Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Azlarova, M. M. Abduraxmanova bank marketingi va
-jadval Zamonaviy adabiyotlarda «Operatsiya» va «Xizmat» tushunchalarining
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9.2.Bank mahsuloti turlari va uning o„ziga xos xususiyatlari
12 -jadval
Zamonaviy adabiyotlarda «Operatsiya» va «Xizmat» tushunchalarining farqlanishi 15 Xizmat Operatsiya - Boshqaga foyda keltiradigan harakat - Nafaqalar va boshqa ijtimoiy yordamlar - Moddiy tabiatni o‗zgarishi bilan bevosita bog‗liq bo‗lmagan mehnatning barcha turlari. Bu narsalar iste‘moliga xizmat ko‗rsatish vositasida aholining har xil individual talablarini qondirishga qaratilgan mehnat turlari - Yangidan mavjud bo‗lmagan mahsulot yaratilmaydigan, lekin mavjud mahsulot sifati o‗zgaradigan jarayonni amalga oshiruvchi ishlar, faoliyat turlari. Bu ashyolar ko‗rinishida emas, balki faoliyat xizmatlar ko‗rinishida taklif etiluvchi ne‘matdir. - O‗zi kabilar bilan bir qatorda alohida harakat. - Bir maqsadda birlashtirilgan harakatlar majmui. - Mijozlar hisobidan va topshirig‗iga asosan bajariladigan huquqiy, komission operatsiyalar. - Pul mablag‗larini jalb qilish va joylashtirish operatsiyalari. - Bir iqtisodiy masalani yechishga qaratilgan o‗zaro bog‗liq bo‗lgan bank faoliyati. - Ko‗zlangan maqsadni amalga oshirish bilan bog‗liq harakat. 12 -jadval ma‘lumotlaridan ko‗rinadiki, bank xizmatlari va operatsiyalari 15 Lending / Chartered Institute of Bankers. - London: BPP Publishing, 2003. ISBN 0-7517-1015-6 132 o‗rtasidagi farq asosan uning foyda olish va o‗z mavqeini yanada mustahkamlashga qaratilgan. 9.2.Bank mahsuloti turlari va uning o„ziga xos xususiyatlari Tijorat banklari xizmatlarini ularning iqtisodiy mazmuniga va ko‗zlangan maqsadga ko‗ra ikki yirik guruhga bo‗lish mumkin: 1. Ma‘lum darajada bankning likvidliligini saqlab turish uchun bajariladigan xizmatlar. 2. Daromad olish maqsadida bajariladigan xizmatlar. Ushbu ikki xizmatlar guruhi o‗rtasida ma‘lum nisbat mavjud bo‗lib, ular bank faoliyatini sifat jihatdan ma‘lum darajada ta‘minlab turish imkonini beradi. Bank likvidligini ta‘minlash maqsadida bajariladigan xizmatlarning ba‘zi birlari bankka daromad keltirsada, ular mavjudligini sababi bank umumiy likvidligini ma‘lum darajada ushlab turishdan iboratdir. Xalqaro bank amaliyotida tijorat banklari tomonidan ko‗rsatilayotgan xizmatlarning 600 dan ortiq turi mavjud. O‗zbekiston Respublikasi tijorat banklari tomonidan mijozlarga 50 dan ortiq bank xizmat turlari taklif etiladi. Banklarimiz taklif etilayotgan xizmatlar bo‗yicha to‗lovlar mustaqil belgilanadi va ular xilma- xildir. Odatda, tijorat banklarini ko‗rsatadigan xizmatlarining turlari bo‗yicha quyidagilar kiradi: - iqtisodiyotning real sektorini kreditlash, jismoniy shaxslarni kreditlash; - iqtisodiyotdagi bo‗sh pul mablag‗larini depozitlarga jalb qilish; - davlat qimmatli qog‗ozlari bilan amalga oshiriladigan xizmatlar; - korxona va tashkilotlarning qimmatli qog‗ozlari bilan oshiriladigan xizmatlar; - milliy va xalqaro valyuta bozorlaridagi xizmatlar, mijozlarga hisob-kitob va kassa xizmati ko‗rsatish; - tijorat banklarining trast xizmatlari; - banklarning konsalting xizmatlari; - lizing, faktoring, forfeyting xizmatlari. Tijorat banklarining asosiy funksiyalaridan biri iqtisodiyot tarmoqlarini kreditga bo‗lgan talabini qondirish va shu orqali yuqori daromad olishdan iborat. Banklarning an‘anaviy mahsulotlaridan biri, kredit xizmatlari tijorat banklari aktivlarining asosiy qismini tashkil etadi. Banklarning qimmatli qog‗ozlar bilan investision operatsiyalari, davlat va korpotiv qimmatli qog‗olzlar bilan bog‗liq operatsiyalarni amalga oshiradi. Shuningdek, fond bozorida qimmatli qog‗ozlarni joylashtirish, ularga investisiyalar kiritish va emitent va investorlar o‗rtasida vositachilikni amalga oshirishi mumkin. Bundan tashqari tijorat banklari tomonidan xalqaro munosabatlariga kirishuvchi mijozlariga eksport-import operatsiyalarini amalga oshiradi. Bank xizmatlarini turli mezonlar bo‗yicha tasniflash mumkin: Jumladan: a) mijozlar ehtiyojlarini qondirishga yo‗naltirilishi jihatidan: - to‗g‗ri xizmatlar (direct dervices), bevosita mijozlarning jhtiyojlarini 133 qondiradi masalan, to‗lovlarni o‗tkazish, hisobvaraq ochish, investision xizmatlar; - bilvosita xizmatlari (related services), mijozlarga taqdim etilishi bilan ularga qulaylik tug‗diradigan va foydali bank xizmatlari bo‗lib, ularga (kliringovie xizmatlari, xom banking, konsultasion xizmatlar, plastik kartochkalar), Nazariy jihatdan murakkablik darajasi bo‗yicha bank xizmatlari va mahsulotlarini quyidagi darajalarga bo‗lish mumkin: 1- darajali mahsulotlar va xizmatlar – ko‗pchilik iste‘mol qiluvchi va foydalanuvchi bank xizmatlari ( kreditlash, depozitlar jalb qilish, kliring xizmatlari va boshqalar), 2- darajali mahsulotlar va xizmatlar – maxsus tayorgarlikka ega bank xodimlarini talab qiluvchi xizmatlar (aktivlarni boshqarish, investision xizmatlar); 3- darajali mahsulotlar va xizmatlar, professional bilimlar va tajribani talab qiluvchi xizmatlar bo‗lib, ularga korporativ moliya, turli aktivlarni boshqarish. 4 - darajali mahsulotlar va xizmatlar, moliyani rejalashtirish, moliya injeneriyasi sohasidagi maxsus bilimlarni talab qiluvchi xizmatlar hisoblanadi. Bank xizmatlari bozori – mijozlar talabini qondirishga qaratilgan bank xizmatiga bo‗lgan talab va taklifning shakllanish sohasi. Bank xizmatlari bozorini joylashuvi bo‗yicha: - Mahalliy bank xizmatlari bozori; ma‘lum bir viloyat, tuman yoki hudud ichidagi xizmatlar bozori tushuniladi. - milliy bank xizmatlari bozori; bu alohida olingan mamlakat xududida tashkil qilingan va amal qiladigan bozordir. - xalqaro bank xizmatlari bozori, ya‘ni turli davlatlar o‗rtasida yoki ular tomonidan tashkil qilingan turli bozorlar tushuniladi. Bundan tashqari bank xizmatlari bozorini xizmatlar ko‗rsatish ko‗lamiga qarab 2 turga bo‗lgan holda: - chakana bank xizmatlari bozori; - ulgurji bank xizmatlari bozori kabi turlarga ajaratish mumkin. Bozor iqtisodiyoti qonunlaridan asosiysi shundan iboratki baho har doim bozordagi talab va taklif natijasida aniqlanadi. Shunday ekan, bank xizmatlari bozorida, ko‗rsatiladigan xizmatlar, operatsiyalar va bank mahsulotlarining bahosi, mijozlar tomonidan ularga bo‗lgan talab, hamda xizmatlar taklifining sifati, tezkorligi kabi omillar ta‘siri orqali aniqlanadi. Bank xizmatlari bozorini mijozlarni yuridik maqomi jihatidan 2 ga bo‗lishi mumkin: 1. Yuridik shaxslarga ko‗rsatiladigan chakana bank xizmatlari; 2. Jismoniy shaxslarga ko‗rsatiladigan chakana bank (riteyl) xizmatlari. Shuni ta‘kidlash mumkinki, internet paydo bo‗lishi bilan mijozlarga xizmat ko‗rsatish sifati va moliyaviy operatsiyalar o‗tkazishning yangi standartlari bilan ajralib turuvchi bank xizmatlari bozori shakllandi. Bunda elektron pullarni joriy etish, intelektual dastur ta‘minoti rivoji va tarmoq texnologiyalarini takomillashtirish, ular rivojlanishining istiqbolli yo‗nalishlaridan hisoblanadi. Turli ma‘lumotlar bazasiga elektron kirish ichki va tashqi iqtisodiy va analitik ma‘lumotlarni tahlil qilish, mablag‗larni investisiyalash, qimmatli qog‗ozlarni sotib olish qarorini qabul qilish 134 uchun ularni akkumulatsiya qilish imkonini beradi. Mijoz qarzi va mulki hamda uning qiymati bahosini o‗zida namoyon etuvchi «mulkiy schyotlar»ning kiritilishi kelajak yo‗nalishlardan bo‗lib qoldi. Mijoz va bank kompyuter tarmog‗ining ulanishi hisobvaraq egasining hisobvaraq holatini nazorat qilish va operatsiyalar o‗tkazilishini markazlashtirish imkonini beradi. Hozirgi vaqtda YeI mamlakatlarining 10 mln.dan ortiq mijozlari internet orqali bank xizmatlaridan foydalanishi va ular sonini tobora ortib borishi elektron xizmatlar yutuqlaridan dalolat beradi. Bu yil 50 ta yirik G‗arbiy Yevropa banklarining 45 foizi o‗z xizmatlarini internetda taklif qilish imkoniyatlariga egadirlar. Xorij bank xizmatlari bozorining to‗lovlar va banklararo hisob-kitoblarni tashkil etish sohalaridagi raqobatbardosh xususiyatlari bo‗lib, o‗tkazishlarining operativliligi va tezkorligi, informasion ta‘minlanganligi, yuqori darajada avtomatlashtirilganligi keng muxbirlik aloqalariga ega bo‗lgan tarmoqlarning mavjudligi, hamda aniq vaqt tartibida bank hisobvaraqlarini boshqarish imkonini mavjudligi hisoblanadi. Tijorat xizmatlarining namunaviy portfeli vakillik munosabatlar, risklarni boshqarish, mijozlarning tashqi iqtisodiy faoliyatiga xizmat ko‗rsatish sohalarida vakil banklar hisobidagi mablag‗lar qoldig‗i tufayli universal banklarni bank xizmatlari bozorida yuqori mavqeni egallashlariga va daromadini oshirishga imkon berishi aniqlandi. Banklarning vakillik munosabatlar sohasidagi xizmatlarning taxminiy majmui quyidagilarni o‗z ichiga oladi: - xorijiy hamkorlar bilan hisob–kitoblarni vakillik hisobvaraqlar va TMBlar filiallari orqali amalga oshirish; - mijoz hisob-raqamlarida mablag‗larni investisiyalash jarayonida pul bozorining qiska muddatli instrumentlari yordamida xizmat ko‗rsatish; - mijozlar hujjatli majburiyatlari yoki bitimlar bo‗yicha kontragentlar to‗lovlari qabul qilishda risklarni tahlil qilish. Mijoz risklarini boshqarish bo‗yicha bank xizmatlarini bank faoliyatining alohida turi sifatida ajratuvchi xorijiy banklar tajribasi ilmiy-amaliy qiziqish uyg‗otadi. Bunda risk tushunchasi deganda mijozning bitimni amalga oshirishiga turli omillar ta‘siri, uning moliyaviy, iqtisodiy holati tufayli kontragent o‗zining to‗lovlar, kreditlar va shartnoma bo‗yicha majburiyatlarini bajarmasligi tushuniladi. Ushbu holatda bank xizmati ishtirokchilarining o‗z majburiyatlarini bajara olish salohiyatini tahlil qilish va ma‘lum bir to‗lov evaziga mijoz riskining bir qismini o‗z zimmasiga olish imkonini baholashdan iborat bo‗ladi. Risklarni baholash – foyda olish va bitimni oxiriga yetkazish uchun korporativ mijozlarga ma‘qul shart-sharoitlarni yaratish kabi taklif qilinayotgan bank xizmatlarining turliligidir 16 . Banklarning korporativ mijozlarga risklarni boshqarish sohasida ko‗rsatuvchi xizmatlari kontragentlar tomonidan moliyaviy, valyuta, to‗lov va shartnoma majburiyatlarini bajarmasliklarini oldini olish imkoniyatlarini tahlil qilish nuqtai nazaridan bo‗lishi mumkin. Ular bizning nazarimizda quyidagilardan iborat: - mamlakat makroiqtisodiy ko‗rsatkichlari tahlili, alohida mamlakatlar, mintaqalar, tijorat banklari, moliya institutlari uchun kredit, valyuta va siyosiy risklar 16 Роуз П.С. Банковский менеджмент. Пер. с англ. – Москва: 2003. с-17. 135 limitini belgilash va boshqarish; - turli mamlakatlar banklari va moliyaviy institutlari bilan hamkorlik qilish bo‗yicha mijozlarga konsalting xizmatini ko‗rsatish; - bank tomonidan mijozlarning tashqi iqtisodiy bitimlariga oid valyuta, kredit, to‗lov, siyosiy va boshqa risklarni trattalarini akseptlash yoki avol, akkreditivlarni tasdiqlash va kafolatlar berish yo‗li bilan sug‗urtalash. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling