Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Azlarova, M. M. Abduraxmanova bank marketingi va
Tijorat bankida ichki nazorat xizmati
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
8.6. Tijorat bankida ichki nazorat xizmati Ichki nazorat tizimining o‗z vakolatlari doirasida muvaffaqiyatli faoliyat yuritishini ichki nazorat xizmati xodimlarining oliy ma‘lumotga, professional malaka va ko‗nikmaga ega ekanligi, ichki nazorat oldiga qo‗yilgan vazifalarning samarali bajarilishi uchun yetarlicha shtat birligi bilan ta‘minlangani, uning faoliyati ichki nazorat xizmati to‗g‗risidagi nizomga asoslangani va bevosita bank kengashiga bo‗ysundirilgani, banklarda nazorat madaniyati va muhiti shakllantirilgani, ya‘ni oddiy xodimlardan tortib to rahbarlargacha ichki nazorat tizimining maqsadini tushunishi bilan izohlash mumkin. Ichki nazorat tizimi xodimlari: - tekshirilayotgan filial yoki boshqarma rahbarlari va vakolatli xodimlardan tekshirishlarni o‗tkazish uchun zarur hujjatlarni talab qilib olish, jumladan, filial yoki boshqarma boshlig‗ining buyruq va farmoyishlari, buxgalteriya, hisob va hisobot, pul-to‗lov hamda kompyuter ta‘minotiga daxldor hujjatlarni so‗rab olish va ular bilan bevosita tanishish; - bank xodimlari amalga oshiradigan xatti-harakatlar va operatsiyalar qonunchilikka, Markaziy bank talablari va bank ichki hujjatlariga mos kelishini aniqlash, qabul qilingan qarorlar va ularning ijrosini, oldi-sotdi bitimlari va boshqa protseduralar (ya‘ni, operatsiyalarni amalga oshirishda yuzaga kelishi mumkin bo‗lgan xato va chalkashliklarni aniqlash va tuzatishga yo‗naltirilgan usullar)ning bank siyosatiga mos ravishda o‗tkazilayotgani, bank faoliyatining risklari va 125 moliyaviy ahvoli tahlili natijalarini aniqlash; - ichki nazoratga yuklangan vazifalarni bajarish uchun o‗rni kelganda boshqa bo‗linmalar xodimlarini jalb etish; - tekshirilayotgan filial yoki boshqarma boshlig‗i yoki vakili bilan birgalikda hujjatlar, naqd pul va boshqa qimmatliklar, ma‘lumotlarni kompyuterda qayta ishlash va saqlash xonalariga kirish; - bank ijrochi rahbarlari ruxsati bilan o‗zlari mustaqil yoki tekshirilayotgan filial yoki boshqarma xodimi yordamida hujjatlardan, fayllardan nusxa ko‗chirib olish kabi huquqlarga egadirlar. Ayni paytda ularning zimmasiga nihoyatda mas‘uliyatli vazifalar ham yuklatilgan. Bular: - bank faoliyatidagi risklar va operasion risklarni, bankning joriy moliyaviy ahvolini doimiy monitoring qilib boradilar; - bank filiallari va boshqarmalari faoliyati qonunchilik, me‘yoriy yo‗l-yo‗riqlar va ichki hujjatlarga mos kelishini muntazam ravishda tekshiruvdan o‗tkazib boradilar; - bank xodimlarining qarorlar qabul qilishda o‗rnatilgan protseduralar, vazifalari va vakolatlari doirasida harakat qilishini doimiy nazorat qilib boradilar; - mustaqil yoki boshqa idoralar va bank rahbarlari bilan birgalikda bank xodimlarining qonunchilik, me‘yoriy va ichki hujjatlarga rioya qilinmagani fakti bo‗yicha tekshiruvlar o‗tkazadilar; - aniqlangan kamchiliklarni tuzatish bo‗yicha yo‗l-yo‗riq va tavsiyalar beradilar hamda ularning bajarilishi ustidan nazorat o‗rnatadilar; - o‗tkazilgan har bir tekshirishni to‗liq hujjatlashtiradilar va tekshirish natijalari bo‗yicha o‗rganilgan barcha masalalar - aniqlangan kamchiliklar va chalkashliklar, ularni tuzatish bo‗yicha tavsiyalar, shuningdek, kamchiliklarga yo‗l qo‗ygan xodimlarga nisbatan tegishli intizomiy choralarni qo‗llash masalalari aks etgan xulosalarni rasmiylashtiradilar; - bank rahbarlari va tegishli filial yoki boshqarma boshliqlariga aniqlangan kamchiliklarni tuzatish choralarini ko‗rish uchun, shuningdek, bank ayrim xodimlarining faoliyatini tahlil qilib borish maqsadida tekshirish natijalari bo‗yicha xulosa taqdim etadilar; - paydo bo‗lgan barcha risklar haqida, bank xodimlarining qonunchilik, me‘yoriy hujjatlar va ichki farmoyishlarga zid xatti-harakati xususida, shuningdek, tekshirilayotgan bank filiali yoki boshqarmasi rahbarlarining yo‗l qo‗yilgan kamchiliklarni tuzatish maqsadida belgilagan tadbirlari va ularning natijalari bilan bank rahbariyatini zudlik bilan xabardor etib boradilar. Mamlakatimiz yetakchi tijorat banklarining ichki nazorat xizmati faoliyati tahlili ko‗rsatishicha, ichki nazorat xizmati shunchaki tuzilganini emas, balki bank faoliyatidagi risklarga muqobil bo‗lgan samarali ichki nazorat tizimi shakllantirilishiga e‘tibor berilayotganidan guvohlik beradi. Natijada ichki nazorat tizimi bankning kundalik faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish bo‗yicha boshqaruv mexanizmiga aylangan. Eng muhimi, banklarda rahbarlarning e‘tibori barcha bo‗g‗indagi xodimlar professional axloqiy-huquqiy me‘yorlarga rioya etishi 126 lozim bo‗lgan nazorat muhiti yaratilishiga qaratilgan. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling