Xalqaro turizm fakulteti


Download 25.71 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi25.71 Kb.
#1509260
Bog'liq
1-Mustaqil ish Saparbayev Tohirbek


O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta Maxsus Ta'lim Vazirligi
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Xalqaro turizm fakulteti

MUSTAQIL ISH
Mavzu: Ilmiy ishlanmalarni tijoratlashning asosiy muammolari

Bajardi: Saparbayev Tohirjon
Guruh: TL-82
Tekshirdi: Xashimova.Sh

Ilmiy - innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish boʼlimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 7 may 2018 yildagi 3698-sonli “Iqtisodiyot sohalariga innovatsiyalar mexanizmlarini joriy etishni takomillashtirish boʼyicha qoʼshimcha chora - tadbirlar toʼgʼrisida”gi qarori, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 5 iyuldagi «Oliy taʼlim muassasalarida ilmiy - innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish toʼgʼrisida» 594-sonli buyrugʼi ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand Davlat tibbiyot universitetining 2018 yil 9 iyuldagi buyrug’iga asosan tashkil qilingan. Boʼlimning faoliyati O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʼzbekiston Respublikasining boshqa davlat boshqaruv organlari buyruqlari va meʼyoriy hujjatlari bilan intellektual sohani muhofaza qilish hamda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro bitimlari bilan, universitet rektorining buyruq va farmoyishlari bilan oʼz Nizomi va boshqa meʼyoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi.Ilmiy innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limining maqsad va vazifalari:
Tijoratlashtirish boʼlimi universitet huquqiga tegishli boʼlgan ilmiy-innovatsion ishlanmalarni hamda ilmiy-tadqiqot faoliyat natijalarini (keyingi oʼrinlarda - ITF) tijoratlashtirishni taʼminlash maqsadida tashkil etiladi.Bozorni tizimli tahlil qilish va innovatsion mahsulotga bo‘lgan ehtiyojni (ish, xizmatlar) o‘rganish, innovatsion mahsulotlarni tijoratlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan rentabellikni baholash; tijoratlashtirishga va amaliyotga tadbiq etishga tayyor loyihalarni saralash; innovatsion loyihalarni amalga oshirishga investorlar, hamkorlar va boshqa manfaatdor shaxslarni jalb etish; yangi texnologiyalarni joriy etish va innovatsion mahsulot ishlab chiqarish maqsadida sanoat korxonalari bilan hamkorlik qilish.ilmiy-innovatsion ishlanmalarni hamda ITF natijalarini tijoratlashtirish maqsadida tinglovchilar uchun mavzuli malaka oshirish kurslarini tashkil etish;Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:
innovatsion mahsulot (ish, xizmat)larga bo‘lgan talabni o‘rganish maqsadida tizimli ravishda so‘rovnomalar o‘tkazish;
yuridik amaliyotda mavjud bo‘lgan maummo va qiyinchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha dolzarb yo‘nalish va vazifalarni inobatga olgan holda ilmiy-innovatsion ishlanmalarni yaratish va tijoratlashtirish;
istiqbolli startap-loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha iqtisodiy va marketing tadqiqotlarni o‘tkazish;
biznes-reja hamda texnik topshiriqlarni ishlab chiqishga topshiriq va buyurtmalar berish.
Hozirgi kunda universitet tomonidan 17 turdagi yuridik xizmatlar ko‘rsatiladi.2018-yilda davomida jami 12 ta xo‘jalik shartnomasidan 11,08 mln. so‘m, 2019-yilda davomida jami 22 ta shartnomadan 83,3 mln. so‘m, 2020-yil davomida esa 92,1 mln. so‘m tushum ta’minlangan.Bundan tashqari, 2021–2022-yillarda Yevropa Ittifoqining Erasmus+ loyihasi doirasida Polshaning Gdansk universiteti (10 000 AQSh dollari), Turkiyaning Yildirim Boyazid universiteti (10 000 AQSh dollari) va 2022-yilda Shvetsiyaning Lund universiteti (20 000 AQSh dollari) bilan almashinuv dasturlari amalga oshirilmoqda.Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) loyihalari doirasida 2020–2022-yillarda xorijdan volontyorlar ta'lim jarayoniga jalb etilmoqda (loyiha qiymati 50 000 AQSh dollari).Tijoratlashtirish bo‘limi Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetiga xuquqiy asosda tegishli bo‘lgan ilmiy-tadqiqot natijalarini va ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirishni ta’minlash maqsadida tashkil etiladi.Tijoratlashtirish bo‘limi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
bozorni tizimli tahlil qilish va innovatsion mahsulotlarga (ishlarga, xizmatlarga) talabni o‘rganish, o‘zini oqlash muddatini, rentabellikni va innovatsion mahsulotlarni tijoratlashtirish bilan bog‘liq risklarni baholash;
tadbiq qilishga tayyor va yuqori tijoratlashtirish salohiyatiga ega innovatsion loyihalarni tanlash va tijoratlashtirishni amalga oshirish;
innovatsion loyihalarni tijoratlashtirish uchun investorlar, hamkorlar va boshqa qiziqish bildirgan shaxslarni jalb qilish;
yangi texnologiyalarni joriy qilish va innovatsion maxsulot ishlab chiqarish maqsadida sanoat korxonalari bilan hamkorlik o‘rnatish.
Bir qator mamlakatlarda ilmiy tadqiqotlar va intellectual mulk obyektlarini tijoratlashtirish uchun (AQSh, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Indoneziya) universitetlar va ilmiy-tadqiqot markazlari huzurida texnologiyalarni litsenziyalash byurosi tashkil etilgan. Intellektual mulk obyektlarini tijoratlashtirishning jahon amaliyotida keng tarqalgan shakli litsenziya shartnomasi hisoblanadi. Patentlangan ixtirolar va sanoat namunalari, ro'yhatdan o'tgan savdo belgilari va xizmat ko'rsatish belgilari, integral mikrosxemalar topologiyasi, seleksiya yutuqlari, kompyuter dasturlari, nou-xau va ilmiy-texnik xujjatlar ko'p hollarda sotib olish va sotish obyektlari sifatida ishlatiladi.Litsenziyalash savdo bozori juda jadal rivojlanmoqda va uning o'sish sur'ati boshqa tovarlarni sotishning o'sish sur'atlaridan ancha yuqori. Dunyoda litsenziyalash savdo aylanmasi 1990 yilda 55,7 milliard dollardan 2012 yilda 375 milliard dollarga o’sganligi yillik o'sish sur'ati 10-12% yoki undan ortiqligini yaqqol ko’rsatib turmoqda. Litsenziya shartnomasi sotuvchi (litsenziar) va xaridor (litsenziat) uchun iqtisodiy jihatdan foydali ishdir.Litsenziar uchun quyidagi imkoniyatlarni beradi:
tashkilotga kapital qo'yilmalarsiz foyda olish yoki o'z ishlab chiqarishni kengaytirish;
xarajatlarni qoplash muddatini qisqartirish;
xalqaro savdo bozorlariga hech qanday qiyinchiliklar va xarajatlarsiz kirish (yuqori bojxona to'lovlarisiz);
litsenziatni o'z ilmiy bazasiga bog'lashni amalga oshirish va litsenziya obyektini takomillashtirish uchun litsenziat salohiyatidan foydalanish. Litsenziat uchun bu:
eng yangi ilmiy-texnik ishlanmalar va ixtirolarni qo'llash imkoniyati;
ushbu sohada investitsiyalarni tejash;
yangi raqobatbardosh mahsulotlar bilan bozorga chiqish vaqtini qisqartirish;
bozorda ma'lum bo'lgan ishlab chiqarish xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirish.
Milliy qonunchiligimizga asoslanadigan bo’lsak, Intellektual mulk obyektlarini tijoratlashtirishning asosiy yo‘llaridan biri bo‘lib litsenziya shartnomasining tuzilishi hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 1036-moddasida, ushbu moddada intellektual faoliyatda mutlaq huquqni amal qilish davrida boshqa shaxsga berishni nazarda tutuvchi shartnomaga nisbatan litsenziya shartnomasi to‘g‘risidagi qoidalar qo‘llanilishi keltirib o‘tilganligini ko’rish mumkin. Unga ko‘ra litsenziya shartnomasi bo‘yicha intellektual faoliyat natijasi yoki xususiy alomatlarni aks ettiruvchi vositaga nisbatan mutlaq huquqga ega bo‘lgan taraf (litsenziar) boshqa tarafga(litsenziatga) tegishli intellektual mulk obyektidan foydalanishga ruxsat beradi. Litsenziya shartnomasining predmeti huquqiy muhofaza ostidagi ijodiy faoliyat natijasi (fan, adabiyot, san’t asarlari, kompyuter dasturlari, ixtiro foydali model, sanoat namunasi va h.k.) yoki xususiy alomatlarni aks ettiruvchi vosita (firma nomi, tovar, xizmat) belgisi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 1109-moddasi 3-qismiga binan asosan tovar chiqarilgan joy nomidan foydalanish huquqi litsenziya shartnomasi predmeti bo‘la olmasligi keltirib o‘tilgan. Shartnomada qatnashuvchi taraf-intellektual mulk obyektiga nisbatan mutlaq huquqi sohibi-litsenziar hisoblanadi. Mutlaq huquq egasining huquqlarini qonuniy asosga ko‘ra vujudga kelgan yoki vakolatli davlat idorasi bergan huquqiy muhofaza yorlig’i bilan guvohlantirilgan bo‘lishi kerak. Litsenziya shartnomasida beriladigan huquqlarning, foydalanish chegaralari va muddatlari aniq belgilab qo‘yilishi lozim.Litsenziya shartnomasi haq baravariga tuziladigan shartnoma hisoblanadi. Odatda litsenziya shartnomasi bo‘yicha haq to‘lashda ikki xil haq to‘lash shakli keng qo‘llaniladi. Bular, bir vaqtning o‘zida haqning hammasini to‘llash (paushal to‘lov) va litsenziya asosida ishlab chiqarilgan mahsulot yoki sotilgan tovardan olingan daromadlardan hissa ajratib berib turish(royatli). Ba’zan bu ikkala shakl ham birgalikda qo‘llanilishi mumkin. Bunda dastlab kafolatlangan qat’iy miqdorda haq to‘lab, keyinchalik har belgilangan davrda foydadan ulush ajratish mumkin. Ba’zi hollarda haq natura shaklida ham olinishi mumkin. To‘lovning qaysi usulda to‘lanishi taraflar kelishuvi asosida belgilanadi.Kundan-kunga fan-texnika taraqqiyotining jadallashib borayotganligi hech kimga sir emas. Аmaliyot natijalariga koʼra, hozirda ixtiroga patent olish jarayoni oʼrtacha 3,5-4 yilni tashkil etmoqda. Ilmiy-ijodiy tadqiqot natijalarini roʼyhatdan oʼtkazishning muddatlarining uzoq davom etishi birinchidan, ixtirochining ishlanma yoki qurilmasini yangiligi darajasining pasayishi yoki ahamiyatining yoʼqolishiga, ikkinchidan tadqiqotchi-olimlarning oʼzlari tomonidan yaratilgan intellektual mulk natijalarini patent bilan muhofazalash jarayoniga eʼtiborning sustlashishiga, uchinchidan esa ixtirochilik yoki yaratuvchanlik xohishining pasayishiga, bu esa oʼz navbatida sanoat yoki xizmat koʼrsatish sohasida raqobat muhitining yoʼqolishiga olib kelishi mumkin. Shu sababli ham patent olish jarayoniga tezkor ekspertiza tartibi va autsorsing usullari qoʼllanilishi ixtirochilarning ruhan qoʼllab-quvvatlash bilan birga, ularning oʼz tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish jarayoniga tezroq joriy etilishi hamda mamlakatimiz ilm-fanini amaliyot bilan bogʼliq koʼrsatkichlarini oshirishda muhim oʼrin tutadi.Ixtirolarni tijoratlashtirish masalasidan oldin, dastlab ixtiroga qo’yiladigan talablar va uning tavsifini aniqlashtirib olishimiz lozim. O’zbekiston Respublikasining “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunlari to’g’risida”gi qonuning 6-moddasida ixtiroga quyidagicha ta’rif beriladi: Agar ixtiro sifatida ko‘rsatilgan obyekt yangi, ixtirolik darajasiga ega va uni sanoatda qo‘llash mumkin bo‘lsa, u huquqiy muhofaza qilinadi. Agar ixtiro texnika taraqqiyoti darajasidan ma’lum bo‘lmasa, u yangi deb hisoblanadi.Agar ixtiro texnika taraqqiyoti darajasi haqidagi ma’lumotlardan yaqqol ayon bo‘lmasa, u ixtirolik darajasiga ega bo‘ladi. Texnika taraqqiyoti darajasi ixtiro ustuvorligi sanasiga qadar jahonda ommaga oshkor bo‘lgan har qanday ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Ixtironing yangiligini aniqlash chog‘ida birmuncha oldin ustuvorlikka ega bo‘lgan holda topshirilgan va chaqirib olinmagan patent berish haqidagi talabnomalar ham hisobga olinadi. Agar ixtirodan sanoat, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalarda foydalanish mumkin bo‘lsa, u sanoatda qo‘llash mumkin deb hisoblanadi. Ixtiroga taalluqli axborotning muallif, talabnoma beruvchi yoki ulardan bevosita yoxud bilvosita shu axborotni olgan har qanday shaxs tomonidan ommaviy tarzda oshkor etilishi, agar ixtiroga patent berish haqidagi talabnoma axborot oshkor etilgan sanadan e’tiboran ko‘pi bilan olti oy ichida Agentlikka topshirilgan bo‘lsa, ixtironing patentga layoqatliligini tan olishga ta’sir ko‘rsatadigan holat sifatida e’tirof etilmaydi. Bunda ushbu holni isbotlab berish vazifasi muallif, talabnoma beruvchi zimmasida bo‘ladi. Har qanday sohada:
mahsulotga (xususan, qurilma, modda, mikroorganizm shtammi, o‘simliklar yoki hayvonlar hujayralarining turlariga);
usulga (moddiy vositalar yordamida moddiy obyekt ustida xatti-harakatlarni amalga oshirish jarayoniga) taalluqli bo‘lgan texnik yechim ixtiro sifatida e’tirof etiladi.Ixtirolarni tijoratlashning bir necha usullari mavjud bo’lib, ular quyidagilardan iborat:
ixtiroga asoslangan mahsulotni ishlab chiqarishni va marketingni boshlash,
ixtirodagi huquqlarni litsenziyalashga,
patent huquqlarini sotish[9, C.5-7].Qaysi yo'lni tanlash qarori turli omillarga bog'liq bo'ladi, ular orasida xarajatlar va foyda tahlili ko'pincha hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'ladi.Ixtiro keltirishi mumkin bo'lgan daromad uning rivojlanishi va marketingi uchun qilingan investitsiyalarga bevosita bog'liq bo'ladi:
* ixtirochi uchun eng yuqori daromad (yoki foyda) ixtiro asosida o'z ishlab chiqarishini boshlashga qaror qilganda kutilishi mumkin, ammo bu yondashuv eng katta sarmoyani ham talab qiladi;
* ixtirochi uchun foyda, uning ixtirosini rivojlantirishning dastlabki bosqichida litsenziya berish yoki hatto patent huquqlarini sotishga qaror qilganda ancha past bo'ladi. Bugungi kunda intellektual mulk bilan bogʼliq koʼrsatkichlar investitsion jozibadorlikni oshirishning hamda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni mustahkamlashning eng muhim mezonlaridan biriga aylanib ulgurgan. Maʼlumki, intellektual mulk obyektlari nomoddiy aktivlar hisoblanib, bugungi kunda uning ijtimoiy hayotimizda tutgan oʼrni katta ahamiyatga ega. Birgina, 2020 yilda butun dunyoni oʼz doirasiga qamrab olgan Covid-19 pandemiyasi jarayonida ham intellektual mulk obyektlarini naqadar inson hayotining ajralmas qismiga aylanib ulgurganini koʼrish mumkin. Statistik maʼlumotlarga koʼra, nomoddiy aktivlar ulushi 1975 yilda 17 foizni tashkil yetgan boʼlsa, 2020 yilda esa 90 foizga koʼtarilib, ularning taxminiy qiymati 21 trillion АQSh dollarini tashkil etmoqda. Shunga koʼra, oʼz-oʼzidan intellektual mulk obyektlari muhofazasini taʼminlash va shuning barobarida ularni tijoratlashtirish jarayoniga keng tatbiq etish katta ahamiyatga ega. Koʼplab iqtisodiy taraqqiy etgan mamlakatlar davlat siyosatining asosiy jihati aynan intellektual mulk va uning negizida moliyaviy samaradorlik keltirayotgan jihatlarga qaratilganligi ham shundan dalolat beradi.Xususan, joriy yil 28 yanvar sanasida qabul qilingan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining «Intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish choratadbirlari toʼgʼrisida»gi qarori ham intellektual mulk obʼektlari muhofazasini taʼminlash, tovar belgilari egalarining huquq va imkoniyatlarini yanada kengaytirish, mutasaddi vazirlik va idoralarning ushbu yoʼnalishdagi masʼuliyatini oshirish, shuningdek muhofazaga olingan intellektual faoliyat natijalarini tijoratlashtirishda alohida ahamiyat kasb etadi.Ushbu qarorning tadbirkorlik subyektlari, ixtirochilar va boshqa intellektual mulk obyektlari yaratuvchilari hamda soha vakillari, tadqiqotchilar uchun eng ahamiyatli jihatlari quyidagilarda koʼrinadi:
- intellektual mulk obyektlarining davlat roʼyhati, yaʼni ekspertizadan oʼtkazish muddatlarini qisqartirilishi;

- intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilish uchun topshirilgan talabnoma va tegishli hujjatlarni koʼrib chiqish jarayoniga autsorsing amaliyotini qoʼllanilishi;
- milliy eksportyorlar tomonidan tovar kelib chiqqan joy nomini xorijda roʼyhatdan oʼtkazish boʼyicha qilinadigan moliyaviy sarf-xarajatlar intellektual mulk sohasidagi vakolatli davlat organi – Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligining byudjetdan tashqari mablagʼlari hisobidan amalga oshirilishi;
- eksport ulushi umumiy tovar aylanmasining 60 foizidan ortigʼini tashkil etadigan eksport qiluvchi, shuningdek qishloq xoʼjaligi va hunarmandchilik sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlarining tovar belgilarini 2021-2022 yillarda milliy roʼyhatdan oʼtkazish bepul amalga oshirilishi;
- intellektual mulk sohasiga oid fanlarni kadrlar tayyorlash tizimiga, xususan qayta tayyorlash va malaka oshirish markazlarida bosqichma-bosqich joriy etilishi. Bugungi kunda intellektual faoliyat natijalari va fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining individuallashtirish vositalarini tijoratlashtirishga jalb etish va ulardan samarali foydalanish bilan bog‘liq fuqarolik huquqiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish rivojlantirishning muhim masalalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Intellektual mulk obyektlaridan tijoratlashtirishda foydalanishdan oldin, bu jarayonni to‘g‘ri huquqiy tartibga solish va huquqiy muhofaza qilinishni e’tiborga olish zarur.Intellektual mulk obyektlarini yaratish, ulardan foydalanish va ularni huquqiy muhofaza qilish bilan bog‘liq fuqarolik huquqiy munosabatlarni fuqarolik huquqi orqali tartibga solinishi bozor munosabatlari tizimini shakllantirish va rivojlantirishda muhim omil sifatida xizmat qilib kelmoqda. Fuqarolik huquqining moddiy ashyolari singari intellektual mulk obyektlarini tadbirkorlik faoliyatida shartnoma predmeti sifatida xususiyatlari va ko‘rinishlarini aniqlash, xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlari ustavida intellektual mulk obyektlarini hissa sifatida foydalanish,ishonchli boshqarishga topshirish, baholash masalalarining huquqiy jihatlarini tahlil qilish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Shunday ekan ichki rivojlantirishni o‘rganadigan bo‘lsak, intellektual mulk obyektlarini tijoralashtirishga kiritish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar, shuningdek, intellektual mulk obyektlarini tijoratlashtirishning huquqiy vositalari bo‘lagan turli fuqarolik huquqiy shartnomalarning tijoratlashtirishdagi huquqiy tabiatini o‘rganilganligi yetarli emasligini ko‘rishimiz mumkin. Lekin, respublikamizda mazkur sohada bir qancha qonun va qonun osti normativ hujjatlar qabul qilingan bo‘lsada rivojlanib borayotgan iqtisodiy, ijtimoiy munosabatlar ayniqsa, tijoratlashtirishda vujudga kelayotgan intellektual mulk obyektlari bilan bog‘liq
Download 25.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling