Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Azlarova, M. M. Abduraxmanova bank marketingi va


Bank marketingining tarkibiy qismlari


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet73/131
Sana03.06.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1842108
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   131
8.4.Bank marketingining tarkibiy qismlari 
 
Bank marketingi o‗ziga xos yondashuvga ega va iste‘molchilarga ta‘sir 
o‗tkazishga oid bo‗lgan keng doiradagi ishlarni o‗z ichiga oladi.
Banklararo 
raqobatda marketing xizmatini o‗rni beqiyosdir. Bank mahsulotining hayot davrini 
uzaytirishda marketing strategiyasini ishlab chiqish zarur. 
Marketing so‗zi inlizcha "market"- bozor so‗zidan olingan bo‗lib-bu bozorni 
tahlil qilish va istiqbolni aniqlash, bozordagi faoliyatning strategiyasi va taktikasini 
maxsus ishlab chiqarish orqali muayyan iste‘molchilarning talablarini qondirish va 
foyda olishga yo‗naltirilgan ishlab chiqarish hamda sotishni tashkil qilish tizimidir
14

Bank marketingining asosiy usullari sifatida quyidagilarni ko‗rsatish mumkin: 
mijoz bilan suhbat, faoliyat rentabelligini ta‘minlash, boshqa banklarga nisbatan 
mijozlarga xizmat ko‗rsatish sifatini yuqoriligini ta‘minlash, bank xodimlarining 
xizmat ko‗rsatishdan moddiy manfaatdorligi. Bank mijozlari munosabatlarga 
kirishishi nuqtai-nazardan bank marketingi aktiv va passiv marketingga bo‗linadi: 
Aktiv marketingga quyidagilar kiradi: to‗g‗ri marketing, ya‘ni pochta, telefon va 
televidenie orqali reklama qilish, mijoz bilan suhbat qilish, uning talablarini o‗rganish 
va boshqalar. 
Passiv marketing - ro‗znomalarda bank faoliyati va holati, ko‗rsatayotgan 
xizmatlari to‗g‗risida ma‘lumotlar chop etish. Yuqori natijalarga erishmoqchi bo‗lgan 
bank ham aktiv, ham passiv marketingdan foydalanishi lozim. 
Bank faoliyati jarayonida marketingning asosini uning bozor imkoniyatlarini 
tahlil qilish tashkil etadi, chunki banklar o‗z kredit kapitalining bozordagi o‗rnini 
aniqlash maqsadida marketing izlanishlari o‗tkazishi kerak bo‗ladi. 
14
1.Аакер Д., и др. Маркетинговие исследования, изд. 7-е. Пер. с англ. Под ред. С. Божук. СПб.: Питер, 2012. - 
848 с.


118 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling