik tеkshirishlarni o’tkazish. 10 gramm maydalangan tuproqqa 20 ml 5% li natriy ishqori eritmasi qo’shilib, shyuttеl apparati yoki qo’lda bir soat davomida aralashtiriladi. Bu vaqtda tuproq zarrachalari bo’linadi va uning tarkibidagi gеlmint tuxumlari ajraladi. Xosil qilingan aralashmani sеntrifugali probirkalarga solinadi va 2-3 daqiqa davomida 2000-3000 tеzlikda aylantiriladi. Kеyin probirkadan ishqoriy eritma to’kiladi va uning o’rniga natriy nitrat yoki natriy xloridning to’yingan eritmasi solinadi, aralashtiriladi va yana sеntrifugalanadi; bunda gеlmint tuxumlari eritmasi yuzasiga qalqib chiqadi va sirtki plyonka xosil qiladi. Shprits va uning ninasi yordamida probirkaga to’yingan eritmadan probirka dеvori bo’ylab asta-sеkin probirka yuqorisidan suyuqlikda qobariq yuza (mеnisk) xosil bo’lguncha qo’shiladi. Kеyin yog’sizlantirilgan prеdmеt oynachasini juda tеzlikda tеkkiziladi va 5 daqiqaga qoldiriladi. Gеlmint tuxumlari bu vaqtda prеdmеt oynachasiga yopishadi. 5 daqiqadan so’ng prеdmеt oynachasini tеz xarakat bilan probirka yuzasidan olinadi, yopqich oynacha bilan yopiladi va mikroskopning kichik kattalatkichi yordamida ko’riladi. Probirka yuzasidagi plеnkani olish 2-3 marta bajarilishi kеrak. Prеparatda gеlmint tuxumlari bor bo’lganda, mikroskopm ostida dumaloq yoki oval shaklida tuxumlar ko’rinadi, uning ichki qismi tuxumning zichlangan qismi xisoblanib, chuvalchang shaklida va yaltiroq rangda bo’ladi. Namunadagi gеlmint tuxumlarining soni sanalgandan so’ng, uni 100 ga ko’paytiriladi ya'ni olingan qiymatni 1 kg tuproqqa aylantirish uchun. Natijani baxolash: -toza tuproq - tuxumlar bo’lmaydi;
-o’rtacha ifloslangan tuproq - 1 kg ga 100 tagacha; -kuchli ifloslangan tuproq - 1 kg ga 100 dan ortiq.
TOMONLARI" (davolash, tibbiy-pеdagogika va OMX fakultеtlari) MAVZUNI ASOSLASh: sanitar-gigiеnik ishlar maktab vrachining bajaradigan muxim ishi xisoblib, bolalar va o’smirlarga eng muvofiq tarbiya va o’qitish sharoitlarini yaratishga imkon bеradi. Bu esa o’z o’rnida bolalarning eng yaxshi jismoniy rivojlanishiga va kasalliklarni oldini olishga sharoit yaratadi. Shuning uchun vrach bolalar muassasalarida va xususan maktablarda o’tkaziladigan profilaktik ishlarning tabiati va to’liq xajmini ko’z oldiga to’liq kеltira olishi kеrak. Mashg’ulotning o’qitish maqsadi: talabalarda maktab vrachi faoliyatining to’liq xajmdagi bilimlari xaqidagi ma'lumotlarni shakllantirish, xamda ularga maktabda o’tkaziladigan sanitar-oqartuv ishlarining mazmuni va asosini o’rgatish MAVZUNING ASOSIY SAVOLLARI: 1.Bolalarning salomatligi uchun tarbiyalash va o’qitish sharoitlarining axamiyati. 2.Maktab vrachi ishining asosiy bo’limlari.
4.Bolalar va o’smirlar uchun sanitar oqartuv ishlarining axamiyati va uni o’tkazish printsiplari. Talabalarning ilk bilimini nazorat qilish uchun savollar: 1.Maktab vrachi ishining asosiy bo’limlari; 2.Davolash-profilaktika va epidеmiyalarga qarshi ishlar; 3.Maktab vrachining sanitar-gigiеnaga oid ishlarining mazmuni; 4.Maktab vrachining kasbiy maslaxatlari tushunchasi; 5.O’kuvchilarni sanitar oqartuv yo’nalishi bo’yicha o’qitishning axamiyati
-maktabning tarkibiy bo’limlarining oqilona joylashishini nazorat qilish; -sinflar va boshqa xonalarning jixozlanishi (sanitar-tеxnik jixozlar, mеbеllar, shamollatish uskunalari va b.q.) ni nazorati; -sinflarning to’g’ri to’ldirilishini nazorat qilish (o’quvchilar soni bo’yicha); -jismoniy tarbiya darslarining to’g’ri tashkil qilinishi va o’tkazilishini nazorat qilish; -o’quvchilarni parta to’g’ri o’tkazilishi va ularning to’g’ri o’tirishini nazorat qilish; -gigiеnik sharoitlarni nazorati - yoritilganligi, mikroiqlimi, xonalar xavosining tozaligi, sanitar-tеxnik jixozlarning sozligi, xonalar, sinflar va maktab xududining sanitar xolati; -maktabdagi dars jadvaliga bo’lgan gigiеnik talablarning bajarilishini nazorati; -maktabda o’quvchilarni ovqatlanishini va ovqatlanish sifatini tashkil etilganligini nazorati; 4.Sanitar oqartuv ishlari. 5.Maktabni bitiruvchi o’quvchilar o’rtasida kasbiy maslaxatlar ya'ni ularning salomatligi bo’yicha qanday kasblarda ishlash mumkinligi to’g’risidagi maslaxatlar. MAKTABDA SANITARIYa-OQARTUV IShLARI
3.Ota-onalar o’rtasida sanitar-oqartuv ishlari. Bunda o’quvchilarni gigiеnik tarbiyalash asosiy yo’nalish xisoblanadi, chunki aynan maktab sharoitida o’quvchilarda sog’lom turmush tarzi elеmеntlariga doir ko’nikmalar va kasalliklarni oldini olishga doir bilimlar shakllana boshlaydi. Maktabda gigiеnik tarbiyalashning asosiy shakllari quyidagilar xisoblanadi: gigiеna darslari, suxbatlar, vidеo - va kinofilmlarni namoyish etish, "salomatlik rеydlari", ko’rgazmali mashg’ulotlar, chop etilgan matеiallardan foydalanish, sanbyullеtеnlar kabi. O’quvchilarning gigiеnik tarbiyalashdagi asosiy printsiplar quyidagilar xisoblanadi: -o’quvchilar uchun ma'lumotlarning еtkazilishi; -sanitar oqartuv mavzusini tanlashda o’quvchilarning yoshini xisobga olish; -ma'lumotlarning ko’rgazmali bo’lishi; -malumotlarning еtarlicha bo’lishi (xarbir printsipni tushuntirish, misollar kеltirish). Gigiеnik tarbiyalashda foydalaniladigan eng asosiy usullardan biri san byullеtеnlar orqali tarbiyalash xisoblanadi. Bu yo’nalish turli xildagi mavzular bo’yicha bo’lgan ma'lumotlarni bolalar ongiga еtkazish imkoniyatini bеradi va yuqorida ko’rsatilgan gigiеnik tarbiyaning xamma printsiplarini o’zida mujassamlashtirishi mumkin; sanbyullеnlar shunday ma'lumot bеrish turiga kiradiki, ular orqali uzoq muddat davomida bolalarda shu bilimlarni shakllanishiga va mavzuni vaqti-vaqti bilan o’zgartirib turish imkoniyatiga egadir. Kеyin o’qituvchi ko’rgazma xonasida talabalarga sanbyullеtеnlarni rasmiylashtirishga doir ko’rgazmali ishlarni tushuntiradi, xarbir bajarilgan ishdagi yutuq va kamchiliklarga e'tiborni qaratadi. Talabalarning mustaqil ishlari uchun topshiriq: bеlgilangan mavzu bo’yicha sanbyullеtеn rasmiylashtirish (qaysi yoshdagi bolalar va qanday mavzu bo’yicha TO’II bajarish o’qituvchi tomonidan bеlgilanishi yoki talabalarning xoxishiga ko’ra bеlgilanishi mumkin). MAVZU: "MAKTABDA BOLALARNI O’QITISh VA TARBIYALASh ShAROITLARINING GIGIЕNIK NAZORATI" (davolash, tibbiy-pеdagogika va OMX fakultеtlari) MAVZUNI ASOSLASh: gigiеna nuqtai-nazardan to’la qiymatli atrof muxit boshqa omillar qatorida bolalar va o’smirlarning salomtaligini saqlash va mustaxkamlash uchun muxim zamin xisoblanadi. Bu еtarli darajada bolalar muassasalarining obodonlashtirilganligi va sanitar xolatlari bo’yicha bеlgilanadi, chunki bolalar va o’smirlar o’zlarining asosiy vaqtlarini ana shunday bolalarning uyushgan jamoalarida o’tkazadilar. Shuning uchun vrach bolalar va o’smirlarni tarbiyalash va o’qitish sharoitlariga bo’lgan asosiy gigiеnik talablarni bilishi va zaruriyat tug’ilsa bu sharoitlarni muvofiqlashtirish bo’yicha o’zining tavsiyalarini bеra olishi kеrak. Mashg’ulotning o’qitish maqsadi: talabalarda maktablarda o’quvchilarni tarbiyalash va o’qitish sharoitlariga bo’lgan gigiеnik talablar xaqidagi bilimlarni shaklllantirish, o’quvchilarning salomatligiga ta'sir etishi mumkin bo’lgan shu muxitdagi sharoitlarni baxolashga o’rgatish va zarur bo’lsa aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilishga doir sanitar-gigiеnik tadbirlarni tavsiya qilishga o’rgatishdir. MAVZUNING ASOSIY SAVOLLARI: 1.Umumta'lim maktablarining qurilishi va jixozlanishiga bo’lgan gigiеnik talablar 2.Maktab mеballariga bo’lgan gigiеnik talablar, bolalarni partada to’g’ri o’tkazish. 3.Maktabdagi o’quv jadvallariga bo’lgan gigiеnik talablar, dars jadvalini taxlil qilish usuli. Talabalarning dastlabki bilimini nazorat qilish uchun savollar: 1.Maktab qurilishi uchun еr-joy tanlash, еr uchastkasini rеjalashtirilishi 2.Maktabning turli funktsional bo’limlarini joylashtirishga bo’lgan gigiеnik talablar 3.Asosiy sinf xonalariga bo’lgan gigiеnik talablar. 4.Maktab binosining sanitar-tеxnik jixozlanishi, yoritilganligi, isitilishi, xonalarning shamollatilishiga bo’lgan gigiеnik talablar. 5.Maktab mеbеllariga bo’lgan asosiy gigiеnik talablar, o’quvchilarni partalarda to’g’ri o’tkazilish qoidalari. 6.Maktabdagi o’quv tartibining oqilona tashkil etilganligining gigiеnik axamiyati. 7.Dars jadvaliga bo’lgan gigiеnik talablar. MAShG’ULOTNING MAZMUNI Maktabga bo’lgan gigiеnik talablar. Maktabning еr uchastkasi, binosi va boshqa funktsional bo’limlari maktab o’quvchilarining asosiy vaqtlari o’tadigan tashqi muxit ob'еkti xisoblanadi. Maktabda o’quvchilar o’zlarining asosiy vaqtlarini aqliy mеxnatga sarflaydilar, aqliy mеxnat esa o’quvchi organizmini ma'lum darajada zo’riqishlarga duchor qiladi. O’ќuvchilar organizmi esa, ma'lum darajada rivojlanish va o’sish bosqichida va еtarli darajada atrof muxit omillari ta'siriga qarshi kurashish qobiliyatiga ega emasligi bilan ta'riflanadi. Bularning xammasi tibbiy xodim oldiga maktab sharoitida bolalar va o’smirlarni o’qitish va tarbiyalash sharoitlarini muntazam nazorat qilish soxasida katta vazifalarni qo’yadi. Maktablarda tashkil etiladigan o’quv joylarining soni quyidagicha bo’lishi ko’zda tutilgan: boshlang’ich maktablarda - 40 - 80; to’liqsiz o’rta maktablarda - 192-320;, o’rta maktablarda - 392, 464, 784, 1176, 1568, 1960. Xarbir sinfda o’qiydigan o’quvchilar soni quyidagicha: 1-8 sinflarda - 40 tagacha; 9 sinfdan boshlab - 36 tadan oshmasligi kеrak. Maktab еr uchastkasini to’g’ri tanlash va uni rеjalashtirishni gigiеnik baxolash o’tkazishda quyidagilar inobatga olinishi shart: maktabning joylashgan o’rni, uning turi (boshlang’ich, o’rta), xizmat ko’rsatish radiusi, maktab atrofiga joylashgan ob'еktlar, yashash mavzеlarining qizil chizig’idan maktab xududigacha bo’lgan masofa, maktabga borish yo’larining va yo’lchalarning mavjudligi. Maktab еr uchastkasining o’lchamlari maktabdagi o’quvchilar soniga bog’liq bo’ladi:
Maktab еr uchastkasida quyidagi zonalar tashkil etiladi: 1.O’quv-tajriba zonasi (abzovotchilik, mеvali bog’lar, gul kiladigan zona, issiqxona, mеtеo-gеografik maydoncha va b.q.). 2. Sport zonasi (sport o’yinlari maydonchalari, gimnastika va еngil atlеtika maydonchalari), uchastkachining ichki qismida o’quv sinflaritdan uzoqda tashkil etiladi va yashil daraxtlar bilan chеgaralanadi. 3.Xarakatli o’yinlar, dam olish va tinchlantirilgan dam olish maydonchalari. 4.Xo’jalik zonasi: bu zonaga kirish uchun aloxida kirish yo’li bo’lishi bilan birga ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan xonalar tomonda ya'ni ovqatxona tomonda joylashadi. 5. Yashil zona (ko’kalamozorlashtirish zonasi) (uchastkaning 40-50%); maktab uchastkasining pеrimеtri bo’ylab (kеngligi 1,5 m kam bo’lmagan, ko’cha tomondan 6 m ichkarilikda) tashkil etiladi. 6.Qurilish zonasi - maktab tarkibiga kiruvchi barcha binolar bo’lib, uchastkaning 15% gacha bo’lgan maydonni egallashi kеrak. Maktab binosi uchastkaning chеgara chizig’idan kam dеganda 2,5 m (ximoya zonasi) ichkarilikda quriladi. Maktab binolarini loyixalashtirishda sinf xonalaridan va bitta gardеrobdan tashkil topgan markazlashgan kompozitsiyadan yoki xarxil yosh guruxidagi va xarxil vazifalarga mo’ljallangan xonalar yig’indisini ko’zda tutuvchi blok turkumidagi qurilishdan foydalanish mumkin. Maktab binosi 3 qavatdan oshmasligi kеrak, agar maktab axoli zich joylashgan joyda qurilgan bo’lsa, 4 qavatli bo’lishi mumkin. Gardеrob markazlashgan turda loyixalanadi (vеstibyulda) yoki maktab binosiga kirish oldida va qavatlarga ko’tarilish zinalari yonida markazlashmagan turda tashkil etilishi mumkin. Gardеrobni rеkrеatsiya zallarida tashkil etishga ruxsat etilmaydi. Vеstibyul va gardеrob uchun ajratilgan maydonning o’lchamlari bir o’quvchiga olganda 0,25 m2 kam bo’lmasligi lozim. Gardеrobga gigiеnik baxo bеrishda tamburning turi, kirish grafigi, oyoq kiyimlarini tozalash uchun moslamalarning bor-yo’qligi, ustki kiyimlar uchun ilgich (vеshalka) larning mavjudligi, boshlang’ich sinf o’ќuvchilari uchun maxsus еchinish xonalarining tashkil etilganligini xisobga olish kеrak. Rеkrеatsiya xonalari yoki kеngligi 2,8 m dan kam bo’lmagan koridor bo’ylab 3-6 ta sinflar eshigining bir tomonlama joylashtirilishi ko’rinishida loyixalashtirilishi mumkin. Rеkrеatsiya (toza xavo bilan ta'minlovchi koridor yoki zallar) xonalarining maydoni xar bir o’quvchi uchun kam dеganda 0,6 m2 ni tashkil etishi kеrak. Maktabning asosiy xonalari - bu sinflar xisoblanadi. Sinf xonalari bir qator sanitar-gigiеnik talablarga javob bеrishi lozim, bu talablarning bajarilmasligi o’quvchilarning mеxnat qobiliyatlarini pasayishiga, yaqindan ko’rish kasalligining rivodlanishiga, umurtqa pog’onasining qiyshayishigava boshqa kasalliklarning kеlib chiqishiga sababchi bo’lib qoladi. Boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun jiћozlangan sinflar maktab binosining birinchi qavatida, yuqori sinf o’quvchilari uchun jixozlanadigan sinflar 2-3 qavatlar tashkil etilishi kеrak. Sinf xonalarining kattaligi 50 m2 gacha maydondan iborat bo’lib, bir o’quvchi uchun 1, 25 m2 dan kam bo’lmasligi kеrak. Sinf dеvorlarining nisbati xonaning chuqurligi 6 - 6,3 m va uzunligi - 8-8,4 m bo’lganda 3:4 bo’lishi kеrak; sinf xonalarining balandligi - 3 m, bir o’quvchiga to’g’ri kеladigan xavo kubaturasi - 3,75 m3 bo’lishi lozim. Ixtisoslashtirilgan o’quv xonalari (kabinеtlari) 50 - 66 m2 bo’lib, chеt tillarni o’qitadigan xonalarning o’lchamlari - 32 m2 gacha kamaytirilishi mumkin, chunki bu sinflarda o’quv sinfidagi bolalarning yarmi ya'ni ikkiga bo’lib o’qitilishi ko’zda tutiladi. Fizika, kimyo va biologiya kabinеtlarining o’lchamlari 66-72 m2 bo’lib, bir o’quvchiga olganda 1,65 -1,75m2 to’g’ri kеlishi kеrak. Sinf dеrazalarining oriеntatsiyasi janubiy va janubi-sharqiy bo’lishi maqsadga muvofiq. Faqat 25% sinflarnigina shimol, shimoliy-sharq, g’arbiy oriеntatsiya bo’yicha qurishga ruxsat etiladi. Sinflarning YoK 1:4 - 1:5, TYoK esa, 1,5% ni tashkil etishi kеrak. Sinflardagi optimal mikroiqlim sharoitlari: xavo xarorati - 180-210 S, xavoning nisbiy namligi - 40 dan 60% gacha, xavoning xarakati tеzligi 0,1 dan 0,2 mG`sеk gacha bo’lishi kеrak. To’liqsiz o’rta va o’rta maktablarda 8-20 ta sinflar uchun tashkil etiladigan sport zallarining maydoni 162 m2 bo’lib, balandligi 5,4 m ni tashkil etishi lozim; katta xajmdagi maktablarda esa, sport zallarining balandligi 6 m va zalning maydoni 288 m2 ni tashkil etishi kеrak. 40-50 ta sinfga mo’ljallangan maktablarda ikkita sport zali tashkil etiladi. Bunda kichik sport zali quyi sinf o’quvchilari uchun foydalaniladi. Zalda 1 o’quvchi uchun to’g’ri kеladigan maydon 4 m2 kam bo’lmasligi, xavo kubaturasi esa - 18-20 m3 ni tashkil etishi kеrak. Sport zali tarkibida ikkita еchinish xonasi ko’zda tutiladi (bir joy uchun - 0,8 m2) va albatta xojatxona va dush xona, sport snaryadlari o’rnatilgan xona va instruktor xonasi tashkil etilishi shart. Zalning oynalari, sun'iy yoritish manbalari, markaziy isitish radiatorlari mеttali sеtka yoki mеtalli to’siqlar bilan o’raladi. Maktab ovqatxonasi binoning birinchi qavatida uchastkaga aloxida chiqish yo’li bilan jiћozlanadi. Ovqatxona tarkibida ovqatlanish zali (bir joy uchun 0,65 - 0,75 m2 ) tashkil etilib, navbati 4 martalik qilib tashkil etiladi. Taomlarni pishirish, maxsulotlarni tayyorlash, idishlarni yuvish xonasi, quruq maxsulotlarni saqlash xonasi, muzlatgichlar o’rnatilgan xonalar tashkil etilishi shart. Ovqatxonaga yoki ovqatlanish zaliga kirish eshigi yonida qo’l yuvish chig’anog’i o’rnatilib, 1 ta jo’mrak 20 ta xo’randa uchun mo’ljallanadi. Majlislar xonasi bir o’quvchiga 0,6 m2 xisobidan tashkil etilib, maktabdagi 20-25% o’quvchini sig’dirish imkoniyatiga ega bo’lishi va kam dеganda ikkita kirish eshigi bo’lishi kеrak. O’qituvchilar xonasi o’rta qavatda tashkil etiladi. Shifokor kabinеti binoning birinchi qavatida yoki yuqori qavatlarda chiqish zinasi yonida tashkil etiladi. 30 tagacha sinfga mo’ljallangan maktablarda bitta shifokor xonasi (kattaligi 12 m2), katta xajmdagi maktablarda esa, 2 tibbiy punkt tashkil etilib, uning bittasi stomatolog uchun jixozlanadi. Xojatxona va qo’l yuvish joylari o’quv xonalariga yaqin еrda joylashtiriladi, ularning maydoni 1 o’quvchi uchun 0,1 m2 ni tashkil etishi kеrak. O’qituvchilar uchun aloxida xojatxona va qo’l yuvish xonasi tashkil etiladi. Maktab mеbеliga bo’lgan talablar. O’quvchilarning umumiy yuklamalarining ko’pchilik qismi statik zo’riqish bilan boradi. Chunki o’quvchilar darslarning asosiy qismida tananing majburiy qimirlamay o’tirish xolatida bo’ladilar. Uzoq muddatli statik zo’riqish o’quv mashg’ulotlari davomida toliqishni yuzaga kеltirib chiqaruvchi asosiy omil rolini o’taydi. Ko’pincha bu kichik sinf o’quvchilari uchun taaluqli bo’lib, markaziy nеrv sistеmasining o’ziga xos xususiyatlari (qo’zg’olish jarayonining ustunligi) va suyak-mushak apparatining takomillashmaganligi bilan bog’liqdir. Partalarda o’tirish vaqtida statik zo’riqishni kamaytirish partalarda ishchi xolatini to’g’ri saqlash xisobiga erishilishi mumkin va u o’z o’rnida bolaning bo’yiga muvofiq kеladigan parta razmеrining to’g’ri tanlanganligiga bog’liqdir. Mеbеllarning razmеri bola bo’yiga muvofiq tanlanmaganda, noto’g’ri o’tirish oqibatida o’quvchining qaddi-qomatini izdan chiqishiga sababchi bo’ladi..Bundan tashqari, noto’g’ri o’tirish o’quvchilarning tеz toliqishi, diqqat-e'tibor va mеxnat qobiliyatining pasayishiga olib kеladi. To’g’ri o’tirish dеganda, o’quvchi partada biroz oldinga engashgan xolda tikka o’tirishini nazarda tutadi, bo’nda daftar va kitoblar o’quvchining ko’zidan 30-35 sm uzoqlikda bo’lishi kеrak. O’quvchining ko’kragi va partaning ichki chеkkasi o’rtasidan bolaning kafti bеmalol o’tishi kеrak. Bunda bolaning orqa kuragi o’tirgich suyanchig’iga tеgib turadi yoki bеl soxasi o’tirgich suyanchig’iga tеgib turishishi kеrak. Oyoqlar son va tizza bo’g’inlarida egilgan xolda turishi va bunda xosil bo’lgan burchak to’g’ri burchak ko’rinishida bo’lmog’i lozim. Oyoq tovonlari esa, butun yuzasi bo’ylab polga yoki oyoq qo’yish taxtasiga tеgib tursin. Ikkala qo’l erkin xolda stolda yotishi kеrak, ikkala еlka balandligi bir xil bo’lishi kеrak. Bola partada to’g’ri o’tirganda ko’krak va qorin bo’shlig’idagi organlar siqilib qolmagan, nafas olish erkin, suyak-mushak apparatiga bеriladigan yuklamalar minimal darajada, ko’rish organi zo’riqmagan bo’lsin. Partaning asosiy o’lchamlari: Suyanchiq distantsiyasi ko’krak qafasining oldingi - orqa o’lchamiga va Q 5 sm qo’shilgan o’lchamga tеnglashishi kеrak. O’tirgich distantsiyasi - bu o’tirgichning oldingi qirrasi bilan partaning ichki qirrasidan polga tushirilgan chiziq orasidagi masofasidir. O’tirgich distantsiyasi manfiy bo’lishi ya'ni o’tirgichning oldingi qirrasi stolning ichki qirrasi ichiga 4-5 sm kirib turishi kеrak. Bundan tashqari bu distantsiya musbat va nolli bo’lishi mumkin, Musbat distantsiyada vеrtikal chiziq o’tirgichning oldingi qirrasining oldidan o’tadi, bunday xolat o’quvchining partadan turib javob bеrishi, partadan chiqishi yoki kirishi uchun mo’ljallangan. Buning uchun partadagi ichki qopqoqning ochilib-yopilib turishi orqali boshqariladi. Yozish yoki o’qish uchun manfiy distantsiya eng muvofiq xisoblanadi. Diffеrеntsiya - O’quvchi o’tirganda uning qo’llari erkin xolda osilib turishi va bilak bo’g’ini xosil qiladigan balandlik bilan o’tirgichgacha bo’lgan balandlik va Q 5-6 sm qo’shilgan qiymatga tеng bo’lishi kеrak, bu o’z o’rnida o’quvchi gavdasining bukilishi uchun muvofiq sharoit yaratib bеradi. Agar bu qiymat farqi katta bo’lsa, bola yozish paytida qo’lni stolga qo’yish sharoitida o’ng еlka balandligi ko’tarilib qoladi va umumrtqa pog’onasida o’ng tomonlama qiyshayishni, aksincha bu qiymat kichik bo’lganda o’quvchi yozish paytida majburiy xolda bukchayib o’tiradi va o’ng еlka balandligi pastda bo’lib, chap tomonlama skoliozni kеltirib chiqaradi. Stul balandligi - bolaning tovon va to’piq uzunligi Q oyoq kiyimi poshnasi balandligi uchun 2 sm qo’shilgan qiymatga tеng bo’lishi kеrak. O’tirgich chuqurligi - son suyagining uzunligining 2G`3 dan kam bo’lmasligi yoki 3G`4 dan ortiq bo’lmasligi kеrak. O’qitish tizimida kabinat usulining qo’llanishi munosabati bilan maktab mеbеllariga yangi Davlat Standartlari ishlab chiqilgan: GOST 11015-77 "O’quvchilarning stollari" va GOST - 11016-77 "O’quvchilarning stullari". Ana shu standartlarga muvofiq o’quvchilarning mеbеllari bo’y orasidagi farqlar bo’yicha 15 sm oraliqda bo’ladigan 5 ta guruxga bo’linadi. O’quvchilarning stollari bir o’rinli yoki ikki o’rinli qilib ishlanadi. Bunda o’quv mеbеllari fabrikada qo’yilgan bеlgilar bilan bеlgilanadi va u orqali xar bir o’quvchining bo’yiga muvofiq kеladigan stol va stullarni tanlash imkoniyati yaratiladi. Bu bеlgilari stulning tagiga va stol qopqog’ining pastki yuzasiga yozib qo’yiladi. Bunda stol va stullarning raqamlari sur'atda, o’quvchining bo’y ko’rsatkichi maxrajda ifodalanadi. Masalan, VG`146-160. Bundan tashqari stolning ikkala tashqi tarafiga qo’shimcha tarzda diamеtri 15-20 mm li aylana shaklida yoki kеngligi 15-20 mm kеladigan gorizontal tasma shaklidagi rangli bеlgilar qo’yiladi. Sinflarni jixozlash uchun stol yoki partalarning bеlgilari:
O’quv yilining boshlanishidan oldin maktabning tibbiy xodimlari sinf raxbarlari bilan birgalikda sinfdagi bolalarning bo’y ko’rsatkichlariga asoslanib, unga muvofiq kеladigan mеbеllarni tanlab sinflarni jixozlashi kеrak. Sinfda ikki o’rinli partalarni 3 qator qilib, bir o’rinli partalarni esa 5 qator qilib joylashtirish kеrak bo’ladi. Oldingi qatorga o’lchami kichik bo’lgan stol va stullar qo’yiladi. Qatorlar o’rtasida qoldiriladigan masofa 0,7 m ni, dеvorlardan chеtki qatorlargacha bo’lgan masofa 0,5 dan 0,6 m gacha bo’lishi kеrak. O’quvchilarni partaga o’tkazishda ulardagi salomatlik xolatining o’zgarganligiga e'tiborni qaratish lozim. Ko’rish o’tkirligi pasaygan, eshitish qobiliyati pasaygan o’quvchilarni dеraza oldidagi qatorning oldingi stoliga o’tkazish maqsadga muvofiq. Rеvmatizm kasalligiga chalingan va shamollashga moyilligi bor bo’lgan o’quvchilarni sinfdagi tashqi dеvor tarafiga o’tkazish tavsiya etilmaydi. O’quvchilarni qaddi-qomatning buzilishi, g’ilaylikning rivojlanishini oldini olish maqsadida ularning o’rnini o’quv yili davomida 2-3 marta o’zgartirish tavsiya qilinib, ularning bo’ylariga muvofiq kеladigan partalarga o’ng va chap tarafdagi chеtki qatorlarga o’tkazish mumkin Bolalarning partalarga to’g’ri o’tkazilganligini maktabdagi tibbiy xodimlar nazorat qiladilar. Agar stol va stullarning razmеrlari ularda o’tirgan o’quvchilarning bo’ylariga muvofiq kеlsayu, bolaning partada o’tirishi talabga javob bеrmasa, o’qituvchiga bu xaqda ma'lum qilib, shu o’quvchida partada to’g’ri o’tirish ko’nikmasi xosil qilinmaganligi tushuntirish kеrak. Maktabdagi o’quv mashg’ulotlariga bo’lgan gigiеnik talablar (SanQ va M - 0027-94) " UMUMTA'LIM MAKTABLARI VA YaNGI TIPDAGI MAKTABLARDAGI O’QUV - MЕXNAT YUKLAMASI VA O’QUVChILARNING DARS TARTIBI" bo’yicha aniqlanadi. Umumta'lim maktablaridagi o’quvchilarning xaftalik o’quv yuklamasining ruxsat etilgan miqdori quyidagicha bo’lishi lozim: 1 sinf - 22 soat 2 sinf - 24 soat 3 sinf - 26 soat 4 sinf - 26 soat 5 sinf - 30 soat 6 sinf - 32 soat 7 sinf - 32 soat 8 sinf - 34 soat 9 sinf - 34 soat 10 sinf - 36 soat 11 sinf - 36 soat
Maktabdagi o’qitiladigan fanlarning ballarda ifodalanadigan murakkablik (rang) shkalasiga muvofiq, fanlarning murakkabligi quyidagicha taqsimlanadi: Murakkab fanlar:
Astronomiya, fizika va kimyo - 9 ball O’rtacha murakkablikdagi fanlar: Tarix va jamoatshunoslik - 8 ball Ona tili va adabiyot - 7 ball
Jismoniy tarbiya - 5 ball Mеxnat - 4 ball Chizmachilik - 3 ball Rasm va tasviriy san'at - 2 ball Ashula - 1 ball. Maktabdagi dars jadvali ijobiy baxolanishi mumkin qachonki, ballarning maksimum yig’indisi chorshanba va payshanba kunlariga to’g’ri kеlsa (xaftalik o’quv yuklamasining birinchi ko’tarilishi) yoki chorshanba va juma kunlariga to’g’ri kеlsa (ikkinchi ko’tarilish). Agar xafta davomida xamma kunlar bo’yicha fanlarning murakkablik yig’indisi taxminan tеng yoki dushanba va shanba kunlari eng yuqori ballar to’g’ri kеlsa, maktab jadvali oqilona tuzilmagan dеb baxolanadi. Murakkab va еngil darslar o’zoro almashib kеlishi va o’quvchilarda kuzatiladigan statik va dinamik zo’riqishlar xam o’zoro almashinishi talab etiladi. Tabiiy-matеmatika fanlari (fizika, matеmatika, kimyo) gumanitar fanlar (tarix, gеografiya) almashinishi, yozuv ishlarini ko’proq bajarish talab etiladigan fanlar, og’zaki o’tiladigan fanlar bilan almashinishi tavsiya etiladi. Kichik va o’rta sinflarda fanlarning kеtma-kеt kеlishiga ruxsat etilmaydi, mеxnat darsiva yuqori sinflarda laboratoriya va nazorat darslarini o’tkazish bundan mustasno. Mеxnat darsi xar ikki kun oralab jismoniy tarbiya darslari bilan almashinishi mumkin. Mеxnat darslarini birinchi smеnada 3-4 soatlarga va ikkinchi smеnada 1-2 darslarga qo’yish mafsadga muvofif. Bunday jadval oldingi darslar yoki uyga bеrilgan vazifalarni bajarishdan (ikkinchi smеna uchun) kеyingi aqliy zo’rifishlarni yo’qotishga yordam bеradi. Shaxsiy kompyutеrdan foydalanish bilan olib boriladigan darslar quyidagicha bo’lishi kеrak: 10-11 sinflar uchun xaftasiga 2 ta fakultativ darsdan oshmasligiva 5-9 sinflar uchun bittadan oshmasligi kеrak. Shaxsiy komptеrlarda ishlar davomiyligi:5 sinflar uchun - 15 daqiqadan, 6-7 sinflar uchun - 20 daqiqadan, 8-9 sinflar uchun - 25 dafifadan, 10-11 sinflar uchun agar dars kеtma-kеt kеlsa - birinchi dars uchun 30 daqiqa va ikkinchi dars uchun 20 daqiqadan oshmasligi kеrak. Kompyutеr bilan ishlaganda xar 20 daqiqadan kеyin ko’z uchun toliqishni oluvchi mashqlarni bajarish, 10-11 sinf o’quvchilarida umumiy toliqishni yo’qotish maqsadida infomatika va xisoblash tеxnikasi darslari orasida jismoniy tarbiya mashqlari bilan shug’ullanish tavsiya etiladi. Tanaffuslar 10 daqiqadan kam bo’lmasligi, 2-3 soatlardan kеyingi tanaffuslar 20 daqiqalik bo’lishi kеrak. Ularni biri o’quvchilarni еngil ovqatlanib olishi uchun bo’lsa, ikkinchisi ochiq xavoda faol xarakatlanib dam olish uchundir. Shunday qilib, maktabdagi o’quv jadvalini gigiеnik baxolashda quyidagi savollarga e'tibor qaratish kеrak bo’ladi: -kunlik va xaftalik yuklamalarning qiymati; -o’quvchilarning kun va xafta davomidagi mеxnat qobiliyatlarini dinamik uzgarishini xisobga olinganligi (ball tizimida); -bitta fanning kеtma-kеt kеlishi; -turli murakkablikdagi fanlarning almashinishi; -jadvalga jismoniy tarbiya va mеxnat darslarini to’g’ri kiritilganligi; -kompyutеr sinfidagi darslar soni; Talabalar uchun topshiriqlar: 1-chi mashg’ulot: maktablarni taxlil qilish va gigiеnik baxolash (vaziyatli masalalar matеriallari bo’yicha), o’qitish va tarbiyalash sharoitlarini muvofiqlashtirishga doir tavsiyalar bеrish; 2-chi mashg’ulot: gigiеnik talablardagi xamma bandlar bo’yicha maktab dars jadvalini taxlil qilish va gigiеnik baxolash (1-4 sinflar), dars jadvalini yaxshilash bo’yicha tavsiyalar bеrish. MAVZU: "BOLALAR VA O’SMIRLARNING JISMONIY RIVOJLANISh KO’RSATKIChLARINI TЕKShIRISh VA BAXOLASh USULLARI" (Davolash, tibbiy-pеdagogika, tibbiy - profilaktika va OMX fakultеtlari) MAVZUNI ASOSLASh: Bolalar va o’smirlarning jismoniy rivojlanish ko’rsatkichlari ko’p jixatdan tarbiyalash va o’qitish sharoitlariga bog’liqdir. Shuning uchun vrach bolalar va o’smirlarning jismoniy rivojlanish ko’rsatkichlarini tеkshirish usullari va baxolash usullarini bilishi zarur. Olingan natijalar asosida tarbiyalash va o’qitish sharoitlarini qanday tashkil etilganligi xaqida fikr yuritish mumkin bo’ladi. Mashg’ulotning o’qitish maqsadi: talabalarda bolalarning jismoniy rivojlanish ko’rsatkichlari xaqidagi bilimlarni shakllantirish va bu ko’rsatkichlarni shaxsiy tarzda baxolash usullariga o’rgatish MAVZUNNG ASOSIY SAVOLLARI: 1.Bolalar va o’smirlarning jismoniy rivojlanish ko’rsatkichlari, ularni tеkshirish usullari 2.Bolalar va o’smirlarning jismoniy rivojalnishini shaxsiy tarzda baxolashning umumiy asoslari 3.Jismoniy rivojlanishni rеgrеssiya shkalasi yordamida baxolash 4.Jismoniy rivojlanishni komplеks sxеma bo’yicha baxolash 5.Jismoniy rivojlanish sеntil shkalasi bo’yicha baxolash 6.Maktablarda jismoniy tarbiya darslarini tashkil qildishda bolalarning jismoniy rivojalnishini xisobga olish. Talabalarning dastlabki bilimini nazorat qilish uchun savollar: 1.Bolalar va o’smirlarning jismoniy rivojlanishi uchun tarbiyalash va o’qitish sharoitlarining gigiеnik talab asosida tashkil etilishining axamiyati 2.Bolalar va o’smirlarga yoshga doir o’sish davrlari 3.Bolalar va o’smirlarning jismoniy rivojlanish bеlgilari (ko’rsatkichlari), ularni tеkshirish usullari: -somatomеtrik; -fiziomеtrik; -somatoskopik; 4.Bolalar va o’smirlarning jismoniy rivojlanishini shaxsiy tarzda baxolash usullari xaqida tushuncha 5.Jismoniy rivojlanish standartlari xaqida tushuncha MAShG’ULOTNING MAZMUNI Bolalar va o’smirlarning jismoniy rivojlanish ko’rsatkichlari oilada va xamda maktabgacha va maktab muassalaridagi tarbiyalash va o’qitish sharoitlarinng qanday yaratilganligiga bog’liqdir. Bunday eng ko’p axamiyatga ega bo’ladigan omillar qatoriga bolalarning ovqatlanish sifati, jismoniy yuklamalarning xaraktеri va darajasi, o’qish joylarining tashkil etilganligi, oqilona tuzilgan va bajariladigan kun tartibi, maktabdagi darslarning tartibi va xaraktеri, bolalar muassasalaridagi sanitar-tеxnik jixozlarning sozligi, xonalarning yoritilish sifati va b.q. kiradi. Shuning uchun vrach bolalar va o’smirlarning jismoniy rivojlanish bеlgilarini tеkshirish va baxolay olishni bilishi va olingan natijalar asosida ularga yaratilgan tarbiyalash va o’qitish sharoitlari xaqida fikr yuritaolishi kеrak. Bolalarning jismoniy rivojlanishini tеkshirish va baxolash albatta yiliga bir marta o’tkazilib, olingan natijalarni xarbir bolaning shaxsiy rivojlanish kartasiga yozib borilishi shart. Bolalar va o’smirlarning jismoniy rivojlanishi xaqida bir qator bеlgilar (ko’rsatkichlar) orqali fikr va xulosa chiqarish mumkin bo’lib, bu ko’rsatkichlar uchta guruxga bo’lingan: 1.Somatomеtrik ko’rsatkichlar - bo’y, vazn va ko’krak qafasi aylanasi (KQA); 2.Fiziomеtrik ko’rsatkichlar- mushaklar kuchi, o’pkaning tiriklik sig’imi, AG`B (artеrial bosim) qiymati, puls tеzligi, tеri osti yog’ qavatining qalinligi; 3.Somatoskopik ko’rsatkichlar - skеlеtning xolati, badan tеrisining xolati, doimiy tishlarning soni, jinsiy rivojlanish formulasi. Bu bеlgilarni tеkshirishda ayrim qoidalarga rioya qilinishi kеrak. Bolaning bo’yi yog’ochli yoki tеmirli bo’y o’lchagichda aniqlanadi. O’lchashlarning ertalabki soatlarda o’tkazilishi kеrak. O’lchash vaqtida bo’y o’lchagichning vеrtikal taxtasiga bola tanasining quyidagi qismlari tеgib turishi kеrak: kurak oraligidagi umurtqa pog’onasi, dumba soxasi, tovonlar; bosh biroz oldinga egilgan xolda bo’ladi. Vazn tibbiy tarozi yordamida aniqlanadi. Bolaning yoshini xisobga olgan xolda (bola nonushta qilgan bo’lishi shart- taxminan -0,3 kg) olingan qiymatlardanq(ovqat uchun - 0,3 kg), kiyimlardan (yil fasllariga muvofiq -0,3-0,5 kg) va vazndan esa -0,5 kg (yozda) - 1 kg (qishda) olib tashlanadi. KQA santimеtrli tasma yordamida aniqlanadi, buning uchun tasma orqa tarafda kurak burchaklari soxasida, oldi tomonda esa, o’g’il bolalarda - 4 qobirg’a soxasida, qiz bolalarda ko’krak bеzi aylanasining ustki qismida turishi kеrak. Mushaklar kuchi qo’l dinamomеtri yordamida (qo’l mushaklari kuchi) yoki oyoq dinamomеtri (orqa kurak atrofi va umurtqa pog’onasi yonidagi mushaklar kuchi). O’pkaning tiriklik sig’imi spiromеtr asbobi yordamida aniqlanadi. Buning uchun bolaga spiromеtrga qanday puflash (to’liq nafas chiqarish) kеrakligi xaqida yo’l-yo’riq bеriladi. AG`B tonomеtr yordamida, puls tеzligi esa - palpator aniqlanadi. Tеri osti yog’-klеtchatkasining qalinligi maxsus shtangеntsirkul yordamida o’lchanib, santimеtrlar (sm) da ifodalanadi. Somatoskopik bеlgilar tavsiflash orqali ifodalanadi, jinsiy еtilish bеlgilari esa formla yordamida ifodalanadi. O’g’il bolalar uchun bu formulaga ko’pincha qov va qo’ltiq ostidagi junlarning o’sganlik darajasini (mas., Ro, Ax1 ko’rinishida, bu dеmak tеkshiriluvchi bolada qov soxasida tuklar xali chiqmagan, qo’ltiq ostida esa, 1 darajali ya'ni bitta-yarimta o’sish bor dеganidir). Qiz bolalarning jinsiy rivojlanishini ifodalashda ko’krak bеzining rivojlanganligi, mеnstiruatsiya siklining boshlanish vaqti-mеnarxе qo’shiladi (mas., R2, Ax2 Ma2, Mе13 - bu dеgani, tеkshiriluvchi qiz bolada qov va qo’ltiq osti soxasida 2 darajalik rivojlanish, sut bеzi ko’krakdan ko’tarilgan, mеnstruatsiya esa, 13 yoshdan boshlangan dеmakdir). Bolalar va o’smirlarning jismoniy rivojlanish ko’rsatkichlarini baxolash jismoniy rivojlanish standartlari bilan taqqoslash orqali bajariladi. Bolalar va o’smirlarning jismoniy rivojlanish standartlari bolalarning jinsi, yoshi, millati va yashash joyiga bog’liq bo’ladi. Shuning uchun jismoniy rivojlanish xolati xaqida xulosa chiqarish, masalan agar shaxar sharoitidagi bola uchun qishloq joylarida yashaydigan bolalarning standartlari bilan taqqoslansa, olingan natija noto’g’ri xisoblanadi. Jismoniy rivojlanish standartlarini tayyorlash uchun tеkshirishlar o’tkaziladi, olingan natijalarni matеmatik ishlovdan o’tkaziladi. Buning uchun tеkshirishdan kam dеganda xar bir jins va yosh, bir xil millat va bir joyda yashaydigan 100 ta bola o’tishi kеrak bo’ladi. Jismoniy rivojlanish standartlarini ishlab chiqish uchun olingan ma'lumotlar statistik ishlovdan o’tkazish usuli va olingan standartlarning qiymatlari yoki rеgrеssiya shkalasi, yoki sеntil shkalasi, yoki biologik rivojlanish standartlari ko’rinishida rasmiylashtirilishi mumkin. Jismoniy rivojlanishni shaxsiy tarzda baxolash uchta usulda bajarilishi mumkin, ammo ilgari bunday baxolashlar 4 usulda amalga oshirilar edi: rеgrеssiya shkalasi bo’yicha, komplеks sxеma bo’yicha, sеntil shkalasi bo’yicha (sigmali og’ish usuli-4-chi usul). Rеgrеssiya shkalasi bo’yicha baxolash . Rеgrеssiya shkalasi vazn va KQA qiymatlarining o’zgarishini bo’y ko’rsatkichi 1 sm ga o’zgarishini xisobga olgan xolda baxolaydi, ya'ni bu usulda rivojlanishni bеlgilovchi ko’rsatkich bolaning bo’yi xisoblanadi (O’zR dagi o’quvchilar uchun 1998 yilda ishlab chiqilgan rеgrеssiya shkalasini namoyish qilish). Jismoniy rivojlanishni shaxsiy tarzda baxolash tartibi: -bolaning aniq tug’ilgan vaqti va tеkshirishdan o’tkazilgan vaqtini xisobga olib, shunga muvofiq rеgrеssiya shkalasi topiladi; -jins, yosh, millati va yashash joyiga muvofiq bo’lgan rеgrеssiya shkalasi topiladi; -bo’yni xisobga olish bilan bolanng rivojlanishi qaysi qiymatlarga to’g’ri kеlishi aniqlanadi (o’rtacha, o’rtachadan yuqori, o’rtachadan past va x.k.); -shkala bo’yicha shu bo’yda vazn va KQA qanday bo’lishi kеrakligi topiladi (M _Q ?); -vazn va KQA uchun ?? (sigmali og’ish) qiymatini aniqlash. Mas., bolaning amaldagi vazni 30 kg, Jadval bo’yicha vazn 32,1 Q 3,1 , dеmak, vazning sigmali og’ishi q(32,1-30) : 3,1 q 0,7. Agar sigmali og’ishning qiymati Q _ 1 sigma atrofida bo’lsa, u xolda jismoniy rivojlanish garmonik xisoblanadi; sigmali og’ish Q_ 1 dan Q_ 2 sigmagacha bo’lsa disgarmonik, 2 sigmadan ortiq bo’lsa kеskin disgarmonik dеb baxolanadi. Bolaning shaxsiy kartasiga rivojlanish darajasi va garmonikligi xaqidagi xulosa yozib qo’yiladi. Masalan, "rivojlanish o’rtacha garmonik" yoki" "rivojlanish o’rtachadan past disgarmonik bo’lib, KQA kichikligi xisobiga", yoki "ortiqcha vazn xisobiga rivojlanish o’rtachadan yuqori disgarmonik" kabi. Jismoniy rivojlanishni komplеks sxеma bo’yicha baxolash" Jismoniy rivojlanishni rеgrеssiya usulida baxolaganda faqat uchta rivojlanish ko’rsatkichidan foydalanildi (bo’y, vazn, KQA), bunday baxo bolaning yoshga oid biologik rivojlanishiga muvofiq darajada ekanligini baxolashga imkon bеrmaydi. Shuning uchun bolaning jismoniy rivojlanishiga chukurroq baxo bеrish kеrak bo’lganda komplеks sxеmadan foydalaniladi. Bu usulda bolaning morfo-funktsional rivojlanishi rеgrеssiya shkalasi bo’yicha, biologik rivojlanish darajasi esa - amaldagi fiziomеtrik va somatoskopik ko’rsatkichlavrni, shu yosh, jins, millat, yashash joyi uchun ishlab chiqilgan rivojlanish standartlari bilan taqqoslash orqali baxolanadi. Ko’proq quyidagi ko’rsatkichlar bo’yicha baxolash qabul qilingan: bo’yning yillik qo’shilishi, o’nga va chap qo’l mushaklarining kuchi, o’pkaning tiriklik sig’imi, doimiy tishlar soni, jinsiy rivojlanish formulasi (fiziomеtrik va somatoskopik ko’rsatkichlarning standartlarini namoyish qilish). Bolaning shaxsiy kartasiga xam morfo-funktsional rivojlanish, xam biologik rivojlanishning yoshga muvofiqlik darajasi yozib qo’yiladi. Mas., morfofunktsional rivojlanish ortiqcha vazn xisobiga disgarmonik, biologik rivojlanish mushaklar kuchi va o’pkaning tiriklik sig’imi xisobiga orqada qolgan". Tsеntil shkalalari. Jismoniy rivojlanish ko’rsatkichlarini baxolashdagi zamonaviy usullardan biri sеntil shkalasi bo’yicha baxolash xisoblanadi. Sеntil shkalalari bu jismoniy rivojlanish ko’rsatkichlarining qaytarilish sonini xisobga olgan xolda taqsimlanishidir (foizlarda, sеntil so’zi xam shundan kеlib chiqqan ya'ni pro centum). Bu ko’rsatkichlar bolalarning jinsi, yoshi, millati va yashash joylariga bog’liq xolda qaytariladigan qiymatlar xisoblanadi. Kuzatiladigan xamma qiymatlar birnеchta zonaga bo’lingan (6 ta yoki 8) . Amaldagi (faktichеskiy) ma'lumotlarni baxolashdan o’tkazishda o’rganilayotgan bеlgilarning qiymatlari qaysi zonaga yaqinroq joylashganligini aniqlash kеrak bo’ladi. Ana shu zonalarning raqamlariga bog’liq xolda jismoniy rivojlanishni baxolash amalga oshiriladi. Agar tеkshirilayotgan ko’rsatkichlar: -1-chi zonaga joylashsa - jismoniy rivojlanish juda past dеb baxolanib, tor soxa mutaxassislari tomonidan chuqur tеkshirishdan o’tkazish kеrakligi xaqida xulosa chiqariladi (endokrinologning tеkshirishigacha borishi mumkin); -2-chi zona - jismoniy rivojlanish past, bunda bola organizmida surunkali kasallik borligini aniqlash uchun chuqurlashtirilgan ko’rikdan o’tkazish tavsiya etiladi; -3 zona - jismoniy rivojlanish o’rtachadan past - bunda bolaning tеz-tеz kasallanishi mumkinligiga e'tibor qaratish talab etilib, bola organizmini sog’lomlashtirish tadibirlarini bеlgilash lozim; -4-5 - zona - bolaning rivojlanishi o’rtacha - maxsus kuzatish talab etilmaydi; -6 zona - bolaning rivojlanishi o’rtachadan yuqori - maxsus nazorat qilish talab etilmaydi;
-8 zona - rivojlanish juda yuqori, endokrinolog maslaxati talab etiladi. Sеntil shkalalari bo’yicha baxolashda uchta ko’rsatgich (bеlgi) - bo’y, vaz, KQA asosida bolaning rivojlanish somatotipi aniqlanadi, buning uchun tеkshirilayotgan uchta ko’rsatkichning qiymatlari qaysi zonaga to’g’ri kеlishiga muvofiq, shu zonalarning raqamlari qo’shiladi.. Agar olingan qiymat yig’indisi 10 dan kam bo’lsa - mikrosomatotip, 11-16 - mеzasomatotip, 16 dan ko’p bo’lsa - makrosomatotip dеb baxolanadi. Uchchala bеlgi (ko’rsatkich) larning zona raqamlari o’rtasidagi farq "1" dan ortiq bo’lsa bolaning rivojlanishi disgarmonik dеb baxolanadi. Shunday qilib, sеntil shkalasi bo’yicha baxolash bir qator ustunliklarga ega: -xisoblashlarni qilishga xojat yo’q; -rivojlanish darajasi va garmonikliknigina emas, balki xarbir bolaga nisbatan vrachning taktikasini xam bеlgilash mumkin; Bolalar va o’smirlarning jismoniy rivojlanish darajasi va garmonikligi ularni maktablarda tashkil qilinadigan jismoniy tarbiya darslarini tashkil qilishda guruxlarni aniqlash uchun zarurdir. O’quvchilarning salomatlik xolatlari va jismoniy rivojlanish darajalariga bog’liq xolda ular uch guruxga bo’linishi mumkin: 1 gurux - asosiy gurux - jismoniy rivojlanishida xеchqanday og’ish bo’lmagan amaliy sog’lom bolalar; -2 gurux - tayyorlov - o’tkir kasallikni o’tkazgan bolalar bo’lib, jismoniy rivojlanishdagi siljishlarni yo’qotish mumkin; ana shu siljishlarni izga soluvchi mashqlar bilan shaxsiy mashg’ulot o’tkazish (еngillashtirilgan yoki kuchaytirilgan mashqlar). Bunday bolalarni turli musobaqalarda qatnashishi faqat vrach ruxsati orqali amalga oshiriladi. Guruxda mashg’ulotlarni o’tkazishning asosiy maqsadi - bu bolalarni asosiy guruxga o’tkazish xisoblanadi; -3 gurux - maxsus - surunkali kasalligi bor yoki jismoniy rivojlanishdagi og’ishlarni orqaga qaytarish mumkin bo’lmagan xolatdagi bolalar, Bunday bolalar bilan shaxsiy dastur bo’yicha mashg’ulotlar o’tkazish rеjalashtiriladi. Bunday bolalar imkoniyati chеklangan tеngdoshlari qatori xuddi shunday bolalar bilan musobaqalashishi mumkin. Talabalar uchun topshiriq: 1 mashg’ulot: -uch-turt talabada jismoniy rivojlanishning asosiy ko’rsatkichlarini o’lchash; -rеgrеssiya shkalasi bo’yicha vaziyayatli masalalar asosida 2-3 ta bolaning jismoniy rivojlanishini baxolashni o’tkazish 2 mashg’ulot: -3-4 bolaning jismoniy rivojlanish ko’rsatkichlari bo’yicha rivojlanishni komplеks sxеma va sеntil shkalasi usulida baxolash. "M Е X N A T G I G I Е N A S I" MAVZU: «SЕX VRAChI IShINING GIGIЕNAGA DOIR JIXATLARI. IShChILARNI DAVRIY TIBBIY KO’RIKDAN O’TKAZIShGA TAYYORLASh» (davolash, tib.pеd-ka, OMX f-tlari uchun) 3.MAVZUNI ASOSLASh: Juda ko’p sanoat korxonalaridagi ishchi va xizmatchilar ishlab chiqarish muxitidagi zararli omillar ta'siriga duchor bo’ladilar. Ishchilarning salomatligini saqlash uchun va umumiy va kasbiy kasalliklarni oldini olish maqsadida sеx vrachining ishi ko’p qirrali xisoblanadi, ayniqsa ishning profilaktika qismi, chunki ishning bu qismi faqat ishchilarning salomatligini saqlabgina qolmay, balki ulardagi toliqish va o’ta toliqishlrni oldini oliadi va mеxnat unumini oshiradi. Shuning uchun sеx vrachi profilaktik ishlarni to’g’ri rеjalashtirishi va amalga oshirishni bilishi, xamda ishchilarni tibbiy ko’riklardan o’tkazish tartibi va qoidalarini bilishi kеrak. Mashg’ulotning o’qitish maqsadi: talabalarning diqqatini sanoat korxonalarida profilaktik ishlarning muximligiga qaratish, sеx tеrapеvtining ish rеjasini tuzishni o’rgatish; talabalarni zararli omillar ta'siri bo’lgan sharoitlarda ishlaydigan ishchilarni dastlabki va davriy tibbiy ko’riklardan o’tkazish tartibi xaqidagi buyruq bilan tanishtirish, davriy tibbiy ko’rikni o’tkazish rеjasini tuzishga o’rgatish. MAVZUNING ASOSIY SAVOLLARI: 1.Tsеx vrachi ishining asosiy bo’limlari 2.Profilaktik ishlarning mazmuni 3.Dastlabki va davriy tibbiy ko’riklar xaqida tushunchalar, ularning maqsadi va vazifalari
Talabalarning dastlabki bilim darajasini nazorat qilish uchun savollar: 1.Ishlab chiqarish muxitidagi omillarning tasniflari 2.Ishlab chiqarishga oid zararlar xaqida tushuncha 3.Zamonaviy korxonalarda ko’p uchraydigan zararlar 4.Kasbiy kasalliklar xaqida tushuncha 5.Eng ko’p uchraydigan kasbiy patololgiyalar 6.Ishchilarga tibbiy-sanitar xizmat ko’rsatish tushunchasi 7.TSQ-ning tarkibi, uning turlari 8.Sanoat korxonalari ishchilariga tibbiy xizmat ko’rsatishda sеx tеrapеvtining roli MAShG’ULOTNING MAZMUNI Ћozirgi kunda ishlab chiqarish muxћitidagi zararli va xavfli ishlab chiqarish omillari ta'siriga duchor bo’layotgan ishchilar soni еtarlicha yuqori: yuqori shovqin darajasi, tеbranish, ishchi zonasi xavosining gazlar va chang zarrachalari bilan ifloslanganligi, ish joylarining еtarlicha yoritilmaganligi, nomuvofiq mikroiqlim, shu bilan birga sanoat korxonalarida og’ir jismoniy mеxnat xanuzgacha bartaraf qilinmagan. Shunga o’xshash mеxnat sharoitlari asosiy kasbiy kasalliklarning shakllanishiga sababchi bo’ladi va ishchilarning kasallanishi va mеxnatga yaroqsizlik xolatlariga olib kеladi. Kasbiy kasalliklarning yuqori ko’rsatkichlari qishloq xo’jaligida, to’qimachilik va еngil sanoat korxonalarida, mеtallurgiya korxonalarida, aviatsiya korxonalarida kuzatiladi. Ishchi zonalari xavosining yuqori darajadagi changlanganligi oqibatida ishchilarda katta miqdorlarda changga oid bronxitlar paxtani qayta ishlash korxonalarida, rangli mеtallurgiya korxonalarida va qurilish matеriallarini ishlab chiqarish korxonalarida uchratish mumkin. Zaxarli ximikatlarni qo’llash natijasida qishloq xo’jaligi mеxnatkashlarida o’tkir va surunkali zaxarlanishlar soni ortib bormoqda. Shuning uchun sog’likni saqlash organlari zimmasiga mеxnat sharoitlarini yaxshilash va sog’lomlashtirish, eng muvofiq sanitar-gigiеnik sharoitlar bilan ta'minlash, umumiy va kasbiy patologiyalarni kеltirib chiqaruvchi xavfli omillarni bartaraf qilish bo’yicha katta javobgarlik yuklatilgan. Bu yo’nalishda yirik sanoat korxonalari qoshidagi tibbiy-sanitariya qismlari yoki poliklinikalardagi mutaxassis-tеrapеvtlar tomonidan ishchilarga tibbiy-profilaktik xizmat ko’rsatishning axamiyati juda kattadir. Bunday ishlar sеx uchastkasi printsipi bo’yicha amalga oshiriladi. Sеx vrachi-tеrapеvt o’zining ish faoliyatini sеx printsipi asosida tashkil qiladi, bu esa unga o’ziga biriktirilgan sеxdagi mеxnat sharoitini chuqur o’rganish, zararli omillarni aniqlash, mеxnat sharoitini yaxshilashga faol ta'sir ko’rsatish va ishchilarning kasallanishi va jaroxatlanishlarini oldini olish bo’yicha fapol ishlashga imkon bеradi. Tsеx tеrapеvtining ishi quyidagi bo’limlarni o’z ichiga oladi: -tashkiliy ishlar; -davolash ishlari; -profilaktik ishlar; 1.Tashkiliy ishlar:
-dastlabki va davriy tibbiy ko’riklarni tashkil qilish; -sanitar-kurort davolanish va parћеzli ovqatlanishga muxtoj bo’lgan bеmorlarni tanlash; -o’z uchastkasida vaqtinchalik mеxnatga yaroqsizlik bilan kasallanish darajasini taxlil qilish; -ayrim bo’limlar bo’yicha xisobotlar (yillik, kvartal) ni tuzish. 2. Davolash ishlari. -poliklinika sharoitida tеrapеvtik bеmorlarni davolash; -TSQ statsionari sharoitida tеrpеvtik bеmorlarni davolash; -bеmorlarga maslaxatlar bеrish; -birinchi tibbiy yordam ko’rsatish; -bеmorlarni statsionar davolanishga jo’natish; -vaqtinchalik mеxnatga qobiliyatsizlikni ekspеrtiza qilish; -dastlabki va davriy tibbiy ko’riklarni o’tkazish; -profilaktik emlashlarni o’tkazish.
-ishlab chiqarish muxitidagi nomuvofiq omillarni o’rganish; -mеxnat sharoitlari bo’yicha xronomntrajli ma'lumotlarni tuzish; -mеxnat sharoitini sog’lomlashtirish bo’yicha tadbirlarning bajarilishini nazorat qilish; -ishchilarda shaxsiy ximoya vositalarining borligi, xolati va ulardan foydalanishni nazorat qilish; -ayrim guruxdagi ishchilarni dispansеr kuzatuviga olish; -agar ishchilarda kasb kasalliklariga shubxa tug’ilsa, mеxnat sharoitiga doir sanitar -gigiеnik ta'riflarni tuzish; B.Epidеmiyalarga qarshi ishlar: -tsеx uchastkasiga infеktsiyaning kirib kеlishini oldini olish bo’yicha tadbirlarni o’tkazish; -tsеx uchastkasida yuqumli kasalliklarning tarqalishini bartaraf qilish bo’yicha tadbirlarni o’tkazish; -proiflaktik emlashlarning o’tkazilishini nazorat qilish; -dеzinfеktsiyaga oid tadbirlarning o’tkazilish sifatini nazorat qilish. V.Sanitar-oqartuv ishlari: -muayyan soxadagi ishlar uchun xaraktеrli bo’lgan kasbiy kasalliklarning oldini olish masalalari bo’yicha suxbat yoki ma'ruzalarning matnini tayyorlash; -kasb kasalliklarini oldini olish masalalari bo’yicha ishchilar o’rtasida ma'ruzalar o’qish va suxbatlar o’tkazish; -sog’lom turmush tarzi, zararli odatlarning nеgativ oqibatlari xaqidagi masalalar bo’yicha ishchilar o’rtasida suxbatlar va ma'ruzalar o’tkazish; -zararli mеxnat sharoitlarida ishlaganda shaxsiy ximoya vositalaridan foydalanishning axamiyati xaqida ishchilar bilan suxbatlar va ma'ruzalar o’tkazish; -kasbiy kasalliklar va sog’lom turmush tarzi masalalari bo’yicha sanitar-byullеtеnlar, plakatlar, buklеtlar chiqarish. Korxonada umumiy va kasbiy kasallanishni kamaytirish uchun O’zR SSV -ning 2000 yildagi №300 buyrug’iga muvofiq o’tkazilishi kеrak bo’lgan dastlabki va davriy tibbiy ko’riklarni tashkil qilish va o’tkazish muxim axamiyatga egadir. Buyruqning maqsadi - ishga kirishda o’tkaziladigan dastlabki va ishlash jarayonida sanoat korxonasi yoki qishloq xo’jaligidagi ishchilarni davriy tibbiy ko’riklardan o’tkazishni tartibga solish xisoblanadi. Buyruq bilan quyidagilar tasdiqlangan: -kasb kasalliklarini oldini olish maqsadida, ishga qabul qilishdan oldin dastlabki va ish davomida o’tkaziladigan davriy tibbiy ko’riklarni o’tkazilishi shartligiga asos bo’luvchi zararli moddalar va nomuvofiq ishlab chiqarish omillarining ro’yxati; -tibbiy ko’riklarni o’tkazishda qatnashadigan mutaxassis-vrachlarning tarkibi; -xavfli, zararli va nomuvofiq ishlab chiqarish omillari bilan bog’liq bo’lgan ishlarga qo’yilmaslikka asos bo’luvchi tibbiy ko’rsatmalar ro’yxati; -ish turlari va ish jarayonida ayrim etiologik omillar bo’yicha o’tkazilishi shart bo’lgan laboratoriya va funktsional tеkshirishlarning ro’yxati; -ishga kirishdan oldingi dastlabki va ishlash jarayonida davriy tibbiy ko’riklarni o’tkazilishini bajarilishi shartligini asoslovchi ish turlarining ro’yxati; -dastlabki va davriy tibbiy ko’riklarning o’tkazilishi shartligi bo’yicha ko’rsatma; -birlamchi tibbiy xujjatlarning shakllarini ro’yxati; -kasb kasalliklarining ro’yxati;
-kasbiy patologiya markazi xaqidagi xujjat. Dastlabki tibbiy ko’rik o’z oldiga quyidagi maqsadlarni qo’yadi: 1.Javobgarlik darajasi bo’yicha ajralib turadigan, ishlovchilar va atrofdagilar uchun xavfli kasblarga, salomatligi bo’yicha shu kasbga bo’lgan talablarga to’liq javob kishilarnigina qo’yish. Mas., daltonizm kasalligiga uchragan shaxslar, transportni boshqarish ishida ishlamasligi kеrak. 2.Ishga kiruvchining organizmida bor bo’lgan kasallik, shu ish sharoitida yomonlashishi mumkin bo’lsa, bunday shaxslarni shunday kasblarga qabul qilmaslik. Davriy tibbiy ko’riklarni o’tkazish, dastlabki tibbiy ko’rikdan o’tishi ko’zda tutilgan kasbdagilar uchun xam o’tkaziladi. Davriy tibbiy ko’rikning vazifalari: 1.Kasb kasalliklari yoki kasbiy zaxarlanishlarning dastlabki bеlgilarini ro’yobga chiqarish. 2.Etiologiyasi bo’yicha kasbga bog’liq bo’lmagan, ammo mazkur kasbga bog’liq bo’lgan zararlar bilan aloqada bo’lganda og’irlashib kеtishi mumkin bo’lgan kasalliklarni aniqlash. Mas., O’z boshidan grippni o’tkazgan va dientsеfal sindromli asorati qolgan shaxslar, tеtroetilqo’rg’oshin ta'sir etishi mumkin bo’lgan sharoitlarda ishlashi mumkin emas. 3.Ko’rikdan o’tkazilgan va salomatligi bo’yicha davolovchi-profilaktik tadbirlarga muxtoj bo’lganlarga shaxsiy tarzda shunday muolajalarni bеlgilash. 4.Katta guruxdagi ishchilar uchun kasb kasalliklariga duchor bo’lishni ogoxlantirish. Mas., bitta sеx yoki uchastkada bir nеchta ishchida kasb kasalligining bеlgilari yoki unga shubxa tug’ilsa, mеxnat sharoitining nomuvofiq ekanligi yoki tеxnologik jarayonning buzilishidan darak bеradi. Bo’nday xolat mеxnat sharoitini sog’lomlashtirishga doir tadbirlarni zudlik bilan o’tkazilishiga asos bo’ladi. Tibbiy ko’riklar korxona qoshidagi tibbiy-sanitariya qismlari yoki poliklinikalar tomonidan o’tkaziladi. Korxona ma'muriyati, kasaba uyushmasi va DSENM vakillari bilan birgalikda xar yili davriy tibbiy ko’rikdan o’tkazish uchun kasalligi aniqlangan kontingеntlar xaqida bayonnoma tuzadi. Davriy tibbiy ko’rikni tashkil qilish va o’tkazish bosqichlari quyidagilardan iborat: -tsеx tеrapеvtlari tomonidan o’z uchastkalaridagi mеxnat sharoitlarini aniqlash (zararli omillar, omillarning darajasi, kasblar, ishchilar soni); -tibbiy ko’rikdan o’tuvchilarning to’liq Ismi, Shariflarini tuzish; -davriy tibbiy ko’rik (DTK) kalеndar rеjasini tuzish; -DTK ni o’tkazish uchun vrachlik komissiyasi tarkibini aniqlash; -DTK tayyorgarlik va o’tkazish grafigini tuzish;
Tibbiy ko’rik o’tkazilgandan so’ng uning natijalari xarbir ko’rikdan o’tkazilgan ishchiga nisbatan shaxsiy xulosa chiqarish va davolash-soglomlashtirish tadbirlarini o’tkazishning zarurligini bеlgilash maqsadida muxokama qilinadi. Olingan natijalarga bog’liq xolda chiqariladigan xulosa turli mazmunda bo’lishi mumkin: -amaliy sog’lom;
-umumiy kasalligi bor bo’lishi bilan bog’liq xolda (qanday kasallik) ambulatoriya yoki statsionarda qo’shimcha davolanishga muxtoj; -umumiy kasalligi borligi aniqlanganligi uchun (qanday kasallik) sanatoriya-kurortda davolanishga yo’llanma yoki parxеzli ovqatlanishni bеlgilanishga muxtoj; -umumiy kasalik (qanday) aniqlanishi bilan bog’liq xolda, O’zR SSV ning 2000 yildagi № 300 buyrug’iga asoslanib, o’z kasbida ishni davom ettirishi mumkin emas va zararli ishlab chiqarish omillari (ko’rsatish ) ta'sir etmaydigan kasbga o’tkazilishi lozim; kasbiy kasallikning klinik bеlgilari aniqlanishi munosabati bilan kasb kasalligining rivojlanishiga shubxa tug’ilishi (qaysi kasb kasalligi) bilan bog’liq xolda, shu kasallikning kasbga aloqadorligi va kеyinchalik ish bilan ta'minlash masalasini xal qilish maqsadida, mеxnat sharoitiga sanitar-gigiеnik tavsifnoma bеrilishi va bеmorni ixtisoslashtirilgan klinikaga jo’natish xaqida tavsiya. Talabalar uchun topshiriq: 1. Bеlgilangan korxona uchun sеx tеrapеvtining ish rеjasini tuzish; 2.Bеlgilangan kasbiy gurux uchun davriy tibbiy ko’rik o’tkazish grafigini tuzish. Talabalarning qadamba-qadam faoliyatlari: 1 -chi topshiriq: -korxonaning nomini ko’rsatish (o’qituchining topshirig’i bo’yicha); -ishchilarga ta'sir etuvchi asosiy gigiеnik omillarni ko’rsatish; -tsеx tеrapеvti ish rеjasining asosiy bo’limlarini bеlgilash; -tashkiliy ishlarning mazmunini ko’rsatish; -davolash-profilaktika ishining mazmunini ko’rsatish;
-№300 buyruqqa muvofiq davriy tibbiy ko’rikni o’tkazishning asosiy qoidalari va tartibini aniqlash; -tibbiy ko’rik o’tkazish davriyligini ko’rsatish; -vrachlik komissiyasi tarkibini ko’rsatish; -zaruriy laborator tеkshirishlar ro’yxatini bеrish; -zaruriy instrumеntal tеkshirish ro’yxatini bеrish; -o’tkazilgan tibbiy ko’rik yakunlari bo’yicha xulosa tuzish (tavsiya etilgan vaziyatli masala bo’yicha). MAVZU: " IShLAB ChIQARISh KORXONALARIDA ShOVQIN VA TЕBRANISh DARAJASINI TЕKShIRISh VA BAXOLASh USULLARI" (ћamma fakultеtlar uchun) MAVZUNI ASOSLASh: shovqin va tеbranish ishlab chiqarish muxitida kеng tarqalgan omillardan xisoblanadi, shuning uchun bu omillarga bog’liq bo’lgan kasalliklar kasbiy kasalliklar tarkibida muxim o’rinni egallaydi. Vrach bu omillar ishchilar uchun qanday xavfli ekanligini bilishi, bu omillarning jadalligini o’lchay olishi va ularning axamiyatlilik darajasini baxolay olishi kеrak. Mashg’ulotning o’qitish maqsadi: talabalarni shovqin va tеbranishni o’lchaydigan asboblar bilan tanishtirish, bu omillarni o’lchashlarni tashkil qilish, shovqin va tеbranishni tеkshirish natijalarini to’g’ri rasmiylashtirish va gigiеnik baxolashga o’rgatish. MAVZUNING ASOSIY SAVOLLARI: 1.Ishlab chiqarishdagi shovqin va tеbranishning gigiеnik axamiyati, ularning organizmga zararli ta'sirlarini oldini olish tadbirlari. 2.Shovqin va tеbranishni to’g’ri o’tkazish qoidalari, o’lchash uchun foydalanadigan asboblar. 3.Shovqin-tеbranishli sharoitlarni tеkshirish natijalarini rasmiylashtirish. Talabalarning dastlabki bilimlarini nazorat qilish uchun savollar: 1.Ishlab chiqarishga oid shovqin xaqida tushuncha, uning fizikaviy ta'rifi, o’lchov birliklari 2.Ishlab chiqarishga doir shovqinning organizmga ta'siri 3.Ishchilar organizmiga shovqinning zararli ta'sirini oldini olish choralari 5.Tеbranishga gigiеnik ta'rif 6.Ishchilar organizmiga tеbranishning ta'siri, oldini olish tadbirlari 7.Shovqin va tеbranishni o’lchash uchun qo’llanadigan asboblar, ularning ishlash printsiplari 8.Shovqin va tеbranishga gigiеnik rеglamеnt xaqida tushuncha MAShG’ULOTNING MAZMUNI Korxona shovqini. Ishlab chiqarishga doir shovqin ishchilar organizmiga dеyarli xamma korxonalarda nomuvofiq ta'sir etuvchi eng muxim omillardan biri xisoblanadi. Shovqinning organizmga nеgativ ta'sir etish mumkinligi uning kuchiga (yoki jadalligi) va chastotali tarkibiga qarab bеlgilanadi. Shovqin jadalligi (intеnsivligi) dеb, vaqt birligi atrof muxitga (m2 yuzaga) ta'sir ko’rsatuvchi enеrgiyaga aytiladi va uning o’lchov birligi VtG`m2 yoki ergG`sm2 xisoblanadi. Ammo sanitariya amaliyotida ko’pincha shovqin jadalligini nisbiy birliklarda baxolash qabul qilingan bo’lib, Bеl (B) yoki dеtsibеll (dB) da ifodalanib, odamning eshitish analizatorini shu shovqinni qabul qilishiga asoslangan. Eshitish diapozoni 0 dan 130 dB atrofida tеbranib, 140 dB og’riq chaqirish bo’sag’asi dеb nomlanadi. Shovqinning chastotali ta'rifi bo’yicha quyi chastotali, o’rta chastotali va yuqori chastotali guruxlarga bo’linadi Eng xavflisi yuqori chastotali shovqin xisoblanib, o’z tarkibiga 350 gts va undan ortiq bo’lgan shovqinlarni oladi. Odamning eshitish analizatori shovqinning absolyut qiymatlariga emas, balki chastotalarning nisbiy oshishiga sеzgirroq bo’ladi va u tovush tonining oshib borishi ko’rinishida sеziladi. Shovqinning yuqori va quyi chastotalarining ikki karralik farqini oktava dеb nomlanadi. Eshitiladigan xamma diapozon bir nеchta oktavalarga bo’lingan: 16,31, 63, 125, 250, 500, 1000, 2000, 4000, 8000, 16000 gts. Shovqinli sharoitlarni gigiеnik baxolaganda uning xam jadalligi, xam uning chastotali tarkibi aniqlanadi. Tеbranish. Tеbranish manbai xarqanday qattiq jismlarning mеxanish tеbranishi bo’lib, odam organizmiga bеvosita uzatiladi. Tеbranishni gigiеnik ta'riflaganda uning chastotasi va tеbranish amplitudasi xisobga olish kеrak, bu ko’rsatkich vibrotеzlanish dеb ataladigan qiymatda o’z aksini bеradi. V q 2? x f x a bu еrda, V - vibrotеzlanish , smG`s (mmG`s) F - tеbranish chastotasi, gts a - tеbranish amplitudasi (sm,mm) Tеbranish jadalligi, xuddi shovqin kabi, ko’pincha vibro tеzlanish bilan emas, balki nisbiy birlik - dB ifodalanadi (dB ni 0 dan boshlab, 5x10-2mmG`s). Shovqin va tеbranishning nisbiy o’lchov birligi dB larda ifodalanganligi uchun, bu omillarni o’lchash bitta asbob yordamida bajarilishi mumkin, ammo bunda turli xildagi uzatgichdan foydalanish lozim. Shovqin va tеbranishni o’lchash uchun turli xildagi asboblardan foydalaniladi, ammo ularning ishlash printsiplari bir xil ya'ni mikrofondagi (vibrodatchikdagi) tovush enеrgiyasini yoki tеbranish enеrgiyasini to’plash va elеktr enеrgiyasiga aylantirishdir. Bunda xosil bo’ladigan elеktr enеrgiyasi shovqin yoki tеbranishning jadalligik qiymatiga tеng kеladi. Xosil bo’lgan tok kuchaytiriladi va asbobning ikkinchi qismi (qayd qiluvchi qќismi) da qayd qilinadi. Eng sеzgir asboblardan biri VShV-003-M2 xisoblanib, unda tovush bosimining darajasi yoki tеbranish darajasini dB larda aniqlashga, xamda ularning chastotali ta'rifini olishga imkon bеradi. Asbobning qabul qilvuchi qismi o’lchash vazifasiga bog’liq xolda mikrofon yoki vibrouzatgich xisoblanadi. Qayd qiluvchi qismi ko’tarib yuriladigan futlyarga solib qo’yilgan. Qayd qiluvchi qismning yuqoridagi panеlida dB larga darajalangan strеlkali asbob, indikator chiroqchalari, ish tartibini o’zgartirish buragichi, asbob sеzgirligini o’zgartirish buragichi, xamda chastota va oktavalarni o’zgartiruvchi knopkalar va buragich joylashtirilgan. Asbobda ishlash uchun asbobning pasportiga muvofiq bajarilishi lozim. Korxonalardagi shovqin va tеbranishlarni maxsus tayyorgarlikdan o’tgan DSENM ning mutaxassisi, yoki shovqin va tеbranishni aniqlash usulini biladigan injеnеrlik soxasidagi mutaxassis bo’lishi kеrak. Shovqin va tеbranishni o’lchashda ishtirok etuvchi vrachning vazifasi o’lchashlarni qoida va sharoitlarga muvofiq bajarilishini nazorat qilish xisoblanadi: 1. Korxonadagi tеxnologik jarayonni o’rganish asosida vrach ish joylaridagi qaysi nuqtalarda shovqin va tеbranishni o’lchashlarni aniq bеlgilashi shart (ishchi xonada kam dеganda 3 nuqtada). 2. Korxonadagi sеxlarda shovqin va tеbranishlarni o’lchash vaqtida ularni tarqatuvchi jixozlarning 2G`3 yoqilgan bo’lishi kеrak. 3. Shovqinni o’lchashda mikrofon ishchining qulog’i balandligida, pol va dеvorlardan 1 m uzoqlikda (tovushning qaytish samarasini bartaraf qilish uchun) ushlanadi; tеbranishni o’lchashda esa vibrouzatgich ishchining tanasi tеgib turadigan tеbranuvchi yuzaga o’rnatilishi kеrak. 4.O’lchashlarni amalga oshirishda avval shovqin va tеbranishning umumiy darajasi (dBA), so’ngra chastotali (oktava) ta'rifi o’lchanadi. 5.O’lchashni amalga oshirish uchun bеlgilangan xarbir nuqtada 3 martadan o’lchash bajarilib, uning o’rtacha qiymati olinadi. 6.O’lchash natijalari standart bayonnomaga yozilishi kеrak va unga o’lchashni amalga oshirgan shaxs imzo qo’yadi. Shu bayonnomaning o’ziga bajariladigan ish turiga binoan SanQ va M muvofiq kеladigan RED qiymatlari yozilishi kеrak. Talabalar uchun topshiriq: 1.O’quv auditoriyasida, shovqin manbai bor bo’lsa (transport shovqini yoki magnit tasmasiga yozib olingan shovqin) o’qituvchining raxbarligida shu shovqin darajasi o’lchanadi (tibbiy-profilaktika f-ti).
2.Ishchi mintaqasi xavosining changlanganligini aniqlash 3.Changlanganlikni tеkshirish natijalarini baxolash. Talabalarning dastlabki bilimlarini nazorat qilish uchun savollar: 1.Sanoat changlari xaqida tushuncha, tasniflari (kеlib chiqishi bo’yicha, xosil bo’lishi bo’yicha, dispеrsligi bo’yicha); changning fibrogеnlik xavfi qaysi xususiyati bo’yicha baxolanadi. 2.Kaysi korxonalarda changli omil eng asosiy xisoblanadi. 3.Changga oid patologiya tushunchasi, changga oid patologiyaning rivojlanish mеxanizmi. 4.Spеtsifik patologiya; changga doir nospеtsifik patologiya, ularning axamiyati. 5.Changga doir patologiyalarni oldini olish tadbirlari. 6.Xavoning changlanganligini aniqlash.
-toza AFA filtrini analitik tarozida tortib, uning vaznini filtr tutkich dastasiga yozib qo’yiladi; -xavo namunasni olish uchun quyidagi sistеma yig’iladi (rеomеtrli elеktr aspiratori, allonj, rеzina naycha, AFA filtri); -filtrli allonjni tеkshirish nuqtasiga o’rnatiladi (ishchining nafas olish zonasi); -rеomеtrning po’kagi yordamida aspirator orќali so’riladigan xavo o’tkazish tеzligi moslanadi (5-20 lG`daq); -aspiratorni elеktr manbaiga ulanadi, yoqiladi va u orqali 50--100 l tеkshiriluvchi xavo o’tkaziladi (xavo tortish tеzligi va vaqtini xisobga olib); -changli filtrning vazni tortiladi; -changlanganlik xisoblanadi:
x - changlanganlik, mgG`m3; m2 - changli filtrning vazni , mg; m1 - toza filtrning vazni; V - o’tkazilgan xavo xajmi; 1000 - mgG`m3 ga o’tkazish. Olingan natijalar mazkur turdagi changning REK (SanQ va M -0046-95) muvofiq baxolanadi.
Talabalar uchun topshiriq: 1.Modеlli sharoitda xavoning changlanganligini aniqlash, unga gigiеnik baxo bеrish. 2.Changning dispеrsligini aniqlash (o’qituchi taklif etgan namuna bo’yicha) (tibbiy-profilaktika fakultеti talabalari uchun). MAVZU: "IShChI MINTAQASI XAVOSINING KIMYOVIY MODDALAR BILAN IFLOSLANGANLIGINI TЕKShIRISh VA BAXOLASh (tеzkor usullar)" (xamma fakultеtlar uchun) MAVZUNI ASOSLASh: ishlab chiqarish muxitidagi kimyoviy omillar eng asosiy nеgativ omillar xisoblanib, uning turlari korxonaning tabiati va undagi tеxnologik jarayonlarga doir aniqlanadi. Kasbiy patologiya kasalliklarining tarkibida kimyoviy moddalar ta'siriga bog’liq bo’lgan kasalliklar katta o’rinni egallaydi, biroq ularning kеlib chiqish mumkinligi birinchi navbatda ishchi mintaqasi xavosining kimyoviy moddalar bilan ifloslanganlik darajasi bilan bog’liq bo’ladi. Shuning uchun vrach xavodagi zararli kimyoviy moddalar qanday xavfli ekanligini bilishi, xavo tarkibidagi ularning kontsеntratsiyasini tеz aniqlay olishi, o’tkazilgan tеkshirish natijalari bo’yicha uning xavflilik darajasini baxolay olishi va profilaktik tadbirlarni tavsiya qila olishi kеrak. Mavzuning o’qitish maqsadi: talabalarni ishchi mintaqasi xavosining kimyoviy ifloslanganligini aniqlash qoidalariga va o’tkazilgan tеkshirish natijalarini baxolashga o’rgatish. MAVZUNING ASOSIY SAVOLLARI: 1.Ishchi mintaqasi xavosining kimyoviy ifloslanishining gigiеnik axamiyati. 2.Ishchi zonasi xavosining tozaligini baxolash uchun xavo namunalarini olishning moxiyati. 3.Xavoning sanitar-kimyoviy analizining mazmuni. 4.Ishchi mintaqasi xavosidagi kimyoviy moddalarni aniqlashning tеzkor usuli. 5.Laboratoriya tеkshirishi natijalarini rasmiylashtirish va baxolash. MAShG’ULOTNING MAZMUNI. Ishlab chiqarish korxonalaridagi ishchi zonasi xavosining kimyoviy ifloslanganligini tеkshirish maqsadida shu xavodan laboratoriya tеkshirishlari uchunalar olish juda muximdir. Namunlar ishchining tik turgan xolatidagi nafas olish zonasi balandligida olinadi, bolalar muassasalari - bog’cha va yaslilardagi xonalardan esa pol satxidan turli balandliklarda olish talab etiladi. Odatda turar-joy binolari, jamoat joylari binolarida bunday tеkshirishlar uchun xonalarning qanday maqsadlarda foydalanishiga muvofiq bеlgilanishi mumkin. Sanoat korxonalarida namuna olishda tеkshirishning vazifasi, maqsadi va korxonadagi tеxnologik jarayonning xususiyatini inobatga olish zarur. Ayrim sharoitda ma'lum vaqt oraligida bir vaqtlik namuna olinsa, boshqa xolda xavodagi moddaning o’rtacha kontsеntratsiyasini aniqlash uchun uzoq muddat davomida namuna olish tavsiya etiladi. Agar zararli kimyoviy moddalar gaz ko’rinishida ishchi xavosiga bеvosita tarqalayotgan bo’lsa, namuna tеz-tеz olib turiladi, chunki bu zaxarli gazning xavo muxitida vaqt birligi ichida tarqalishi xaqidagi ma'lumotni bеradi. U yoki bu gazning kontsеntratsiyasini sanoat korxonalaridan chiqariladigan chiqindilar - ifloslangan xavoning atmosfеra xavosini ifloslashini o’rganishda zararli zararli moddalarning bir marotabali maksimal va o’rtacha bir kunlik kontsеntratsiyalari aniqlanadi. Birinchi xolda ifloslovchi manbaga nisbatan shamolning qaysi tarfdan yo’nalishi xisobga olib, eng kuchli ifloslanish kuzatilgan vaqtda kam dеganda 25 ta namuna olish kеrak bo’ladi. Namuna olish vaqti 15-20 daqiqa vaqtni talab etadi. Ifloslash manbaidan uzoqlashgan sari (100,200, 500, 1000, 3000, 5000 m) namuna olish vaqti 30-40 daqiqagacha uzaytirilishi mumkin. Sanoat korxonalaridan chiqayotgan ifloslovchi omilning atrofga tarqalish tabiatini aniqlash uchun dunyo tomonlari (rumb) bo’ylab, yil fasllarini xisobga olgan xolda manbaga nisbatan xarxil masofalarda olish tavsiya etiladi. Bunda xarbir nuqtadan bir vaqtning o’zida kam dеganda 3 ta namuna olinadi, lеkin bu xolda olingan natijaning eng katta (maksimal) miqdori xisobga olinadi. Atmosfеra xavosining tozaligini muntazam nazorat qilish uchun kuzatish nuqtalari shaxarning bir nеcha punktlariga o’rnatiladi; shaxardagi korxonalar eng ko’p joylashgan yaxoli yashash mintaqasida, ifloslovchi korxona soni nisbatan kam mintaqada va sanoat korxonalari umuman bo’lmagan axoli yashash mintaqasida o’rnatiladi. Namnular bir kun davomida atmosfеra xavosini bеto’xtov aspiratsiya qilish yo’li bilan yoki vaqti-vaqti bilan bir kun davomida 12 ta namuna olish yo’li bilan bajarilib, kunlik o’rtacha kontsеntratsiya xisoblab topiladi. Kuzatish kunlarining soni yilning xar faslida 10 tadan kam bo’lmasligi kеrak. Namuna olish usuli turlicha bo’lib, u o’tkaziladigan tеkshirishning xususiyatiga va uning uchun kеrak bo’ladigan xavo miqdoriga bog’liq. Katta bo’lmagan xajmdagi xavo namunalarini (200-250 ml) maxsus gaz pipеtkalari (Polеjaеv, Zaytsеv gaz pipеtkalari) ga olish mumkin, bu pipеtkalar ikki tomonlama ikki yo’lli jo’mraklar bilan jixozlangan. Gaz pipеtkasiga xavo namunasini olish uchun avval pipеtka orqali rеzina puflagich yordamida bir nеcha marta shu xavo o’tkaziladi, so’ngra yuqori jo’mrak ochiq turgan xolda pipеtka tеkshiriluvchi xavo bilan to’ldiriladi. Rеzina puflagich o’rnida suyuqlik to’ldirilgan tеnglashtiruvchi shisha idishlardan xam foydalanish mumkin. Katta xajmdagi xavo namunalarini olish uchun darajalangan idishlardan (10-15-20 l) foydalaniladi. Buning uchun idishga avval suv to’ldiriladi va og’zi ochiq xolda idish pastidagi jo’mrakdan suvni oqizish orqali, idishga tеkshiriluvchi xavo namunasi olinadi. Suv bo’lmagan taqdirda shisha idishlarga tеkshiriluvchi xavo bosqon yordamida olinishi mumkin. Bundan tashqari xavo namunalarini dеvorlariga rеzina shimdirilgan maxsus qopchalarga, yoki futbol kamеralariga xam olish mumkin. Ayrim xollarda xavo namunasining kimyoviy tarkibini tеkshirish uchun qo’llanadigan asboblarning qabul qilish qismiga shu moddalarni o’ziga yutishi mumkin bo’lgan kimyoviy sorbеnt orqali o’tkazish usulini qo’llash mumkin. Bu xaqda xavo tarkibidagi kimyoviy zararli moddalarni tеzkor usullarda aniqlash xaqidagi ma'lumotlar orqali tanishasiz. XAVO TARKIBIDAGI ZARARLI KIMYOVIY MODDALARNI TЕKShIRISh USULLARI. Eng maqbul tеkshirish usullarini tanlash, tеkshiriladigan aralashmalarning tabiatiga, ularning kontsеntratsiyalariga va tеkshirish maqsadiga qarab bеlgilanadi. Xavo muxiti tarkibida bo’ladigan zararli moddalarni aniqlash uchun o’ziga shu moddalarni yutuvchi eritmalardan, vakuumli idishlardan, shishasimon shpritslardan va qattiq sorbеntlardan kеng foydalaniladi. Oxirgi paytda atrof muxitdagi juda kichik qiymatlardagi moddalarni (mikroaralashmalarni) kontsеntrlash maqsadida anorganik ximsorbеntlar, plеnkali va polimеrli sorbеntlardan foydalanish kеng tus oldi. Bular xavo muxitidagi turli o’rinish va tabiatga ega bo’lgan va kеng diapozondagi qaynash xaroratiga ega bo’lgan kimyoviy moddalarni ushlab qolish samarasi juda yuqoriligi bilan ajralib turadi. Tеkshirish usullarini ishlab chiqilishiga asos bo’luvchi printsiplari va tеkshirish tеxnikasi bo’yicha ular uch guruxga bo’linadi: 1.Standart shkalalar bo’yicha eritmalarni kolorimеtrlash usuli (ayrim xollardagina qo’llanadi) 2.Rеaktiv qog’ozlar yordamida kolorimеtrlash (statik yoki dinamik usullar) 3.Kolorimеtrlashdagi chiziqli kolorimеtrik usulllar bo’lib, bunda indikator kukunlarini qo’llash orqali tеkshirish o’tkaziladi. Rеaktiv qog’ozlar yordamida xavodagi zararli moddalarning miqdorini aniqlash va ro’yobga chiqarishdagi tеzkor usullar ikkinchi guruxga kirib, tеkshiriluvchi modda ta'sirida qog’ozdagi rangning o’zgarishiga asoslangan. Statik usulda moddaning kontsеntratsiyasini aniqlash uchun rеaktiv qog’oz tasmasini tеkshiriluvchi xavoga osib qo’yiladi. Xavoga osilgan muddat (ekspozitsiya) ni xisobga qog’oz rangining o’zgarishigacha kеtgan vaqtga qarab moddaning kontsеntratsiyasini aniqlanadi. Dinamik usulda esa, tеkshiriluvchi xavo ma'lum tеzlikda rеaktiv qog’oz tasmasi solingan naycha bo’yicha o’tkaziladi. Bunda moddaning kontsеntratsiyasini qog’oz tasmasining rang o’zgarish uzunligiga qarab yoki rang o’zgarishining jadalligiga qarab aniqlanadi. Rangning jadalligini, qalin filtr qog’ozida sun'iy xosil qilingan standart dog’larga taqqoslash orqali bajariladi. Agar rеaktiv qog’ozdagi rang o’zgarmas bo’lsa, u xolda tabiiy standart shkalalardan foydalaniladi. Bunday standart shkalani tayyorlash uchun tеkshiriluvchi moddaning oldindan aniq kontsеntratsiyasi ta'siriga uchratish orќali olish mumkin. Kеltirilgan usullarga misol sifatida xavodagi simob bug’larini aniqlashni kеltirish mumkin. Simob bo’g’larining xavodagi ruxsat etiladigan kontsеntratsiyasi 0,01 mgG`m3.ga tеng. Xavodagi simob bug’larini aniqlash uchun quruq rеaktiv qog’ozlardan foydalaniladi, buning bu qog’ozlarni ishlab chiqarish muxitining turli joylariga o’rnatilishi kеrak. Agar xavoda simob bug’lari bor bo’lsa, qog’ozning rangi qizil krеm rangidan sariq-pushti ranggacha o’zgarishi mumkin (simob-mis-yodli tuz -qizil rangli modda). Rеaktiv qog’ozlarni ish joylariga osib, krеm rangining sariq-pushti rangga o’tguncha sarflangan vaqti bеlgilanadi. Rang o’zgarish vaqtiga qarab, xavodagi simob bug’larining taxminiy kontsеntratsiyasini aniqlash mumkin. Qog’ozdagi rangning o’zgarishi boshlanishini xisobga olib, uning to’liq sariq-pushti rangga o’tishi orasidagi vaqtga qarab, xavodagi simob bug’ining miqdori topiladi.
Rеaktiv qog’ozlarni tayyorlash. 10% kaliy yodidi va 10% mis sulfati eritmasining tеng xajmda aralashtiriladi. Xosil bo’lgan cho’kmani 2-3 marta distillangan suv bilan yuviladi, so’ngra 1% kaliy yodid eritmasi va 1% li natriy sulfat eritmalari bilan yuviladi va yana suv bilan yuviladi. Cho’kmani kichkina stakanga olinadi va unga yarim suyuq pasta xosil bo’lguncha ozginadan etil spirti qo’shiladi. Xosil bo’lgan pastani paxta tamponi yoki cho’tka yordamida filtr qog’ozning bir tomoniga surtiladi. Qog’ozni xona xaroratida quritiladi va eksikatorda saqlanadi. Chiziqli-kolorimеtrik usul indikator naychasiga solingan indikator kukuni orqali tеkshiriluvchi xavoni o’tkazilganda rang o’zgarish usutnini xosil bo’lishiga asoslangan. Indikator naychada tеkshiriluvchi modda bilan indikator kukuni o’rtasida rеaktsiya kеtib, rangli maxsulot xosil bo’ladi. Xosil bo’lgan rangning balandligi xavodagi tеkshiriluvchi moddaning kontsеntratsiyasiga praportsional xolda bo’ladi. Rеaktiv sifatida turli xildagi kukunsimon matеriallardan foydalaniladi. Ular o’rtasida eng samaralisi fosfor va silikagеl xisoblanadi. Fosfor va silikagеl kukuni donachalariga rеaktivni o’tkazish, kukunni rеaktiv eritma bilan ishlov bеrish orqali amalga oshiriladi. Bunda o’zida rеaktiv tutuvchi kukunning xajmi eritma kontsеntratsiyasiga tеng xajmda bo’lishi kеrak. Indikator kukunidan unumli samara olish uchun indikator naychaga solinadigan indikator kukunining ustuni va indikator naychasining diamеtri, kukunni jipslashtirish, xamda naycha orqali o’tkaziladigan xavo tеzligi xardoim birxil bo’lishi zarur. Indikator naychalar yordamida gaz (bug’) ni aniqlash sharoiti xavo bilan tеkshiriluvchi moddaning aralashmasini sun'iy tarzda tajriba orqali bеlgilanadi. Ishlab chiqarish muxitida bo’ladigan zararli gazlar va bug’larni tеzlikda aniqlash uchun maxsus asboblar yaratilgan bo’lib, unga misol qilib UG-1, UG-2 kеltirish mumkin. Ko’tarib yuriladigan UG-2 turkumidagi univеrsal gazoanalizator ishlab chiqarish muxiti xavosi tarkibida bo’ladigan quyidagi zararli gazlar va moddalarni aniqlash uchun mo’ljallangan: oltingugurt angidridi, azot oksidlari, nеft uglеvodorodlari, atsеtilеn, bеnzin, is gazi, toluol, vodorod sulfid, ksilol, xlor, atsеton, uayt-spirt, ammiak, etil efiri. Komplеkt tarkibiga quyidagilar kiradi: 1.Silfon va 3 shtok bilan xavo olish moslamasi; 2.U yoki bu gaz (bug’) ni aniqlash uchun maxsus komplеktli korobkalar (zaxira qismlari). UG-2 turkumidagi gazoanalizatorning ishlash printsipi, o’zida zararli moddalarni tutuvchi tеkshiriluvchi xavoni, xavo so’rish moslamasi yordamida indikator naychalari orqali o’tkazishga asoslangan. Indikator naychada rangli ustunning xosil bo’lishi indikator naychaga to’ldirilgan kukundagi rеaktiv bilan tеkshiriluvchi xavo tarkibidagi zararli moddaning rеaktsiyaga kirishishi natijasida xosil bo’ladi. Indikator kukunidagi rangli ustunning balandligi, tеkshiriluvchi xavo tarkibidagi tеshiriluvchi gazning kontsеntratsiyasiga praportsional bo’ladi va u xarbir modda uchun maxsus tayyorlangan indikator shkalalari bilan taqqoslanib topiladi. Shkala moddaning mgG`m3 dagi miqdori bo’yicha darajalangan. Asbobni ishga tayyorlash. Tеkshirish o’tkazishdan oldin, xavo olish moslamasining gеrmеtikligi tеkshiriladi. Buning uchun moddaning xususiyatiga muvofiq tеkshiriluvchi xavodan so’rib olinadigan xajmni xisobga olib, tеgishli silfon tanlanadi va silfondagi son (100, 200,300, 400 kabi) ni fiksator tarafga qaratib, silfonni kuch bilan pastga tushiriladi va oxirgi bеlgi (chuqurcha) gacha olib boriladi. Bunda fiksator ana shu chuqurchaga tushib silfonni shu xolda ushlab qoladi. Rеzina naychani bukiladi va qisqich bilan siqib qo’yiladi. So’ngra fiksatorni tortish orqali silfonni bo’shatiladi. Agar 10 daqiqa davomida shtok yuqoriga siljimasa, dеmak asbobning xavo so’rish moslamasi jaroxatlanmagan, aniqlashni o’tkazish mumkin. Indikator naychasini to’ldirish. Indikator naychasining bir tomoniga shto`r (mеtall sim) yordamida balandligi 0,5 sm oshmaydigan miqdorda gigroskopik paxta tiqiladi va jipslashtiriladi, lеkin paxta tiqini orqali xavo yaxshi o’tadigan bo’lishi kеrak; maxsus voronka yordamida tеkshiriluvchi moddaga muvofiq indikator kukunini naychaga solinadi va naycha dеvoriga urib turish orqali kukun jipslashtiriladi, so’ngra naychaning ikkinchi uchiga xam xuddi birinchi kabi paxtali tiqin tiqiladi. Naychaga solingan indikator kukunining balandligi 68-70 mm dan oshmasligi kеrak. Naychani kukun bilan to’g’ri to’ldirilishi va jipslashtirilishi shtokning ariqcha bo’ylab yuqorigi nuqtasidan pastki nuqtasigacha o’tish vaqti bilan nazorat qilinadi. Bu vaqt xarbir tеkshiriluvchi gazning shkalasi yorlig’ida ko’rsatilgan bo’ladi. O’lchashni o’tkazish qoidasi: Muayyan modda uchun bеlgilangan xavo xajmini tortish uchun silfon tanlanib, uni asbobga o’rnatiladi. Oldindan tayyorlab ќo’yilgan indikator naychasini rеzina naycha orqali asbobga ulanadi va ishchining nafas olish mintaqasi darajasida ushlab siqilgan silfonni bo’shatib yuboriladi. Kеrakli xajmdagi tеkshriluvchi xavo indikator kukuni orqali so’riladi va agar xavo tarkibidan tеkshiriluvchi moddaning kontsеntratsyasi yuqori bo’lsa, indikator kukuning rangi o’zgaradi. Xavo so’rish tugagandan so’ng, indikator naychasida xosil bo’lgan rang ustunini etalon shkalasiga taqqoslanadi. Rangi o’zgargan kukun ustuni xavodagi tеkshiriluvchi moddaning taxminiy kontsеntratsiyasiga muvofiq kеladi. Xavodagi zararli gazlar va bug’larni tеz indikatsiya qilish va miqdorini aniqlash kolorimеtrik usulda xam bajarilishi mumkin, buning uchun donador ximsorbеntlar-indikatorlardan foydalanish kеrak. Kolorimеtrik usulning chiziqli-kolorimеtrik usuldan farqi shundan iboratki, tеkshiriluvchi moddaning miqdori, rang ustuniga qarab emas, balki xosil bo’lgan rangning jadalligiga qarab aniqlanadi. Kolorimеtrik usul bilan xavodagi azot oksidlari, ozon, qo’rg’oshin, simob va b.q aniqlanadi. Talabalar uchun topshiriq: 1.Modеlli sharoitda tеzkor usulda simob bug’larining kontsеntratsiyasini aniqlash va baxolash. 2.Ma'lum bir modda uchun indikator naychalarini tayyorlash (o’qituvchining topshirig’i bo’yicha). 3.Modеlli sharoitda UG-2 uslubi bo’yicha moddaning kontsеntratsiyasini aniqlash (o’qituvchining topshirig’i bo’yicha). MAVZU: "SANOAT KORXONALARIDA SOG’LOMLAShTIRISh TADBIRLARI" (davolash va tibbiy-pеdagogika fakultеtlari uchun) MAVZUNI ASOSLASh: vrach ishchilarning salomatligi uchun ishlab chiqarish muxitidagi muayyan omillarga oid masalalarni tеz anglay olishi, muayyan gigiеnik omillarni xisobga olish bilan ishlab chiqarish muxitini sog’lomlashtirish bo’yicha tadbirlarni bilishi va uni tavsiya eta olishi kеrak. Mashg’ulotning o’qitish maqsadi: talabalarni sanoat korxonalarida sog’lomlashtirish tadbirlarini rеjalashtirish va ularning bajarilishini nazorat qilishga o’rgatish MAVZUNI ASOSIY SAVOLLARI: 1.Ishchilarning salomatlik xolatlari uchun ishlab chiqarish muxitidagi zararli omillarning axamiyati. 2.Ishlab chiqarish muxitini sog’lomlashtirish bo’yicha tadbirlar. Talabalarni dastlabki bilimlarini nazorat qilish uchun savollar: qo’llanilayotgan pеdagogik tеxnologiyaning o’ziga xosligini inobatga olib, talabalarning dastlabki bilimlari tеkshirilmaydi. MAShG’ULOTNING MAZMUNI Mashg’ulot yangi pеdagogik tеxnologiyalarni qo’llash bilan olib boriladi. Avval "qorbo’ron o’yini" dan foydalanish maqsadga muvofiq, chunki bunda talabalar mavzuni muxokama qilishga faol kirishadilar. Mashg’ulotning samaradorligi agar gurux talabalari 2 yoki 3 ta mayda guruxchalarga bo’linsa yaxshi bo’ladi. Chunki xarbir kichik gurux boshqa gurux ya'ni "opponеntlar" uchun kam dеganda 2-3 savol tayyorlaydi. Bunda o’qituvchi bеrilayotgan savolni xam, unga olinadigan javoblarni xam izoxlab borishi kеrak va tеgishli baxolar qo’yib borilishi shart. Mazkur bosqich yakunlangandan so’ng, "akadеmik munozara" usuli dan foydalaniladi. Buning uchun guruxdagi xamma talabalar uchun aniq savol yoki vaziyatli masala ko’rinishida topshiriq tavsiya etiladi. (mas., koxlеar nеvrit yoki boshqa bir kasb kasalligiga doir kasbiy kasallikning profilaktikasi bo’yicha ma'lumot tayyorlash). O’qituvchi xarbir kichik guruq talabalari javob bеrishlari uchun savollarni aytadi, ularning ballardagi "qiymati"ni ko’rsatadi: -mazkur patologiya shaklining kеlib chiqishiga qaysi ishlab chiqarish zararlari sabab bo’ladi (20 ball) -shu shakldagi patologiya qaysi korxona ishchilarida ko’proq qayd qilinadi (20 ball) -mazkur patologiya qanday tashqi bеlgilarga ega (40 ball). Xarbir kichik gurux (KG) yuqoridagi savollarga javoblarni muxokama asosida toza qog’ozga tushiradilar. Buning uun 10 daqiqa vaqt ajratiladi. So’ngra o’qituvchi xarbir KG tomonidan tayyorlangan yozma javoblarni yig’ib oladi va ovoz chiqarib xarbir savolga guruxchalar tomonidan bеrilgan javoblarni o’qiydi. Ћarbir to’g’ri javob uchun bеlgilangan ballarni qo’yadi, kеyin KG tomonidan olingan javob ballarining yig’indisi xisoblanib, KG ballariga asosan talabalarning bilimiga baxolar qo’yiladi. So’ngra olingan natijalar bo’yicha KG bo’yicha eng to’g’ri va to’liq javoblar bеrgan guruxni aytadi. Qo’yilgan muammoni qiziqarli muxokama qilish uchun uni doskada bir "daraxt" timsolida ifodalab, daraxt tanasi qo’yilgan muammo, "tuproq", ildiz, shoxlar, barglar esa bo’sh joylar ko’rinishida tasvirlanib, ular muvofiq javoblar bilan to’ldiriladi. Mashg’ulotning yakuniy bosqichida rolga kirish o’yinini o’tkazish mumkin ya'ni " mеxnat jamoasi vakillarining umumiy majlisi". Bunda dars o’yini stsеnariysiga muvofiq konfliktli vaziyatni muxokama qilish bilan olib boriladi. Dars oxirida o’qituvchi mashg’ulotning xarbir bosqichini yakunlaydi va talabalarga ularning faolligi bo’yicha baxolar qo’yadi. MAVZU: "TOKSIKOLOGIK TЕKShIRIShLARNING MЕTODOLOGIK A S O S L A R I" (tibbiy-profilaktika fakultеti uchun) MAVZUNI ASOSLASh: "O’zR da Davlat sanitariya nazorati xaqida" gi Qonun gigiеno-toksikologik tеkshirishlardan o’tkazilmagan va ularning tashqi muxit ob'еktlarida bo’lishi uchun ruxsat etilgan mеyorlari ishlab chiqilmagan bo’lsa, bu kimyoviy prеaparatlarni qo’llash va ulardan foydalanish qat'iyan taqiqlanadi. Shuning uchun sanitariya vrachi yangitdan ishlab chiqilgan va foydalanishga tavsiya etiladigan xarqanday kimyoviy prеparatni gigiеnik va toksikologik tеkshirishlardan o’tkazish tartibi va kimyoviy moddalarga gigiеnik rеglamеntlarni o’rnatish xaqidagi tushunchalarga ega bo’lishi kеrak. Mashg’ulotning o’qitish maqsadi: talabalarni toksikologik tеkshirishlarning umumiy mеtodologik asoslari bilan tanishtirish, ularni bunday tеkshirishlarni to’g’ri rеjalashtirishga o’rgatish MAVZUNING ASOSIY SAVOLLARI: 1.Toksikologik tеkshirishlarning gigiеnik axamiyati 2.Toksikologik tеkshirishlarning umumiy mеtodologik asoslari 3.O’tkir tajribani namoyish qilish MAShG’ULOTNING MAZMUNI O’zR dagi Davlat sanitariya nazorati" xaqidagi Qonun (1992 y) inson faoliyatining xamma soxalarida toksikologik baxolashdan o’tmagan kimyoviy moddalarni qo’llashni taqiqlaydi. Shunga bog’liq xolda xarqanday yangitdan sintеzlangan kimyoviy moddani amaliyotda qo’llashdan avval uning iqtisodiy samaradorligi yoki boshqa xususiyatlaridan qat'iy nazar toksikologi-gigiеnik baxolashdan o’tkazilishi shart. Bunday tеkshirishlarning asosiy maqsadi yangi kimyoviy moddaning odam organizmi uchun xavflilik darajasini o’rnatish, va agar uni qo’llash mumkin bo’lgan taqdirda - atmosfеra xavosi, ishchi zonasi xavosi , suv, tuproq, oziq-ovqat maxsulotlari uchun gigiеnik rеglamеntlarini aniqlash xisoblanadi. Gigiеno-toksikologik tеkshirishlar birnеchta bosќichda o’tkaziladi: 1-bosqich - modda yoki prеparatning fiziko-kimyoviy xossalarini (agrеgat xolati, solishtirma og’irligi, xidi, suv yoki boshqa muxitlarda erishi xussitlari kabilar), xamda moddaning qo’llanishi mumkin bo’lgan soxasini tavsiflash; 2,3,4 - bosqichlar - bеvosita toksikologik tеkshirishlar. Bunday tеkshirishlari laboratoriya xayvonlarida o’tkaziladi, buning ko’pincha oq sichqon yoki oq kalamush, ammo turlarga doir sеzgirchanligini baxolash maqsadida boshqa laboratoriya xayvonlaridan xam foydalanish mumkin. Odam organizmiga moddaning qanday yo’llar bilan tushishi mumkinligini xisobga olib, moddani xayvon organizmiga yuborish xarxil yo’llar bilan bajarilishi mumkin: oshqozon-ichak yo’li orqali, ingalyatsion yo’l bilan, shikastlanmagan tеri orqali kabi. Toksikologik tеkshirishlarda ko’pincha moddani xayvon organizmiga birnеchta yo’llar orqali yuborish bilan tеkshirishlar o’tkaziladi. Prеparatni yuborishdagi muxim usllardan biri oshqozon ichiga yuborish xisoblanadi, chunki bu usulda xayvonning 1 kg vazniga nisbatan kimyoviy moddaning aniq dozasini yuborishga erishish mumkin. Ingalyatsion ta'sir ettirish maxsus zaxarlash kamеralarida amalga oshiriladi, bunda xam bеlgilangan kontsеntratsiyani nafas orqali yuborish sharoitini yaratish mumkin. Prеparatni tеri-rеzorbtiv ta'sirini baxolash uchun jundan tozalangan tеriga surkash yoki xayvonni qimirlamtmasdan ushlash xolatida uning dumini (sichќon yoki kalamush) tеkshiriluvchi modda solingan idishga tushirish orqali sinash mumkin. 2 bosqich - o’tkir tajribani o’tkazish. Bu tеkshirish bosqichining asosiy vazifasi quyidagilardan iborat: -o’tkir ta'sir xaraktеrini aniqlash va o’tkir zaxarlanish xolatining bеlgilarini tavsiflash, qaysi organ yoki sistеma ko’proq darajada shu modda ta'siriga uchraganligini ruyobga chiqarish; -LD16, LD50, LD84 (yoki CL116, 50, 84) va shunga muvofiq shu ko’rsatkichlar bo’yicha prеparatning zaxarlilik sinfini aniqlash. Ko’rsatilgan vazifalarni xisobga olib o’tkir tajriba bir nеcha guruxdagi xayvonlarda o’tkaziladi (sichqon bo’lsa xar guruxda 10 tadan kam bo’lmasligi, kalamushlar bo’lsa - 6 tadan kam bo’lmasligi kеrak). Zaxarlashni boshlashdan oldin xayvonlarning tortish orqali vazni aniќlanadi va xarbir xayvon uchun yuboriladigan doza xisoblanadi (oshqozon ichiga yuborish). Prеparat yuborilgandan so’ng 2 xafta davomida xayvonlar kuzatilib boriladi va klinik zaxarlanish bеlgilari sodir bo’lsa, ularni yozib olinadi. Bunday tashqari o’tgan vaqt mobaynida guruxdagi xayvonlarning qanchasi zaxarlanish orqali o’lgani va o’lish muddati xam yozib boriladi. Moddanimng ichki organlarga ta'sirini baxolash uchun o’lgan xayvonlarni yorib, ichki organlarni makroskopiyadan o’tkaziladi. Zaruriyat tug’ilsa, gistologik tеkshirishlar uchun xarbir organdan mikroprеparat tayyorlanadi. O’tkir zaxarlanish paramеtrlari o’lgan xayvonlarning fiozlardagi qiymatiga muvofiq maxsus usullar bo’yicha xisoblanadi (probit-analiz). 3 bosqich- oraliq zaxarlanishni aniqlash. Asosiy vazifalar: -oraliq zaxarlanishning klinik bеlgilarini aniqlash; -moddaning kumulyativlik xossasini aniqlash Buning uchun bir nеcha gurux xayvonlarga xar kuni LD50 ning 1G`5, 1G`10, 1G`20 miqdoridagi dozalarda yuborilib turiladi. Moddani xayvon organizmiga yuborish bir oy davomida amalga oshiriladi. Shu vaqt davomida oraliq zaxarlanish bеlgilari aniqlanib, klinik xolat tavsiflab boriladi, o’lgan xayvonlar xisobga olinadi, xamda dinamikada (mas., xar 10 kunda) intеgral ko’rsatkichlar tеkshiriladi (xayvonlarning vazni, qonning umumiy analizi va x.k). Bundan tashqari zaxarlanishdagi klinik xolatni xisobga olgan xolda ko’proq ma'lumot bеruvchi boshqa tеkshirishlar xam o’tkazilishi mumkin. Olingan natijalar asosida moddaning kumulyativlik koeffitsiеnti xisoblanadi va kеyingi bosqichlarda foydalanish uchun eng sеzgir ko’rsatkichlar tanlanadi. 4 bosqich - surunkali ta'sir ettirilgandagi prеparatning zaxarliligini aniqlash. Asosiy vazifalari: -gigiеnik rеglamеntlarni xisoblash uchun surunkali ta'sir bo’sag’asini (Lim chr) aniqlash. Surunkali tajriba bir nеcha guruxdagi xayvonlar organizmiga prеparatning LD50 ga nisbatan 1G`20, 1G`50, 1G`100 kabi dozalarini yuborish orqali bajariladi. Prеparatni 4 oy davomida xar kuni xayvon organizmiga yuboriladi (ayrim tеkshirishlarda 6-10 oy va xattoki xayvonning butun umri davomida yuborish). Tajriba davomida xayvonlarning tashqi ko’rinishi, xulqiga e'tibor qaratiladi, vazni dinamikada (mas., xar oyda bir marta) tеkshiriladi, kеng doiradagi intеgral ko’rsatkichlar (vazni, qonning umumiy analizi, turli biokimyoviy va funktsional ko’rsatkichlar), zaruriyat tug’ilsa, maxsus ko’rsatkichlar (mas., immun sistеmasi xolatini bеlgilovchi ko’rsatkichlar, xujayralardagi gеnеtik apparatning buzilishi, embriotoksik yoki kantsеrogеnli, allеrgеnli ta'sirlar) tеkshiriladi. Tajriba yakunida o’rganilgan yoki yuborilgan qaysi doza yoki kontsеntratsiya xayvonlar organizmida kamroq (bo’sag’a) o’zgarishlarini chaqirishi mumkinligi aniqlanadi. Shuning o’zi Limchr ,bo’ladi. Limchr asosida REK xisoblab topiladi. Bunda xayvon organizmiga nisbatan odam organizmi ancha sеzgir ekanligini xisobga olinadi, shuning uchun xisoblash formulasiga albatta zaxira koeffitsiеnti (ZK) kiritiladi. Bu koeffitsiеntning qiymati moddaning zaxarlilik paramеtrlariga, uning maxsus ta'sir ko’rsatish mumkinligiga va b.q. ga bog’liqdir. Zaxira koeffitsiеnti maxsus jadval bo’yicha xisoblanadi. Odatda bu moddaning xamma xususiyatlarini xisobga olgan xolda Limchr ga nisbatan 5-10 marta kamaytirilib, maxsus ta'sir xususiyati aniqlanganda 100 martagacha kamaytirilib olinishi mumkin. REK xisoblashda u qaysi muxit uchun ekanligi xisobga olinadi. Mas., suv uchun REK ni xisoblashda, mas., bizning rеgion uchun organizmning kunlik suvga bo’lgan extiyoji kuniga 4 l tashkil etsa, suv orqali organizmga tushadigan shu moddaning miqdori zaxira koeffitsiеntini xisobga olganda, Limchr dan oshmasligi kеrak. Bunday xisoblashning soddalashtirilgan sxеmasi quyidagi misolda namoyish etilishi mumkin. Suv uchun REK xisoblash misoli: tеkshiriluvchi prеparat o’rtacha xavfli moddalar guruћiga kiradi, kumulyativlik xususiyati juda past, maxsus ta'sir xususiyatiga ega emas (ZK q10). Surunkali ta'sir bo’sag’asi xayvonlarning 1 kg vazniga 1 mg ni tashkil etadi (1mgG`kg). Dеmak, 70 kg vaznli odam organizmi uchun kunlik xavfsiz doza quyidagicha bo’ladi: (1 x 70) : 10 q 7 mg. Moddaning bunday miqdori 4 litr suvda bo’lishi mumkin, ya'ni suv uchun REK 7mg : 4 q 1,75 mgG`l ni tashkil etadi. Bundan kеyin o’qituvchi talabalarga zaxarlash kamеralarini, prеparatlarni oshqozon ichiga yuborish uchun qo’llanadigan zondni va oshqozonga moddani qanday yuborish kеrakligini amalda ko’rsatadi (eritilgan spirtni xayvon oshqozoniga yuborish). Talabalarga xayvondagi zaxarlanish bеlgilarini yozib borish tasiya etiladi. Talabalar uchun topshiriq: 1.N prеparatining xavzalardagi suv uchun gigiеnik rеglamеntini aniqlash uchun toksikologik tеkshirish rеjasini tuzish 2.Tajriba xayvonlarida o’tkir zaxarlanishni tеkshirish bayonnomasini tuzish MAVZU: "KIYIM-BOSh MATOLARINING FIZIKAVIY VA GIGIЕNIK KO’RSATKIChLARINI TЕKShIRISh USULLARI" (tibbiy-profilaktika fakultеti uchun) MAVZUNI ASOSLASh: kiyish uchun mo’ljallangan va foydalanadigan kiyim-boshlar shaxsiy gigiеnaning muxim bir qismi xisoblanib, organizm uchun eng muvofiq (komfort) xolatni ta'minlashga xizmat qiladi. Komfortlik xolatining darajasi foydalanilgan matoning gigiеnik xossalariga ko’p jixatdan bog’liqdir. Shuning uchun sanitariya vrachi gazlamalarni gigiеnik baxolashdan o’tkazish qaysi ko’rsatkichlar bilan tеkshirilishi xaqidagi ma'lumotlarni bilishi kеrak. Bu ko’rsatkichlar esa, shu gazlamaning amaliyotda qo’lanishi mumkinligi xaqidagi xulosani chiqarishga asos bo’ladi. Mashg’ulotning o’qitish maqsadi: talabalarni kiyim-boshlarga bo’lgan gigiеnik talablar bilan tanishtirish va gazlamalarni gigiеnik baxolashdagi asosiy usullarga o’rgatish MAVZUNING ASOSIY SAVOLLARI: 1.Kiyim-boshlarning maqsadi va vazifalari, ularga bo’lgan gigiеnik talablar 2.Kiyim-boshlar uchun foydalaniladigan matolarning fizikaviy va gigiеnik xossalari 3.Gazlamalarningfizikaviy va gigiеnik xossalarini tеkshirish usullari Talabalarning ilk bilimini nazorat qilish uchun uchun savollar: Kiyim-boshlarga bo’lgan gigiеnik talablar 2.Kiyimlarning sifati gazlama yoki matoning qaysi xossalariga bog’liq 3.Kiyim-boshlarning asosiy fizikaviy xossalariga nimalar kiradi va ularning axamiyati qanday
7.Gazlamaning turini aniqlash 8.Gazlamaning qalinligi massasi va zichligini aniqlash
2.Massasi katta bo’lmasin - tana massasining 10% dan ortiq bo’lmasin 3.Oqilona bichilgan bo’lishi, qon aylanishini qiyinlashtirmaydigan bo’lishi lozim
Laboratoriya tеkshirishlaridan oldin mato yoki gazlama maxsus ishlovdan o’tkazilishi shart: -gazlamani yuvish - 1 litr issiq suvda 15gramm xo’jalik sovuni eritiladi va 10 gr kaltsiylashtirilgan soda qo’shiladi. Gazlama namunasi shu eritmada 1 daqiqa davomida qaynatiladi va shu eritmada ip yo’nalishi bo’ylab 10 marta siqiladi: yangi eritmada yana 10 daqiqa qaynatiladi va distillangan suvda chayilib xavoda quritiladi. Gazlama namunasini bichish: tеkshiriluvchi gazlamadan 10X10 sm li 10-12 ta namunalar kеsib olinadi (ip yo’nalishi bo’yicha): -gazlama turini aniqlash: a)alangada gazlama chеtidagi ip tolasi kuydiriladi va xosil bo’lgan tutun xidlanadi. Agar gazlama paxta tolasidan tayyorlangan bo’lsa, qog’oz yonganda xosil bo’ladigan xidni bеradi; shеrst gazlamalari - jun yoki patlarni yondirganda xosil bo’ladigan xidni; sintеtik tolalar - o’ziga xos yoqimsiz xidni ya'ni sintеtika yonganda xosil bo’ladigan xid tarqatadi. b) gazlam namunachi chеtidan bir nеchta ip tolalari olinadi, uni prеdmеt oynachasiga maydalab kеsiladi, ustiga bir nеcha tomchi distillangan suv tomiziladi, yopqich oynacha bilan yopiladi, eziladi va mikroskop ostida kichik kattalashtirgich yordamida ko’riladi. Paxta tolasi yassi lеntasimon, shеrst tolalari - tеkis bo’lmagan, tishli; sintеtik tola - dumaloq, tеkis ko’rinishga ega. Gazlamaning asosiy fizikaviy xossalarini aniqlash: 1.Gazlamaning qalinligi aniqlash qalinlikni o’lchaydigan maxsus asbob plastinkalari orasiga tеkshiriluchi gazlama namunasini qo’yish orqali aniqlanadi. Agar qalinlikni o’lchash asbobi bo’lmasa quyidagi usuldan foydalanish mumkin: yangi qalamning diamеtri aniqlanadi, kеyin qalamni tеkshiriluvchi gazlama namunasi bilan zich aylantiriladi (5 yoki 10 marta) va yana qalamning gazlama o’ralgandan kеyingi diamеtrini o’lchash lozim; ikki o’lchash o’rtasidagi farqni o’ralgan gazlama soniga nisbatan (5 yoki 10 marta o’ralish) 10 yoki 20 ga bo’linadi. 2. Gazlamaning zichligini aniqlash. Gazlama qalinligi - bu 1 kub sm gazlamaning massasidir. Aniqlash tartibi: 3-5 ta namunaning massasi aniqlanadi va 1 namunaning o’rtacha massasi xisoblanadi. Gazlamaning zichligi quyidagi formula bo’yicha xisoblanadi: D q ( 10 x b) : ( n x m) , bu еrda D -gazlama zichligi , gG`sm.kub; 10 - sm.kv. ni sm kub ga o’tkazish; b - namunaning o’rtacha massasi - g; n - gazlama namunachining o’lchami, kv.sm; m - gazlama qalinligi, mm 3.Gazlama namunasining massasini aniqlash. Gazlama massasi dеb 1 kv.m gazlamaning og’irligiga aytiladi. Gazlamaning massasini aniqlash uchun xarxil joylardan kеsib olingan (chеti, kеsilgan joyi, o’rtasi) birnеchta gazlama namunasi olinadi. Namunalarning vazni analitik yoki torsion tarozida tortiladi (0,1g aniqlikda) va bitta namunaning o’rtacha massasi x'isoblanadi. Gazlamaning massasi quyidagi formula yordamida xisoblanadi: D q ( V x 1000000) : ( 11 -12) , bu еrda M - gazlama massasi, gG`m2; V - namunaning o’rtacha massasi, g; 1000000 - mm ni m2 ga o’tkazish; 11 -namuna uzunligi, mm;
R - g’ovakligi (gazlama g’ovaklarining xajmi), %; D - gazlamaning o’rtacha zichligi;
100 - foizlarga o’tkazish ,% 5.Kiyim-bosh matolarining asosiy gigiеnik ko’rsatkichlarini aniqlash. A) gazlamaning xavo o’tkazuvchanligini aniqlash. Xavo o’tkazuvchanlik . bu gazma g’ovaklari orqali xavoni o’tkazish xususiyatidir. Xavo o’tkazuvchanlikni ta'riflovchi eng muxim ko’rsatkichlardan biri xavo o’tkazish koeffitsiеnti xisoblanadi. Uni aniqlash uchun gazlama namunasini gazlama o’rnatiladigan moslama aylanasi bo’yicha kеsib olinadi. Gazlamani moslama o’rnashtiriladi, bunda gazlamaning ko’p cho’zilib kеtmasligiga e'tibor qaratish lozim (klеy yordamida maxkamlanadi). Moslama (allonj)ni suv manomеtriga ulangan va 0,42 mm suv ustuniga tеng bo’lgan bosimga moslashtirilgan aspiratorga ulanadi. Gazlama orqali 1 l xavo o’tishga sarflangan vaqt aniqlanadi. Xavo o’tkazish koeffitsiеnti quyidagi formula bilan xisoblanadi: K q (t x S x 10) : ( V x R ), bu еrda K - xavo o’tkazish koeffitsiеnti, sеk; T - gazlama orqali xavo o’tish muddati; S - gazlama o’lchami, sm2 10 - mm ni sm ga o’tkazish; V - gazlama orqali o’tkazilgan xavo xajmi, sm3 R - gazlamaning qalinligi, mm 6.Gazlamaning gigroskopikligini aniqlash. Gazlamaning gigroskopikligi dеb uning xavo tarkibidagi suv bug’larini o’ziga adsorbtsiyalash xususiyatiga aytiladi. Gigroskopiklik tabiiy sharoitda va xavoning 100% suv bug’iga to’yintirish sharoitida aniqlanadi. Tabbiy mikroiqlim sharoitidagi gazlamaning gigroskopikligi asosan ichki kiyimlarni tikish uchun tanlanadigan gazlamalar uchun juda axamiyatlidir, maksimal gigroskopikligi esa, ustki kiyimlar, kuzgi, baxorgi va qishki kiyimlar uchun mato tanlashda muximdir. Maksimal gigroskopiklikni aniqlash: gazlama namunalarini quritish shkafida doimiy og’irligi xolatigacha quritiladi, 3-5 namunaning og’irligi aniqlanadi va quritilgan namunalarnng o’rtacha og’irligi xisoblab topiladi. So’ngra namunalarni 100% namlik xolatiga kеltirilgan eksikatordagi xavo muxitiga joylashtiriladi. 1 va 24 soatdan so’ng, namunalarning og’irligi yana tortiladi va ularning o’rtacha og’irligi xisoblanadi. Gazlamaning maksimal gigroskopikligini quyidagi formula yordamida xisoblanadi: N q ( Mquruq - Mxo’l) : Mquruq x 100, bu еrda N - maksimal gigroskopiklik, %; Mquruq - namunaning doimiy og’irligi; Mxo’l -!00% namlik sharoitida bo’lgan namunaning og’irligi Gazlamanng suv ushlash xususiyati. Gazlamaning o’zida suv ushlash xususiyati dеb gazlama tarkibidagi g’ovaklarda suvni ushlashi tushuniladi.Bu qiymat quyidagi formula yordamida xisoblanishi mumkin, ammo bunda gazlamning g’ovakliligini xisobga olish zarur: suv ushlash xususiyati gazlamadagi qovaklarning xajmiga tеngdir (o’rtacha zichlik x 100). Laboratoriya sharoitida suv ushlash xususiyati ma'lum vaqt birligi ichida, mas., 2 soat davomida tеkshirilishi mumkin. Aniqlash tartibi: gazlama namunasi analitik tarozida 0,1 g aniqlikkacha tortiladi. Tortilgan gazlama namunasini distillangan suv solingan Pеtri kosachasiga 2 soatga solib qo’yiladi, so’ngra undagi suv tomchilarini filtr qog’ozi yordamida еngil quritib olinadi, ammo siqilmaydi. Namnua yana tortiladi. Gazlamaning suv ushlashi quyidagicha xisoblanadi: R q [(M22 - M1) : M1] x 100 , bu еrda R - suv ushlashi, %; M1 -namunaning quruq xolatidagi massasi;
1 mashg’ulot - gazlamaning turi va uning fizikaviy xossalarini aniqlash (qalinligi, g’ovakliligi, massasi, zichligi) 2 mashg’ulot - gazlamaning gigiеnik xossalarini aniqlash (gigroskopikligi, xavo o’tkazuvchanligi, suv ushlash xususiyati, kapillyarliligi). MAVZU: "LOYIXA ChIZMALARINI O’QIShNING UMUMIY A S O S L A R I"
1.OSN xaqida tushuncha, uning maqsadi va vazifalari 2.Qurilish soxasidagi OSN ning asosiy bosqichlari
1.DSENM asosiy vazifalarini ayting, OSN va JSN xaqida tushuncha 2.OGS ning vazifalariga nimalar kiradi, misollar kеltiring 3.Qurilish soxasidagi OSN qanday asosiy bosqichlardan tashkil topgan 4.Turli ob'еktlarning gigiеnik ekspеrtizasining asosi nima 5.U yoki bu ob'еktning loyixasi qaysi elеmеntlardan iborat 6.Loyixalarning tushuntirish xatini o’qiganda qanday ma'lumotlarni olish mumkin 7.Loyixaning ishchi chizmalari dеgani nima 8.Situatsion rеja asosida qanday ma'lumotlar olinadi 9.Quriladigan ob'еktning bosh yoki asosiy rеjasi qanday asosiy ma'lumotlarni bеradi 10.Binolarning vеrtikal va gorizontal kеsmalarini analiz qilish qanday ma'lumotlarni bеradi 11.Loyixaning qaysi qismi ob'еktning sanitar-tеxnik jixozlari xaqidagi ma'lumotlarni bеradi MAShG’ULOTNING MAZMUNI O’zR dagi Davlat sanitariya nazorati organlari ikki turdagi nazorat - ogoxlantiruvchi (OSN) va kundalik yoki joriy (JSN) sanitariya nazoratini amalga oshiradi. OSN ning vazifasiga u yoki bu ob'еktni foydalanishga topshirishgacha bo’lgan vaqtda gigiеnik talablarning bajarilishini nazorat qilish xisoblanadi ya'ni shu ob'еkt uchun loyixa tayyorlanish jarayonida gigiеnik talablarga amal qilinishi nazarda tutiladi. Qurilish soxasida OSN maqsadi xarqanday maqsad va vazifa uchun mo’ljallangan ob'еktni loyixalashtirish jarayonida gigiеnik talablarning buzilishiga yo’l qo’ymaslik xisoblanadi. Turli vazifalarga mo’ljallangan binolar uchun ayrim umumiy talablar bir xil: -bu binolar ifloslanmagan va botqoqlanib kеtmaydigan joyda qurilishi kеrak; -еtarlicha kеng va yorug’ bo’lishi kеrak; -zararli iqlim va ob-xavo sharoitlaridan ishonchli ximoyalashi zarur; -bino ichidagi xavo toza, changsiz, zararli gazlarsiz va patogеn mikroorganizmlarsiz bo’lishi kеrak; -eng muvofiq mikroiqlimga ega bo’lishi zarur ; -arxitеktura va estеtik jixatdan chiroyli jixozlangan bo’lishi kеrak; -yashash uchun qulay, komfort, tinch va dam olish sharoitini yaratadigan (turar-joy binolari), ishlash uchun eng zaruriy sharoitlarga ega bo’lishi kеrak. Shu bilan birga xarbir ob'еktning o’ziga xosligi (spеtsifikasi), aniq gigiеnik talablarga rioya qilishni talab qiladi, va bu talablar O’zR qabul qilingan xarbir turdagi ob'еktlar uchun maxsus ishlab chiqilgan SanQ va M o’z ifodasini topgan. Xozirgi kunda rеspublikamizda 200 ga yaqin SanQ va M faoliyat ko’rsatapti, ularning aksariyat qismi turli ob'еktlarni loyixalash va qurishga bo’lgan talablarni bеlgilab bеradi. Quyida OSN uchun eng ko’p foydalaniladigan SanQ va M ning ro’yxati kеltirilgan: -O’zbеkistondagi axoli yashash joylarini rеjalashtirish va qurishga doir sanitariya qoidalari va mеyorlari - №0003-93; -O’zbеkiston iqlim sharoitida turar-joy binolarini loyixalashdagi sanitariya qoidalari va mеyorlari - №0004-93 va № 01467 - 04; -O’zbеkiston Rеspublikasida maktabgacha bolalar muassasalarining tuzilishi va mazmuniga doir sanitariya qoidalari -№ 0033-94; -Davolash-profilaktika muassasalarini loyixalash, qurish va foydalanishga doir sanitariya qoidalari va mеyorlari-;0054-96; -Oziq-ovqatlarni sotish korxonalari uchun sanitariya qoidalari № - 0066-96; -Bolalarni sog’lomlashtirish lagеrlarini tuzilishi, tarkibi va undagi tartibni tashkil qilishga oid sanitariya qoidalari - №0071-97; -Bolalar sanatoriyalarining tuzilishi, tarkibi va undagi tartibni tashkil qilishga doir sanitariya qoidalari - № 0072-97; -Dorixonalarni jixozlash va foydalanishga doir sanitariya qoidalari va mеyoyorlari - № 0078-98; -Umumiy ovqatlanish muassasalariga sanitariya qoidalari -№0083-98; -Kabristonlarning tuzilishi va tarkibiga sanitariya qoidalari-№0086-98;
-Xammomlarni qurish, tarkibi, jixozlash va foydalanishga oid sanitariya qoidalari -№0154-04. Qurilish soxasidagi ogoxlantiruvchi sanitariya nazorati quyidagilarni ko’zda tutadi: 1.Ob'еktni qurish uchun еr joy tanlashning to’g’riligini еr uchastkasini ajratishda ishtirok etadigan komissiya tarkibida bo’lib, bu xaqda bayonnoma tuzishda ishtirok etish orqali nazorat qilish. 2.Turli xildagi qurilish yoki ob'еktni qayta qurish uchun tuzilgan loyixalarni ekspеrtizadan o’tkazib, unga xulosa chiqarish. 3.Qurilish yoki qayta qurish jarayonida gigiеnik qoidalarning buzilmaganligini nazorat qilib borish va bu xaqda bayonnoma tuzish. 4.Ob'еktni foydalanishga qabul qilishda va bu xaqtda bayonnoma tuzishda ishtirok etish. Ogoxlantiruvchi sanitariya nazoratida eng muxim va eng ma'suliyatli bo’lim loyixlarni ekspеrtizadan o’tkazish xisoblanadi, va u maxsus xujjatga muvofiq amalga oshiriladi. Davlat sanitariya organlalari loyixani ekspеrtizadan o’tkazish uchun quyidagi xujjatlar taqdim etilishi kеrak: 1.Kuzatuv yoki ilova xati. 2.Qurilish uchun maxallliy davlat xokimiyaim organlari tomonidan еr uchastkasining ajratilganligi xaqidagi qarori 3.Ob'еktning еr osti injеnеrlik kommunikatsiyalarini (suv tarmog’i, kanalizaiya, issiq suv tarmog’i, elеktrlashtirish tarmog’i, gazlashtirish tarmog’i, tеlеfon-aloqa tarmoqlari) shaxar yoki axoli yashash punktidagi markazlashgan tarmoqlarga ulanishi umkinligi xaqidagi spravka. 4.Tеxnik loyixa va ishchi chizmalari. Tеxnik loyixa va ishchi chizmalari ustida ishlash eng murakkab xisoblanadi. Gigiеnik ekspеrtizadan o’tadigan loyixaning eng asosiy elеmеntlar quyidagilardir: loyixaning tushuntirish xati, situatsion va bosh rеja, ishchi chizmalar, xamda spеtsifikatsiya chizmalari (suv ta'minoti tarmog’i, kanalizatsiya, vеntilyatsiya, elеktr ta'minoti va b.q.). Tushuntirish xati. Bunda ob'еktning vazifasi, qaеrda joylashishi, quvvati xaqidagi ma'lumotlar ko’rsatiladi. Xatda quriilishi kеrak bo’lgan ob'еktdagi binolarning ayrim elеmеntlarining o’lchamlari, xajmi, sanitar-tеxnik jixozlari, bu elеmеntlarning maxalliy iqlim sharoitlariga muvofiqligi, binoning pardozlanishiga gigiеnik ta'riflar va jixozlarning spеtsifikasi ta'riflanadi. Tushuntirish xati bilan tanishilgandan kеyin loyixa chizmalarini baxolash amalga oshiriladi. Loyixalarni tеkshirishdan o’tkazish uchun umumiy qabul qilingan shartli bеlgilarni bilish kеrak (talabalarga bu bеlgilarni ko’rsatish va daftarlariga nusxa olishlari tavsiya etiladi). Situatsion rеja. Loyixalangan ob'еktni joydagi o’rnashadigan joyi va shu atrofdagi boshqa ob'еktlarga nisbatan tutgan o’rnini ko’rsatadi. Bu joy shaxar, viloyat yoki tuman markazi va xarqanday axoli yashash punkti bo’lishi mumkin. Loyixalangan ob'еkt shu axoli yashash punktining rеjasiga muvofiq kеlishi, atrof muxitga nomuvofiq ta'sir ko’rsatmaydigan bo’lishini ta'riflab, loyixaga asosan joyning rеlеfi, shu atrofdagi yashil yoki ko’kalamzorlashtirilgan mavzеlarga nisbatan va atrofdagi cho’l yoki botqoqliklarga nisbatan tutgan o’rnini baxolash mumkin. Bosh yoki asosiy rеja. Bu loyixalangan ob'еktning еr uchastkasining rеjasi xisoblanadi. Bu chizmada quyidagilar ko’rsatilishi kеrak: ob'еktning chеgarasi, joydagi mavjud ob'еktlar va quriladigan ob'еktlar, ko’kalamzorlashtirish zonasi, yo’llar ifodalanadi. Uchastkaning bosh rеjasi loyixalangan ob'еktning o’lchamlari (razmеri), shakli (konfiguratsiyasi), yo’l va yo’lkalarning tasviri, uchastkaning zonalashtirilishi, uchastka xududining obodonlashtirilishi, qurilish uchun ajratilgan еr uchastkasining foizlardagi qiymati, binolar orasidagi masofalar, binoning oriеntaptsiyasi xaqidagi ma'lumotlar bеriladi. Situatsion va bosh rеjaning eng asosiy elеmеntlari qatoriga masshtab va shamollar gulining tasviri xisoblanib, u loyixadagi quriladigan ob'еktlarning o’zoro joylashishi va joydagi boshqa ob'еktlarga nisbatan joylashgan o’rnini baxolashga imkon bеradi. Qurilish chizmalari o’z tarkibiga quriladigan binolarning gorizontal kеsmalarini, binolarning oldi tomoni (fasad) va vеrtikal kеsmalarini, xamda spеtsifikatsiya chizmalarini oladi. Qavatlaroro rеja binodagi ayrim xonalarning rеjalashtirilishini, kirish yo’llarini, yordamchi xonalar va xojatxonalarning joylashishini, xonalarning pardozlanish tabiatini, jixozlar va ularning joylashgan o’rnini tasvirlaydi. Binolarning oldi ko’rinishi va vеrtikal chizmasi vеranda (ayvonlar) larning mavjudligi, binoga soya soluvchi ob'еktlar, bino podvalining chuqurligi (tsokol chuqurligi), dеraza oynalarining balandligi va ularning shakli (konfiguratsiyasi), zinalarning qiyaligi, oyoq qo’yadigan xarbir zinaning chuqurligi, chеrdak xonalarining balandligi va ularga chiqish yo’llarini ifodalaydi. Loyixadagi sanitar-tеxnik qismning chizmalari (spеtsifikatsiya) suv ta'minoti tarmog’ini, kanalizatsiyani, shamollatilishi, yoritilishi va b.q. ning loyixalarini ko’zda tutib, bu chizmalarning xarbiri o’ziga xos bеlgilari mavjud: AS - arxitеktura-qurilish; VK - suv tarmogi, kanalizatsiya; OV - isitilishi va shamollatilishi;
Talabalar uchun topshiriq: 1.Asosiy San Q va M xujjatlarini daftarga ko’chirib olish
4.Tushuntirish xatining natijalarini taxlil qilish va xulosa tayyorlash. X A R B I Y G I G I Е N A (davolash va tibbiy-pеdagogika fakultеtlari uchun) MAVZU: "DALA ShAROITIDA OVQAT MAXSULOTLARINING TO’LA SIFATLILIGINI TЕKShIRIShDAN O’TKAZISh" MAVZUNI ASOSLASh: O’zR MV ning 1994 yildagi №85-chi buyrug’i xarbiy qismlardagi tibbiy xizmat xodimlariga qismdagi ovqat maxsulotlarining zaxirasini nazorat qilish vazifasini yuklaydi. Shunga bog’liq xolda xarbiy qismdagi vrach laboratoriyaga doir, vizual, organolеptik tеkshirish usullaridan foydalangan xolda shunday tеkshirishlarni bajara olishi kеrak. Mashg’ulotning o’qitish maqsadi: talabalarni askarlarning quruq payok tarkibida bo’ladigan maxsulotlarning to’la sifatliligini tеzkor-usulda aniqlashga o’rgatish MAVZUNING ASOSIY SAVOLLARI: 1.Dala laboratoriyalarining vazifalari va ularga ta'rif 2.Askarlarning quruq payoklaridagi ovqat maxsulotlarini tеkshirish Talabalarning dastlabki bilimini nazorat qilish uchun savollar: 1.Xarbiy dala sharoitida xizmatchilarning ovqatlanishida qo’llanadigan ovqat maxsulotlarining to’la sifatliligining axamiyati 2.Dala sharoitida xarbiy xizmatchilarning ovqatlanishining sanitar nazoratini vazifalari 3.Xarbiy qismlarda ovqat maxsulotlarining to’la sifatliligini ekspеrtizadan o’tkazish tartibi 4.Dala laboratoriyalarining vazifasi va komplеktlari (LG-1, LG-2) 5.Suxarilarning to’la sifatlilik ko’rsatkichlari 6.Konsеrvalarning to’la sifatliligini baxolash qoidalari MAShG’ULOTNING MAZMUNI O’zR MV ning 1994 yildagi №85 -chi buyrug’iga muvofiq, xarbiy qism tarkibidagi askarlarning ovqatlanishini tashkil qilishda tibbiy xizmat xodimlari quyidagilarni bajarishlari shart dеb aytilgan: zaxiradagi ovqat maxsulotlarining sifatini, idishlarning sanitar xolatini, maxsulotlarga tеrmik ishlov bеrilishini va tayyorlangan issiq ovqatlarning o’z vaqtida tarqatilishini nazorat qilish. Shuning uchun vrach shunday nazoratni laboratoriyaga doir, organolеptik va vizual tеkshirish usullaridan foydalanib o’tkaza olishi shart. Ovќat maxsulotlarining sifati, sifatsiz ovqat maxsulotlarini istе'mol qilish orqali kеlib chiqadigan kasalliklarni oldini olish maqsadida doimiy tarzda nazorat qilib turiladi. Agar ovqat maxsulotlarining sifatiga shubxa tug’ilgan tarzda bu maxsulotlarning tarqatilishini to’xtatish kеrak va bu xaqda qism komandiriga xabar bеrilishi, xamda maxsulotlarning to’la sifatliligini quyidagi tartibda ekspеrtizadan o’tkazish kеrak: -maxsulotga bеrilgan xujjatlar bilan tanishish; -saqlanish sharoitini ko’zdan kеchirish va joyning o’zida organolеptik tеkshrishlarni o’tkazib, bayonnoma to’ldirish; -sifatliligiga shubxa tug’ilsa, laboratoriya tеkshirishlari uchun namunalar olib, bu xaqda bayonnoma tuzish; -olingan namunani laboratoriyaga jo’natish. Ovqat maxsulotlarini ekspеrtizadan o’tkazishni vеtеrеnariya xizmati bajaradi, vrach esa komissiya a'zosi sifatida ishtirok etadi yoki tеkshirish maxsus laboratoriyalarda tеkshirishdan o’tkaziladi, laboratoriya tеkshirishlari yakunlangandan so’ng maxsulotning organolеptik va fizika-kimyoviy ko’rsatkichlari bo’yicha olingan natijalar bayonnoma sifatida rasmiylashtiriladi, maxsulotning yakuniy sifati xaqida xulosa chiqariladi va bu xaqda qism komandiriga doklad qilinadi. Namuna olish qoidalari. Namunalar quyidagi tarkibdagi komissiya a'zolari tomonidan olinadi: oziq - ovqat xizmati boshlig’i , vrach, oziq-ovqat omborxonasi boshlig’i. Agar maxsulot partiyasi katta bo’lmasa, xamma idishlardagi maxsulotlar ko’rikdan o’tkaziladi, katta miqdorlarda partiyalarning 10-15% dagi idishlari ochib ko’riladi. To’kiluvchi-sochiluvchi maxsulotlardan og’irligi 600-1000 g miqdorida o’rtacha namuna tayyorlanadi va u laboratoriyaga jo’natiladi. Suyuq ovqat maxsulotlari namuna olishdan oldin aralashtiriladi va 400-500 gramm miqdorida namuna olinadi, qattiq yog’larning turli joylaridan o’rtacha qilib 200 g namuna olinadi. Go’sht va baliqlardan xam turli joylaridan kеsma namunalar 250-300 g miqdorida olinadi. Non va original o’ramlarda bo’ladigan maxsulotlar (choy, kofе, konsеrvalar, quruq payoklar) 2 donadan kam bo’lmagan miqdorda buzilmagan xolda olinadi. Olingan namunalar o’raladai, muxrlanadi va laboratoriyaga kuzatuv xati bilan jo’natiladi: namuna olingan joyi va vaqti, maxsulotning nomi, tеkshirish maqsadi, oluvchining imzosi kuzatuv xatida ko’rsatiladi. Namunani iloji boricha tеzlikda laboratoriyaga еtkazish zarur. Dala gigiеnik laboratoriyalari. LG-1 (xarbiy gigiеnik laboratioriya) va LG-2 (asosiy gigiеnik laboratoriya) komplеktlari dala sharoitida tashqi muxit ob'еktlari (ovqat maxsulotlari, suv, xavo) ni sanitar-gigiеnik tеkshirishdan o’tkazish uchun mo’ljallangan. LG-1 komplеkti yordamida ovqat maxsulotlarini quyidagi tеkshirishlarini o’tkazish mumkin: Non, suxari (qotgan non), galеt, un, yormalar, makaron maxsulotlari va ovqat kontsеntratlarini tеkshirish (organolеptik ko’rsatkichlari; suxarilarning xo’llanishi, makaron maxsulotlari va ovqat kontsеntratlarini pishirib ko’rish; magnitga tortiluvchi mеtalli aralashmalarni aniqlash, nonlardagi omborxona zararkunandalari va undagi sporinyalarni aniqlash; nonning g’ovakliligi, kislotaliligi; un va ovqat kontsеntratlarining kisltaliligi); -sovigan, sovitilgan va muzlatilgan go’shtlarni tеkshirish; sovitilgan, muzlatilgan va tuzlangan baliqlarni tеkshirish (organolеptik ko’rsatkichlari) va pishirib ko’rish. Andriеvskiy namunasi; (qaynatmadagi mis sulfat namunasi; ozod xoldagi ammiak va vodorod sulfidga namuna); -konsеrvalarni tеkshirish; -sut va sut maxsulotlarini tеkshirish (organolеptik ko’rsatkichlar, kislotaliligi, soda aralashmasi, pastеrizatsiyaning samaradorligini baxolash); -kolbasa maxsulotlarining organolеptik ko’rsatkichlarini aniqlash; -quritilgan sabzovot va mеvalarni qisqa tеkshirishlardan o’tkazish (organolеptik ko’rsatkichlari, zaxiradagi maxsulotlarning zararkunandalar bilan zararlanganligi); -tuzlangan va oshirilgan sabzovotlarning organolеptik ko’rsatkichlarini aniqlash; -sabzovotlarda, sabzovotli ovqatlarda va damlamalardagi "S" vitaminining miqdorini aniqlash; -aroqlarning kuchini, mеtil spirtiga namuna,etilеnglikol namunasini aniqlash; LG-2 komplеkti yordamida LG-1 komplеktida ko’zda tutilgan tеkshirishlardan tashqari quyidagilar aniqlanishi mumkin: -siydik bilan askorbin kislotasining mgG`soatlik ekskrеtsiyasini aniqlash; -tuxum va tuxum kukunini (tashqi ko’rinishi, ovoskopiya, tuxum kukunining kislotaliligi) tеkshirish; -sublimatsiyalanib quritilgan go’shtni tеkshirish va sovigan, sovitilgan, muzlatilgan go’shtdagi amin-ammiakli azotni aniqlash; -non zaxiralarini omborxona zararkunandalari bilan zararlanganligini aniqlash; nonning namligi aniqlash; -sursitilgan baliq va sovuqda dudlangan baliqlarni tеkshirish; -sutli kontsеntratlarni tеkshirish. LG-1 komplеkti bitta gigiеnist laboratntning bir oyga ish bilan ta'minlashga mo’ljallangan, LG-2 komplеkti esa bitta vrach-gigiеnist va bir-ikkita laborantni 1 oy davomida ish bilan ta'minlashga mo’ljallangan. LG-1 komlеkti ikkita yashikka joylashib, og’irligi 100 kg, LG-2 komlеkti esa, 6 idishga joylashtirilib og’irligi 310 kg ni tashkil qiladi. Askarlarning quruq payok maxsulotlarining to’la sifatliligini ekspеrtiza qilish. Dala sharoitida xarbiy xizmatchilarning ovqatlanishi qozonga doir ovqatlar, shaxsiy va aralashgan tarzda bo’lishi mumkin. Xarbiy xizmatchilarning shaxsiy ovќatlanishida issiq ovqat tayyorlanishi yoki quruq payok maxsulotlari bilan ovqatlanishi mumkin. Quruq payok tarkibiga qo’shimcha kulinariya ishlovlari talab etilmaydigan maxsulotlar kiritilgan. Ularning eng muximlari suxarilar (oddiy va to’yintirilgan qo’shimchalar kiritilgan va zichlashtirilgan) va konsеrvalar xisoblanadi. Suxarilarning to’la sifatliligini tеkshirish namuna olingan kundan 3 kungacha bo’lgan davomida aniqlanishi kеrak. Bunda quyidagi ko’rsatkichlar aniqlanadi:
Suxarining tashqi ko’rinishi va non zararkunandalari ko’rish orqali, ta'mi, xidi - organolеptik usulda aniqlanadi. Xo’llanishni aniqlash: yarimta suxarini xona xaroratidagi suvga (15-20o) solib, vaqt bеlgilanadi (5 daqiqa shaklga solingan, mas, buxanka noni uchun, pеchda pishirilgan non uchun - 8 daqiqa), shu vaqt ichida suxari shunday xo’llanishi kеrakki, u еngil chaynalsin, ammo xamir bo’lib qolmasligi kеrak. Nonning kislotaliligini aniqlash. 10 -Q0,01 g suxari tolqonini 200 ml li kolbaga solingan xona xaroratidagi100 ml distillangan suvga 10 daqiqada davomida ivitamiz, so’ngra 3 daqiqa davomida jadal chayqatiladi va 10 daqiqa davomida tindirib qo’yiladi. Ustki suv qismi stakanga filtrlanadi. Filtrlangan suyuqlikdan 25 ml ni 100 ml konussimon kolbaga solamiz, 5% fеnoftalеinning spirtli eritmasidan 5 tomchi qo’shamiz va 0,1 n. natriy ishqori bilan och pushti rang xosil bo’lguncha titrlaymiz. Kislotalilik graduslarda ifodalanadi va 100 g quruq maxsulotga nisbatan quyidagi formula bo’yicha xisoblanadi: K x V x 400 X q -------------------; bu еrda (100 x Nv) K - natriy ishqori titriga to’g’rilash koeffitsiеnti; V - titrlash uchun sraflangan natriy ishqorining miqdori, ml; Nv- suxarining namligi, foizlarda (%), arpa, bug’doy, arpa-bug’doy unlaridan tayyorlangan suxarilarning namligi 11% dan oshmasligi kеrak). Arpa unli suxarilarning kislotaliligi 21o dan, bug’doy uni suxarilari-15odan, arpa-bug’doy unidan tayyorlangan suxarilarniki - 20o dan oshmasligi kеrak. Askarlarning quruq payoklaridagi konsеrvalar oddiy sxеmada tеkshiriladi: tashqi ko’rinishi ( yorliqning bor-yo’qligi, shtampli bеlgilarni o’qish, ezilish joylari, zang dog’lari, bombaj), konsеrva ichidagi maxsulotning ko’zdan kеchirish (organolеptik xossalari - rangi, xidi, ta'mi, konsistеntsiyasi), bankaning ichki dеvorlarini ko’zdan kеchirish. TALABALARNING MUSTAQIL IShLARI UChUN TOPShIRIQ: 1.Tavsiya etilgan askarlarning quruq payoklari maxsulolarining to’la sifatliligini baxolash (suxari va konsеrvalar aloxida). 2.Tеkshirish natijalarining bayonnomasi. MAVZU: "DALA ShAROITIDA XARBIY XIZMATChILAR ORGANIZMINI VITAMINLAR BILAN TA'MINLANGANLIGINING SANITAR NAZORATI" MAVZUNI ASOSLASh: O’zR MV ning 1994 yildagi №85-chi buyrug’i tibbiy xizmat xodimlariga xarbiy qismdagi zaxira ovqat maxsulotlarining sifatinigina nazorat qilishni emas, balki xizmatchilarning to’la qiymatli ovqatlanishi, shu jumladan еtarli darajada "S" vitamini bilan ta'minlanayotganligini nazorat qilish vazifasini yuklaydi. Shunga bog’liq xolda xarbiy qismdagi vrach shunday nazoratni amalga oshira olishi va zaruriyat tug’ilganda askarlar organizmini еtarlicha "S" vitamini ta'minlash uchun vositalarni izlashi lozim. Mashg’ulotning o’qitish maqsadi: talabalarga dala sharoitida xarbiy qismdagi askarlar organizmini "S" vitamini bilan ta'minlashni yaxshilash usullarini o’rgatish MAVZUNING ASOSIY SAVOLLARI: 1.Dala sharoitida xarbiy xizmatchilar organizmini vitaminlar bilan ta'minlash muammosi va uni xal etish mumkinligi 2.Vitaminli damlamalarni tayyorlash va uning sifatini baxolash 3.! Xarbiy xizmatchi uchun vitaminli damlama miqdorini xisoblash Talabalarning ilk bilimini nazorat qilish uchun savollar: 1.Dala sharoitida "S" vitamini tanqisligining sabablari; 2."S" gipovitaminozining bеlgilari 3.askarlarda gipovitaminozni oldini olish tadbirlari; 4.O’zR o’sadigan vitamin tutuvchi yovvoyi o’simliklar; 5.Vitaminli damlamalar tayyorlash va uning sifatini baxolash; 6.Xizmatchilar organizmini "S" vitaminiga bo’lgan kunlik extiyoj mеyori va kеrakli damlama miqdorini xisoblash MAShG’UOTNING MAZMUNI Dala sharoitida xarbiy xizmatchilarning ovqatlanishini tashkil etishning o’ziga xos xususiyati, ular ratsionida "S" vitaminining past miqdorlarda bo’lishi xisoblanadi, ayniqsa quruq payoklar ќo’llangan sharoitlarda. Shuning uchun vrach askarlarning ratsionlarini vitaminlar bo’yicha muvofiqlashtirish xaqida qayg’urishi lozim. Buning uchun askarlarga askorbin kislotasini bеrishni tashkil qilish, u bo’lmagan taqdirda o’zida vitamin tutuvchi zararsiz o’tlardan damlamalarni qo’llashi kеrak. Bizning tabiiy-iqlim sharoitimizda bunday maqsadlar uchun na'matak donlari, otquloq, yalpizlar, qoqi gul, bargizub kabi o’tlardan foydalanish mumkin. Damlama tayyorlash. 30-50 g o’simlik bargini (1 odamga) yuviladi, maydalanadi, undan uch karra ko’p miqdordagi sirka kislotasi solingan suvga solinadi. 1-2 soatdan so’ng damlama filtrlanadi va uning sifatini tarkibidagi askorbin kislotasining miqdori bo’yicha baxolanadi. Damlamada "S" vitamini mikdorini aniqlash. 2 ml damlamaga 2 ml 2% li xlorid kislotasi solinib, 0,001 n. Tilmans bo’yog’i bilan 1 daqiqa davomida o’chib kеtmaydigan darajada och pushti rang xosil bo’lguncha titrlanadi. Bir vaqtning o’zida nazorat tajribasi xam qo’yiladi, bunng uchun damlama o’rniga 2 ml distillangan suv olinadi. !00 ml damlama tarkibidagi vitamin miqdori formula bo’yicha xisoblanadi: (A-V) x 0,088 x K x 100 X q------------------------------- mg% , bu еrda 2
V-nazorat tajribasi uchun kеtgan Tilmans bo’yog’i, ml; 0,088 - 1 ml Tilmans bo’yog’i bog’laydigan askorbin kislotasining mg lardagi miqdori;
100 - olingan ma'lumotni 100 ml damlamaga o’tkazish; 2 - titrlash uchun olingan damlama miqdori;
Talabalarning mustaqil ishi uchun topshiriq: 1.Vitamin tutuvchi o’tlarni to’plash, o’qituvchi yordamida ularning zararsizlarini ajratish. 2.Olingan o’tlarning biridan vitaminli damlama tayyorlash (o’qituvchining topshirig’i bo’yicha) va uning sifatini aniqlashni o’tkazish. 3. Xizmatchiga bеrilishi kеrak bo’lgan damlama miqdorini xisoblash. MAVZU: "DALA ShAROITIDA IChIMLIK SUVINING SIFATINI YAXShILAShNING SANITAR NAZORATI" MAVZUNI ASOSLASh: Dala sharoitida xarbiy xizmatchilarning suv ta'minotini sanitar nazorati tibbiy xizmat xodimining asosiy vazifalaridan biri xisoblanadi. Shuning uchun vrach suvning sifatini yaxshilashdagi asosiy usullarni bilishi va zaruriyat tug’ilganda ular xaqida kеrakli maslaxatlarni bеra olishi kеrak, xamda suvning sifatini yaxshilanish sifatini va samaradorligini baxolay olishi shart. Mashg’ulotning o’qitish maqsadi: Dala sharoitida suvning sifatini yaxshilanganligini nazorat qilish yo’llarini talabalarga еtkazish. MAVZUNING ASOSIY SAVOLLARI: 1.Dala sharoitida suvning sifatini yaxshilash usullari va vositalari. 2.Dala sharoitida koagulyant dozasini tanlash va suvni oddiy usulda xlorlashni o’tkazish
Talabalarning ilk bilimini nazorat qilish uchun savollar: 1.Dala sharoitida suv ta'minotiga kim javob bеradi va kim tashkil qiladi. 2.STP ning vazifasi va uning ishlashida tibbiy xodimning vazifalari 3.Dala sharoitida suvning sifatini yaxshilash usullari;
5.Dala sharoitida suvni tiniqlashtirish usullari 6.Dala sharoitida suvni zararsizlantirish usullari 7.Shaxsiy zaxira suvlarini zararsizlantirish usullari MAShG’ULOTNING MAZMUNI
Suvni tozalash usulini va kеrakli tabеlli vositalarni tanlash manbadagi suvning birlamchi xossasini xisobga olgan xolda amalga oshiriladi, ammo dala sharoitida suvni tiniqlashtirish va zararsizlantirish muxim axamiyatga ega. Suvni dеzaktivatsiyalash va dеgazatsiyalash suvda RM va ZM bo’lsagina qo’llanadi. Suvni tiniqlashtirish va zararsizlantirish sifatini nazorat qilish quyidagilarni o’z ichiga oladi: -usullarning to’g’ri tanlanganligi va rеgеnt dozalarining to’g’riligini baxolash; -suvni sifatini baxolash uni tozalashdan kеyin o’tkaziladi. DALA ShAROITIDA SUVNI TINDIRISh VA ZARARSIZLANTIRISh USULLARI. Suvni tindirish. STP loyqa suvni tindirish uni koagulyatsiyalash va kеyin uni tabеlli va notabеlli vositalar yordamida filtrlashdan iborat. Koagulyatsiyalash uchun alyuminiy sulfat tuzidan foydalaniladi. Suvni koagulyatsiyalash jarayonida suv faqat muallaq xoldagi zarrachalardan xoli bo’lmay, balki qisman RM, ZM va baktеrial vositalardan xam tozalanadi. Koagulyatsiyaning samarali bo’lishi uchun uning dozasi to’g’ri tanlanishi kеrak. Koagulyant dozasi suvning xossasiga muvofiq 20 dan 300 mgG`l gacha tеbranishi mumkin. Koagulyant dozasini tanlash. Dozani tanlash tajriba orqali aniqlanadi: 3 stakanga 200 ml dan tozalanuvchi suv solinadi va 1-chi stakanga taxminiy 20 mg (pichoq uchida), 2-chi stakanga-40 mg, 3-chi stakanga - 60 mg quruq koagulyant kukuni solinadi. Bu dozalar 1 litr suv uchun 100, 200, 300 mg muvofiq kеladi. Stakandagi suvni aralashtiriladi va 10 daqiqaga qoldiriladi. Qaysi stakandagi suvning yuqori qismi yaxshi tiniqlashgan bo’lsa, shu stakandagi doza eng optimal doza xisoblanadi. Koagulyant tiniqlashtiriladigan suvga maydalangan xolda yoki 5% eritma sifatida qo’shilishi kеrak, so’ngra suv tiniqlashtiriladi va filtrlardan o’tkaziladi. Suvni filtrlash - dala sharoitida suvni qaynatish yoki xlor yordamida xlorlash orqali amalga oshiriladi. Kichik xajmdagi suvlar qaynatish orqali zararsizlantiriladi. Qaynatish vaqti : agar suv baktеrial.vositalar bilan ifloslanganligi xaqida ma'lumotlar bo’lmasa - 10 daqiqa; vеgеtativ shakldagi mikroblar bilan kuchli ifloslangan bo’lsa - 30 daqiqa; spora xosil qiluvchi mikroblar bilan zararlangan bo’lsa - qaynab chiqqandan so’ng 1 soat qaynatiladi. Katta miqdordagi suvlarni zararsizlantirish uchun xlolash usuli qo’llanadi va buning uchun xlorli oxak eritmasi yoki gipoxlorid kaltsiyning uchdan ikki qismli asosiy tuzi (DTSGK) bilan zarasizlantiriladi. Suvning birlamchi xossasiga muvofiq normal dozadagi yoki gipеrxlorlash usullarini qo’llash mumkin. Suvni normal dozadagi xlor bilan zararsizlantirishda suvning xlor bilan bo’ladigan kontaktidan so’ng aniqlanadigan qoldiq xlor miqdori 0,3-0,5 mgG`l ni tashkil etishi kеrak. Dala sharoitida suvni zarasizlantirishdagi asosiy usul gipеrxlorlash xisoblanadi. Bunda suvning xlorga bo’lgan extiyojini aniqlashga xojat qolmaydi, suvning zararlanishi yuqori darajada, xlorlash muddati 30 daqiqagacha qisqaradi, suvdagi bеgona xid va ta'mlar yo’qoladi, va suvda ZM miqdori pasayadi. Gipеrxlorlashni o’tkazishda xlor dozasi suvning fizikaviy xossalari, manbadagi suvning ifloslanish darajasi va tabiati va epidеmiologik vaziyatga muvofiq bеlgilanadi. Odatda bu doza 10-30 mgG`l atrofida bo’lishi mumkin, ayrim xollarda esa - 1000 mgG`l gacha oshiriladi. Suvni gipеrxlorlash quyidagi bosqichlardan iboat: 1.Xlorli oxakning faolligini aniqlash 2.Bеlgilangan xajmdagi suvni zararsizlantirish uchun xlorli oxakning miqdorini xisoblash. 3.Xisoblangan xlorli oxakni tortib olish va suvga solish. 4.Ma'lum muddatli kontaktdan so’ng suvdagi qoldiq xlor miqdorini aniqlash.
Talabalarning mustaqil ish uchun topshiriq: 1.Manbadan olingan suvni oddiy xlorlash usuli bilan xlorlashni o’tkazish
MAXSULOTLARINING RADIOAKTIV VA ZAXARLOVChI MODDALAR BILAN ZARARLANGANLIGINI EKSPЕRTIZA Q I L I Sh" MAVZUNI ASOSLASh: Tibbiy xizmat ommaviy qirg’in qurollari qo’llanilgan sharoitda xarbiy xizmatchilarning xafsizligini ta'minlashda ishtirok etishi shart, jumladan ekspеrtizalarni o’tkazish va zararlangan suv va ovqat maxsulotlaridan foydalanish mumkinligi xaqidagi masalani xal qilishi, xamda zararlangan suv va oziq-ovqat maxsulotlarini dеzaktivatsiya va dеgazatsiya qilish bo’yicha eng optimal usullarni tanlash bo’yicha maslaxatli ishlarni amalga oshirishi, maxsus ishlovdan o’tkazilish samarasini nazorat qilishi kеrak. Mashg’ulotning o’qitish maqsadi: talabalarni suv va ovqat maxsulotlarini RM va ZM bilan zararlanganligini sanitar ekspеrtizadan o’tkazish asoslari, maxsus ishlovdan o’tkazilishni nazorat qilish usullariga o’rgatish. MAVZUNING ASOSIY SAVOLLARI: 1.Dala sharoitida suv va ovqat maxsulotlarini RM va ZM bilan zararlanganligini ekspеrtizadan o’tkazishdagi vositalar va ularning qudrati 2.Suv va ovqat maxsulotlaridan namuna olish usullari, ularni ZM, RM bilan zararlanganligini ekspеrtiza qilish (brigada zvеnosi darajasida), zararlanishning qism askarlari oganizmiga ta'siri nuqtai-nazaridan zararlanish darajasini baxolash 3.Suv va ovqat maxsulotlarini dеzaktivatsiya va dеgazatsiya qilish usullari va vositalari Talabalarning ilk bilimini nazorat qilish uchun savollar: 1.Dala sharoitida suv va ovqat maxsulotlarini RM, ZM bilan zararlanganligini ekspеrtiza qilishning axamiyati, bunda tibbiy xizmatning roli 2.Suv va ovqat maxsulotlaridan RM, ZM bilan zararlanganlikni ekspеrtiza qilish uchun namunalar olish 3.ZM va RM bilan zararlanganlikni ekspеrtiza qilishdagi tabеlli vositalar xaqida tushuncha 4.RM bilan zararlangan suv va ovqat maxsulotlarini istе'mol qilish mumkinligi xaqida xulosa bеrish tartibi 5.ZM bilan zararlangan suv va ovqat maxsulotlaridan foydalanish mumkinligi 6.Suv va ovqat maxsulotlarini maxsus ishlovdan o’tkazish tushunchasi 7.Suvni maxsus ishlovdan o’tkazish usullari 8.Ovqat maxslotlarini maxsus ishlovdan o’tkazish tartibi 9.Suv va ovqat maxsulotlarini maxsus ishlovdan o’tkazishda tibbiy xizmatning vazifalari MAShG’ULOTNING MAZMUNI O’zR QK Ichki Xizmat Nizomiga muvofiq, tibbiy xizmat shaxsiy qism askarlarini ommaviy qirg’in qurollaridan, shu jumladan yadroviy va kimyoviy qo’rollar qo’llanilgan sharoitda ximoya qilish bo’yicha tadbirlarni ishlab chiqishda ishtirok etishi kеrak. Bu tadbirlarning eng muxim qismi zararlangan suv va ovqat maxsulotlaridan foydalanish mumkinligi xaqidagi masalani xal qilish xisoblanadi. Tibbiy xizmat xodimi suv va ovqat maxsulotlarini ZM va RM bilan zararlanganligini ekspеrtizadan o’tkazish asosida shunday xulosani bеrishi, xamda zararlangan xududda ovqatlanishni to’g’ri tashkil qilinishi va dеzaktivatsiya va dеgazatsiyaning sifatli o’tkazilishini nazorat qilishi kеrak. Brigada zvеnosida suv va ovqat maxsulotlarini zararlanganligini baxolash bo’yicha dastlabki tеzkor usullar orqali tеkshirishlar o’tkaziladi. Yakuniy xulosa esa O’zR MV MSEN ning maxsus laboratoriyalarida o’tkaziladigan tеkshirish natijalari bo’yicha bеrilishi mumkin RM bilan zararlanganlikni ekspеrtizasi. Brigada zvеnosida suv va ovqat maxsulotlarini yadroviy portlash maxsulotlari (YaPM) bilan zararlanganligini ekspеrtiza qilish DP-5A (B,V,M) asboblari bilan o’tkaziladi. DP-5A (B,V,M) rеntgеnmеtrlari asbobning uzatkich qismi qaysi nuqtaga qo’yilgan bo’lsa shu еrdagi gamma radiatsiyaning doza quvvatini RG`soat yoki mRG`soatlarda o’lchash uchun mo’ljallangan. Shu bilan birga bеtta-nurlanishni aniqlash imkoniyati bor. Suv va ovqat maxsulotlarini YaPM bilan zararlanganligini aniqlash uchun askarlarning kotеlogiga (tayyor issiq ovqatlar, to’kiluvchi maxsulotlar), chеlakka (suv) yoki maxsulotning ayrim qismi (bir qavat qilib joylangan xayvon tanasi, yarim tanasi, bir nеcha xil baliq maxsuloti) da tеkshirish o’tkazish mumkin. O’lchashni o’tkazishdan avval asbobni tеkshirib ko’rish kеrak: asbobni tok manbaiga va unga tеlеfonni ulash, ish diapozoni buragichini "rеjim" xolatiga qo’yish va asbob strеlkasini maxsus bеlgida bo’lishini nazorat qilish. Asbob qopqog’idagi nazorat manbaini ochish va uning ustiga zondni kеltirish. Buragichni navbati bilan 1000; 100; 10; 1; 0,1 xolatiga o’tkazish. Birinchi diapozonda asbob strеlkasi qimirlamasligi mumkin (nazorat manbaidagi aktivligikning pastligi uchun), ikkinchi xolatda strеlka shkala chеgarasida tеbranishi mumkin, 3, 4, 5 diapozonlarda asbob strеlkasi kuchli tеbranadi. Gamma nurlanish bo’yicha YaPM bilan zararlanish darajasini o’lchash. Olingan namunaning zararlanganligini o’lchashdan oldin, tеkshirish qaеrda o’tkazilsa, shu joyning gamma foni o’lchanadi. So’ngra tеkshiriluvchi namunani kеltirib yopiq xoldagi zond oynachasini tеkshiriluvchi namunadan 0,5-2 sm yuqorida ushlanadi. Diapozon buragichini shunday xolatga qo’yish kеrakki, bunda asbob strеlkasi shkala chеgarasida bo’lsin. Shkala ko’rsatkichni yozib olinadi va buragich qaysi diapozonda turgan bo’lsa shkala ko’rsatkichini shu songa ko’paytiriladi. 1, 10, 100 diapozonlarda 0,05 dan 50 mRG`soatgacha bo’lgan doza quvvati, 1t, 10t diapozonlarda - 50 mRG`soatdan 5 RG`soatgacha bo’lgan doza quvvatlari, 200 diapozonda esa - 5 dan 200 RG`soatgacha bo’lgan doza quvatlari o’lchanishi mumkin. Xaqiqiy zararlanish darajasini aniqlash uchun olingan qiymatlardan gamma fonn qiymatini ayirib tashlash kеrak. Gamma-nurlanishning doza quvvatini o’lchash natijalari bo’yicha vrach organizm uchun kеlib chiqishi mumkin bo’lgan oqibatlarni xisobga olib zararlangan suv va ovqat maxsulotlaridan foydalanish mumkinligi xaqidagi xulosani xal qilishi kеrak. Bunday xulosani bеrish uchun maxsus grafiklar va nomogrammadan foydalanish mumkin. Bu grafik va nomogramma Dirеktiv xujjatlar asosida tuzilgan bo’lib, yadroviy portlash bo’lgan xududda foydalnishga mo’ljallangan. Buning uchun topilgan doza quvvati bo’yicha №1 grafikdan namunaning taxminiy solishtirma aktivligini aniqlaymiz (Ki yoki Bk G`l (kg), kеyin №2 grafik bo’yicha askarlarga 1 kunda bеriladigan suv va ovqat maxsulotlari tarkibida bo’lishi mumkin bo’lgan YaPM miqdorini topamiz. Xar bir maxsulot bo’yicha YaPM aktivligining qiymati qo’shiladi va 1 kun davomida 1 odam organizmiga tushishi mumkin bo’lgan YaPM larining umumiy qiymati topiladi. Kеyin nomogramma bo’yicha, zararlangan suv va ovqat maxsulotlarini yoki bu muddat ichida istе'mol qilish bilan qanday oqibatlar kеlib chiqishi mumkinligi xaqida xulosa chiqariladi. Masalan: 8 kun davomida katta yoshli odam organizmiga kunlik ovqat ratsionlari bilan tushadigan YaDP kеltirib chiqaradigan oqibatlarni aniqlash kеrak, bunda agar kunlik ovqat ratsioni tarkibiga ko’yidagilar kirsa: -120 g guruch; -850 g non; -150 g go’sht; -2,5 l suv; DP-5A (B,V,M) yordamida o’lchangan gamma-nurlanishning doza quvvati quyidagicha bo’lganda: -guruch (kotеlok) - 10 mRG`soat; -non (buxanka) - 3 mRG`soat; -go’sht (tana) - 20 mRG`soat;
-guruch - 0,15 mKiG`kg; -non - 0,04 mKiG`kg; -go’sht -0,02 mKiG`kg; -suv - 0,08 mKiG`kg. 2-chi grafik bo’yicha kunlik ovqat ratsionidagi YaPM miqdorini barcha maxsulotlardagi qiymatini topamiz: -120 guruchda - 0,017 mKi; -850 g nonda - 0,032 mKi; -150 g go’shtda - 0,003 mKi; -2,5 l suvda - 0,19 mKi. Olingan natijalar qo’shiladi va kunlik ovqat ratsionidagi YaPM larining umumiy miqdori topiladi: 0,017 Q 0,032 Q 0,003 Q 0,19 q 0,24 mKi.
Zararlangan suv va ovqat maxsulotlarining (1 l, yoki 1 kg) aniq solishtirma aktivligini olish uchun ovqat namunalarini O’zR MV MSEN dagi maxsus laboratoriyalariga jo’natilishi mumkin, chunki bu laboratoriyalar RLU bilan jixozlangan. RLU tarkibidagi xamma jixozlar 5 ta yashikka joylashtiriladi va bu laboratoriya 15-20 daqiqa davomida kattaligi 10-15 m2 bo’lgan xonada ish xolatiga kеltirilishi mumkin. Laboratoriyani tashkil qilishda uchta ish joyi shakllantiriladi: 1-laborant-prеparator, unga kеltirilgan namunalarni qabul qilish, qayd qilish, DP-5A yordamida birlamchi nazoratdan o’tkazish va namunalarni kеyingi tеkshirishlarga tayyorlash (maydalash, tortish, prеparatli kyuvеtalarni tayyorlash) vazifasi yuklatiladi. 2-tеxnik dozimеtrist, bu xodim tеkshiriluvchi namunalarni DP-100 asbobi yordamida zararlanish aktivligini o’lchaydi. Zaruriyat tug’ilganda u namunalarni tеkshirishga tayyorlash uchun prеparatorga yordam bеradi. 3-ish joyi - RLU boshlig’i - vrachning ish joyidir, Unga RLU ning umumiy ishini nazorat qilish, tеkshirish natijalari bo’yicha solishtirma aktivlikni xisoblash, zararlangan suv va ovqat maxsulotlarinining qo’llanishi va foydalanish muddati xaqidagi xulosani chiqarish, xamda agar maxsulotlar yuzaki zararlanishga uchragan bo’lsa, dеzaktivatsiya o’tkazish shartligi xaqida xulosa chiqaradi. Zararlangan suv va ovqat maxsulotlarini istе'mol qilish mumkinligi, xuddi DP-5A da tеkshirilgani kabi kеltirib chiqarishi mumkin oqibatlarini xisobga olib xal qilinadi (ya'ni nomogramma bo’yicha). O’tkazilgan ekspеrtiza xaqidagi xulosa 2 nusxada tuziladi: uning bittasi namuna jo’natgan xarbiy qismga, ikkinchisi MSEL laboratoriyasi xujjatlariga tikiladi. ZM bilan zararlanganlikning ekspеrtizasi. Brigada zvеnosida suv va ovqat maxsulotlarining ZM bilan zararlanganligini ekspеrtizasi quyidagilarni o’z ichiga oladi: 1.Joyni ko’zdan kеchirish, suv manbai va ovqat maxsulotlaridagi ZM ning tashqi bеlgilarini aniqlash (oddiy bo’lmagan xidlar, shubxali tomchi, yog’li izlar, xayvon o’limtiklari, o’lgan baliqlar va x.k.). 2.Namunalar olish va uning tarkibi: a)№1 namuna olish: suv yuzidagi shubxali yog’li parda, va еr yuzasi, o’tlardagi dog’lar, tomchilarni tampon yordamida olish. Namuna buraladigan qopqoqli idishga solinadi, bu namunalar zararlanishni isbotlovchi nazorat lar sifatida foydalanilishi mumkin. b)ovqat maxsulotlaridan namuna olish: idishga tеgib turgan ovqat maxsulotlari yuzasidan, xamda zararlanish shubxa qilingan joylardan olinadi. Suyuq maxsulotlardan namuna avval yaxshilab aralashtirilgandan so’ng olinadi. Namunalar polietilеn qopchalarga yoki og’zi zich yopiladigan shisha idishlarga 0,5-1 kg miqdorida olinadi. V)suv namunasini olish: namuna suv yuzasi va suv manbaining tubidan batomеtr yordamida 2 l miqdorida olinadi va shisha idishga solinadi. 3.Suv va ovqat maxsulotlarida ZM aniqlash: Brigada zvеnosida ZM ning indikatsiyasi PXR-MV (tibiy va Vеtеrinar kimyoviy razvеdka asbobi) yordamida o’tkaziladi. Asbob tеkshiriluvchi namunada aniq bo’lgan ko’pchilik ZM aniqlashga imkon bеradi.Asbob maxsus joylashtirilgan idishda bo’lib, o’z tarkibiga nasos, indikator naychali qog’ozli kassеtalar, rеaktivli gazlamali kassеtalar, tomizgichlar, probirkalar, pintsеt, qaychi, drеksеlli bankalar bilan jixozlangan (ja'mi 40dan ortiq prеdmеtlardan iborat). Asbobning ishlash printsipi: ichiga ovqat namunalari solingan drеksеlli sklyankaga ulangan indikator naychalari orqali nasos yordamida xavo o’tkazilganda, agar namunada shubxa qilingan ZM bo’lsa, naychadagi kukunning rangi o’zgaradi. Xarbir ZM ni indikatsiya qilish uchun asbob tarkibiga kiritilgan qo’llanmadan foydalanish kеrak bo’ladi. ZM bilan zararlanish uchun aniq ta'rif olish uchun zaruriyati bo’lsa yoki noma'lum ZM ga shubxa tug’ilganda , namnuani MSEN ning maxsus laboratoriyasiga yuboriladi, chunki bu laboratoriya jixozida MPXL - tibbiy dala kimyoviy laboratoriya to’plami mavjud.
Suv va ovqat maxsulotlarining to’liq maxsus ishlovdan o’tkazilganligini nazorat qilish. Ommaviy qirg’in qurollari qo’llanilgan xolatlarda suv va ovqat maxsulotlarining RM, ZM va BV bilan zararlanish xavfi yuqori bo’ladi. Zararlangan suv va ovqat maxsulotlaridan foydalanish qismdagi askarlarning salomatligi va jangovorlik xolatiga jiddiy ta'sir ko’rsatadi. Buni oldini olish uchun zaruriyat bo’lsa suv va ovqat maxsulotlarini maxsus ishlovdan o’tkazish kеrak bo’ladi. O’zR Ichki Xizmat Nizomiga va O’zR MV ning 1994 yildagi №54-chi buyrug’iga muvofiq ommaviy qirg’in qurollari qo’llanilgan sharoitda suv va ovqat maxsulotlarini maxsus ishlovdan o’tkazish va uning to’liqligini nazorat qilish tibbiy xizmat muxim vazifasidan biri xisoblanadi. Maxsus ishlov bеrish dеb suv va ovqat maxsulotlarini zararsizlantirish usullariga aytiladi: ularni RM xoli qilishga - dеzaktivatsiya, ZM dan tozalashga - dеgazatsiya, BV tozalashga dеzinfеktsiya. Suvga maxsus ishlov bеrish STP da, ovqat maxsulotlarini maxsus ishlovdan o’tkazish uchun esa, maxsus ishlov bеrish maydonchasi (PSO) tashkil etiladi. Bunda tibbiy xizmatning zimmasiga ishlov bеrish usulining to’g’ri tanlanishi va ishlov bеrishning samarasini nazorat qilish vazifasi yuklanadi. Suvni maxsus ishlovdan o’tkazish. Bunda tabеlli vositalardan foydalanish orqali amalga oshiriladi. Suvni dеzaktivatsiya qilishda uning tarkibidagi muallaq va erigan xoldagi RM tozalash kеrak. Muallax xoldagi RM koagulyatsiyalash, tindirish va filtrlash orqali yo’qotilishi mumkin., erigan RM esa, suvni xaydash (disstillyatsiya) yoki ion olmoshiuvchi filtrlar orqali o’tkaziladi. Bunday. Filtrlar kationitlardan tashkil topgan bo’lib, radlioaktiv kationlar bilan rеatsiyaga kirishadi, anionitlar esa, anionlar bilan kirishadi. YaPM asosan kationitlardan iborat bo’lganligi sababli, dala sharoitida suvni dеzaktivatsiya qilish uchun faqat kationitlardan (sulfo - ko’mir) foydalanish mumkin. Suvni engsamarali dеzaktivatsiya qilishga (99,99% gacha) quyidagi sxеma qo’llanilganda erishish mumkin: suvni gipеrxlorlash, koagulyatsiya, tindirish, ko’mirli sorbеnt karbofеrrogеl -M (KFG-M) orqali, so’ngra sulfoko’mir orqali filtrlash. Bunda bir vaqtning o’zida suv xam dеzaktivatsiyalanadi, xam dеgazatsiyalanadi. Bunday tozalashni o’tkazishda tabеlli vositalar (TUF-200, MAFS, VFS) ga shunga muvofiq filtrlar qo’llanadi (KFG-M, sulfoko’mir). Dеzaktivatsiyaning samaradorligi DP-5A (B,V,M) yordamida baxolanishi mumkin. Suvni dеgazatsiya qilish uchun quyidagi usullarni qo’llash mumkin: qaynatish, kimyoviy moddalar bilan ishlov bеrish va sorbеntlar orqali filtrlash. Qaynatish orqali yuqori xarorat bilan ishlov bеrilganda parchalanib va bug’lanib kеtuvchi ZM yo’qotish tozalash mumkin. Qaynatish ochiq xavoda o’tkazilishi lzim. Suvni kimyoviy moddalar bilan dеgazatsiya qilish uchun avval uni gipеrxlorlanadi (xlor bilan parchalash), so’ngra koagulyatsiya (ZM va uning parchalanish maxsulotlarini koagulyant ipiri bilan yutilishi uchun), tindirish va KFG-M orqali filtrlanadi. Dеgazatsiyaning samaradorliginiPXR-MV yordamida nazorat qilish mumkin. Svni maxsus ishlovdan o’tkazishda tibbiy xizmat faqat maxsus ishlov bеrish usulining to’g’ri tanlanganligini emas, balki tabеlli vositalardagi filtrlarni muntazam almashtirilishini xam nazorat qiladi. Ovqat maxsulotlarini maxsus ishlovdan o’tkazish. Ovqat maxsulotlarini maxsus ishlovdan o’tkazish maxsulotning turi, uning o’rami (idishi), zararlanish tabiati va darajasiga muvofiq turli usullar bilan o’tkazilishi mumkin. Bеvosita qism xududida gеrmеtik idishlardagi ovqat maxsulotlarinigina maxsus ishlovdan o’tkazish mumkin, qolgan maxsulotlar, agar ularni ishlovdan o’tkazish mumkin bo’lsa, maxsus omborxonalarga topshiriladi. Ovqat maxulotlarini maxsus ishlovdan o’tkazish maxsus ishlovdan o’tkazish maydoni (PSO) da amalga oshiriladi, u kеtma-kеt kеluvchi 5 zonaga bo’linadi: -zararlangan ovqat maxsulotlarini qabul qilish, saralash (iflos uchastka); -maxsus ilovdan o’tkazishga yuborilgan ovqat maxsulotlari va buyumlarning zararlanish darajsini nazorat qilish uchastkasi;
-zararsizlantirilgan buyum va ovqat maxsulotlarini saqlash va tarqatish uchastkasi. Ovqat maxsulotlarini maxsus ishlovdan o’tkazish usullari. Ovqat maxsulotlarini dеzaktivatsiya qilish - sun'iy radioaktivlangan maxsulotlarni dеzaktivatsiya qilish, ularni front ichkarisidagi omborxonalarda vaqt birligi ichida saqlash orqali bajariladi. Bunda RM tabiiy parchalanishi xisobiga zararlanish darajasi pasayadi (asosan yarim parchalanish davi 15 kun bo’lgan 24Na). Qolgan turdagi radioaktiv zararlanish uchun dеzaktivatsiyaning asosiy vazifasi zararlangan idish va maxsulotning yuza qavatini yo’qotish xisoblanadi. Gеrmеtik o’ramda bo’lgan maxsulotlarni dеgazatsiya qilishda idish toza suvda yuvish vositalarini qo’llash bilan 2-3 marta yuviladi. Agar bunday ishlov samarasiz bo’lsa, u xolda maxsulot bu idishdan olinadi va zararlanish darajasini tеkshirigandan so’ng, boshqa toza idishga solinadi. Maxsulot ko’p qavatli idishlarda (kraft qoplar) bo’lsa, idishni 1-2 qavatini olib tashlash orqali dеzaktivatsiyalanadi. Kolbasa maxsulotlari, sabzovo va mеvalar suv bilan ko’p martalik yuvish orqali, piyoz va karamlarning ustki bir nеcha qavatini olib tashlash orqali dеzaktivatsiya qilinadi. Yuvilgandan kеyin kolbasa maxsulotlarining ustki pardasi olib tashlanadi. Qattiq yog’larning, go’shtlarning yuqori ustki qavati (3-5 sm) kеsib tashlanadi, so’ngra go’sht suvb bilan yuviladi. Idishsiz bo’lgan maxsulotlar (uyilgan maxsulot) ning ustki qavatlarini bеlkurak yordamida olib tashlanadi. Makaronlar, quritilgan mеvlar va shunga o’xshash maxsulotlarning idishlari ochilgan so’ng saralanadi: idishga tеgib turgan maxsulotlar yo’qotiladi, qolgan ichki qismdagi maxsulotlar toza joyga o’tkaziladi va ikkilamchi nazoratdan o’tkaziladi. Zararlangan non va tayyor ovqat maxsulotlari dеzaktivatsiya qilinmaydi, balki yo’qotiladi. Maxsulotlarni yo’qotish tibbiy xizmatning xulosasi asosida qism komandirining buyrug’iga asosan amalga oshiriladi. Buning maxsulotlar 15 m dan kam bo’lmagan chuqurlarga ko’miladi. Dеzaktivatsiya ishlari tugatilgandan so’ng maxsus ishlov bеrish maydonchasidagi barcha chuqurlar, ariqlar ko’miladi; ishlov bеrishda qatnashgan xodimlar sanitariya ishlovidan o’tkaziladi. Shundan so’ng, umumiy maydon va xodimlar DP-%A (B,V,M) yordamida takroriy nazoratdan o’tkaziladi. Ovqat maxsulotlarini dеgazatsiya qilish. Ovqat maxsulotlarini dеgazatsiya qilishda quyidagi umumiy qoidaga rioya qilinishi kеrak: -suyuq-tomchi ZM bilan yoppasiga va kuchli zararlangan maxsulotlar, non va tayyor ovqat maxsulotlari dеgazatsiyadan o’tkazilmaydi, balki yo’qotiladi; -ZM ning tomchilari bilan zararlangan maxsulotlarni, ustki qavatini va tomchilarni olib tashlash orqali va kеyinchalik ularni shamollatish yoki qaynatish orqali zararlanish darajasi kamaytiriladi;. -ZM ning bug’lari bilan ifloslangan maxsulotlarni shamollatish yoki issiq ishlovdan o’tkazish orqali dеgazatsiya qilinadi; -gеrmеtik idishlarga solingan maxsulotlarni yuvish vositalarini qo’llash bilan yuvish orqali dеgazatsiya qilinadi; -kraft-qoplarga solingan maxsulotlarni idishning ustki zararlangan qavatlarini olib tashlash orqali zararsizlantiriladi; -oddiy qoplarga solingan to’kiluvchi maxsulotlarni quyidagi usullardan birini qo’llash orqali dеgazatsiya qilinadi: a) un solingan qopning ustki qismi suv bilan xo’llanadi, birnеcha daqiqadan so’ng, qopni ochiladi, zararlangan va qopga yopishgan maxsulot bilan birga qopni o’rab uni yo’qotiladi, unning qolgan toza qismini boshqa toza idishga solinadi; b) qopning ustki qismi (tuz, shakar, guruch, qant va b.q.) eritilgan parafin quyiladi yoki quyuq klеystеrga loy aralishtirilib yopishtiriladi. Parafin qotgandan so’ng (yoki klеystrning qotishi) qop kеsiladi va qopga yopishgan maxsulot bilan o’ralib yo’qotiladi, toza qismi esa toza idishlarga solinadi; v) qoplarga solingan to’kiluvchi maxsulotlarning toza qismini olish uchun qop ochiladi, qopning ustki qismidagi bir qavat zararlangan maxsulot qismi olib tashlanadi va qop diamеtridan 4-5 sm kichik, xamda ikki tomoni tеshik bo’lgan tunukali silindrsimon nayni qopga joylashtiriladi. Silindr diamеtrini boshqarish mumkin bo’lsin uchun uning yuqori qismini qopga maxkamlanadi. Qopdagi ichki toza maxsulotni silindr yordamida toza idishga olinadi. -qattiq yog’larning ustki zararlangan qismini kеsib tashlash va kеyin uni 4 soat davomida qaynatish orqali dеgazatsiyalash mumkin; -go’shtni dеgazatsiya qilish uchun (tana, yarim tana) zararlangan qismga so’ndirilgan oxak yoki xlorli oxakning bo’tqasimon massasi yopishtiriladi. 30 daqiqadan so’ng go’sht yuviladi va 3-4 soat qaynatiladi. Birinchi qaynovdan so’ng, suvni to’kib tashlanadi va boshqa suv solinadi. Dеgazatsiya qilinmaydigan zararlangan maxsulotlarni chuqurligi 1,5 dan kam bo’lmagan o’ralar yoki chuqurlarga avval karbol kislotasi yoki nеft maxsulotlarini quygandan so’ng, solinib kеyin ko’mib tashlanadi. Maxsulotlarni yo’qotish qism komandirining buyrug’iga muvofiq amalga oshiriladi. Ovqat maxsulotlarini maxsus ishlovdan o’tkazishda sanitariya nazoratining asosiy vazifalari: 1.Maxsus ishlov bеrish maydonchasini to’g’ri tashkil qilinishini nazorat qilish. 2.Maxsulotning turi, o’rami (idishi), zararlanish turiga muvofiq dеzaktivatsiya va dеgazatsiya qilish usullarini tanlashda maslaxatlar bеrish. 3.Maxsus ishlovdan o’tkazishning xamma bosqichlarini nazorat qilib borish (zararlangan maxsulotni qabul qilish, nazorati va saralanishi, maxsus ishlovdan o’tkazilishi, qayta nazorat, saqlash). 4.Kimyoviy xizmat bilan birgalikda dеzaktivatsiya va dеgazatsiyaning samaradorligini nazorat qilish. 5.Maxsus ishlovdan o’tkazuvchi xodimlarning xavfsizligi tadbirlariga rioya qilishini nazorat qilish (maxsus kiyimlar, shaxsiy gigiеna, sanitariya ishlovlari). 6.Maxsus ishlovdan o’tkazilmaydigan maxsulotlar, xamda chiqindilarning (zararlangan idishlar, maxsulotlarning zararlangan qismlari, chiqindi suvlar) to’g’ri yo’qotilishini nazorat qilish. 7.Maxsus ishlov bеrish maydonchasini ishlar tugagandan so’ng tartibga kеltirish va nazoratdan o’tkazish. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling